×
×
  • VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- J.S.International, Индия произведено: Systochem Laboratories Ltd
ATX kodi:
- A11A
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 10 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
VITARICH sirop 200ml Saga Laboratories, Индия произведено: Stallion Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITOMAT

VITOMAT

 

Preparatning savdo nomi: Vitomat

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har 3 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

V1 vitamini (tiamin gidroxloridi)                   25 mg;

V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)          5 mg;

V12 vitamini (sianokobalamin)                           375 mkg;

V5 vitamini (kalsiy pantotenat)                       3 mg;

yordamchi moddalar: benzil spirti, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: qizil rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar.

ATX kodi: A11DB

Farmakologik hususiyatlari

Vitomat– V guruhi vitaminlarining majmuaviy preparatidir.

Neyrotrop V guruhi vitaminlari nervlar va harakat apparatining yallig‘lanishli va degenerativ kasalliklarida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori dozalarda og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga ega, qon oqimini kuchayishiga yordam beradi va nerv tizimining ishini va qon yaratilish jarayonini normallashtiradi.

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – muhim faol moddadir. Organizmda fosforlanish jarayoni natijasida kokarboksilazaga aylanadi, u ko‘pchilik fermentativ reaksiyalarning kofermenti hisoblanadi. Uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslar orqali nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilishi jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Hujayralar membranalarini peroksidli oksidlanish mahsulotlarining zaxarli ta‘siridan himoya qiladi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) fosforlangan shaklda aminokislotalarning dekarboksillanish va qayta aminlanishi jarayonlarida va lipidlar almashinuvida ishtirok etuvchi enzimlarning tarkibiga kiradi. Periferik nerv tizimi va markaziy nerv tizimining (MNT) normal faoliyati uchun zarur.

Ikkala vitaminning fiziologik funksiyasi nerv-mushak va yurak-qon tomir tizimlariga ijobiy ta‘siri bilan namoyon bo‘luvchi bir-birining ta‘sirini potensiyalash hisoblanadi. V6 vitamini tanqisligida, keng tarqalgan tanqislik holatlari bu vitaminlar yuborilganidan keyin tez bartaraf qilinadi.

Sianokobolamin (V12 vitamini) xujayra metabolizmi jarayonlari uchun zarur. Qon yaratish faoliyatiga ta‘sir qiladi (anemiyaga qarshi tashqi omil), xolin, metionin, kreatinin, nuklein kislotalarini hosil bo‘lishida ishtirok etadi, og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Kalsiy pantotenati metabolik ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganidan keyin tiamin gidroxloridi in‘eksiya joyidan tez so‘riladi va organizmda taqsimlanadi. Qonda konsentrasiyasi nisbatan past, bunda plazmada asosan erkin tiamin aylanadi, eritrositlarda va leykositlarda – uning fosforli efirlari aylanadi. Fosforlanishi jigarda kechadi. Eng faol fosforli efiri koferment faollikka ega bo‘lgan tiamindifosfatidir. Taxminan 1 mg V1 vitamini har kuni metabolizmga uchraydi. Metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Biologik yarim parchalanish davri – 0,35 soat. Yog‘larda kuchsiz erishi tufayli, organizmda tiamin gidroxloridini to‘planishi yuz bermaydi. Gematoensefalik to‘siq (GET) va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutida aniqlanadi.

V6 vitamini fosforlanadi va piridoksal-5-fosfatgacha oksidlanadi. Qon plazmasida piridoksal-5-fosfati va piridoksal albuminlar bilan bog‘lanadi. Xujayra membranasi orqali o‘tish uchun albumin bilan bog‘langan piridoksal-5-fosfati ishqoriy fosfataza orqali piridoksalga gidrolizlanadi. Vitaminning taxminan 80% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Piridoksin gidroxloridi butun organizm bo‘ylab taqsimlanadi, yo‘ldosh orqali va ona sutiga o‘tadi. Organizmda 40-150 mg V6 vitamini saqlanadi, uning kundalik chiqarilish tezligi, o‘rnini to‘ldirilish tezligi 2,2-2,4% bo‘lganida taxminan 1,7-3,6 mg ni tashkil etadi. Jigarda to‘planadi va 4-piridoksin kislotasigacha oksidlanadi, u so‘rilganidan keyin maksimum 2-5 soat o‘tgach siydik bilan chiqariladi.

V12 vitamini parenteral yuborilganidan keyin tashiluvchi oqsil komplekslarini hosil qiladi, ular jigar, suyak ko‘migi va boshqa a‘zolar tomonidan tez so‘riladi. V12 vitamini safroga tushadi va ichak-jigar aylanishida ishtirok etadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Qo‘llanilishi

Quyidagilar kabi nevritlar va nevralgiyalarni davolash:

  • uch shoxli nerv nevralgiyasi;
  • qovurg‘alararo nevralgiya;
  • ishias;
  • bel sindromi (lyumbago);
  • pleksit (bo‘yin va yelka chigali);
  • umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklari oqibatidagi tugunli nevritlar;
  • prozoplegiya (yuz nervini shikastlanishi).

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Og‘ir (o‘tkir) holatlarda: sutkada 1 ampuladan o‘tkir simptomlar yo‘qolgunicha yuborladi.

Simptomlar yengillashganidan so‘ng yoki o‘rtacha og‘irlikdagi holatlarda: 1 ampuladan haftada 1-3 marta yuboriladi.

Davolash muddati kasallikning xarakteri va kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, bezovtalik hissi.

Teri tomonidan: toshma, qichishish, eshakemi.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda angionevrotik shish, anafilaktik shok bo‘lishi mumkin.

Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng nojo‘ya samaralari yo‘qolishi kerak. Agar simptomlar saqlanib tursa, shifokor bilan maslahatlashing.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Piridoksin gidroxloridi yuqori dozalarda levodopaning terapevtik samarasini pasaytirishi mumkin. Gidralazin yoki izoniazid bilan bir vaqtda buyurish piridoksinga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin. Temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan bemorlarda V12 vitamini bilan davolashga javoban xloramfenikolni yondosh qo‘llash bloklanishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin homilador va emizadigan ayollar shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 3 ml dan ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10 dori vositasi J.S.International, Индия произведено: Systochem Laboratories Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITOMAT inyeksiya uchun eritma 3ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9