Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
32 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
YANTASOL
YANTASOL
Preparatning savdo nomi: Yantasol
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy xlorid, kaliy xlorid, kalsiy xlorid, magniy xlorid, qahrabo kislotasi, natriya gidrokarbonati.
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: natriy xlorid – 0,62 g, kalsiy xlorid – 0,0082 g, kaliy xlorid – 0,03 g, magniy xlorid – 0,01 g, qahrabo kislotasi – 0,2 g, natriy gidrokarbonati – 0,3 g.
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 100 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.
ATX kodi: V05XA
Farmakologik xususiyatlari
Farmokodinamikasi
Majmuaviy preparat bo‘lib, uning ta‘siri tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu komponentlardan eng muhimi qahrabo kislotasidir.
Qahrabo kislotasi Krebs siklining yagona metaboliti bo‘lib, to‘qimalarda kislorodning parsial bosimi pasayganda, NAD – ga bog‘liq substratlarning oksidlanishi to‘xtaganida ham oksidlanish hususiyatiga ega. Qahrabo kislotasining fosforlanish tezligi NAD – ga bog‘liq substratlarga nisbatan axamiyatli darajada yuqori ekanligini e‘tiborga olib, vaqt birligida qahrabo kislotasining hisobiga ATF ko‘proq sintezlanadi.
Preparat suv – tuz almashinuvida boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va energiya almashinuvini faollashtiradi, kislota – ishqor holatini faqat qonda to‘lik oksidlanmagan maxsulotlarni passiv neytrallash, hujayralardagi metabolik jarayonlarni me‘yorlashtirish hisobiga xam me‘yorlashtiradi. Turli qon yo‘qotishlarda, shoklarda, jismoniy zo‘riqishlarda mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi. gemodinamik ko‘rsatkichlarni va yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi. Siydik haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Shoshilinch holatlar: qon ketishlari (operasiya vaqtidagi gipotonik, operasiyadan keyingi, me‘da-ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarda (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrosirkulyasiyani yaxshilash, metabolik asidozni korreksiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shoshilinch holatlarda: qon ketishlarda (operasiya vaqtidagi gipotonik, me‘da-ichak, operasiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik): 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.
Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operasiyalardan oldin va keyin: 400 ml dan sutkada bir martda buyuriladi.
Operasiyadan keyingi davrda asidozni bartaraf qilish uchun: 200- 400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.
Temir tanqisligi anemiyasida: asosiy davolar fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.
Preparat 1 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda gipoksiya va zaxarlanishga qarshi vosita sifatida kelib chiqishi turlicha bo‘lgan endogen va eksogen o‘tkir zaxarlanishlarda qo‘llanilishi tafsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan-kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni alkalozda (ayniqsa dekompensasiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatini dekompensasiyasi, o‘pka shishida va shunga o‘xshashlarda) homiladorlik va laktasiya davrida, shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan birga qo‘llash mumkin. Suksinasolni boshqa ishqorlantiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qo‘llash taqiqlanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaksiyani paydo bo‘lishi mumkin.
Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin.
Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin!
Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.
Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!
Muzlatilmasin! Isitilmasin!
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdim qilinmagan.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!
Yaroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.