×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VARILRIKS VAKSINA JIVAYA poroshok dlya ineksiy 0,5ml 1 doza

Kategoriya:
- Vaktsinalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belgiya
Faol modda:
вакцина против ветряной оспы живая
Ishlab chiqaruvchi:
- GlaxoSmithKline Biologicals S.A.
ATX kodi:
- J07BK01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ZIROMIN tabletkalari 500mg N3 World Medicine Limited, Великобритания произведено: Biopharma Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
35 000 s`om dan
ISMIJEN tabletkalari 7mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
184 000 s`om dan
ISMIJEN tabletkalari 7mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
IMOVAKS POLIO suspenziya 0,5ml N1 Sanofi Pasteur Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VARILRIKS VAKSINA JIVAYA poroshok dlya ineksiy 0,5ml 1 doza qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VARILRIKSTM

VARILRIXTM

(suvchechakni oldini olish uchun vaksina)

 

Preparatning savdo nomi: VarilriksTM

Dori shakli: in‘eksiya uchun liofilizasiya qilingan kukun erituvchi bilan majmuada.

Tarkibi:

0,5 ml li 1 doza quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tirik kuchsizlantirilgan (attenuasiya qilingan) Varicella Zoster virusi (Oka shtammi) ≥103,3 blyashka hosil qiluvchi birlik (BXB),

yordamchi moddalar: 1 mg odam zardob albumini, 32 mg laktoza, 6 mg sorbitol, 8 mg mannitol, 8 mg aminokislotalar.

Erituvchi – in‘eksiya uchun suv 0,5 ml.

Ishlab chiqarish jarayoni tufayli qoldiq miqdorda neomisin sulfati mavjud.

Ta‘rifi: Och-sariqdan to sarg‘ish yoki pushti rangli briket yoki kukun.

Erituvchi – tiniq rangsiz suyuqlik.

VarilriksTM vaksinasi MRC-5 odam diploid xujayralar kulturasida kultivasiya qilingan tirik attenuasiya qilingan Varicella Zoster virusidan (Oka shtammi) iborat.

VarilriksTM vaksinasi Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining suvchechakni oldini olish uchun tibbiy immunobiologik preparatlar va vaksinalarni ishlab chiqarish talablariga javob beradi.

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi

VarilriksTM vaksinasini yuborish moyil shaxslarda suvchechakning klinik simptomsiz kuchsiz shaklini chaqiradi. Antitelalarning mavjudligi himoya ko‘rsatgichi bo‘lib hisoblanadi.

Farmakodinamikasi

Vaksinasiyaning immunologik samaradorligi va samaradorligi

Suvchechakka qarshi Oka/RIT vaksinasining tasdiqlangan suvchechak (PSR yoki kasallikning tasdiqlangan rivojlanishi yordamida) kasalligini oldini olish bo‘yicha samaradorligi, faol nazoratlangan katta klinik tadqiqotda baholangan bo‘lib, unda 12-22 oylik bolalar VarilriksTM vaksinasining bir dozasini (N=2263) yoki Oka/RIT saqlovchi vaksinasining ikki dozasini (N=2279) olganlar. Har qanday darajali va o‘rtacha yoki og‘ir darajali tasdiqlangan suvchechak kasalligini rivojlanishidan vaksinani kuzatilgan samaradorligi, VarilriksTM vaksinasining bir dozasini olgandan keyin muvofiq 65,4% (97,5% DI: 57,2-72,1) va 90,7% (97,5% DI: 85,9%-93,9%) va Oka/RIT saqlovchi vaksinasining ikki dozasini olgandan keyin 94,7% (97,5% DI: 92,4-96,6%) va 99,5% (97,5% DI: 97,5-99,9%) (kuzatishning o‘rtacha davri – 35) oy bo‘lgan.

VarilriksTM vaksinasining bir dozasi yuborilgandan keyin maxsus samaradorligini baholash uchun yo‘naltirilgan oldingi tadqiqotda, 10-30 oylik bolalar, vaksinasiyadan keyin taxminan 2,5 yil davomida kuzatilgan. Suvchechakning oddiy klinik (≥30 vezikula) hollariga qarshi himoyaviy samaradorlik 100% va suvchechakning (hech bo‘lmaganda 1 vezikula yoki papula mavjudligi bilan) har qanday serologik tasdiqlangan holiga qarshi 88% (95% II: 71,0-95,2%) ni tashkil qilgan.

VarilriksTM vaksinasining bir dozasining samaradorligi turli sharoitlarda baholangan (epidemiya birdan boshlanib ketganda, holat-nazorat tadqiqot va tadqiqot ma‘lumotlarisiz) va suvchechakning har qanday hollariga qarshi 20% – 92% orasida, va o‘rtacha yoki og‘ir kasallikka qarshi 86% – 100% orasida o‘zgargan.

VarilriksTM vaksinasining hatto bir dozasini yuborish suvchechak bilin kasallangan bolalar gospitalizasiyalari miqdori va ambulatoriyaga murojaat qilish sonini muvofiq 81% va 87% ga pasaytirish imkoniyatini bergan.

Olingan ma‘lumotlar vaksinani bir marta yuborilgandan keyinga qaraganda, vaksinaning ikki dozasini olgandan keyin suvchechak kasalligida himoyaning yuqori darajasini va rivojlanishini pasayishini taxmin qiladi.

Immunologik samaradorlik

Sog‘lom shaxslar

11 oylikdan 21 oylikkacha bo‘lgan bolalarda vaksinasiyadan keyin olti oy o‘tgach serokonversiya darajasi (ELISA usuli bilan 50 mkXB/ml) vaksinaning bir dozasi yuborilganidan keyin 89,6% ni va vaksinaning ikkinchi dozasi yuborilganidan keyin 100% ni tashkil qilgan.

9 oylikdan 12 yoshlikkacha bo‘lgan bolalarda vaksinasiyadan keyin olti hafta davomida serokonversiyaning umumiy darajasi, vaksinaning bir dozasi yuborilganidan keyin 98% dan ko‘proqni tashkil qilgan (immunoflyuoressensiya (IFA) reaksiyasi). 12-15 oylik bolalarda vaksinaning bir dozasi yuborilganidan keyin, vaksinasiyadan keyin kamida 7 yil davomida antitelalar saqlangan.

9 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vaksinasiyadan keyin olti hafta o‘tgach serokonversiya darajasi (IFA usulida) vaksinaning ikkinchi dozasi yuborilganidan keyin 100% tashkil qilgan. Ikkinchi doza yuborilganidan keyin antitelalarning titrini ahamiyatli oshishi kuzatilgan (SGT ni 5-26 marta oshishi).

13 yoshli va katta bolalarda serokonversiya darajasi (IFA usulida) ikkinchi doza yuborilganidan keyin olti hafta o‘tgach 100% ni tashkil qilgan. Vaksinasiyadan keyin bir yil o‘tgach hamma shaxslar seropozitivligicha qolgan.

Klinik tadqiqotlarda keyinchalik virusning yovvoyi shtammi bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan ko‘pchilik vaksinasiyalanganlar yoki infeksiyaga duchor bo‘lmaganlar yoki kasallikni ahamiyatli yengilroq shaklda o‘tkazganlar (toshmalar miqdori kam bo‘lgan, isitma bo‘lmagan).

Hozirgi vaqtda suvchechakning ensefalit, gepatit yoki pnevmoniya kabi asoratlariga qarshi himoya darajasini baholash uchun yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Yuqori xavf guruhi pasientlari

Suvchechakning yuqishini yuqori xavf guruhida bo‘lgan pasientlarga tegishli klinik tadqiqotlarning juda cheklangan ma‘lumotlari bor. Bunday pasientlarda serokonversiyaning umumiy darajasini ≥80% ni tashkil qilishi aniqlangan.

Yuqori xavf guruhi pasientlarida qo‘shimcha vaksinasiyaning kerakligi haqida qaror qabul qilish uchun suvchechak virusiga antitelalar titrini aniqlashni vaqti-vaqti bilan amalga oshirish kerak.

To‘rt hollarda virusni ajratib olish va identifikasiya qilishda, vezikulyar toshmalari bo‘lgan immuntanqisligi bo‘lgan akalar va singillar orasida vaksina virusining Oka shtammini yuqishi qayd etilgan. Lekin yuqqan bolalarda teri ko‘rinishlari kuchsiz ifodalangan.

Farmakokinetikasi

Vaksinalar uchun farmakokinetik xususiyatlarni baholash shart emas.

Klinik tadqiqotlar

Farmakodinamikasi” bo‘limiga qarang.

Xavfsizlik bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Hayvonlarda o‘tkazilgan xavfsizlik bo‘yicha sinovlar asosidagi klinika oldi ma‘lumotlarida odam uchun xavf aniqlanmagan.

Qo‘llanilishi

Sog‘lom shaxslar

VarilriksTM vaksinasi 9 oylikdan boshlab sog‘lom shaxslarni Varicella virusiga qarshi faol immunizasiya uchun ko‘rsatilgan.

Suvchechakning og‘ir shakli rivojlanishining xavfiga duchor bo‘lgan moyil odamlarni vaksinasiya qilish, bunday pasientlarga kasal bo‘lganlar bilan yaqin muloqotda virusning yovvoyi turini yuqishi extimolini kamaytirish uchun tavsiya etiladi. Yaqin muloqot qatoriga ota-onalar va oila a‘zolari, shuningdek shifokorlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari kiradi.

Suvchechakning og‘ir kechishini yuqori xavf guruhi pasientlari

Katta xavfli o‘smalar yoki og‘ir surunkali kasalliklar (buyrak yetishmovchiligi, autoimmun kasalliklar, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari, og‘ir bronxial astma) bo‘yicha immunodepressantlar (shu jumladan kortikosteroidlarni qo‘llash) bilan davolanayotgan, leykozi bo‘lgan pasientlar yoki a‘zolarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operasiya o‘tkazish rejalashtirilgan pasientlar, suvchechakning og‘ir shakli bilan kasallanishga moyil bo‘ladilar. Oka shtammi bilan vaksinasiya bunday pasientlarda suvchechakning asoratlari tez-tezligini pasaytiradi.

Suvchechakning og‘ir shakli rivojlanishini yuqori xavf guruhida bo‘lgan pasientlarda VarilriksTM vaksinasini qo‘llashning klinik tadqiqotlarini faqat cheklangan ma‘lumotlari bor; bunday pasietlarda vaksinasiya o‘tkazishda tavsiya etiladi:

  • leykozning o‘tkir fazasida nur bilan davolanayotgan pasientlarda vaksinasiyasini, vaksinasiyadan bir hafta oldin va bir hafta keyinga teng muddatga saqlab turuvchi ximoterapiyani to‘xtatish kerak. Leykozli bemorlar odatda to‘liq gematologik remissiya vaqtida vaksinasiya qilinadi;
  • vaksinasiyani faqat agar limfositlarning umumiy miqdori 1200/mm3 dan kam bo‘lmaganda va xujayra immunitetining yetishmovchiligiga ishora qiluvchi simptomlar bo‘lmaganida o‘tkazish kerak;
  • a‘zoni ko‘chirib o‘tkazish rivojlantirilgan pasientlarda (masalan, buyrakni ko‘chirib o‘tkazish) vaksinasiya kursi, immunodepressantlar bilan davolash o‘tkazish boshlanishidan bir necha hafta oldin yakunlanishi kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

0,5 ml tayyorlangan vaksina bir emlash dozasini saqlaydi.

Sog‘lom shaxslar

9 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar

9 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shu jumladan 12 yoshli bolalar, suvchechakdan himoyaning yuqori darajasiga erishish uchun VarilriksTM vaksinasining ikki dozasini olishlari kerak (Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang).

Vaksinaning birinchi va ikkinchi dozasini yuborish orasidagi tavsiya etilgan interval 6 haftadan kam bo‘lmasligi, lekin har qanday sharoitlarda ham 4 haftadan kam bo‘lmasligi kerak.

Izoh: 9 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda suvchechakni oldini olish uchun vaksinaning dozalar orasidagi intervalga va bir yoki ikki dozani yuborish kerakligiga nisbatan amaldagi rasmiy tavsiyalar yuqorida ko‘rsatilganlardan farq qilishi mumkin.

O‘smirlar va 13 yoshdan oshgan kattalar

O‘smirlar va 13 yoshdan oshgan kattalar: 2 doza.

Vaksinaning birinchi va ikkinchi dozasini yuborish orasidagi tavsiya etilgan interval 6 haftadan kam bo‘lmasligi, lekin, har qanday vaziyatlarda ham 4 haftadan kam bo‘lmasligi kerak.

Yuqori xavf guruhi pasientlari

Yuqori xavf guruhi pasientlari uchun, sog‘lom shaxslar uchun bo‘lgan vaksinasiya sxemasi tavsiya etiladi. Yuqori xavf guruhi pasientlarida, qo‘shimcha vaksinasiya zarurati haqida qaror qabul qilish uchun suvchechak virusiga antitelalar titrini aniqlashni vaqti-vaqti bilan amalga oshirish kerak.

Vaksinalarning bir-birini o‘rnini bosishi

  • VarilriksTM vaksinasi, suvchechakni oldini olish uchun boshqa vaksina bilan vaksinasiyalanganlarga ham yuborilishi mumkin.
  • VarilriksTM vaksinasi bilan boshlangan suvchechakka qarshi vaksinasiya kursi, suvchechakka qarshi boshqa vaksina bilan davom ettirilishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

VarilriksTM vaksinasi faqat teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Ishlatish/muomala qilish bo‘yicha yo‘riqnoma

rN ni ahamiyatli o‘zgarishlari oqibatida tayyorlangan vaksinaning rangi shaftoli rangdan to pushti ranggacha o‘zgarishi mumkin.

Yuborish oldidan vaksinani yot zarrachalar va/yoki tashqi ko‘rinishini o‘zgarishini aniqlash uchun ko‘rikdan o‘tkazish kerak. Normadan biron-bir og‘ishlar aniqlangan holda vaksina yo‘qotilishi kerak.

Ampulalardagi erituvchi bilan vaksinani eritish bo‘yicha yo‘riqnoma

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun, erituvchili ampula ichidagisining xammasini liofilizatli flakonga o‘tkazish va hosil bo‘lgan suspenziyani liofilizat to‘liq erigunicha yaxshilab silkitishi kerak.

Vaksinani eritilgandan keyin darhol yuborish kerak.

Oldindan to‘ldirilgan shprislardagi erituvchida vaksinani eritish bo‘yicha yo‘riqnoma

In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun erituvchili oldindan to‘ldirilgan shpris ichidagisini liofilizatli flakonga o‘tkazish kerak.

Rasmda ko‘rsatilgandek igna shprisga biriktiriladi. VarilriksTM vaksinasi bilan birga taqdim etiladigan shpris, rasmdagi shprisdan biroz farq qilishini ta‘kidlash lozim.

  1. Shpris silindrini bir qo‘lda ushlab turib (porshendan ushlamaslik kerak), shpris qalpoqchasini, uni soat strelkasiga qarshi burab olish kerak.
  2. Shprisni igna to‘liq maxkamlangunicha soat strelkasi bo‘yicha burab, uni shprisga biriktirish kerak (rasmga qarang).
  3. Ignadan ximoya qalpoqchasi olinsin, u ba‘zida kuch bilan yechilishi mumkin.

Eritma flakondagi liofilizasiya qiligan kukunga qo‘shiladi va hosil bo‘lgan suspenziya liofilizat to‘liq erigunicha yaxshilab silkitiladi.

Vaksinani eritilgandan keyin darhol yuborish kerak.

Tayyorlangan eritmani yuborish uchun yangi ignani ishlatish kerak.

Flakon ichidagisining hammasi yuboriladi.

                                       Igna qalpoqchasi

Igna

 

 

 

 

 

 

Shpris

Shpris porsheni

                                               Shpris silindri

                                                  Shpris qopqoqchasi

Ishlatilmagan preparat yoki chiqindilarni mahalliy qonunchilik talablariga muvofiq utilizasiya qilish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Klinik tadqiqotlar

Sog‘lom shaxslar

Vaksinaning reaktogenlik profilini baholovchi klinik tadqiqotlarda 7900 dan ko‘proq vaksinasiya qilinganlar ishtirok etganlar. Tadqiqotlar davomida faqat bir VarilriksTM vaksinasi yoki boshqa vaksinalar bilan majmuada yuborilgan.

Quyida keltirilgan vaksinaning xavfsizligini profili, bolalar, o‘smirlar va kattalarga yuborilgan VarilriksTM vaksinasining 5369 dozalari uchun olingan ma‘lumotlarga asoslangan.

Nojo‘ya reaksiyalar uchrashining tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlangan:

juda tez-tez (≥1/10),

tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha),

tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha),

kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha),

juda kam hollarda (<1/10000).

           A‘zolar tizimi sinfi Tez-tezligi Nojo‘ya reaksiyalar
Infeksion va parazitar kasalliklar Tez-tez emas yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, faringit
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas limfadenopatiya
Ruhiyatning buzilishi Tez-tez emas ta‘sirchanlik
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas bosh og‘rig‘i, uyquchanlik
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar Kam hollarda kon‘yunktivit
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar  

Tez-tez emas

 

yo‘tal, rinit

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas ko‘ngil aynishi, qusish
Kam hollarda abdominal soxada og‘riq, diareya
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Tez-tez toshma
Tez-tez emas suvchechakdagi toshmalarga o‘xshash toshma, qichishish
Kam hollarda eshakemi
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Tez-tez emas artralgiya, mialgiya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Juda tez-tez in‘eksiya joyida og‘riq va qizarish
Tez-tez in‘eksiya joyida shish*, haro-ratni oshishi (og‘iz bo‘shlig‘i/ qo‘ltiq ostidagi harorat ≥37,5oS yoki rektal harorat ≥38,0oS
Tez-tez emas haroratni oshishi (og‘iz bo‘shlig‘i/ qo‘ltiq ostidagi xarorat >39,0oS yoki rektal harorat <39,5oS),

kuchsizlik, lohaslik

* O‘smirlar va kattalarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda in‘eksiya joyida shish va haroratni oshishi juda tez-tez kuzatilgan. Shuningdek 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ikkinchi doza yuborilganidan keyin shish ham juda tez-tez uchraydi.

Ikkinchi doza yuborilganidan keyin in‘eksiya joyida og‘riq va shish holatlarini oshish an‘anasi, birinchi doza yuborilganidan keyin kuzatilgan bu noxush ko‘rinishlarning miqdori bilan solishtirarli bo‘lgan.

Dastlab seropozitiv va seronegativ shaxslarda reaktogenlik orasida farqlar bo‘lmagan.

Yuqori xavf guruhi pasientlari

Suvchechakning asoratli kechishining yuqori xavfi bo‘lgan pasientlar orasida klinik tadqiqotlarning faqat cheklangan ma‘lumotlari bor. Vaksina bilan assosiasiyalangan reaksiyalar (asosan papulo-vezikulyoz toshma va haroratni oshishi) qayd qilingan, ular yengil kechgan. Sog‘lom shaxslarda in‘eksiya joyidagi qizarish, shish va og‘riq yengil va o‘tkinchi hisoblanadi.

Postregistrasion kuzatuvlar

Vaksinaning postregistrasion qo‘llashdagi kuzatuvda suvchechakni oldini olish uchun yuborilganda qo‘shimcha quydagi reaksiyalar qayd etilgan.

A‘zolar tizimi sinfi Tez-tezligi Nojo‘ya reaksiyalar
Infeksion va parazitar kasalliklar Kam hollarda Herpes Zoster chaqirgan kasalliklar
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda trombositopeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

anafilaktik reaksiyalar

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda ensefalit, bosh miyada qon aylanishining buzilishlari, serebellit, serebellitsimon sindrom (shu jumladan yurishni o‘tkinchi buzilishi va o‘tkinchi ataksiya), tirishishlar
Tomirlar tomonidan buzilishlar Kam hollarda vaskulit (Shenleyn-Genox kasalli-

gi va Kavasaki sindromi)

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Kam hollarda ko‘p shaklli eritema

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Boshqa vaksinalar kabi VarilriksTM vaksinasini, haroratni oshishi bilan birga kechuvchi o‘tkir kasalliklari bo‘lgan shaxslarga yuborishni kechiktirish kerak. Infeksion kasallikning yengil shaklini bo‘lishi vaksinasiyaga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi.

Quyidagi kabi gumoral yoki xujayra immunitetining tanqisligi bo‘lgan shaxslarga VarilriksTM vaksinasini yuborish mumkin emas:

  • limfositlarning umumiy miqdori 1200 mm3 dan kam bo‘lgan birlamchi yoki orttirilgan immun tanqisligi bo‘lgan pasientlar;
  • xujayra immun tanqisligining boshqa belgilari (masalan, leykozi, limfomasi, konning diskraziyasi, OITV-infeksiyasining klinik ko‘rinishlari) bo‘lgan pasientlar;
  • immunodepressantlar, shu jumladan kortikosteroidlarning yuqori dozalari, qabul qilayotgan pasientlar.

Shuningdek “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.

VarilriksTM vaksinasini neomisinga yoki anemnezida vaksinaning xar qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Anamnezda neomisin tomonidan chaqirilgan kontakt dermatitni bo‘lishi, vaksinasiyaga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi.

VarilriksTM vaksinasini suvchechakni oldini olish uchun vaksinalarni oldingi yuborilishiga yuqori sezuvchanlik reaksiyalar bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas.

VarilriksTM vaksinasini homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Vaksinasiyadan keyin bir oy davomida homiladorlikdan saqlanish kerak (Homiladorlik va laktasiya bo‘limiga qarang).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tuberkulin sinamasi vaksinasiyadan oldin yoki vaksinani yuborish bilan bir vaqtda o‘tkazilishi kerak, chunki tirik virusli vaksinalar tuberkulinga terining sezuvchanligini vaqtinchalik susayishining sababi bo‘lishi mumkinliga haqida xabarlar bor. Bu holat (anergiya) maksimum olti hafta davomida davom etishi mumkinligi tufayli, tuberkulin sinamasining soxtamusbat natijalaridan saqlanish uchun, vaksinasiyadan keyin 6 hafta davomida tuberkulin sinamasi o‘tkazilmaydi.

Immunoglobulin yoki qon quyilgan shaxslarda, suvchechak virusiga qarshi passiv yuborilgan antitelalarning ta‘siri natijasida vaksinaning samarasizligining ehtimoli tufayli, vaksinasiya uch oyga qoldirilishi kerak.

VarilriksTM bilan vaksinasiyadan keyin 6 hafta davomida salisilatlarni buyurishdan saqlanish kerak, chunki suvchechakning tabiiy virusi chaqirgan infeksiya fonida Rey sindromini rivojlanishi haqida alohida xabarlar bor.

Sog‘lom shaxslar

VarilriksTM vaksinasini boshqa vaksinalar bilan bir vaqtda yuborish mumkin. Bunda turli vaksinalar tananing turli joylariga yuboriladi.

Faolsizlantirilgan vaksinalarni VarilriksTM vaksinasini yuborish vaqtidan qat‘iy nazar yuborish mumkin.

Agar qizamiq vaksinasi VarilriksTM vaksinasi bilan bir vaqtda yuborilmasa, VarilriksTM vaksinasi va qizamiq vaksinasini yuborish orasida bir oydan kam bo‘lmagan intervalga rioya qilish kerak, chunki qizamiqqa qarshi vaksinasiya xujayra immunitetini qisqa muddatli bostirilishini chaqirishi mumkinligi taxmin qilinadi.

Yuqori xavf guruhi pasientlari

VarilriksTM vaksinasini boshqa tirik kuchsizlantirilgan vaksinalar bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas. Faolsizlantirilgan vaksinalarni pasientlarda qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasligi sharti bilan, VarilriksTM vaksinasini yuborish vaqtidan qat‘iy nazar yuborish mumkin. Turli infeksion vaqsinalarni doimo tananing turli joylariga yuborish kerak.

Nomutanosiblik

VarilriksTM vaksinasini bir shprisda boshqa vaksinalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sinkope (xushdan ketish) vaksinasiyadan keyin yoki xatto undan oldin, vaksinani yuborishning in‘eksion yo‘liga ruhiy reaksiya sifatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun pasientning xushi ketganda mumkin bo‘lgan travmatizmdan saqlanish uchun sharoit yaratish muhim hisoblanadi.

Vaksinani yuborish oldidan teri yuzasidan spirt va boshqa dezinfeksiyalovchi vositalarni to‘liq bug‘lanib ketishini kutish kerak, chunki ular vaksinadagi kuchsizlantirilgan viruslarni  faolsizlantirishi mumkin.

Suvchechakli bemor bilan muloqatdan keyin 72 soatgacha vaqt davomida vaksinasiya o‘tkazilganda ma‘lum darajadagi himoyaga erishish mumkin.

Boshqa vaksinalarni qo‘llashdagi kabi, himoyaviy immun javob hamma vaksinasiyalanganlarda ham aniqlanmasligi mumkin.

Suvchechakni oldini olish uchun boshqa vaksinalar yuborilganidagi kabi, VarilriksTM vaksinasi bilan emlangan shaxslarda, keyinchalik suvchechak kasalligining hollari kuzatilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Lekin suvchechakning bunday hollari vaksinasiya qilinmagan shaxslardagi suvchechakning hollari bilan solishtirganda, yengil shaklda, toshmalarni kamroq miqdori va kamroq ifodalangan isitma bilan kechadi.

Juda kam hollarda vaksinasiyalangan toshmali seronegativ shaxslar bilan muloqotda virusning vaksina shtammini (Oka shtammi) yuqishini ehtimoli aniqlangan. Vaksinasiyalangan shaxslarda terining shikastlanishlari bo‘lmaganda virusning yuqishi kuzatilmagan.

Boshqa in‘eksion vaksinalarni qo‘llashdagi kabi, pasient shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak; VarilriksTM vaksinasini yuborishga kam hollarda uchraydigan anafilaktik reaksiyalar paydo bo‘lgan holda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha tibbiy vositalar va dori preparatlari mavjud bo‘lishi kerak. Vaksinasiyalangan immunizasiyadan keyin 30 minut davomida tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.

Immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda VarilriksTM vaksinasini qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan, shuning uchun vaksinasiya zaruratini ehtiyotkorlik bilan va faqat, shifokorning fikri bo‘yicha potensial foyda mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lganda ko‘rish kerak.

Vaksinasiyani o‘tkazish uchun qarshi ko‘rsatmalari bo‘lmagan, immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarda (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang), olingan immun reaksiya, immunokompetent shaxslardagi kabi bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, ayrim pasientlarda, o‘tkazilgan vaksinasiyaga qaramasdan, keyinchalik suvchechak kasalligining hollari kuzatilishi mumkin. Immuniteti susaygan pasientlarda suvchechak simptomlari ko‘rinishlarining nazoratini amalga oshirish kerak.

Oka shtammini saqlovchi vaksina bilan vaksinasiyadan keyin, asosan immuniteti kuchsiz bo‘lgan pasientlarda ichki a‘zolarni shikastlanishi bilan tarqalgan suvchechakning rivojlanishi haqida kam xabarlar olingan.

VarilriksTM vaksinasini qon tomir ichiga yoki teri ichiga yuborish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

VarilriksTM vaksinasini homilador ayollarga yuborish mumkin emas. Vaksinasiyadan keyin bir oy davomida homiladorlikdan himoyalanish kerak. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga, homiladorlikni kechiktirishni tavsiya qilish kerak.

Homiladorlik davrida VarilriksTM vaksinasini ishlatishga nisbatan yetarli ma‘lumotlar yo‘q va hayvonlarda reproduktiv toksiklikning tekshirishlari o‘tkazilmagan.

Laktasiya davri

Hozirgi vaqtda emizikli ayollarda vaksinani ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Qo‘llab bo‘lmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

VarilriksTM vaksinasining tasodifiy dozasini oshirib yuborilishi haqida alohida xabarlar qayd etilgan. Ularning ayrimlarida letargiya va tirishishlar kabi noxush reaksiyalarni rivojlanishi haqida xabar berilgan. Boshqa hollarda dozani oshirib yuborilishi noxush ko‘rinishlarni rivojlanishiga olib kelmagan.

Chiqarilish shakli

In‘eksiyalar uchun liofillangan kukun erituvchi bilan majmuada.

1 doza – 0,5 ml.

1 dozadan vaksina (0,5 ml) rezina tiqin bilan bekitilgan, alyumin qalpoqcha bilan  qoplangan va ustidan himoyalovchi plastik qopqoq bilan yopilgan tiniq shisha flakonda.

0,5 ml dan erituvchi (in‘eksiyalar uchun suv) tiniq shisha ampulada. Vaksinali 1 flakon va erituvchili 1 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

yoki

1 dozadan vaksina (0,5 ml) rezina tiqin bilan bekitilgan, alyumin qalpoqcha bilan qoplangan va ustidan himoyalovchi plastik qopqoq bilan yopilgan tiniq shisha flakonda.

0,5 ml dan erituvchi (in‘eksiyalar uchun suv) tiniq shisha shprisda.

Vaksinali 1 flakon va erituvchili 1 shpris va 2 igna bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Har bir mamlakatda barcha chiqarilish shakli bo‘lmasligi mumkin.

Saqlash sharoiti

Liofilizasiya qilingan vaksinani sovutgichda +2oS dan +8oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlash kerak. Muzlatilmasin.

Erituvchini sovutgichda yoki atrof-muhit haroratida saqlash mumkin.

Tashish vaqtida, ayniqsa issiq iqlimda, tavsiya etilgan saqlash sharoitiga rioya qilish kerak.

Tayyorlangandan keyin vaksina darhol yuborilishi kerak (Yaroqlilik muddati bo‘limiga qarang).

Yaroqlilik muddati

Liofilizasiya qilingan vaksina – 24 oy.

Erituvchi – 60 oy.

Vaksinaning yaroqlilik muddatini tugash sanasi flakon va o‘ram etiketkasida ko‘rsatilgan.

Tayyorlangan vaksina xona haroratida (25oS) 90 minutgacha va sovutgichda (2oS-8oS) 8 soatgacha saqlanishi mumkinligi namoyish qilingan.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VARILRIKS VAKSINA JIVAYA poroshok dlya ineksiy 0,5ml 1 doza dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VARILRIKS VAKSINA JIVAYA poroshok dlya ineksiy 0,5ml 1 doza dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VARILRIKS VAKSINA JIVAYA poroshok dlya ineksiy 0,5ml 1 doza dori vositasi GlaxoSmithKline Biologicals S.A. tomonidan Belgiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VARILRIKS VAKSINA JIVAYA poroshok dlya ineksiy 0,5ml 1 doza dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VARILRIKS VAKSINA JIVAYA poroshok dlya ineksiy 0,5ml 1 doza dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
XAVRIKS 720 suspenziya 0,5ml N100
SINFLORIKS VAKSINA DLYA PROFILAKTIKI PNEVMOKOKKOVOY INFEKSII suspenziya 1,0ml N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Biologicals S.A.
SINFLORIKS VAKSINA DLYA PROFILAKTIKI PNEVMOKOKKOVOY INFEKSII suspenziya 0,5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Biologicals S.A.
SERVARIKS TM suspenziya 0,5ml N1
XAVRIKS 720 suspenziya 0,5ml N1
XAVRIKS 1440 suspenziya 1ml N1
SINFLORIKS VAKSINA DLYA PROFILAKTIKI PNEVMOKOKKOVOY INFEKSII suspenziya 0,5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Biologicals S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9