×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Vitaflay Kids siropi 120ml N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Faol modda:
витамин B12, витамин B2, витамин B6, витамин C, витамин В3, витамин В9, коэнзим Q10, L-карнитин, витамин А
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО"Group Asia Pharm"
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 15 ta dorixonasida topildi

ico 114 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
26 200 s`om dan
LAKTO kapsulalar N16 Biodeal Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
54 000 s`om dan
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 5ml N10 Лекхим-Харьков, ЧАО Ukraina
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
120 ml sirop flakonlarda. 1 flakon qo'llanishga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida

Siropning ta'siri uning tarkibiga kirgan komponentlariga bog'liq.

L-karnitin - tabiiy maxsulot, vitamin V guruhi bilan bog'liq. Jigar va buyraklarda metionin va lizindan paydo bo'ladi. L-karnitinni asosiy metobolik funktsiyasi – bu uzun zanjirli yog'kislotasini mitoxondrial membranadan transportirovka bo'lishidir. L-karnitinni energiya ta'siri jigarga ijobiy ta'sir qilib, natijada jigar detoksifikasiyasi va oqsil - sintetik funktsiyasini kuchaytiradi va jigarda glikogen miqdorini ko'paytiradi. Jigar "toksik toliqish" kislotalari bo'lgan, sut va pirouzum (pirovat) kislotalarini faol parchalashni boshlaydi. Shunday qilib, L-karnitin sut va pirouzum (pirovat) kislotalar darajasini pasaytirish orqali faollikni oshiradi va jismoniy mashqlarga chidamlilikni oshirishga yordam beradi.

Koenzim Q10 – vitaminga o'xshash ta'sir ko'rsatuvchi ubixinon kofermentini saqlaydi. Bu modda kuchli antioksidant ta'sir ko'rsatadi va oksidlanish - tiklanish reaktsiyalardan keyin tiklanishni tezlashtiradi. Xujayralarni ubixinon bilan ta'minlaydi, bu elektronlar almashuvida zanjir xosil qiladi va mitoxondrial apparatda (NADH-degidrogenaza va suktsinatdegidrogenaza bilan kompleksda) ATF sintezini kuchaytiradi.

Koenzim Q10 fosforlanish oksidlanish jarayoniga yordam beradi. Bu xujayralarni energiya bilan ta'minlashga olib keladi. Ayniqsa, Koenzim Q10 miokardial va gepatosit to'qimalarga ijobiy ta'sir ko'rasatadi. Vitamin E faolligini oshirib, erkin radikallarga qarshi kurashadi. Koenzim Q10 lipidlar almashinuvida qatnashadi, metabolik jarayonlarni yaxshilaydi. 

Ubixinon eritrositlar va boshqa shaklli qon elementlarini sintez qilishda ishtirok etadi, ayrisimon bezning funktsiyalariga ijobiy ta'sir qiladi. Koenzim Q10 skelet mushaklarining qisqarishi jarayonida ishtirok etadi. Preparat antioksidant ta'sirini erkin radikallar bilan o'zaro ta'sir qilish orqali ularni keyinchalik zararsizlantirish bilan amalga oshiradi. Erkin radikallarni zararsizlantirish orqali modda hujayra membranasi va DNKni erkin radikallar ta'siridan himoya qiladi.

Ubixinon immunitet tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, hujayra darajasida qarish jarayonining sekinlashishini ta'minlaydi. 

Vitamin V12 (tsianokobalamin) - qon yaratish organlarining faoliyatini tartibga solishda muhim rol o'ynaydi. Eritrositlar xosil bo'lishiga ijobiy ta'sir qiladi. Jigar va asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Xujayralarning regenerasiyasini yaxshilaydi.

Lizin - aminokislota ko'p miqdorda kollagenda mavjud bo'lib, u mushaklar, Tog'ay, boylamlar va paylarga kuch beradi. Bilvosita lizin suyaklarni mustahkamlaydi, chunki u ichakdan kaltsiyning so'rilishiga yordam beradi, uning etishmasligi bilan osteoporoz rivojlanishi mumkin (suyaklarning mo'rtligi oshadi). Lizin immunitet tizimida muhim rol o'ynaydi, chunki u antitanachalarni (immunoglobulin) ishlab chiqarish uchun ko'p miqdorda kerak bo'ladi. Lizin organizmdagi metabolik jarayonlarni tartibga soluvchi gormonlar va fermentlarning tarkibiy qismidir.

U barcha oqsillar uchun qurilish materiali bo'lib xizmat qiladi, kollagenning o'sishi va tiklanishiga yordam beradi, antitanalar, gormonlar va fermentlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Lizinning etishmasligi oqsil sinteziga salbiy ta'sir qiladi, bu esa charchoqning kuchayishiga, ishtahaning yomonlashishiga, vazn yo'qotishiga, asabiylashish, ko'rish qobiliyatining buzilishiga va boshqalarga olib keladi. Lizin tanasida etishmovchilik bilan bolalarning o'sish sur'ati sekinlashadi va kattalarda sochlarning erta oqarishi kuzatiladi.

A vitamini - antioksidant bo'lib, organizmning immunitetini himoya qilish uchun zarurdir, shilliq qavatlarning to'siq funktsiyasini oshiradi, immunitetning nospesifik omillarining faolligini oshiradi. A vitamini tananing infektsiyalarga chidamliligini oshirishda ishtirok etadi, terining yangilanishini tezlashtiradi.

D3 vitamini - kaltsiy va fosfor almashinuvining regulyatori. Ichakda kaltsiyning so'rilishini va buyrak kanalchalarida fosforning reabsorbtsiyasini kuchaytiradi.

Bu bolalarda suyak skeleti va tishlarini shakllantirishga, suyaklar tuzilishini saqlashga yordam beradi.

Paraqalqonsimon bezlarining normal ishlashi uchun zarur. Limfokinlar va ATF sintezida ishtirok etadi.

Folat kislotasi - qon yaratish a'zolari jarayonida faol qatnashadi, makrositar anemiyada anemiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek jigar va ichak funktsiyalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jigarda xolin miqdorini oshirishda va yog'infiltrasiyasini oldini oladi. Folat kislotasi immun tizimni bir maromda ushlab turadi, oq qon tanachalarini normal shakllanishiga va faollashishiga hissa qo'shadi. Folat kislota homiladorlikda muhim rol o'ynaydi. U embrionning asab hujayralarining shakllanishini tartibga soladi, bu normal rivojlanish uchun juda muhimdir.

Vitamin S – metabolik ta'sirga ega bo'lib, organizmda hosil bo'lmaydi, faqat oziqlanish orqali kiradi. Oksidlanish – tiklanish jarayonida ishtirok etadi, uglevodlar almashinuvi, qon quyilishida, to'qimalar regenerasiyasida; organizmni infektsiyalarga chidamligini oshiradi, tomirlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, temir metabolizmida ishtirok etadi, folat kislotasi, gistamin, karbogidratlarni qayta ishlash, lipidlar sintezi, proteinlar, karnitin, immun reaktsiyalarda qatnashadi. Antiagregant va antioksidant xususiyatiga ega.

Vitamin V5 (pantoten kislotasi) - pantoten kislota sog'liqni tutib turuvchi xayot uchun muxim vazifalarni bajaradi. V5 vitaminining eng muhim funktsiyalaridan biri bu buyrak usti bezlarida gormonlar sintezini qo'llab-quvvatlash qobiliyatidir, bu bizga stressli vaziyatlarni engishga yordam beradi, shuning uchun u "stressga qarshi" vitamin sifatida ham tanilgan. Pantoten kislota ko'plab biokimyoviy reaktsiyalar, shu jumladan yog'kislotalarining sintezi va oksidlanishi, shuningdek jigar faoliyati uchun mas'ul bo'lgan Koenzim A ishlab chiqarishda ham rol o'ynaydi.

Vitamin V3(nikotin kislotasi) - organizmda nikotinamidga aylanadi, u vodorod tashuvchi I va II kodegirogenazlar (NAD va NADF) kofermenti bilan bog'lanadi, yog'lar, oqsillar, aminokislotalar, purinlar almashinuvida, to'qimalarning nafas olishida, glikogenozada va biosintez jarayonlarida ishtirok etadi.

Vitamin V6 (piridoksin) - asosan metobolizmda stimulyator sifatida ishlatiladi. U aminokislotalarni qayta ishlashda ishtirok etadi va oqsillarni o'zlashtirilishini tartibga soladi. Piridoksinni qon hujayralarining rang beruvchi pigmenti – gemoglobin ishlab chiqarishda ishtirok etadi va hujayralarni glyukoza bilan ta'minlanishida ishtirok etadi.

L - karnitin – 250 mg

L-lizin – 50 mg

Vitamin S (askorbin kislotasi) – 40 mg

Koenzim Q10 – 30 mg

Vitamin V3 (nikotin kislotasi) – 7 mg

Vitamin V5 (pantoten kislotasi) – 4 mg

Vitamin V6 (piridoksin) – 1 mg

Vitamin A (retinol) – 200 mkg

Vitamin V9 (folat kislotasi) – 100 mkg

Vitamin D3 (xolekaltsiferol) – 10 mkg

Vitamin V12 (Tsianokobalamin) – 1 mkg

Yordamchi moddalar: saxaroza, limon kislotasi monogidrati, natriy-karboksimetilsellyuloza, sukraloza, qizil buyovchi, ta'm beruvchi modda - tutti Frutti, suv.

Tarkibiy komponentlarga individual sezuvchanlikni oshirishi mumkin bo'lgan reaktsiyalar.

Biologik faol qo'shimcha sifatida qo'llaniladi:

- immunitetni oshiradi; 

– xolesterin miqdorini pasaytiradi; 

– tomirlar devorini mustaxkamlaydi, yurak ishini normallashtiradi;

- jismoniy chidamlilikni oshiradi;

 – semizlikda.

Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.


Ogoxlantirish

Tabiiy ingredientlardan foydalanishning natijasida cho'kma tushishi mumkin, bu mahsulot sifatiga ta'sir qilmaydi.

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llanilish bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

 

Ichga qabul qilish uchun. 

1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda 2,5 ml sirop kuniga 1 mahal ovqat vaqtida.

3 yoshdan 7 yoshgacha bo'gan bolalarda 5 ml sirop kuniga 1 mahal ovqat vaqtida.

7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarda 5 ml sirop kuniga 1-2 mahal ovqat vaqtida.

11 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda 5 ml sirop kuniga 2 mahal ovqat vaqtida.

14 yoshdan va undan yuqori: 5 ml sirop kuniga 2-3 maxal ovqat vaqtida.

Qabul qilishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak. Qabul qilish davomiyligi - 1 oy.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Vitaflay Kids siropi 120ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Vitaflay Kids siropi 120ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Vitaflay Kids siropi 120ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9