×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Vraggripp plyus granulalari 5g N10

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Кофеин, лорфенирамина малеат, фенилэфрина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Isshaan Healthcare Pvt
Vakil:
- GANGA HEALTHCARE M.CH.J
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Har bir sashe quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

paratsetamol - 500 mg,

fenilefrin gidroxloridi - 10 mg,

kofein - 30 mg,

feniramin maleati - 2 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, natriy saxarin, suvsiz limon kislotasi, natriy tsitrat, sariq xinolin, limon xushbo'yi, tozalangan suv.

Сhiqarilish shakli: 

10 sashe qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutida.

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar
Har bir sashe quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

paratsetamol                                        - 500 mg,

fenilefrin gidroxloridi            - 10 mg,

kofein                                     - 30 mg,

feniramin maleati                                - 2 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, natriy saxarin, suvsiz limon kislotasi, natriy tsitrat, sariq xinolin, limon xushbo'yi, tozalangan suv.

Paratsetamol. Paratsetamol og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida yaxshi ma'lum. Paratsetamol asosan isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga bevosita ta'siri bilan bog'liq, buning natijasida qon tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, tanadan issiqlikni ajralishi kuchayadi.

Fenilefrin gidroxloridi. Fenilefrin gidroxloridi adrenergik reseptorlarga bevosita ta'sir qiladigan adrenomimetik vosita hisoblanadi (asosan alfa-adrenergik faolligi), bu burun shishini kamayishiga olib keladi.

Kofein. Kofein Markaziy nerv tizimini rag'batlantirishga nisbatan ksantinni faolroq hosilasi hisoblanadi, bu tetiklik holatiga va aqliy faolligini oshishiga olib keladi.

Feniramin maleati: Feniramin maleati kuchli ta'sir qiluvchi antigistamin (N1-antagonisti) preparati hisoblanadi. Antigistamin preparatlar to'qima sohasida gistaminni N1-reseptorlarini raqobatli qaytuvchan blokadasi orqali organizmda gistaminni ta'sirini kamaytiradi yoki neytralizasiya qiladi. Shuningdek feniramin maleati antixolinergik faolikka ham ega.

Paratsetamol jigarning mikrosomal fermentlari orqali metabolizmga uchraydi. U me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga yarim soatdan bir soatgacha erishiladi, plazmadagi yarim parchalanish davri bir soatdan uch soatgacha vaqtni tashkil qiladi, so'ngra butun organizm bo'ylab teng taqsimlanadi. Fenilefrin gidroxloridi me'da-ichak yo'lidan notekis so'riladi.

Kofein me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi.

Feniramin peroral qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo'lidan yaxshi so'riladi. Samarasi 30 minut davomida, maksimum 1-2 soat davomida namoyon bo'ladi va 4 soatdan 6 soatgacha davom etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri baholashga ko'ra, 12 soatdan 15 soatgachani tashkil qiladi.

Feniramin metabolizmi natijasida monometil va dimetil hosilalari hosil bo'ladi.

Peroral dozaning taxminan 22% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Faqat ozgina miqdorigina ahlatda aniqlangan.

Ko'pchilik hollarda preparat yaxshi o'zlashtiriladi. Paratsetamolning nojo'ya ta'sirlari odatda kuchsiz namoyon bo'ladi. Gematologik tizim tomonidan reaktsiyalar haqida xabarlar bor. Ba'zida toshmalar va boshqa allergik teri reaktsiyalari (toshma, eritema, eshakemi) paydo bo'ladi.

Odatda kofein bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya ta'sirlari me'da-ichak yo'llarini ta'sirchanlik va Markaziy nerv tizimini rag'batlantirishidir (bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta'sirchanlik). Fenilefrinning nojo'ya ta'sirlari - arterial gipertenziya, taxikardiya. Feniraminning nojo'ya ta'sirlari - feniramin maleati qabul qilganidan keyingi ko'ngil aynishi, qusish yoki qorin og'rig'i kuzatilishi mumkin.

Retseptsiz.

Preparatni paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo'llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.

Vraggripp Plyus tabletkalarini sashe quyidagi kasalliklarda faqat shifokor nazorati ostida qo'llash lozim:

·     Prostata bezini kattalashishi

·     Vazopastik buzilishlar (masalan, Reyno fenomeni)

·     Yurak-qon tomir kasalliklari

·     Ushbu preparat varfarin va boshqa simptomatik vositalarni (dimlanishga qarshi, ishtahani pasaytiruvchi vositalar va amfetamin kabi psixostimulyatorlar) qabul qilayotgan pasientlar qo'llashi mumkin emas.

·     Agar yuqorida ko'rsatilgan sharoitlarda preparat qabul qilinsa, kofeinni (kofe, choy va boshqa) haddan ziyod qabul qilishdan saqlanish lozim, shuningdek paratsetamol saqlovchi preparatlarni bekor qilish kerak. Ko'rsatilgan dozadan oshirilmasin.

Preparatni nojo'ya ta'sirlari belgilari yoki dozani oshirib yuborish hollari paydo bo'lganda shifokor bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktasiya                                                 

Fenilfrin Fenilefrin gidroxloridi, feniramin maleati va kofenin kofein saqlaganligi tufayli, ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi (bolani kam vazn bilan tug'ilishi, homilani o'z-o'zidan tushishi, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tirishish xavfi oshadi).

Preparatni shifokor ruhsat bergan zarur holatlardan tashqari, emizish vaqtida qo'llanilmasin.

(kofein gemato-yo'ldosh to'sig'idan o'tib va ko'krak sutiga chiqarilib, bir yoshgacha bo'lgan bolalarda so'rilmaydi, organizmda to'planib jizzakilik va bezovtalikni chaqirib nerv tizimi faoliyatini buzadi).

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Bosh aylanish holatlari bo'lishi haqida pasientlarni ogohlantirish lozim, natijada – avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ruxsat etilmaydi.

Feniramin maleati uyquchanlik, bosh aylanishi, ko'rishni xiralashuvi va psixomotor yomonlashuvni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda pasientlar uchun jiddiy to'siqlarga olib keladi.

Vraggripp plyus oddiy shamollashni davolashda yordamchi vosita sifatida qo'llanadi. Shamollash, gripp, sinusitning turli belgilarini samarali engillashtirish uchun qo'llanadi, burun shilliq qavatini shishi, rinit, isitmalash, bosh og'rig'i, aksa urishda qo'llaniladi.

·        Preparatning komponentlarga yuqori sezuvchanlik;

·        Feoxromasitoma;

·        Paratsetamol yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik;

·        Bolalar (12 yoshgacha);

·        Homiladorlik, laktasiya davri;

·        Jigar yoki buyrak etishmovchiligida;

·        Gipertoniya;

·        Gipertireoz;

·        Diabet va yurak kasalligi;

·         Trisiklik antidepressantlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan, shuningdek monoaminoksidaza ingibitorlarni qabul qilayotgan yoki so'nggi ikki haftada qabul qilgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.

Vraggripp plyus monoaminooksidaza (Mao) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Feniramin monoaminoksidaza ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik xuruj, qo'zg'aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Trisiklik antidepressantlar simptomatik ta'sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo'llash yurak qorinchalari aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u esa o'z navbatida alfa-adrenostimulyasiyalovchi faolligini kuchaytiradi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati-2 yil

Och sarik rangdan sarik ranggacha bulgan, limon xidli, shirin tamli, oson sochiluvchan kukun.
Peroral buyuriladi.

Kattalarga: Bir sashedan har 4-6 soat, lekin sutka davomida 4 sashedan oshmasligi kerak yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.

Bolalarga: 12 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolashda dozani shifokor belgilaydi.

Simptomlari: allergik reaktsiyalar, bosh og'rig'i, psixomotor qo'zg'alishlar, bosh

aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish.

Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Vraggripp plyus granulalari 5g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Vraggripp plyus granulalari 5g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Vraggripp plyus granulalari 5g N10 dori vositasi Isshaan Healthcare Pvt tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Vraggripp plyus granulalari 5g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Vraggripp plyus granulalari 5g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9