×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VINEBRAL kapsulalar 30mg N20

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Misr
Faol modda:
винкамин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Limited, Великобритания произведено: October Pharma
ATX kodi:
- C04AХ07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 203 ta dorixonasida topildi

ico 68 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 96 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 78 400 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
DIROTON tabletkalari 20mg N28 Gedeon Richter PLC Vengriya
63 440 s`om dan
DIGOKSIN tabletkalari 0,1mg N50 ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО Ukraina
5 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VINEBRAL kapsulalar 30mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VINEBRAL

VINEBRAL

 

Preparatning savdo nomi: Vinebral

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vinkamin

Dori shakli: sekin ajralib chiqadigan kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: vinkamisin – 30 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, makkajo‘xori kraxmali, eudragit, gidroksipropilmetilsellyuloza, ftalat, talk.

Qobiq tarkibi: jelatin, titan diaoksidi, brilliant ko‘ki, karmoizin, ponso.

Ta‘rifi: yaltiroq xira qizil rangli, №2 o‘lchamli oqdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan pelletlarni saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Periferik vazodilatorlar. Bosh miya qon aylanishini yaxshilovchi vositalar.

ATX kodi: S04AX07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Vinebral bosh miyaning metabolik ehtiyojlarga, miya qon oqimini moslashuviga yordam berib, miya tomirlariga selektiv tomirlarni boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Vinebral bosh miyaning metabolizmini glyukozaning oksidlanishini kuchayishi hisobiga, shu orqali energiyaning hosil bo‘lishini oshirib va organizmning umumiy faolligini oshishiga yordam berib yaxshilaydi. Vinebral gipoksiya holatida bo‘lgan neyronlarning kislorod bilan ta‘minlanishini oshiradi, miya qon aylanishini me‘yorlashtiradi. Aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Venibralni pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiradi, buyraklar va jigarga biologik, gematologik toksiklikka va nojo‘ya ta‘sirlarga ega emas.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi, yarim chiqarilish davri 60-80 min. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish 64% tashkil qiladi. Vinebral jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi, faqat 4-6% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Bosh miyaning metabolik ehtiyojlar me‘yorlashtirish va miya qon aylanishini metabolik ehtiyojlarga moslashtirish uchun, uning faoliyatini boshqarish, yaxshilash va tutib turish uchun. Quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  • xotirani pasayishi;
  • diqqatni jamlashni buzilishi;
  • diabetik angiopatiya;
  • bosh miya tomirlarining aterosklerotik shikastlanishi;
  • kalla suyagi miya jarohatidan va miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlaridan keyingi holat;
  • miya ishemiyasidan keyingi serebral buzilishlar;
  • gipertonik ensefalopatiya;
  • eshitishni va ko‘rishni tomir genozli buzilishlari;
  • fazo va vaqtda orientasiyani buzilishlari.

Qo‘llash usuli va dozalari

  • Vinebral kapsulalari ichga, yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi. Kattalarga ichga 1 kapsuladan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligini shifokor kasallikning kechishiga qarab belgilaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tzimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya, qabziyat, og‘izni qurishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: AB ni pasayishi, taxikardiya.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Bosh miyani usmasi;
  • homiladorlik va laktasiya;
  • vinkomisin va preparatning boshqa komponentlariga ma‘lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vinebral itrakonazol va vinkristin bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘tkir limfoblast leykomiyali bolalarda va kattalarda neyrotoksiklikni kuchayishi mumikn. Vinebral gipotenziv vositalar va antoagregantlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Xinupristin/dalfopristin bilan majmua CYP3A4 izofermenti ingibitori kabi ta‘sir qiladi va bir vaqtda qo‘llanganida vinkomisinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingan dozalarni oshirmaslik kerak. AG va yurak faoliyatining buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Q-T oraliqni uzayishida va gipokaliemiyada qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Vinebral avtomobilni haydash va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligiga talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sekin ajralib chiqariladigan qattiq jelatin kapsulalar.

10 kapsula blisterda.

2 blister ilova-varaqasi bilan birga karton o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VINEBRAL kapsulalar 30mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VINEBRAL kapsulalar 30mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VINEBRAL kapsulalar 30mg N20 dori vositasi World Medicine Limited, Великобритания произведено: October Pharma tomonidan Misr mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VINEBRAL kapsulalar 30mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VINEBRAL kapsulalar 30mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VINOKSIN MB tabletkalari 30mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: винкамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарма Старт, ООО
Narh: 82 300 so'mdan Batafsil
VINOKSIN MB tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: винкамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарма Старт, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9