×
×
  • VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Alembic Pharmaceuticals Limited
ATX kodi:
- S01AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RETINALAMIN liofilizat 5mg N10 Герофарм ООО Rossiya Federatsiyasi
930 000 s`om dan
SINEREKS ko'z tomchilari 5ml 0,3% N1 Beximсo Pharmaceuticals Ltd Bangladesh
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
25 000 s`om dan
L DEKSOPT ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml+1mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
77 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VEL DROP MAKS

VEL DROP MAX

 

Preparatning savdo nomi: Vel Drop Maks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy karboksimetilsellyuloza

Dori shakli: ko‘z tomchilari

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: karmellozani natriyli tuzi* (natriy karboksimetilsellyuloza (Sekol 2000)) – 5 mg;

yordamchi moddalar: stabilizasiya qilingan oksixlorid kompleksi, natriy xloridi, kalsiy xlorid digidrati, kaliy xloridi, magniy xloridi geksagidrati, borat kislotasi, 10% li xlorid kislotasi, 10% li natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

* natriy karmellozani saqlanishi qo‘llanidigan substansiyaga bog‘liq.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz biroz qovushqoq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: ko‘z kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar.

ATX kodi: S01AX

 

Farmakologik hususiyatlari

Vel Drop Maks mahalliy oftalmologik preparatdir. Dori vositasining komponentlari farmakologik ta‘sir ko‘rsatmaydi, preparatning ta‘siri faol moddaning fizikaviy hususiyatlariga asoslangan.

Natriy karboksimetilsellyuloza shilliq pardalarni namlatuvchi ta‘sir ko‘rsatadi va ko‘z yosh plyonkasini barqaror bo‘lishiga yordam beradi, quruq va ta‘sirchan ko‘zlarni namlash uchun ishlatiladi. Ko‘zlarni qurishini asosiy sababi bo‘lib shamol, quyosh, issiq / kondisioner, kompyuterda ishlash / ko‘p o‘qish va ba‘zi dori vositalarining ta‘siri hisoblanadi. Natriy karboksimetilsellyuloza ko‘z tomchilari ko‘zlarning namligini saqlab turadi, shikastlanish va infeksiyadan himoya qiladi, quruq ko‘zlarning achishish, qichishish va ko‘zda yot jismni his qilish kabi simptomlarini kamaytiradi. Molekulyar og‘irligi yuqori bo‘lganligi sababli, natriy karboksimetilsellyuloza shox pardagi o‘tmaydi.

Farmakokinetikasi

Odamda farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparatning kanserogenligi, mutagenligi, fertillikka ta‘siri yoki teratogen samaralari yuzasidan ma‘lumotlar olinmagan.

Qo‘llanilishi

  • ko‘zni qurishi oqibatida uni achishishi va ta‘sirlanishini vaqtinchalik yengillatish uchun, shuningdek navbatdagi ta‘sirlanishdan himoya vositasi sifatida;
  • shamol yoki quyosh ta‘sirida yoki kompyuterda uzoq vaqt davomida ishlash oqibatida ko‘zlarni biroz ta‘sirlanishi bilan chaqirilgan diskomfortni vaqtinchalik yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Zaruratga qarab, shikastlangan ko‘z (lar) ga 1 yoki 2 tomchidan tomiziladi.

Davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.

Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan birga qo‘llanganida preparatlarni qo‘llash orasidagi 10-15 minutlik intervalga rioya qilish kerak.

Ko‘z tomchilarini tomizishdan oldin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. So‘ngra ko‘rsatkich barmoq bilan pastki qovoq ehtiyotkorlik bilan pastga tortish, boshni orqaga egish, ko‘zlarni yuqoriga qaratish va konyunktivaga 1-2 tomchidan tomizish kerak. Instillyasiyadan so‘ng ko‘rish aniqligini qisqa muddatli buzilishi bo‘lishi mumkin. Uni bartaraf qilish uchun ko‘zlarni bir necha marta ochib yopib xarakat qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda ko‘zlarning giperemiyasi, achishishi kabi nojo‘ya samaralari rivojlanadi. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q. Boshqa mahalliy oftalmologik vositalar bir vaqtda qo‘llanganida tomizishlar o‘rtasida tavsiya etilgan intervallarga rioya qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik davrida ushbu preparatni qo‘llash havfi mavjud emas. Karboksimetilsellyuloza tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi, va demak reproduktiv faoliyatga hamda embriofetal rivojlanishga tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari qayd etilmagan. Uning faol komponentlari umumiy qon oqimiga so‘rilmaydi va tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan so‘ng preparatni 30 kun davomida ishlatish mumkin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi Alembic Pharmaceuticals Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VEL DROP MAKS ko'z tomchilari 10ml 1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OVIN D ko'z tomchilari 5ml
NEOLAP ko'z tomchilari 3ml
MOKSOFT ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
ALEMTOB ko'z tomchilari 5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9