×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIDON eritma 10 ml 10%

Kategoriya:
- Antiseptiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antiseptik vosita
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- D08AG03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LOROBEN eritma 200ml Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S. Turkiya
43 600 s`om dan
KAMFORA eritma 50ml 10% Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
3 500 s`om dan
vodorod perikisi eritma 100ml 3% Lafz, ООО O'zbekiston
1 100 s`om dan
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 25g Merrymed Farm, ООО Rossiya Federatsiyasi
4 900 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1,0 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Povidon-yod  (bu 9,0 – 12,0 mg faol yod miqdoriga to'g'ri keladi) - 100 mg 

Yordamchi moddalar: glitserin, limon kislotasi, natriy gidrofasfat digidrati, natriy gidroksidi, 1,0 ml gacha in'ektsiya uchun suv.

Сhiqarilish shakli

Sirtga qo'llash uchun 10% li eritma. 5 ml va 10 ml eritma polietilen flakonlarga, yoki 100 ml polipropilen flakonlarga joylashtiriladi.


10% li sirtga qo'llash uchun eritma
Antiseptik va dezinfitsirlovchi vosita. Teri va shilliq qavatlarga ta'sir qilganda polivinil-pirolidon bilan birikmadan chiqarib yuborilganda, yod bakteriya hujayralari oqsillari bilan yodamin hosil qiladi, ularni koagulyatsiya qiladi va mikroorganizmlarning o'limiga sabab bo'ladi. Gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga (M.tuberculosis bundan mustasno) tez bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Zamburug'lar, viruslar, protozoalarga qarshi samaraga ega.

Vidonning bakteritsid ta'siri muvozanat reaktsiyasi yo'li orqali erkin yodning chiqarilishi bilan bog'liq. Shunday qilib, povidon-yod kompleksi yod  elementini  doimiy ravishda chiqaradigan va faol erkin yodning doimiy kontsentratsiyasini ta'minlaydigan yodning  zaxirasidir. Erkin yod bu fermentlar va oqsillarni inaktivatsiya qilish va yo'q qilish orqali SH- guruhlariningoksidlovchi guruhlari yoki fermentlaring OH- aminokislotalar qatori va mikroorganizmlarning  tizimli oqsillari bilan reaksiyaga kirishadi. Jigarrang  bo'yalish intensivligi, preparatning samaradorlik indikatori bo'lib xizmat qilib, bunda yod rangsizlanadi.   Rangsizlanishdan keyin preparatni qayta qo'llash mumkin. Ushbu nisbiy nospetsifik ta'sir mexanizmi Vidonning odamdagi patogen qo'zg'atuvchilar:gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalar, Gardenerella vag., Treponema pall., Chlamydiae, mikoplazmalar, sodda mikroorganizmlar (shuningdek, trixomonadalar), viruslar(shuningdek, gerpes va VIСh viruslari), zamburug'lar (masalan, Candida avlodi) va sporalarga nisbatan keng ta'sir spektoriga ega ekanligini ko'rsatadi.  Ushbu ta'sir mexanizmi tufayli nostin preparatining  rezistentligi, shu jumladan ikkilamchi rezistentligi rivojlanadi, uzoq muddatli foydalanishda kutilmaydi. Vidon eritmasi suvda eriydi va osongina yuviladi.

Povidon-yod odatda juda yaxshi o'zlashtiriladi.

Juda kam hollarda:

- qichishish, qizarish, voldirlar

Ba'zi hollarda:

- qon bosimi pasayishi va/yoki nafas olish qiyinlishuvi (anafilaktik reaktsiyalar) bilan kechuvchi tarqalgan o'tkir teri reaktsiyalari

- yod bilan indutsirlanishga moyil bo'lgan shaxslarda gipertireoz, chunki Vidon eritmasidan uzoq muddat foydalanganda katta miqdorda yod so'rilishi mumkin

- kuygan yaralarni intensiv ishlov berishda buyrak funktsiyasi buzilgan yoki metabolik matsidoz bilan kechuvchi elektrolitlar muvozanati yoki qon zardobidagi osmolyarlik buzilishi

Shifokor retseptisiz.

Gipertireoz  rivojlanishini istisno qilish mumkin emasligi sababli, Vidonning uzoq muddatli (14 kundan ortiq) yoki uning sezilarli miqdorini keng yuzalarga(tana yuzasini 10%dan ortig'i) qalqonsimon bez funktsiyasining latent buzilishi bo'lgan bemorlarda  (ayniqsa, keksa yoshdagi bemorlarda) qo'llash, faqat kutilgan foyda va mumkin bo'lgan xavfni batafsil taqqoslashdan keyin ruxsat etiladi. Bunday bemorlarda hatto preparatni qo'llashni to'xtatgandan keyin (3 oygacha bo'lgan davrda) ham gipertireozning  erta belgilarini va qalqonsimon bez funktsiyasini tekshiruvlarini kuzatib borish kerak. .

Vidondan foydalanganda qalqonsimon bezda yodni so'rilishini kamaytirishi mumkin, bu esa ba'zi tadqiqotlar va muolajalar natijalariga (qalqonsimon bez sintigrafiyasi, yodni oqsil bilan bog'lanishini aniqlash, radioaktiv yodni qo'llash yordamida diagnostik muolajalar) ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun qalqonsimon bez kasalliklarini yod preparatlari bilan davolashni rejalashtirish mumkin emas. Vidondan foydalanishni to'xtatgandan so'ng kamida 1 - 4 hafta oraliqni ushlab turish kerak.

Vidonning oksidlovchi ta'siri turli diagnostik tekshiruvlarning noto'g'ri ijobiy natijalariga olib kelishi mumkin (masalan, toluidin va gvayakali smolani  qo'llash yordamida siydikda yoki najasda yashirin qonni va siydikda glyukozani aniqlash).

Vidonning oksidlovchi xususiyatlari metallarning korroziyasiga olib kelishi mumkin, plastik va sintetik materiallar odatda povidon-yodga sezgir emas. Ba'zi hollarda, odatda, qayta tiklanadigan rang o'zgarishi uchrashi mumkin.

Vidon eritmasi shisha va boshqa materiallardan iliq suv va sovun bilan osongina yo'qotiladi. Qiyin yuviladigan dog'larni ammiak eritmasi yoki natriy tiosulfat bilan ishlov berish kerak.

Pediatriyada qo'llanishi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va 6 oygacha bo'lgan bolalarda Vidondan foydalanish faqat qat'iy ko'rsatmalarga ko'ra ruxsat etiladi. Agar kerak bo'lsa, qalqonsimon bez funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni faqat ona uchun kutilgan foyda homila/bola uchun potentsial xavfdan oshib ketganda qo'llash mumkin. 

Emizishdan  oldin sut bezlari sirtiga ishlov berilmasin.

- jarrohlik, travmatologiya, kombustiologiya, stomatologiyada jarohat infektsiyalarini davolash va oldini olish

- terining bakterial, zamburug'li va virusli infektsiyalarini davolash, dermatologik amaliyotda superinfektsiyaning oldini olish

- yotoq yaralari, trofik yaralar, “diabetik” oyoqlarga ishlov berish 

- jarrohlik operatsiyalaridan oldin, invaziv tekshiruvlar(punktsiya, bioptsiya, in'ektsiyalar va b.)da  teri va shilliq pardalarga antiseptik ishlov berish

- drenaj, kateter, zondlar atrofida teriga antiseptik ishlov berish

- "kichik" ginekologik operatsiyalar (homiladorlikni sun'iy to'xtatish, bachadon ichi spiralini qo'yish (BIS), eroziya, polipni kuydirish va b.)da tug'ish yo'llariga antiseptik ishlov berish

- yangi tug'ilgan chaqaloqlarning oftalmiyasi yoki oftalmologik aralashuvlarni oldini olishda qo'llanadi. 

- anamnezda yod yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik

- gipertireoz yoki qalqonsimon bezning yaqqol boshqa buzilishlarida

- Dyuringning gerpetik shaklli dermatiti

- gipertireozni davolashda radioaktiv yodni qo'llashdan oldin va keyingi  holatlarda (to'liq tuzalgungacha) qo'llash mumkin emas.

Vidon va perekis va vodorodni, shuningdek, kumush va toluidinni o'z ichiga olgan ferment preparatlarini yaralarga ishlov berish yoki antiseptik preparatlar uchun  birgalikda qo'llaganda samaradorlikning o'zaro pasayishiga olib keladi.

Povidon-yod ishqoriy simob yodid  hosil bo'lish xavfi tufayli simob preparatlari bilan birgalikda ishlatilishi mumkin emas.

Preparat organik komplekslarga to'yinmagan oqsillar bilan reaktsiyaga kirishishi mumkin, shuning uchun povidon-yodning ta'siri uning dozasini oshirish bilan qoplanishi mumkin.

Litiy preparatlarini olgan bemorlarda, ayniqsa, katta sirtlarga uzoq muddat qo'llashdan qochish kerak.

Nomutanosiblik 

Povidon-yod qayta tiklovchi moddalar, alkaloid tuzlari, tanin kislotasi, salitsil kislotasi, kumush, simob va vismut tuzlari, toluidin, vodorod peroksid bilan mos kelmaydi.

 

Yorug'likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda.

Bolalar ollmaydigan joyda saqlansin!


Yaroqlilik muddati

2 yil.  

Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.

To'q-jigarrang, yod hidiga ega, tortilgan yoki cho'kkan zarralarni o'z ichiga olmaydigan eritma.

Vidon eritmasi eritilgan va eritilmagan ko'rinishda tashqi yuzalarga qo'llash uchun  mo'ljallangan. Preparatni issiq suv bilan suyultirmang. Eritmani tana haroratigacha qisqa muddatli isitish ruxsat etilgan. Eritma ichish uchun mo'ljallanmagan. Operatsiyadan oldin teriga ishlov berishda, bemorda ortiqcha eritma qolib ketmasligini (teridagi mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar tufayli) kuzatish kerak.

Dozalash

Suyultirilmagan Vidon eritmasi yaralarga (kuyishlar va boshqa yaralarni) ishlov berish, jarrohlik amaliyotidan oldin qo'l va teriga ishlov berish, siydik pufagi kateterizatsiyasi, in'ektsiya, punktsiya va boshqalarda ishlov berish uchun ishlatilishi kerak.

Vidon eritmasi kuniga bir necha marta ishlatilishi mumkin.

Qo'llarga ishlov berishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

a) qo'llarga gigienik ishlov berish: 3 milliondan suyultirilgan eritmadan  2 marta – har bir doza ekspozitsiyasi bilan 30  sekund.

b) qo'llarni jarrohlik yo'li bilan ishlov berish: suyultirilmagan eritmadan 5 ml 2 marta – har bir doza ekspozitsiyasi bilan  5 minut.

Teriga  ishlov berish uchun  suyultirilmagan eritmani surtgandan so'ng quruguncha qoldirish kerak. 

Quyidagi ko'rsatmalarga ko'ra, Vidon eritmasini  vodoprovod suvi bilan suyultirilgandan keyin foydalanish mumkin. Suyultirish uchun fiziologik eritma yoki Ringer eritmasi ishlatilishi mumkin.

Quyidagi eritmalar tavsiya etiladi:

Ko'rsatma

Suyultirish

Preparat hajmi/suyultirish uchun eritma hajmi

Nam kompress

1:5–1:10

200–100 ml/1 l

O'rindiqli xammomlar

1:25

40 ml/1 l

Jarrohlikdan oldingi xammom

1:100

10 ml/1 l

Gigienik xammom

1:1000

10 ml/10 l

Qin muolajalari

BIS kiritish

Oraliqqa ishlov berish

Urologiyada ishlov berish

1:25

4 ml/100 ml

Surunkali va jarrohlikdan keyingi yaralarga ishlov berish

1:2–1:20

5 ml–50 ml/100 ml

Ortopediya va travmatologiyada ishlov berish 

Og'iz bo'shlig'i operatsiyalarida ishlov berish

1:10

10 ml/100 ml

Eritma ishlatishdan oldin bevosita suyultirilishi kerak.


Simptomlari: anuriya, qon aylanishining yetishmovchiligi, tomoq shishishi, o'pka shishi, moddalar almashinuvini buzilishi.

Davolash: kraxmal yoki oqsil (masalan, suv yoki sutda kraxmal eritmasi) tarkibli oziq-ovqat mahsulotlarini darhol yuborish. Zuarur bo'lganda oshqozonni 5% natriy tiosul'fat eritmasi (yoki 10 ml 10% natriy tiosulfat eritmasi tomir ichiga yuborish) bilan uch soatli oraliq bilan yuvish. Bundan tashqari, yodli gopertireozni erta aniqlash yoki istisno qilish uchun qalqonsimon bezning funktsiyasini diqqat bilan klinik kuzatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIDON eritma 10 ml 10% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIDON eritma 10 ml 10% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIDON eritma 10 ml 10% dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIDON eritma 10 ml 10% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIDON eritma 10 ml 10% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9