×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VERAPAMIL 0,04 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Makedoniya Respublikasi
Faol modda:
Верапамил
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Алкалоид АО
ATX kodi:
- C08DA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
50 000 s`om dan
LAZIKS eritma 2ml 10mg/ml N10 Sanofi-Zentiva Frantsiya
PRESTANS tabletkalari 5mg/5mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
114 200 s`om dan
KORDARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N6 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VERAPAMIL 0,04 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VERAPAMIL

VERAPAMIL

Preparatning savdo nomi: Verapamil

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): verapamil

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: verapamil gidroxloridi – 40,0 mg va 80,0 mg

yordamchi moddalar (yadrosi): laktoza monogidrati -16,75 mg yoki 33,50 mg, kartoshka kraxmali – 16,89 mg yoki 33,78 mg, povidon – 3,64 mg yoki 7,28 mg, talk – 1,90 mg yoki 3,80 mg, magniy stearati – 0,82 mg va 1,64 mg;

yordamchi moddalar (qobig‘i): makrogol -4000 – 0,29 mg yoki 0,72 mg, talk – 0,29 mg yoki 0,72 mg, titan dioksidi – 0,16 mg yoki 0,42 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi – 0,01 mg yoki 0,02 mg, gipromelloza – 1,25 mg yoki 3,12 mg.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, och-sariqdan sarg‘ish-to‘q sariq rangligacha bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: «sekin» kalsiy kanallarining blokatori

ATX kodi: S08DA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Verapamil «sekin» kalsiy kanallari blokatorlari guruhining asosiy preparatlaridan biridir. U antiaritmik, antianginal va antigipertenziv faollikka ega.

Preparat miokardning qisqaruvchanligini pasaytirishi va yurak qisqarishlari sonini kamaytirishi hisobiga miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi. Yurak koronar tomirlarini kengayishini chaqiradi va koronar tomirlarda qon oqimini oshiradi; periferik arteriyalarning silliq mushaklari tonusini va umumiy periferik tomirlar qarshiligini pasaytiradi.

Verapamil atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni ahamiyatli sekinlashtiradi, sinus tuguni avtomatizmini susaytiradi, bu preparatni supraventrikulyar aritmiyalarni davolashda qo‘llash imkoniyatini beradi.

Verapamil vazospastik genezli (Prinsmetal stenokardiyasi) stenokardiyani davolash uchun tanlov preparatidir. Zo‘riqish stenokardiyasi, shuningdek ritmni supraventrikulyar buzilishlari bilan birga bo‘lgan stenokardiyani davolashda samara ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida qabul qilingan dozaning 90% dan ko‘prog‘i so‘riladi. Biokiraolishligi – 10-20%. Qon plazmasidagi preparatning maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o‘tgach erishiladi (80-400 ng/ml). Verapamil gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlaridan o‘tadi. Jigar orqali birinchi o‘tishida metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari norverapamil, N-dealkilverapamil va N-dealkilnorverapamillardir. Preparat va uning metabolitlarini organizmda to‘planishi, kursli davolashda ta‘sirining kuchayishini tushuntiradi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Bir martalik doza qabul qilinganidagi yarim chiqarilish davri 2,8-7,4 soatni tashkil qiladi; takroriy dozalar qabul qilinganida – 4,5-12 soat. Ko‘p bo‘lmagan miqdori o‘zgarmagan holda (3-4%), qolgan qismi – metabolitlari ko‘rinishida (70%) buyraklar orqali, taxminan 25% safro bilan chiqariladi. Ko‘krak suti bilan chiqarilishi past.

 

Qo‘llanilishi

  1. Yurak ritmini buzilishlarini davolash va oldini olish:
  • yurak qorinchalari usti paroksizmal taxikardiyasi;
  • yurak bo‘lmachalarni xilpillashi va lipillashini (taxiaritmik varianti) surunkali shakli;
  • yurak qorinchalari usti ekstrasistoliyasi;
  1. Davolash va oldini olish:
  • surunkali stabil stenokardiya (zo‘riqish stenokardiyasi);
  • nostabil stenokardiya;
  • vazospastik stenokardiya (Prinsmetal stenokardiyasi, variant stenokardiya);
  1. Arterial gipertenziyani davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Verapamil ichga ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan keyin, shimmasdan va chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan suv bilan qabul qilinadi.

Dozalash tartibi va davolash davomiyligi bemorning holatiga, og‘irlik darajasiga, kasallikni kechish xususiyatlariga va davolashning samaradorligiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi.

Stenokardiya, aritmiya xurujlarini oldini olish uchun va arterial gipertenziyani davolashda preparat kattalarga 40-80 mg boshlang‘ich dozada kuniga 3-4 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida bir martalik doza 120-160 mg gacha oshiriladi.

Preparatning maksimal sutkalik dozasi 480 mg ni tashkil qiladi.

Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarda verapamilni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, shuning uchun davolashni minimal dozalardan boshlash maqsadga muvofiqdir.

Og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun preparatning sutkalik dozasi 120 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Verapamil qo‘llanganida quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yuzni qizarishi, yaqqol bradikardiya, atrioventikulyar blokada, arterial bosimni yaqqol pasayishi, preparat yuqori dozalarda ishlatilganida, ayniqsa moyilligi bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi simptomlari paydo bo‘lishi mumkin, taxikardiya; kam hollarda – hatto miokard infarktini rivojlanishigacha bo‘lgan stenokardiya (shu jumladan qorinchalarni xilpillashi va lipillashi);
  • me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, ishtahani kuchayishi, kam hollarda – diareya; alohida hollarda qon plazmasida «jigar» transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini tranzitor oshishi;
  • markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, xavotirlik, asteniya, uyquchanlik, depressiya, ekstrapiramid buzilishlar (ataksiya, niqobsimon yuz, gandiraklab yurish, qo‘l yoki oyoqlarni qiyin harakatga kelishi, qo‘l va barmoqlarni titrashi, yutishni qiyinlashishi) kam hollarda – yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik, tormozlanish, toliqish;
  • allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, yuz terisini giperemiyasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi);
  • boshqalar: ginekomastiya, giperprolaktinemiya, milklarni giperilaziyasi, tana vaznini oshishi, juda kam hollarda – agranulositoz, galaktoreya, artrit, ko‘rishni tranzitor yo‘qotish, o‘pka shishi, simptomsiz trombositopeniya, periferik shishlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Verapamilga va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yaqqol bradikardiya, IIB-III bosqichdagi surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, kardiogen shok (aritmiya chaqirganidan tashqari), sinoaurikulyar blokada, II va III darajali atrioventrikulyar blokada (ritmni sun‘iy yurituvchisi bo‘lgan bemorlardan tashqari); o‘tkir miokard infarkti, sinus tugunining kuchsizligi sindromi, aorta og‘zini stenozi, Volf-Parkinson-Uayt sindromi yoki Laun-Ganong-Levin sindromi (kardiostimulyator qo‘yilgan bemorlardan tashqari), Morgani-Adams-Stoks sindromi, chap qorinchaning yaqqol disfunksiyasi, yurak bo‘lmachalarini lipillashi yoki fibrillyasiyasi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda (vena ichiga) qo‘llash, homiladorlik, laktasiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan), bir vaqtda kolxisinni qabul qilish mumkin emas.

I darajali atrioventrikulyar blokadasi, idiopatik gipertrofik subaortal stenozi, I va II A bosqichdagi surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, arterial gipotenziyasi, bradikardiyasi bo‘lgan bemorlarga, nerv-mushak o‘tkazuvchanligi sekinlashgan keksa yoshdagilarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganida:

  • barqaror parsial tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda karbamazepinning AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) ni oshiradi (diplopiya, bosh og‘rig‘i, ataksiya va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanish xavfi yuz beradi).
  • siklosporinning AUC, Css (klirensi) va Smax (preparatning maksimal konsentrasiyasi) ni oshiradi.
  • glibenklamidning AUC va Cmax ni oshiradi.
  • sirolimus va takrolimusning konsentrasiyasini oshiradi.
  • buspiron va midazolamning AUC va Cmax ni sezilarli oshiradi.
  • teofillinning (klirensini kamaytirishi tufayli), etanolning konsentrasiyasini oshiradi (uning samarasini uzaytiradi), xinidinning konsentrasiyasini oshiradi (arterial bosimni yaqqol pasayish xavfi kuzatiladi).
  • atorvastatin va lovastatinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.
  • simvastatinning AUC va Cmax ni sezilarli oshiradi.
  • almotriptanning AUC va Cmax ni oshiradi.
  • yurak glikozidlarining konsentrasiyasini oshiradi (sinchkov kuzatuvni va glikozidlarning dozasini pasaytirishni talab qiladi).
  • stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda metoprolol va propranololning AUC va Cmax ni oshiradi.
  • kolxisinning (CYP3A va r-glikoprotein uchun substrat) plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.
  • ichga qabul qilinganida doksirubisinning AUC va Cmax ni sezilarli oshiradi.
  • imipraminning AUC biroz oshiradi, faol metaboliti, dezipraminning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi.
  • prazozin va terazozinning Cmax ni va terazozinning AUC ni oshiradi.
  • CYP3A ingibitorlari (shu jumladan eritromisin, ritonavir va boshqa viruslarga qarshi OITV preparatlar), telitromisin verapamilning plazmadagi konsentrasiyalarini oshiradi.
  • greypfrut sharbati verapamilning R- va S-izomerlarining AUC va Cmax ni oshiradi.
  • simetidin verapamilning biokiraolishligini deyarli 40-50% ga (jigardagi metabolizmini pasaytirish hisobiga) oshiradi, shuning uchun verapamilning dozasini kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkin.
  • rifampisin verapamilning AUC va Cmax ni sezilarli (92% ga) pasaytirishi mumkin
  • fenobarbital verapamilning klirensini 5 barobar oshiradi.
  • sulfinpirazon verapamilning klirensini taxminan 3 barobar oshiradi va biokiraolishligini (60% ga) pasaytiradi.
  • teshik dalachoy preparatlari verapamilning R- va S-izomerining AUC va muvofiq ravishda Cmax ni pasaytiradi.
  • ingalyasion anestetiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida bradikardiyani, atrioventrikulyar blokadani, yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi.
  • beta-adrenoblokatorlar bilan kombinasiyasi manfiy inotrop ta‘sirni kuchayishiga, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishlarini, bradikardiyani rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin (verapamil va beta-adrenoblokatorlarni yuborishni bir necha soatli intervallarda o‘tkazish kerak).
  • prazozin va boshqa alfa-adrenoblokatorlar, shuningdek boshqa gipotenziv dori vositalari (AAF ingibitorlari, vazodilatatorlar, diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar) gipotenziv samarasini kuchaytiradi.
  • dizopiramid va flekainidni verapamil qo‘llanganidan keyin 48 soat davomida yoki 24 soat o‘tgach buyurish mumkin emas (hatto o‘lim bilan yakunlanishgacha bo‘lgan manfiy inotrop samarasini qo‘shilishi tufayli).
  • litiy preparatlarining neyrotoksik samarasini paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
  • periferik miorelaksantlarning ta‘sirini kuchaytiradi (dozalash tartibini o‘zgartirish talab etilishi mumkin).
  • asetilsalisil kislotasi (ASK) bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketish vaqtini faqat ASK ni qo‘llanganiga qaraganda bir muncha kattaroq oshishi aniqlangan.
  • karbamazepin va litiy bilan neyrotoksik samaralarning paydo bo‘lish xavfi oshadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gipertrofik kardiomiopatiyasi bo‘lgan bemorlarda arterial bosimni oshirish uchun alfa-adrenostimulyatorlar (fenilefrin) buyuriladi; izoprenalinni qo‘llash mumkin emas.

Yurak yetishmovchiligida davolashni boshlash oldidan kompensasiyalangan holatga erishish kerak.

Davolashda yurak-qon tomir tizimini va nafas tizimlari faoliyatini, qonda glyukoza va elektrolitlar miqdorini, aylanayotgan qon hajmini va chiqarilayotgan siydik miqdorini nazorat qilish kerak.

Davolashni birdan to‘xtatish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: atrioventrikulyar blokadaga, ba‘zida asistoliyaga o‘tuvchi sinus bradikardiyasi, arterial bosimni yaqqol pasayishi, yurak yetishmovchiligi, shok, sinoatrial blokada.

Davolash: erta aniqlanganida – me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish; ritm va o‘tkazuvchanlik buzilganida – izoprenalin, norepinefrin, 10-20 ml 10% li kalsiy glyukonati eritmasini vena ichiga yuborish; ritmni sun‘iy yurituvchisi, plazma o‘rnini bosuvchi eritmalarni vena ichiga infuziya qilish kerak. Gemodializ samarali emas.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 40 mg va 80 mg.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

50 tabletkadan polimer materialli bankada.

2 yoki 5 kontur uyali o‘ram yoki polimer materialli 1 banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VERAPAMIL 0,04 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VERAPAMIL 0,04 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VERAPAMIL 0,04 tabletkalari N30 dori vositasi Алкалоид АО tomonidan Makedoniya Respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VERAPAMIL 0,04 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VERAPAMIL 0,04 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
VERAPAMIL 0,08 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Верапамил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО
Другие формы препарата
VERAPAMIL DARNISA inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9