×
×
  • VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Irlandiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Servier (Ireland) Industries Ltd
ATX kodi:
- C09BB04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
PROPANORM tabletkalari 150mg N50 Pro. Med. CS Praha a.s. Chexiya
11 000 s`om dan
VENOLAYF gel 40g Акрихин, АО Rossiya
61 990 s`om dan
VENOXELP tabletkalari 50mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
57 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot

Viakoram, 3,5 mg/2,5 mg li tabletkalar

Viakoram, 7 mg/5 mg li tabletkalar

perindopril arginin/amlodipin

Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muhim bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar mavjud bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga, farmasevtga yoki hamshiraga murojaat qiling.
  • Ushbu preparat faqat Ciz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish kerak emas. Preparat, hatto ulardagi simptomlar sizdagi simptomlarga o‘xshash bo‘lsa ham, ularning sog‘lig‘iga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar sizda biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelsa, davolovchi shifokoringizga, farmasevtga yoki hamshiraga murojaat qiling. Bu ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 10-bo‘limga qarang.

 

  1. SAVDO NOMI

Viakoram.

 

  1. DORI SHAKLI

3,5 mg/2,5 mg, 7 mg/5 mg li tabletkalar.

 

  1. TA‘SIR ETUVCHI MODDANING NOMI

Perindopril arginin va amlodipin.

 

  1. TARKIBI

Viakoram tarkibi

Ta‘sir etuvchi moddalar – perindopril arginin va amlodipin.

3,5 mg/2,5 mg li Viakoramning bitta tabletkasi 2,378 mg perindoprilni saqlaydi, bu
3,5 mg perindopril argininga mos keladi, va 3,4675 mg amlodipin besilatni saqlaydi, bu 2,5 mg amlodipinga mos keladi.

7 mg/5 mg li Viakoramning bitta tabletkasi 4,756 mg perindoprilni saqlaydi, bu 7 mg perindopril argininga mos keladi, va 6,935 mg amlodipin besilatni saqlaydi, bu 5 mg amlodipinga mos keladi.

Tabletka tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlar: laktoza monogidrati, magniy stearati (Ye470V), mikrokristall sellyuloza (Ye460), suvsiz kolloid kremniy dioksidi (Ye551).

 

Viakoram qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining tarkibi

3,5 mg/2,5 mg li Viakoram preparati tabletkalari – oq rangli, dumaloq shaklda, diametri 5 mm bo‘lgan tabletkalar.

7 mg/5 mg li Viakoram preparati tabletkalari – oq rangli, dumaloq shaklda, diametri
6 mm, bir tomonida  bostirilgan belgisi bo‘lgan tabletkalar.

3,5 mg/2,5 mg li Viakoram va 7 mg/5 mg li Viakoram tabletkalari 30, 90 (30 donadan 3 tuba), 100 yoki 500 (100 donadan 5 tuba) tabletkani saqlovchi o‘ramlarda.

Tubalarning tiqinida namlikni yutuvchi modda saqlanadi.

Savdoda hamma qadoqlar ham bo‘lavermaydi.

 

  1. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

Renin-angiotenzin tizimiga ta‘sir qiluvchi preparatlar, AAF ingibitorlari va kalsiy kanallari blokatorlari, ATX kodi: C09BB04.

 

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Farmakodinamik xususiyatlari

Ta‘sir etish mexanizmlari:

Viakoram essensial gipertenziyali pasientlarda arterial bosimni nazorat qilishda bir-birini o‘rnini to‘ldiruvchi mexanizmli ikkita antigipertenziv preparat: kalsiy antagonistlari sinfiga mansub amlodipindan va angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari sinfi vakili bo‘lgan perindoprildan tashkil topgan.

Ushbu ikki preparatlarning kombinasiyasi additiv antigipertenziv ta‘sirga ega.

Farmakodinamik ta‘siri:

Perindopril:

Perindopril – bu angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi ferment (angiotenzin aylantiruvchi ferment, AAF) ingibitoridir. Aylantiruvchi ferment yoki kinaza – bu ekzopeptidaza bo‘lib, u angiotenzin I ni tomirni toraytiruvchi angiotenzin II ga aylanishini katalizasiya qiladi, shuningdek tomirni kengaytiruvchi bradikininni nofaol geptapeptidga aylanishini keltirib chiqaradi. AAF ni ingibisiya qilish plazmada angiotenzin II darajasini pasayishiga olib keladi, bu plazmada renin faolligi oshishini (renin ajralib chiqishining negativ qayta bog‘lanishini ingibisiya qilish hisobiga) va aldosteron sekresiyasi pasayishini keltirib chiqaradi. AAF shuningdek sirkulyasiyalovchi va lokal kallikrein-kinin tizimining faolligi oshishiga (shuningdek prostaglandinlar tizimi faollashishiga) olib keladi. Ehtimol mazkur mexanizm AAF ingibitorlarining gipotenziv ta‘sirida ahamiyatga ega va qisman nojo‘ya ta‘sirlardan ayrimlariga (yo‘talga) sababchi bo‘ladi.

Perindopril faol metabolit bo‘lgan perindoprilat orqali ta‘sir qiladi. Boshqa metabolitlar AAF faolligining in vitro ingibisiya qilinishini namoyon etmagan.

Amlodipin:

Amlodipin digidropiridin (sekin kanallar blokatori yoki antagonist kalsiy ionlari antagonisti) guruhiga taalluqli va yurak mushagiga hamda tomirlarning silliq mushagiga kalsiy ionlarining transmembranali oqimini ingibisiya qiluvchi membrana orqali kalsiy ionlari kelishi ingibitorini ifodalaydi.

Amlodipinning gipotenziv ta‘siri mexanizmi tomirlarning silliq mushagiga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘siridan iborat. Amlodipinning stenokardiyani namoyon bo‘lishini kamaytiradigan aniq ta‘sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan, ammo ushbu preparat quyidagi ikkita ta‘sir hisobiga umumiy ishemik zo‘riqishni pasaytirishi ma‘lum:

  • Amlodipin periferik arteriollarni kengaytiradi va bu bilan yurakka tushadigan zo‘riqishni kamaytirgan holda umumiy periferik qarshilikni (keyingi zo‘riqishlarni) pasaytiradi. Yurak qisqarishlari tez-tezligi barqarorligi tufayli, yurakka tushadigan yuklamani mazkur kamayishi miokard tomonidan energiya iste‘molini va kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi.
  • Amlodipinning ta‘sir mexanizmi ehtimol, shuningdek miokardning normal zonalarida ham, ishemik zonalarida ham bosh koronar arteriyalar va koronar arteriollarni kengayishini o‘z ichiga oladi. Mazkur kengayish koronar arteriya spazmi (Prinsmetal stenokardiyasi yoki variantli stenokardiyasi) bo‘lgan pasientlarda miokardga kislorod yetkazib berilishini oshishiga olib keladi.

 

 

 

 

  1. FARMAKOKINETIKASI

Farmakokinetika xususiyatlari

Viakoram tarkibida perindopril va amlodipinni so‘rilishi tezligi va darajasi bir komponentni saqlovchi tabletkalar qabul qilinganidagi tegishli ko‘rsatkichlardan kam farqlanadi.

Perindopril:

So‘rilishi:

Ichga qabul qilinganida perindoprilni so‘rilishi tez yuz beradi, maksimal konsentrasiyaga 1 soat ichida erishiladi. Perindoprilning plazmada yarim parchalanish davri 1 soatni tashkil etadi.

Perindopril dorivor vosita hisoblanadi. Perindoprilni qabul qilinadigan dozasining yigirma yetti foizi qon oqimiga faol metabolit, perindoprilat ko‘rinishida kelib tushadi. Faol metabolitdan tashqari organizmda yana besh nofaol metabolit hosil bo‘ladi. Perindoprilatning plazmadagi eng yuqori konsentrasiyasiga preparat qabul qilinganidan keyin 3-4 soat o‘tgach erishiladi.

Ovqatlanish perindoprilni perindoprilatga aylanishini, va demak uning biokiraolishligini pasaytiradi, shu sababli perindopril argininni sutkada bir marta, ertalab ovqatlanishga qadar peroral qabul qilish tavsiya etiladi. Perindopril dozasi va uning plazmadagi ekspozisiyasi orasidagi bog‘liqlik chiziqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Taqsimlanishi:

Bog‘lanmagan perindoprilatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,2 l/kg ni tashkil etadi. Perindoprilatning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% ni tashkil etadi va asosan angiotenzinga aylantiruvchi ferment bilan yuz beradi, ammo preparat konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Chiqarilishi:

Perindoprilat siydik bilan chiqariladi, uning erkin fraksiyasini yarim chiqarilishi yakuniy davri taxminan 17 soatni tashkil etadi, bu muvozanat holatiga 4 kunda erishish imkonini beradi.

Amlodipin:

So‘rilishi, taqsimlanishi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi:

Davolash dozalari peroral qabul qilinganida amlodipin yaxshi so‘riladi; qonda eng yuqori darajasiga doza qabul qilinganidan keyin 6–12 soat o‘tgach erishiladi. Baho berilishiga ko‘ra, mutlaq biokiraolishligi 64–80% ni tashkil etadi. Taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ga teng. In vitro tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, sirkulyasiyadagi amlodipinning taxminan 97,5 % qon oqsillari bilan bog‘lanadi.

Amlodipinning biologik kiraolishligi ovqatlanishga bog‘liq emas.

Biotransformasiyasi, chiqarilishi:

Plazmadan yarim chiqarilish yakuniy davri taxminan 35–50 soatni tashkil etadi va bir kunda bitta doza qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Amlodipin jigar bilan jadal ravishda metabolitlarga metabolizmga uchraydi; dastlabki birikmaning 10% va 60% metabolitlar siydik bilan chiqariladi.

Pasientlarning maxsus toifalari:

Bolalar (18 yoshgacha bo‘lgan)

Bolalarda qo‘llanilganida farmakokinetik ma‘lumotlar mavjud emas.

Keksa yoshdagi shaxslar:

Amlodipinni plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti keksa yoshdagi va undan yoshroq pasientlarda bir-biriga o‘xshash. Keksa yoshdagi pasientlarda amlodipin klirensini pasayishi tamoyili qayd etilgan bo‘lib, bu AUC va yarim chiqarilish davri oshishi bilan kechadi. Keksa yoshdagi pasientlarda preparatni qo‘llashni boshlash va uning dozasini oshirish ehtiyotkorlik bilan, buyrak faoliyatiga bog‘liq holda amalga oshirilishi kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarda perindoprilatni chiqarilishi sekinlashadi. Dozani oshirishdan oldin buyrak faoliyatini tekshirish lozim. Shu sababli bemorlarni odatdagi kuzatuvi kreatinin va kaliy darajasini monitoring qilishni ichiga olishi kerak (4.2 va 4.4-bo‘limlariga qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishi

O‘rtacha darajada buyrak yetishmovchiligi (kreatinin darajasi minutiga 30 ml dan 60 ml gacha) bo‘lgan pasientlarda Viakoramning boshlang‘ich tavsiya etilgan dozasi kun ora
3,5 mg/2,5 mg ni tashkil etadi (4.2-bo‘limiga qarang).

Amlodipin farmakokinetikasi buyrak faoliyati buzilganida sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Amlodipin dializda chiqarilmaydi.

Yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda perindoprilatni chiqarilishi sekinlashadi.

Shu sababli bemorlarni odatdagi kuzatuvi kreatinin va kaliy darajasini monitoring qilishni ichiga olishi kerak (4.2 va 4.4-bo‘limlariga qarang).

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim (4.2 va 4.4-bo‘limlariga qarang).

Hozirgi vaqtda amlodipinni jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlarga buyurilishiga oid klinik ma‘lumotlarning o‘ta cheklangan hajmi mavjud. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda amlodipin klirensi pasaygan bo‘ladi, bu yarim chiqarilishi davrini uzayishiga va AUC ni taxminan 40–60% ga oshishiga olib keladi.

Dializda perindopril klirensi minutiga 70 ml ni tashkil etadi. Sirrozi bo‘lgan pasientlarda perindopril kinetikasi o‘zgargan bo‘ladi: dastlabki molekulaning jigar klirensi ikki baravar sekinlashadi. Biroq hosil bo‘ladigan perindoprilatning miqdori pasaymaydi, shu sababli dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi (4.2 va 4.4-bo‘limlariga qarang).

 

  1. QO‘LLANILISHI

Viakoram ikki faol komponentlar – perindopril va amlodipin birikmasidan tashkil topgan. Har ikkala moddalar yuqori arterial bosimni nazorat qilishga imkon beradi.

Perindopril – bu AAF (angiotenzin aylantiruvchi ferment) ingibitoridir. Amlodipin kalsiy kanallarining blokatori bo‘lib hisoblanadi (va digidropiridinamlar deb nomlanuvchi dorilar sinfiga taalluqli). Ushbu har ikkala preparat qon tomirlarini kengaytiradi va ularning devorlari mushaklarini bo‘shashtiradi, buning natijasida qon tomirlarda qon ancha erkinroq oqadi va yurakning normal qon oqimini ta‘minlab turadi.

Viakoram kattalarda yuqori arterial bosimni (gipertenziyani) davolash uchun qo‘llaniladi.

  1. QO‘LLANILISHI VA DOZALASH TARTIBI

Viakoram qabul qilinganida doimo shifokor ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qiling. Agar siz biror masalada ishonchingiz komil bo‘lmasa, albattashifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Tavsiya etiladigan dozasi  Viakoramning bir tabletkasi 3,5 mg/2,5 mg dan kuniga bir martani tashkil etadi.

Agar sizda o‘rtacha darajadagi buyrak kasalligi tashhislangan bo‘lsa, davolash boshlanishida shifokor sizga kun ora Viakoramning 3,5 mg/2,5 mg li bir tabletkasini buyurishi mumkin.

Ushbu preparatga nisbatan sizning reaksiyangizga bog‘liq ravishda, qabul qilish boshlanganidan keyin bir oy o‘tgach, zarurat bo‘lganida shifokor Viakoram dozasini har kuni 7 mg/5 mg gacha oshirishi mumkin.

Yuqori arterial bosimni davolash uchun Viakoramning maksimal tavsiya etiladigan dozasi 7 mg/5 mg ni tashkil etadi.

Tabletkalarni har kuni ertalab, nonushtadan oldin, iloji boricha ayni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi.

Siz uchun buyurilgan dozani oshirib yuborish kerak emas.

 

Agar siz Viakoramni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Preparatni har kuni qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki qabul qilishning muntazamligi davolashni samaraliroq qiladi. Shunga qaramay, agar siz Viakoram dozasini qabul qilishni yoddan chiqargan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun keyingi dozani ikki baravar ko‘p qabul qilmang.

 

Agar siz Viakoramni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Viakoramni odatda butun umr davomida qabul qilish buyurilishi tufayli, siz preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.

Agar sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

 

  1. NOJO‘YA TA‘SIRI

Har qanday dori preparatlari kabi mazkur dori vositasi, garchand hammada ham uchramasa-da, nojo‘ya ta‘sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ushbu tibbiy preparatni qabul qilinishini darhol to‘xtating va, agar sizda quyida ko‘rsatilgan, jiddiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlardan biror-biri yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qiling:

  • to‘satdan yuzaga kelgan hushtaksimon nafas olish, ko‘krakda og‘riq, hansirash yoki nafas olishni qiyinligi (bronxospazm) (tarqalmagan nojo‘ya ta‘sir, 100 tadan 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • qovoqlar, yuz yoki lablarni shishishi, (tarqalmagan nojo‘ya ta‘sir, 100 tadan 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • nafas olishni jiddiy qiyinlashtiruvchi til va bo‘g‘iz shishi (Kvinke shishi) (tarqalmagan nojo‘ya ta‘sir, 100 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • og‘ir teri reaksiyalari, shu jumladan kuchli teri toshmasi, eshakemi, barcha tana terisini qizarishi, kuchli qichishish (polimorf eritema) (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10000 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin), qavariqlarning hosil bo‘lishi va teri po‘stini tushishi (eksfoliativ dermatit) (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10000 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin), shilliq qavatlarni yallig‘lanishi (Stivens-Djonson sindromi) (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10000 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin) yoki boshqa allergik reaksiyalar (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10000 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • kuchli bosh aylanishi yoki arterial bosim tushib ketishi natijasida hushdan ketish (tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • ehtimol qilingan insultning belgilari bo‘lishi qo‘l va oyoqlarda zaiflik, mumkin bo‘lgan nutqni buzilishi (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10 000 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • infarkt, ko‘krakda og‘riq (stenokardiya) (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10 000 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin), yurakning noodatiy tez yoki patologik urishi (tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • me‘da osti bezini yallig‘lanishi, bu ahvolning yaqqol ifodalangan yomonlashuvi bilan birgalikda qorinda va belda o‘tkir og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10 000 tadan maksimum 1 ta pasientda yuzaga kelishi mumkin);
  • gepatit belgilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan teri yoki ko‘zning sariqligi (juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sir, 10 000 tadan maksimum 1 ta pasientda yuzaga kelishi mumkin).

Quyida Viakoramni qo‘llashda ro‘yxatdan o‘tkazilgan nojo‘ya ta‘sirlar sanab o‘tilgan. Ulardan har qandayi yuzaga kelganida davolovchi shifokor bilan bog‘lanish lozim.

  • Keng tarqalgan nojo‘ya ta‘sirlar (10 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin): bosh aylanishi, yo‘tal, shishlar.
  • Tarqalmagan nojo‘ya ta‘sirlar (100 tadan maksimum 1 nafar pasientda yuzaga kelishi mumkin): qonda kaliy darajasini oshishi, bu yurak ritmini buzilishini (giperkaliemiya) keltirib chiqarishi mumkin, qonda qand darajasini oshishi (giperglikemiya), charchash.

Quyida perindopril yoki amlodipinni qo‘llashda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va yoxud Viakoramni qo‘llashda kuzatilmagan, yoxud Viakoramni qo‘llashga nisbatan ushbu preparatlarni qo‘llashda ko‘proq yuzaga keladigan nojo‘ya ta‘sirlar sanab o‘tilgan. Ushbu nojo‘ya ta‘sirlar shuningdek Viakoramni qo‘llashda ham yuzaga kelishi mumkin. Ulardan har qandayi yuzaga kelganida davolovchi shifokor bilan bog‘lanish lozim:

  • Keng tarqalgan nojo‘ya ta‘sirlar (10 tadan maksimum 1 ta pasientda yuzaga kelishi mumkin): bosh og‘rig‘i, uyquchanlik (ayniqsa davolashni boshlanishida), ta‘m sezishni buzilishi, qo‘l-oyoqlarda uvishish yoki achishish va sanchish hisi, bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan ko‘zlarda ikkilanish), tinnitus (quloqlarda shovqin), yurakni tez-tez urishi (o‘z yuragi urishini his etish), yuzni qizarishi, nafas olishning qiyinligi (hansirash), qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya yoki ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qabziyat, qichishish, teri toshmasi, terining qizarishi, to‘piqlarning shishishi, mushaklarning tortishishi, charchoq hissi, holsizlik.
  • Tarqalmagan nojo‘ya ta‘sirlar (100 tadan maksimum 1 ta pasientda yuzaga kelishi mumkin): qonda leykositlarning ayrim turlari darajasini oshishi (eozinofiliya), qonda natriy darajasini pasayishi (giponatriemiya), qonda qand darajasini pasayishi (gipoglikemiya), kayfiyatning o‘zgarib turishi, bezovtalik, uyqusizlik, depressiya, uyquni buzilishi, hushdan ketishlar, og‘riq hislarini pasayishi, tremor, vaskulit (qon tomirlarini yallig‘lanishi), rinit (burun bitishi yoki tumov), defekasiya xarakteristkalarini o‘zgarishi, og‘iz qurishi, kuchli terlash, soch to‘kilishi, terida qizil dog‘lar, teri rangini o‘zgarishi, terida qavariqlar to‘planmasini hosil bo‘lishi, yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, belda og‘riq, mushaklar yoki bo‘g‘imlarda og‘riqlar, siyishni buzilishi, tungi vaqtda siyishni tez-tez qistashi, siyishlar sonini ko‘payishi, buyrak kasalliklari, impotensiya, erkaklarda ko‘krak bezida diskomfort yoki ularni kattalashishi, ko‘rakda og‘riq, ahvolni yomonlashishi, og‘riq, tana vaznini ortishi yoki kamayishi, qonda mochevina darajasini oshishi, qonda kreatinin darajasini oshishi, yiqilish.
  • Kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (1000 tadan maksimum 1 ta pasientda yuzaga kelishi mumkin): ongni xiralashishi, qon zardobida bilirubin darajasini oshishi, jigarda fermentlar darajasini oshishi.
  • Juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 000 tadan maksimum 1 ta pasientda yuzaga kelishi mumkin): oq va qizil qon hujayralari miqdorini pasayishi kabi qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, gemoglobin, trombositlar darajasini pasayishi, mushaklar zo‘riqishini oshishi, zaiflikka, sanchish yoki uvishish hissini sezishga olib kelishi mumkin bo‘lgan nerv buzilishi, eozinofil pnevmoniya (pnevmoniyaning kam uchraydigan turi), milklarni shishi, qorinni dam bo‘lishi (gastrit), terini sarg‘ayishi (sariqlik), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
  • Amlodipinni qabul qilayotgan pasientlarda shuningdek mushaklar rigidligi, tremor va/yoki harakatlanishni buzilishlari birga keladigan buzilishlar kabi nojo‘ya ta‘sirlar ham qayd etilgan.

Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabarlar

Agar sizda biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling. Bu shuningdek mazkur ilova-varaqada sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar ham taalluqlidir.

 

  1. QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Viakoramni quyidagi hollarda qabul qilmang:

  • agar sizda perindoprilga yoki AAF boshqa ingibitorlariga, amlodipin yoki kalsiyning boshqa antagonistlariga yoxud mazkur preparatning har qanday bosh ingredientiga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
  • agar siz buyrakning og‘ir kasalliklari bilan kasallangan bo‘lsangiz;
  • agar ilgari AAF ning boshqa ingibitorlari qabul qilinganida yoki boshqa vaziyatlarda sizda yoki qarindoshlaringizning birortasida hushtaksimon nafas, yuz yoki tilni shishi, jadal qichishish yoki ko‘p sonli teri toshmasi (Kvinke shishi deb ataladigan holat) kabi simptomlar namoyon bo‘lsa;
  • agar sizda aorta og‘zini torayishi (aortal stenoz) yoki kardiogen shok (yurak organizm uchun yetarli miqdorda qonni haydab bera olmaydigan holat) bo‘lsa;
  • agar sizda arterial bosim o‘ta past (gipotenziya) bo‘lsa;
  • agar sizda yurak xurujidan keyin yurak yetishmovchiligi yuzaga kelgan bo‘lsa;
  • agar siz homilador bo‘lsangiz va homiladorlik muddati 3 oydan ortiq bo‘lsa (erta muddatlarda ham Viakoramni qabul qilishdan tiyilish maqbul – homiladorlik to‘g‘risidagi bo‘limga qarang);
  • agar sizda diabet bo‘lsa yoki buyrak faoliyati buzilsa va arterial bosimni pasaytirish uchun aliskirenni saqlaydigan preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar sizda gemodializ yoki qonni filtrlashning boshqa turi o‘tkazilayotgan bo‘lsa. Foydalanilayotgan apparatga bog‘liq ravishda Viakoram sizga mos kelmasligi mumkin;
  • buyrakda qon oqimi pasaygan holda buyrak kasalligi (buyrak arteriyasining stenozi) mavjud bo‘lganida qabul qilmang.

 

  1. BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Agar siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan, yaqin orada qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa, bu haqida shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

Viakoramni quyidagi preparatlar bilan birgalikda qabul qilishdan tiyilish zarur:

  • litiy (maniyalar yoki depressiyalarni davolash uchun foydalaniladi);
  • estramustin (rakni davolash uchun foydalaniladi);
  • kaliyni tejovchi dorilar (masalan, triamteren, amilorid), kaliyli qo‘shimchalar yoki tarkibida kaliy saqlovchi o‘rnini bosuvchi tuzlar;
  • aliskiren (yuqori arterial bosimni davolash uchun) (shuningdek «Viakoramni qabul qilmang» va «Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limidagi ma‘lumotga qarang);
  • angiotenzin-II reseptorlari blokatorlari (ARB) (yuqori arterial bosimni davolash uchun) (masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan);
  • dantrolen (tarqoq skleroz kabi kasalliklarda mushak rigidligini davolash uchun yoki anesteziya vaqtida juda yuqori harorat va mushaklar rigidligi simptomlari bo‘lgan xavfli gipertermiyani davolash uchun foydalaniladi) (infuziya).

Boshqa preparatlarni qabul qilinishi Viakoram bilan davolashga ta‘sir qilishi mumkin. Agar siz quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, o‘z davolovchi shifokoringizni bundan xabardor qiling, chunki ularni qabul qilganda o‘ta ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim:

  • yuqori arterial bosimni davolash uchun boshqa dorilar, shu jumladan diuretiklar (buyraklar bilan chiqariladigan siydik hajmini ko‘paytiruvchi preparatlar);
  • og‘riqsizlantirish uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan, ibuprofen) yoki aspirinning yuqori dozalari;
  • diabetni davolash uchun preparatlar (insulin yoki gliptinlar kabi);
  • depressiya, tashvish, shizofreniya va boshqalar kabi ruhiy kasalliklarni davolash uchun preparatlar (masalan, trisiklik antidepressantlar, antipsixotik preparatlar, imipraminoga o‘xshash antidepressantlar, neyroleptiklr);
  • autoimmun kasalliklarni davolash uchun foydalaniladigan yoki qabul qilinmaslikni oldini olish uchun transplantasiya operasiyalaridan keyin foydalaniladigan immunodepressiv (organizmning himoya tizimini so‘ndiradigan) preparatlar (masalan, siklosporin, takrolimus);
  • allopurinol (podagrani davolash uchun);
  • prokainamid (yurak ritmi buzilishlarini davolash uchun);
  • tomirni kengaytiruvchi preparatlar (qon tomirlarini kengaytiruvchi preparatlar), shu jumladan nitratlar;
  • geparin (qonni suyultiruvchi preparatlar);
  • efedrin, noradrenalin yoki adrenalin (past arterial bosim, shok holatlari yoki astmani davolash uchun preparatlar);
  • baklofen (ayrim kasalliklarda, masalan tarqoq sklerozda mushaklar rigidligini davolash uchun foydalaniladi);
  • rifampisin, eritromisin, klaritromisin kabi ayrim antibiotiklar;
  • karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, fosfenitoin, primidon kabi epilepsiyaga qarshi vositalar;
  • itrakonazol, ketokonazol (zamburug‘ infeksiyalarini davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar);
  • prostata kattalashishini davolash uchun qo‘llaniladigan prazozin, alfuzozin, doksazozin, tamsulozin, terazozin kabi alfa-blokatorlar;
  • amifostin (rakni davolashda qo‘llaniladigan boshqa tibbiy preparatlar yoki nur bilan davolash keltirib chiqaradigan nojo‘ya ta‘sirlarni oldini olish yoki kamaytirish uchun foydalaniladi);
  • kortikosteroidlar (turli holatlarni, shu jumladan og‘ir astma va revmatoid artritni davolash uchun foydalaniladi);
  • natriy oltin-vodorod xloridi, ayniqsa, vena ichiga yuborish orqali (revmatoid artrit simptomlarini davolash uchun foydalaniladi);
  • ritonavir, indinavir, nelfinavir (OIV ni davolash uchun foydalaniladigan proteaza ingibitorlari);
  • yurak yetishmovchiligini davolash uchun foydalaniladigan kaliyni tejovchi preparatlar: eplerenon va spironolakton sutkada 12,5 mg dan 50 mg gacha bo‘lgan dozalarda;
  • trimetoprim (infeksiyalarni davolash uchun);
  • estramustin (rakni davolash uchun foydalaniladi),
  • nayza bargli qizil poycha (oddiy qizil poycha, depressiyada qo‘llaniladigan o‘simlik vositasi).

 

 

 

 

  1. MAXSUS KO‘RSATMALAR

Ogohlantirishlar va ehtiyot choralari

Viakoramni qabul qilishdan oldin quyidagi hollarda davolovchi shifokor, farmasevt yoki hamshira bilan maslahatlashing:

  • sizga gipertrofik kardiomiopatiya (yurak mushagi xastaligi) tashhisi qo‘yilgan bo‘lsa;
  • sizda yurak yetishmovchiligi mavjud bo‘lsa;
  • sizda arterial bosim kuchli oshgan bo‘lsa (gipertonik kriz);
  • siz biror-bir boshqa yurak xastaligi bilan kasallangan bo‘lsangiz;
  • sizda jigar xastaligi mavjud bo‘lsa;
  • sizga buyrak xastaligi tashhisi qo‘yilgan bo‘lsa (yoki buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bo‘lsa);
  • sizda qonda aldosteron nomli gormon darajasi oshgan bo‘lsa (birlamchi aldosteronizm);
  • sizga kollagenoz (biriktiruvchi to‘qima kasalligi), masalan tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya tashhisi qo‘yilgan bo‘lsa;
  • siz diabet bilan kasallangan bo‘lsangiz;
  • siz tuz cheklangan parhezda yoki kaliyni saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilardan foydalanayotgan bo‘lsangiz (qonda kaliy darajasining muvozanati muhim ahamiyatga ega);
  • siz qari bo‘lsangiz va sizning dozangizni oshirish zarur bo‘lsa;
  • siz yuqori arterial bosimni davolash uchun quyida sanab o‘tilgan preparatlarning biror-birini qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
    • «angiotenzin-II reseptorlari blokatorlari» (ARB) (shuningdek sartanlar sifatida ma‘lum bo‘lgan preparatlar – masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan), ayniqsa sizda buyraklarda diabet bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
    • aliskiren.

Shifokoringiz teng vaqt oralig‘ida buyrak faoliyatini, arterial bosimni va qonda elektrolitlar (masalan, kaliy) miqdorini tekshirishi mumkin.

  • Shuningdek «Viakoramni qabul qilmang» bo‘limidagi ma‘lumotga qarang.
  • Siz qora tanli bo‘lsangiz, chunki sizda Kvinke shishi rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lishi mumkin, mazkur preparat esa boshqa irqdagi pasientlarga qaraganda sizda arterial bosimni pasaytirish uchun kamroq samarali bo‘lishi mumkin.

Kvinke shishi (angionevrotik shish):

AAF ingibitorlarini, shu jumladan perindoprilni qabul qilgan pasientlarda Kvinke shishi (yuz, lablar, til yoki bo‘g‘iz shishgan holda yutish yoki nafas olishni buzilishlari bilan kechuvchi og‘ir allergik reaksiya) yuzaga kelishi hollari qayd etilgan. Bunday reaksiya davolash davrida istalgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin. Ushbu simptomlar yuzaga kelganida Viakoramni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga darhol murojaat qilish lozim. Shuningdek 4-bo‘limga qarang.

Agar siz homiladorman (yoki homilador bo‘lib qolishim mumkin) deb o‘ylasangiz, shifokorni xabardor qilish zarur. Viakoramni homiladorlikning erta muddatlarida qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Mazkur preparatni homiladorlikning 3-oyidan boshlab qabul qilish taqiqlanadi, chunki homiladorlikning uchinchi oyidan keyin qabul qilinganida u farzandingizga jiddiy ziyon keltirishi mumkin (homiladorlik haqidagi bo‘limga qarang).

Viakoramni qabul qilish davrida siz shuningdek quyidagilar haqida:

  • siz umumiy og‘riqsizlantirish talab qilinadigan jarrohlik operasiyasidan yoki boshqa keng jarrohlik aralashuvidan o‘tmoqchi bo‘lsangiz;
  • siz yaqin orada diareyani yoki qusishni boshdan kechirgan bo‘lsangiz;
  • siz asalari yoki ari chaqishlariga allergik reaksiyalarni kamaytirish uchun desensibilizasiya kursidan o‘tmoqchi bo‘lsangiz davolovchi shifokorga yoki tibbiy personalga xabar qilishingiz kerak.

 

Bolalar va o‘smirlar

Viakoramni bolalar va o‘smirlarga buyurish mumkin emas.

 

Viakoramni ovqat va ichimlik bilan birga qabul qilish

Viakoram qabul qilinganida greypfrut sharbatini ichish yoki greypfrutni iste‘mol qilish taqiqlanadi. Bu shu bilan izohlanadiki, greypfrut va greypfrut sharbati qonda amlodipinning faol ingredienti konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa Viakoramning gipotenziv ta‘sirini oldindan aytib bo‘lmaydigan kuchayishini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Homiladorlik va emizish

Agar siz homilador yoki emizayotgan bo‘lsangiz, ehtimol homiladorman deb o‘ylasangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni qabul qilishdan avval shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

 

Homiladorlik

Agar siz homiladorman (yoki homilador bo‘lib qolishim mumkin) deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, shifokorni xabardor qilishingiz zarur. Shifokor sizga homiladorlik yuz berishiga qadar yoki homiladorlik tasdiqlanganidan keyin darhol Viakoramni qabul qilishni to‘xtatish kerakligini tavsiya etadi. U shuningdek Viakoramdan boshqa preparatni qabul qilishga o‘tishni taklif etadi. Viakoramni homiladorlikning erta davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Mazkur preparatni homiladorlikning 3-oyidan boshlab qabul qilish taqiqlanadi, chunki homiladorlikning uchinchi oyidan keyin qabul qilinganida u farzandingizga jiddiy ziyon keltirishi mumkin.

 

Emizish

Agar siz emizayotgan yoki emizishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga darhol xabar bering. Viakoram emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi; agar siz emizishni istasangiz, ayniqsa farzandingiz endigina yoki chala tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz siz uchun boshqa davolashni tanlashi mumkin.

 

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Viakoram transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar preparat sizda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, holsizlik, charchoq yoki bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarsa, avtomobilni boshqarmang, mexanizmlar bilan ishlamang va darhol shifokorga murojaat qiling.

 

  1. DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Agar siz preparatning juda ko‘p tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qiling yoki bu haqida shifokorga darhol xabar bering. Doza oshirib yuborilganida arterial bosimni tushib ketishi eng ko‘p kutiladigan ta‘sir bo‘lib hisoblanadi, buning hisobiga siz boshingiz aylanayotganini his etishingiz yoki hushdan ketishingiz mumkin. Agar bu yuz bergan bo‘lsa, yoting va oyoqlarni ko‘taring – bu sizning holatingizni yengillashtirishi mumkin.

 

  1. SAQLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Karton qutida yoki flakonda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin mazkur preparatni qabul qilmang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilganida ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni nazarda tutiladi.

30°C dan past haroratda saqlansin.

Viakoram o‘rami ochilganidan keyin 30 tabletkali tuba uchun 60 kun davomida va 100 tabletkali tuba uchun 90 kun davomida foydalanish lozim.

Dorini oqava suvlarga oqizib yubormaslik yoki maishiy chiqindilarga tashlab yubormaslik lozim. Farmasevtdan boshqa foydalanilmaydigan dorilarni qanday qilib utilizasiya qilish haqida so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan.

 

  1. YAROQLILIK MUDDATI

3 yil.

 

  1. DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Dori preparati shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30 dori vositasi Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Servier (Ireland) Industries Ltd tomonidan Irlandiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIAKORAM tabletkalari 3,5mg/2,5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOLIPREL FORTE ARGININ tabletkalari 5mg 5mg/1,25mg N30
NOLIPREL ARGININ tabletkalari 2,5mg 2,5mg/0,625mg N30
VIAKORAM tabletkalari 7mg/5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Servier (Ireland) Industries Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9