×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITAKOM V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N5

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
витамин B1, витамин B12, витамин B2, витамин B6
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- A11EA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 71 ta dorixonasida topildi

ico 66 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 77 800 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 75 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30 Bayer Consumer Care AG Germaniya
112 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
har bir ampula 250 mg V1 vitamini, 4 mg V2 vitamini, 250 mg V6 vitamini va 1500 mkg V12 vitamini saqlaydi.
Yordamchi moddalar: har bir ampula benzil spirti, monotioglitserol, natriy gidrokarbonati, dinatriy edetati, inyeksiya uchun suv saqlaydi.
VITAKOM V kompleks karton oʻramda 5 ampula koʻrinishida taqdim etilgan V guruhi vitaminlarining majmuasidan iborat.

Har bir ampula 250 mg V1 vitamini, 4 mg V2 vitamini, 250 mg V6 vitamini va 1500 mkg V12 vitamini saqlaydi.

VITAKOM V kompleks quyidagi holatlarda:

V1, V2, V6, V12 gipo- va avitaminozi;
turli genezli nerv tizimi kasalliklarini simptomatik davolash: periferik nevritlar va polinevritlar, nevralgiyalar, periferik parez va falaj, radikulitlar, lyumbago, pleksitlar, qovurgʻalararo nevralgiya, uch shoxli nerv nevralgiyasi, yuz nervi falaji, yon tomonlama amiotrofik skleroz, bolalar serebral falaji, periferik nervlar jarohati;
ensefalopatiya (diabetik, alkogolli va boshqalar);
teri kasalliklari (ekzema va nevrogen xarakterli dermatozlar, dermatitlar va neyrodermitlar, psoriaz);
Addison-Birmer anemiyasi, parapernitsioz megaloblast anemiya, u gastrektomiyadan keyin rivojlanadi va meʼda-ichak kasalliklari bilan bogʻliq, gepatiti boʻlgan patsiyentlardagi anemiya, toksik-infeksion anemiya, dorilar chaqirgan anemiya, aplastik anemiya, konservativ davolashga, shu jumladan temir qabul qilishga berilmadigan eritroblast va gipoxrom anemiya;
boʻgʻim kasalliklari: artrit, osteoartroz, revmatizm, revmatoid artrit;
oftalmologiyada (gemeralopiya, konyunktivit, keratit, irit, katarakta, shox parda yarasi);
jadal jismoniy yuklama;
tuberkulyozga qarshi preparatlar (izoniazidlar), antibiotiklarni qabul qilganda;
ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari, qon aylanishini surunkali yetishmovchiligi, gepatit, qandli diabet va multilobulyar sirrozni majmuaviy davolaganda qoʻllanadi.
Agar Sizda quyidagi reaksiyalardan birontasi yuzaga kelsa, VITAKOM V kompleksni qabul qilishni toʻxtating va darhol shifokorga xabar bering. Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin:

nafas olishni qiyinlashishi, yuz, lab, til, tomoqni shishini chiqaruvchi allergik reaksiyalar yoki yoqimsiz qichishish;
isitma bilan kechuvchi yoʻtal yoki hansirash yoki nafas olishni toʻsatdan qiyinlashishi.
Bu juda jiddiy nojoʻya reaksiyalar. Agar Sizda ulardan birontasi yuzaga kelsa, Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin.

Ushbu jiddiy nojoʻya reaksiyalar juda kam hollarda kuzatiladi.

Agar Sizda ulardan birontasi yuzaga kelsa, bu Sizda VITAKOM V kompleksga allergiyaning ogʻir shakli mavjudligidan dalolat beradi. Sizga shoshilinch tibbiy yordam yoki gospitalizatsiya talab etilishi mumkin.



Yuzaga kelish tez-tezligi

Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1,000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10.000 va <1/1.000), juda kam hollarda (<1/10.000), nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida baholab boʻlmaydi).

Suyak-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: sanchiqlar (kam hollarda).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: koʻngil aynishi (juda kam hollarda).

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar: toshma, qichishish, eshakemi, ekzantema, angionevrotik shish (kam hollarda).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, terlash (kam hollarda); piridoksinning yuqori dozalari uzoq vaqt davomida qabul qilish oʻtkir periferik nevropatiyaga olib kelishi mumkin.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik reaksiyalar (kam hollarda).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, pulsni kamayishi, aritmiya (juda kam hollarda).

Bundan tashqari VITAKOM V kompleks sut ajralishini kamaytiradi.

Agar nojoʻya samaralar jiddiylashsa yoki agar Siz ushbu ilova-varaqada sanab oʻtilmagan noxush samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Jigar/buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar: jigar yoki buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar uchun maxsus ogohlantirishlar mavjud emas.

Agar VITAKOM V kompleksning taʼsiri haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz boʻlsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.



Agar Siz VITAKOM V kompleksni tavsiya etilgandan koʻproq qabul qilgan boʻlsangiz

V guruhi vitaminlarini qabul qilganda dozani oshirib yuborilishi holatlari juda kam, chunki ular suvda eruvchan va ularning ortiqcha miqdori siydik bilan chiqariladi. Piridoksinning yuqori dozalari uzoq vaqt qabul qilish periferik nerv tizimining oʻtkir kasalliklari rivojlanishiga olib kelishi mumkin. VITAKOM V kompleks preparatini dozasini oshirib yuborilishining belgilari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: oyoq, qoʻl yoki tananing boshqa qismlarida tirishish yoki achishish, uvishish, sanchish, sezuvchanlikni pasayishi yoki oshishi, muvozanat va koordinatsiyani buzilishi.

V6 vitaminining yuqori dozalari (kuniga 2-6 gram) bir necha oy davomida kam hollarda buyurilishiga qaramasdan, bu periferik nerv tizimining kasalliklarini chaqirishi mumkin. Dozani pasaytirib yoki preparatni qoʻllashni toʻxtatib, holatni toʻgʻrilash mumkin.



Davolash

Preparatni keyinchalik soʻrilishini minimallashtirish yoki oldini olish uchun quyidagi choralar tavsiya etiladi:

Qustiruvchi vositani qabul qilish.
Meʼdaga tushgan dori vositasini chiqarib tashlash uchun meʼdani yuvish kerak boʻlishi mumkin. Buni dezferrioksamin (2 g/l) eritmasini qoʻllab amalga oshirish kerak. 50-100 ml suvda eritilgan 5 g dezferrioksaminni meʼda boʻshatilgandan keyin yuborish kerak. Qusishga qistovlarni oʻz vaqtida aniqlash uchun patsiyent doimiy kuzatuvda boʻlishi kerak.
Zarurati boʻlganida aspirator-soʻrgʻich va kislorodning avariyaviy zahirasidan foydalanish kerak.
Ichakni boʻshashini chaqirish uchun mannitol yoki sorbitol saqlovchi ichimlik qabul qilish kerak.
Ogʻir zaharlanish: shok va/yoki qon zardobida temirni darajasi yuqoriligi
(>142 mklmol/l) bilan kechuvchi komada shoshilinch tutib turuvchi choralarni koʻrish plyus vena ichiga dezferrioksaminni yuborish kerak. Dezferrioksaminning tavsiya etilgan dozasi – soatiga 5 mg/kg, maksimum sutkada 80 mg/kg miqdorda vena ichiga sekin yuborish yoʻli orqali. Ogohlantirish: haddan tashqari tez yuborilganda qon bosimini haddan tashqari pasayishi mumkin.
Oʻrtacha darajadagi zaharlanish: 4 g maksimal dozada mushak ichiga 50 mg/kg dezferrioksamin yuborish kerak.
Qon zardobidagi temir darajasi doimo nazorat qilinishi kerak.
Suv yoki elektrolitlar disbalansi muvofiqlashtirilishi kerak.
Agar Siz VITAKOM V kompleksni keragidan koʻproq qabul qilgan boʻlsangiz, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.



Agar Siz VITAKOM V kompleksni qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Unutilgan dozani oʻrnini toʻldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.



Agar Siz VITAKOM V kompleksni qabul qilishni toʻxtatayotgan boʻlsangiz

VITAKOM V kompleksni qabul qilish toʻxtatilganda noxush reaksiyalar kuzatilmaydi.



Boʻlishi mumkin boʻlgan holatlar
Barcha preparatlar kabi VITAKOM V kompleks preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan odamlarda nojoʻya reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Agar Sizda quyidagi reaksiyalardan birontasi yuzaga kelsa, VITAKOM V kompleksni qabul qilishni toʻxtating va darhol shifokorga xabar bering. Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin:

nafas olishni qiyinlashishi, yuz, lab, til, tomoqni shishini chiqaruvchi allergik reaksiyalar yoki yoqimsiz qichishish;
isitma bilan kechuvchi yoʻtal yoki hansirash yoki nafas olishni toʻsatdan qiyinlashishi.
Bu juda jiddiy nojoʻya reaksiyalar. Agar Sizda ulardan birontasi yuzaga kelsa, Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin.

Ushbu jiddiy nojoʻya reaksiyalar juda kam hollarda kuzatiladi.
agar Sizda VITAKOM V kompleksning biron-bir komponentiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) boʻlsa
emizish davrida
giperkalsiyemiyada
gemoxromatozda
agar Sizda temirni tutilishi bilan buzilishlar boʻlsa.
agar Siz Parkinson kasalligini, tuberkulyozni davolash uchun boshqa preparatlar qabul qilayotgan boʻlsangiz yoki haddan tashqari koʻp miqdorda alkogol isteʼmol qilayotgan boʻlsangiz, agar Siz tirishishga qarshi vositalar, levodopa, yurak glikozidlari, xloramfenikol, antibiotiklar yoki boshqa vitaminlar (folat kislotasi) ni qabul qilayotgan boʻlsangiz, ehtimol, dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Shifokor bilan maslahatlashing.
homiladorlik davrida
teofillinni qoʻllaganda
meʼda mukoproteidi yetishmovchiligida
Agar avval yuqorida sanab oʻtilganlar kuzatilgan boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashing.
Agar Siz Parkinson kasalligi, tuberkulyozni davolash uchun boshqa preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsangiz yoki haddan tashqari koʻp alkogol isteʼmol qilsangiz yoki tirishishga qarshi vositalar, levodopa, yurak glikozidlari, xloramfenikol, antibiotiklar yoki boshqa vitaminlar (folat kislotasi) ni qabul qilayotgan boʻlsangiz, ehtimol dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Shifokor bilan maslahatlashing.

Qanday preparatlarni qabul qilayotganligingiz yoki yaqinda qabul qilganligingiz haqida har doim shifokoringizga xabar bering, hatto agar bu preparatlar retseptsiz berilsa ham.
VITAKOM V kompleks mushak ichiga yuborish orqali qoʻllanadi. Dozasi preparat terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda qoʻllanishiga qarab belgilanadi.

Preparat mushak ichiga yuboriladi. 3 ml inyeksiya uchun eritma (1 ampula) kuniga 1-marta mushakka chuqur yuboriladi.

Agar simptomlar susaysa, shifokor koʻrsatmasi boʻyicha Siz dozani 3 ml eritma (1 ampula) 2-3 kunda bir martagacha kamaytirishingiz mumkin.

Qoʻllash usuli
VITAKOM V kompleks mushak ichiga yuboriladi.
Pediatrik populyatsiyaga buyurilishi: bolalar va oʻsmirlarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.

Keksa patsiyentlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homilador ayollarda oʻtkazilgan qatʼiy nazoratlangan tadqiqot yuzasidan yetarli maʼlumotlar yoʻq. Shunday qilib, preparatni faqat shifokor koʻrsatmasi boʻyicha qabul qilish kerak.

Agar davolash vaqtida Sizning homiladorligingiz aniqlansa, darhol shifokorga yoki farmatsevtga murojaat eting.



Laktatsiya davri

VITAKOM V kompleksni emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITAKOM V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITAKOM V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITAKOM V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITAKOM V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITAKOM V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ADENIT FORTE poroshok N3
Narh: 42 025 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9