×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VERABEZ kukuni 20mg N1

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: United Biotech (P) Limited
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- A02BC04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
OBLEPIXOVOE maslo 50ml УЗХИМФАРМ, АО O'zbekiston
5 600 s`om dan
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 10ml N60 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited Hindiston
ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 Balkanpharma-Troyan AD Bolgariya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Birlamchi o'rami: in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun 20 mg liofilizat 10 ml flakonda.
Ikkilamchi o'rami: bir flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton o'ramda.
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: rabeprazol natriy - 20 mg;
yordamchi moddalar: mannitol, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv
Me'da-ichak yarasiga qarshi vosita, N+-K+-ATF-aza (proton nasosi) ingibitori. Rabeprazol natriy benzimidazol hosilalariga
mansub, antisekretor moddalar sinfiga kiradi. Ta'sir mexanizmi me'daning parietal hujayralaridagi N+-K+-ATF-aza
fermentini ingibitsiya qilish bilan bog'liq, bu esa xlorid kislotasi hosil bo'lishining ohirgi bosqichini bloklashga olib keladi.
Bu ta'sir dozaga bog'liq bo'lib, qo'zg'atuvchining tabiatidan qat'iy nazar, xlorid kislotasining ham bazal, ham kuchaytirilgan
sekresiyasini bostirishga olib keladi. Preparatning faol moddasi – rabeprazol me'daning parietal hujayralarida tez
to'planadi, u erda unga sulfenamid guruhi birlashishi natijasida faol moddaga aylanadi. Rabeprazol natriy antixolinergik
xususiyatlariga ega emas.
Antisekretor faolligi: rabeprazol natriyning kislota ajralishini ingibitsiya qilish xususiyati uni qayta yuborilgan bir
martalik dozasidan keyin bir muncha oshadi, 3 kundan so'ng barqaror holatga erishiladi. Sekresiya ajralishi kamayishining
maksimal darajasi, rabeprazol parietal hujayra faollashgan lahzada, unga erishaganda mumkin bo'ladi. Bunga rabeprazolni
infuzion vena ichiga (v/i) yuborish orqali erishish mumkin. Buning natijasida tsirkad maromlar (atsetilxolin) ta'siridan yoki
ovqatdan keyin (gistamin va gastrin) faollashgan proton pompasi darhol rabeprazol molekulasi bilan bog'lanadi va xlorid
kislotasining ishlab chiqarilishi to'xtaydi.
Dorining yuborilishi to'xtatilgandan so'ng sekretor faollik 2-3 kun ichida normallashadi. 20 mg dozadagi rabeprazol bazal va
ovqat orqali rag'batlantirilgan sekresiyani mos ravishda 86% va 95% ga ingibitsiya qiladi.
Plazmadagi gastrin miqdoriga ta'siri: klinik tadqiqotlar mobaynida bemorlar kuniga 10 yoki 20 mg rabeprazol natriy qabul
qilishgan, davolash davomiyligi 43 haftagacha bo'lgan. Bunda plazmadagi gastrin miqdori dastlabki 2-8 haftada oshgan, bu esa
kislota ajralishiga to'suvchi ta'sirini aks ettiradi. Gastrin kontsentrasiyasi avvalgi darajaga odatda muolaja tugaganidan so'ng
1-2 xaftada qaytgan.
Enteroxromafinsimon hujayralarga ta'siri: 8 hafta davomida rabeprazol natriy yoki solishtirma preparat qabul qilgan 500
ta bemorning antrum va oshqozon tubi sohasidan olingan oshqozon biopsiyasi namunalari tekshirilganda, enteroxromafinsimon
hujayralarning morfologik tuzilishida barqaror o'zgarishlar, gastritning yaqqollik darajasi, atrofik gastrit chastotasi, ichak
metaplaziyasi yoki Helicobacter pylori infektsiyasi tarqalishi aniqlanmagan.
1 yilgacha bo'lgan vaqt davomida rabeprazol natriy qabul qilgan (10 mg/sut yoki 20 mg/sut) 400 dan ziyod bemorlar ishtirokida
o'tkazilgan tadqiqotda giperplaziya chastotasi past va omeprazol (20mg/kg) bilan solishtiriladigan bo'lgan. Kuzatilayotgan
kalamushlarda adenomatoz o'zgarishlar yoki karsinoid o'smalar qayd etilgan biror bir holat ro'yhatga olinmagan.
Boshqa samaralari: preparatni 2 hafta davomida sutkasiga 20 mg dozada qabul qilish, qalqonsimon bez faoliyati, karbonsuvlar
metabolizmi, paratgormonning qondagi kontsentrasiyasi, korizol, estrogen, testosteron, prolaktin, xolesistokinin, sekretin,
glyukagon, FSG, LG, STG, renin, aldosteronga ta'sir qilmaydi.
 V/i yuborilganidan keyin rabeprazolning ta'siri 1 soat davomida rivojlanadi va 2-4 soatdan keyin maksimumga erishiladi.
Biokiraolishi v/i yuborilganida – 100%.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 97%.
Rabeprazolning farmakokinetikasi (maksimal kontsentrasiyasi va egri osti maydoni "kontsentrasiya-vaqt" (AUC)) chiziqli
bo'lib, 10 dan 40 mg dozalar oralig'ida; farmakokinetik ko'rsatkichlar ko'p martalik yuborishda o'zgarmaydi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Rabeprazol jigarda jadal parchalanadi. Tioefir va sulfon hosilalari plazmada aniqlanadigan birlamchi metabolitlar
hisoblanadi. Ikkala metabolitlar ahamiyatli antisekretor faolligiga ega emas. Boshqa metabolitlar – sulfon,
dimetiltiefir va merkaptur kislotasi kon'yugati kam kontsentrasiyalarda aniqlanadi. In vitro tadqiqotlari rabeprazol jigarda
tsitoxrom R450 izofermentlari ishtirokida: CYP3A – sulfon hosilasigacha va CYP2C19 – desmetilrabeprazolgacha
parchalanishini ko'rsatdi. Tioefir rabeprazolning noferment o'zgarishi yo'li orqali hosil bo'ladi. CYP2C19 ba'zi
subpopulyasiyalarda (3-5% – evropoid irqida, 17-20% – u mongoloid irqida) uning tanqisligi tufayli genetik polimorfizmga
egaligi ma'lum. Bu bemorlarda rabeprazolning parchalanishi sekinroq kechadi.
Klirensi – 283 ± 98 ml/minut. V/i 20 mg yuborilgan dozasining yarim chiqarilish davri (T½) 1,02 ± 0,63 soatni tashkil qiladi.
Buyraklar orqali – 90% chiqariladi, asosan karbon kislotasining tioefir ko'rinishida, shuningdek kon'yugatlar va merkaptur
kislotasining metabolitlari ko'rinishida, qolgan qismi ichak orqali chiqariladi.
O'ziga hos klinik holatlaridagi farmakokinetikasi
Keksa yoshli bemorlarda rabeprazolning chiqarilishi birmuncha sekinlashadi. Rabeprazolning kumulyasiyasi (to'planishi)
kuzatilmagan.
Jigar etishmovchiligi mavjud bemorlarda AUC 2 baravar oshadi, maksimal kontsentrasiyasi (Smax) – 60% ga teng.
Tutib turuvchi gemodializ (kreatinin klirensi <5ml/min./1,73m2) zarur bo'lgan barqaror buyrak etishmovchiligining terminal
darajasi mavjud bemorlarda, rabeprazol natriyning chiqarilishi sog'lom ko'ngillilar singari bo'ladi. Bu bemorlarning AUC va
Cmax sog'lom ko'ngillilarga qaraganda taxminan 35% ga kamroq bo'lgan. Rabeprazolning T½ sog'lom ko'ngillilarda o'rtacha 0,82
soatni, gemodializ vaqtidagi bemorlarda 0,95 soatni va gemodializdan keyin 3,6 soatni tashkil qilgan. Gemodializga muhtoj
buyrak kasalliklari mavjud bemorlarda preparat klirensi sog'lom ko'ngillilarga qaraganda taxminan ikki marta yuqori bo'lgan.
CYP2C19 sekinlashgan metabolizmi bo'lgan bemorlarda rabeprazolning sutkasiga 20 mg dozada 7 kunlik qabulidan keyin sutkada
AUC 1,9 marta, Cmax esa 1,6 marta oshadi.
 Nojo'ya ta'sirlari rivojlanishi klassifikasiyasi (Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti): juda tez-tez >1/10; tez-tez >1/100 dan
<1/10 gacha; tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha; kam hollarda >1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kam hollarda (alohida holatlarni
hisobga olganda) <1/10000 dan.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – toshma, eritema; kam hollarda – qichishish, terlash, bullyoz toshma, yuqori sezuvchanlik
reaktsiyalari (yuz shishi, AB pasayishi, hansirashni o'z ichiga oladi), o'tkir tizimli allergik reaktsiyalar; juda kam hollarda –
toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xatarli eksudativ eritema yoki
Stivens-Djonson sindromi).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik; har doim ham emas – uyquchanlik, asabiylik; kam
hollarda – depressiya (tushkunlik); juda kamdan-kam hollarda – ongning chalkashishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – periferik shishlar.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez – yo'tal, faringit, rinit; tez-tez emas – bronxit, sinusit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya (ich ketishi), ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, qabziyat (ich qotishi),
meteorizm (qorin dam bo'lishi); emas – dispepsiya, og'iz shilliq qavatining qurishi, kekirish; kam hollarda – gastrit, stomatit,
ta'm bilishning o'zgarishi, gepatit, sariqlik, jigar entsefalopatiyasi (yondosh jigar tsirrozi mavjud bemorlardan jigar
entsefalopatiyasi haqida kam uchraydigan ma'lumotlar olingan).
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas – siydik yo'llari infektsiyalari; kam hollarda – interstisial nefrit.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez – nospesifik og'riq, belda og'riq; har doim ham emas – mialgiya, boldir mushaklari
tirishishlari, artralgiya; posmarketing kuzatuvlariga muvofiq – suyak sinishlarining oshishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: kam hollarda – ko'rishning buzilishi.
Laborator ko'rsatkichlar tomonidan: tez-tez emas – jigar fermentlari faolligining oshishi; kam hollarda – neytropeniya,
leykopeniya, trombositopeniya, leykositoz, gipomagniemiya; juda kam hollarda – giponatriemiya.
Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – tromboflebit (yuborilgan joyda og'riq, qizarish yoki shish).
Boshqalar: ko'pincha – asteniya, grippsimon kasalliklar, kam hollarda – anoreksiya, tana vaznining oshishi; kam hollarda –
ginekomastiya.
Muolajaning boshida me'daning xavfli o'smasini mustasno qilish kerak, chunki rabeprazolni qo'llash simptomlarni yashirishi va
to'g'ri tashhis qo'yishni kechiktirishi mumkin.
Me'da kislotaliligining har qanday vositalar orqali pasayishi, shu jumladan rabeprazol singari proton nasosi
ingibitorlari yordamida ham, odatda me'da-ichak traktidagi bakteriyalar sonini oshiradi. Proton nasosi ingibitorlari
yordamida davolash, Salmonella, Campylobacter va Clostridium difficile singari me'da-ichak infektsiyalari rivojlanishi havfini
oshirishi mumkin
V/i yuboriluvchi Verabez, muqobil muolaja sifatida peroral terapiyaning imkoni bo'lmagan bemorlarga buyuriladi:
 me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (shu jumladan qon ketish bilan yoki og'ir eroziv shikastlanish bilan), shuningdek
astamozning peptik yarasi;
 gastroezofageal reflyuks kasalligi (gerk): eroziv reflyuks-ezofagit (davolash), gerk ning simptomatik muolajasi, shu
jumladan uzoq muddatli tutib turuvchi terapiya;
Zollinger-Ellison sindromi va patologik gipersekresiya bilan tavsiflanuvchi boshqa holatlar;
 majmuaviy muolaja tarkibida: me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligi yoki surunkali gastriti majud bemorlarda
Helicobacter pylori eradikasiyasi (yo'qotilishi);
stress sababli kelib chiquvchi me'da-ichak trakti shilliq qavatining shikastlanishining kritik holatlarida qo'llaniladi.
Preparat komponentlariga nisbatan o'ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan almashingan benzimidazollarga ham) da qo'llash
mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak/jigar etishmovchiligi; bolalar va keksa yoshlarda; laktasiya davrida ehtiyotkorlikka rioya qilish
kerak
Rabeprazol natriy xlorid kislotasining kuchli va davomiy kamayishini chaqiradi. Binobarin rabeprazol natriy so'rilishi
oshqozondagi rn ko'rsatkichiga bog'liq preparatlar bilan o'zaro ta'sirlashishi mumkin: Ketokonazolning plazmadagi
kontsentrasiyasini 33% ga pasayishi va digoksinning minimal kontsentrasiyasini 22% ga oshishi. Shunday qilib, qayd etilgan
preparatlarni rabeprazol bilan birga qabul qiluvchi bemorlar dozani tuzatish zaruriyatini aniqlash uchun kuzatuv ostida
bo'lishlari lozim.
Rabeprazol natriy boshqa proton pompasi ingibitorlari (PPI) singari tsitoxrom P450 (CYP450) tizimi yordamida jigarda
parchalanadi. Odamning jigar mikrosomalari ustidagi in vitro tadqiqotlarida shu narsa ko'rsatiladiki, rabeprazol natriy
CYP2C19 i CYP3A4 izofermentlari ishtirokida metabolizga uchraydi (parchalanadi). Sog'lom ko'ngillilarda olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, rabeprazol natriy tsitoxrom P450 tizimi yordamida metabolizga uchraydigan preparatlar –
varfarin, fenitoin, teofillin va diazepam (bemorlar diazepamni kuchli yoki sust parchalashidan qat'iy nazar) bilan hech
qanday farmakokinetik yoki klinik ahammiyatli o'zaro ta'sirlashuvga ega emas.
Bir vaqtda qo'llanilganida plazmada rabeprazol va klaritromisinning faol metaboliti kontsentrasiyasi muvofiq ravishda
24% va 50% ga oshadi. Bu H. Pylori ni bartaraf qilishda o'zaro qo'llashning ijobiy natijasi sifatida ko'riladi.
Atazanavir bilan bir vaqtda qo'llash tavfsiya qilinmaydi (atazanavir ta'sirining kamayishi kuzatilishi mumkin).
Odam jigar mikrosomalarining in vitro tajribalari shuni ko'rsatdiki, rabeprazol tsiklosporinning metabolizmini IC50 62
mkmol bilan ingibirlaydi, ya'ni sog'lom ko'ngillilarda 20 mg rabeprazolni 20 kun qabul qilgandan keyingi Cmax dan 50 marta
yuqori bo'ladi.
Metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanilganida metotreksat va/yoki uning metaboliti gidroksimetotreksat kontsentrasiyasini
hamda T½ ning oshishiga olib kelishi mumkin.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Obi non ko'rinishidagi liofilizasiya qilingan oq rangli massa, 10 ml li rangsiz (USP turi III) shisha flakonga
solingan, rezina tiqin bilan berkitilgan, alyumin qalpoqcha bilan o'ralib 20 mm li yorqin qizil rangli himoyalovchi qopqoqchasi
bo'lgan, markirovka qilingan va ilova bilan kodoqlangan bir qutiga joylangan.
Faqat v/i yuboriladi – oqim bilan yoki tomchilatib.
V/i yuborish faqat peroral qabul qilishning imkoni bo'lmaganda buyuriladi; qachonki peroral qabul qilishning amalga
oshirilishi mumkin bo'lganda, v/i yubrilishi bekor qilinadi.
Kattalarga tavfsiya qilinadigan dozasi – 20 mg dan sutkasiga bir marta.
V/i in'ektsiyasi: flakondagi modda 5 ml steril in'ektsiya uchun suvda eritiladi va sekin 5-15 minut davomida yuboriladi.
V/i infuziyasi: flakondagi modda avval 5 ml steril in'ektsiya uchun suvda eritiladi, keyin esa 100 ml li infuzion eritmaga
(natriy xloridning 0,9% li eritmasi) qo'shiladi va 15-30 daqiqa davomida yuboriladi.
Mutanosiblik: Verabez steril in'ektsiya uchun suv va natriy xloridning 0,9% li eritmasi bilan mutanosib. Boshqa hech qanday
suyuqliklar Verabezning v/i yuborilishi uchun ishlatilmasligi kerak.
Yuborishdan oldin eritilishni to'liqligini ko'zdan kechirgan holda baholash va rang o'zgarishini, cho'kma mavjudligi va eritma
tiniqligining o'zgarishini mustasno qilish zarur. Eritmani tayyorlagandan so'ng 4 soatdan ortiq bo'lmagan vaqt ichida ishlatish
lozim. Ishlatilmagan eritma yo'q qilinishi zarur.
O'ziga hos klinik holatlarda qo'llanilishi
Og'ir jigar/buyrak etishmovchiligi mavjud bo'lgan bemorlarda dozani tuzatish lozim.
Dozaning oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Belgilari: nojo'ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik. Mahsus antidot mavjud emas. Rabeprazol natriy qon plazmasi oqsillari bilan yaxshi bog'lanadi, shuning
uchun dializ vaqtida chiqarilishi sust kechadi.
Eksperimental tadqiqotlarda rabeprazol kam miqdorda yo'ldosh to'sig'idan o'tishi aniqlangan, biroq fertillikka yoki homila rivojlanishida nuqsonlari qayd qilinmagan. Preparat homiladorlik davrida faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun potentsial xavfdan oshgan hollardagina qo'llanadi. Emizuvchi ayollarda muvofiq tadqiqotlar o'tkazilmagan, lekin shu bilan birga rabeprazol laktasiyadagi kalamushlarning sutida aniqlangan. Preparatni bolaga ta'sir qilishidan saqlanish uchun, muolaja vaqtida va tugaganidan keyin 1-2 kun o'tgunicha emizishni to'xtatib turish lozim. Avtomobilni boshqarish va boshqa murakkab mexanizmlar bilan ishlashga ta'siri MNT (Markaziy nerv tizimi) tomonidan nojo'ya ta'sirlari paydo bo'lganida avtomobilni boshqarish va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VERABEZ kukuni 20mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VERABEZ kukuni 20mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VERABEZ kukuni 20mg N1 dori vositasi Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: United Biotech (P) Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VERABEZ kukuni 20mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VERABEZ kukuni 20mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9