×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

JASMED tabletkalari 500mg N3

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Makedoniya
Faol modda:
Азитромицина дигидрат
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Belinda Laboratories LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 37 ta dorixonasida topildi

ico 59 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 60 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1 Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd Hindiston
49 900 s`om dan
TAYGERON tabletkalari 500mg N5 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
48 000 s`om dan
IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml Cosar Pharmaceutical Co. Eron
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir blisterda plyonka qobiq bilan qoplangan 3 tabletka. Bir blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga
karton o'ramda
Antibiotik keng ta'sir doirasiga ega. Antibiotik-azalid, makrolid antibiotiklarining vakilidir. Yuqori kontsentrasiyalari
yallig'lanish o'chog'ida yig'ilganda bakterisid ta'sir ko'rsatadi.
Azitromisinga sezgir grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, St. pyogenes, St. agalactiae, CF va G gurui streptokokklari,
Staphylococcus aureus, St. viridans; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis,
B. parapertussis, Legionella pneumophila, H. ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob
mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma
pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi.
Eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan azitromisin samarasiz.
Farmakokinetikasi:
Azitromisin ichga qabul qilingandan keyin yaxshi so'riladi va organizmda tez taqsimlanadi. 500 mg preparat ichga qabul
qilingandan keyin uning Biokiraolishligi jigar orqali birinchi o'tish samarasi hisobiga 37% ni tashkil qiliadi. Qon
plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (Cmax) 2-4 soatdan keyin erishiladi va 0,4 mg/l ni tashkil qiladi.
Oqsillari bilan qayta bog'lanishi qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga proportsional va 7-50% ni tashkil qiladi. Ehtimoliy Vd
31,1 l/kg ni tashkil qiladi. Hujayra membranasi orqali o'tadi (hujayra ichi qo'zg'atuvchilari chaqirgan infektsiyalarda
samaralidir). Preparatni infektsiyalar joyiga fagositlar yordamida tashiladi, u joyni bakteriyalardan tozalaydi.
Gistogematik to'siq orqali oson o'tadi va to'qimalarga kiradi. To'qimalar va hujayralardagi kontsentrasiyasi plazmaga qaraganda
10-50 marta, infektsiya o'chog'ida esa sog'lom to'qimaga nisbatan 24-34% ga yuqori.
Jigarda faolligini yo'qotib demetillanadi.
Yarim chiqarilish davrining (T1/2) davomiyligi - 35-50 soat. To'qimalardan yarim chiqarilish davri ahamichtli darajada yuqori.
Azitromisin terapevtik kontsentrasiyasi oxirgi dozasi qabul qilingandan keyin 5-7 kungacha saqlanadi. Azitromisin asosan
o'zgarmagan holda ichak orqali 50%, buyrak orqali 6% chiqariladi
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda - trombositopeniya, neytropeniya, eozinofiliya.

Markaziy nerv tizimi (MNT) va periferik nerv tizimi tomonidan: ba'zida – bosh aylanishi/vertigo, bosh og'rig'i, uyquchanlik,

tirishishlar; kam hollarda - paresteziyalar, asteniya, uyqusizlik, giperfaollik, jizzakilik, xavotirlik, asabiylik.

Sezgi a'zolari tomonidan: kam hollarda – quloqlarda shovqin, eshitishni karlikkacha qaytar buzilishi (uzoq vaqt davomida yuqori

dozalarda qabul qilinganda), ta'm va hid bilishni buzilishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – yurak urishini tezlashishi, aritmiya, jumladan qorincha taxikardiyasi, QT

intervalini uzayishi, ikki yo'nalishli qorincha taxikardiyasi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og'riqlar va spazmlar; ba'zida - diareya,

meteorizm, ovqat hazm qilishni buzilishi, anoreksiya; kam hollarda – qabziyat, til rangini o'zgarishi, soxta membranoz kolit,

xolestatik sariqlik, gepatit, jigar funktsiyasining laborator ko'rsatkichlarini ahamiyatli o'zgarishi; juda kam hollarda – jigar

funktsiyasini buzilishi va jigar nekrozi (o'lim bilan yakunlanishi mumkin).

Allergik reaktsiyalar: ba'zida - qichishish, teri toshmasi; kam hollarda - angionevrotik shish, eshakemi, fotosensibilizasiya,

anafilaktik reaktsiya (juda kam hollarda o'lim bilan yakunlanishi), ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik

epidermal nekroliz.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: ba'zida - artralgiya.

Siydik ajratish tizimi tomonidan: kam hollrad - interstisial nefrit, o'tkir buyrak etishmovchiligi.

Boshqalar: kam hollarda - vaginit, kandidoz.

Preparatning bir dozasini o'tkazib yuborilgan hollarda – o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq, keyingisini esa – 24
soatlik interval bilan qabul qilish kerak.
Shuningdek har qanday antibiotik bilan davolash o'tkazilganida kuzatilganidek Jasmed preparati bilan davolashnishda
superinfektsiya (shu jumladan zamburug'li) qo'shilishi mumkin.
Streptococcus pyogenes chaqirgan faringit/tonzillitlarni davolashda, shunigdek o'tkir revmatik isitmani oldini olish uchun
tanlanadigan odatdagi preparat penisillin hisoblanadi. Bunday hollarda Jasmed shuningdek streptokokk infektsiyalarga
nisbatan faoldir, biroq o'tkir revmatik isitma rivojlanashini oldini olish uchun samarasizdir.
Pasientni har qanday nojo'ya samarani paydo bo'lishi mumkinligi to'g'risida shifokorni xabardor qilish zarurligi haqida
ogohlantirish kerak.
·makrolidlar guruhi antibiotiklari, eritromisinga, ketolidga nisbatan yuqori sezuvchanlik;

·jigar va buyrak funktsiyasini og'ir buzilishlari;

·laktasiya davri (emizish);

·ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish;

·12 yoshgacha va tana vazni 45 kg dan kam bo'lgan bolalar (250 va 500 mg tabletkalari uchun, bolalarda Jasmed preparatini suspenziya

shaklida ishlatish kerak, bu aniq dozalashni va qo'llash qulayligini ta'minlaydi.

Jigar funktsiyasi engil og'irlik darajada buzilganda, buyrak funktsiyasi engil og'irlik darajada buzilganda, proaritmogen

omillari mavjud bo'lgan pasientlarda (ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda): QT intervalini tug'ma yoki ortrilgan uzayishi

bo'lgan, antiaritmik preparatlarning IA (xinidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron va sotalol) sinflari, tsizaprid,

terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksasin va

levofloksasin) bilan davolanayotgan pasientlar, suv-elektrolit muvozanatini, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya

holatida, yurakning klinik ahamiyatli bradikardiyasi, aritmiyasi yoki og'ir yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda preparatni

ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak; digoksin, varfarin, tsiklosporinni bir vaqtda qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlik va laktasiya davri

Preparatni homiladorlikda qo'llash faqat, agar ona uchun davolashdan bo'ladigan potentsial foyda homila uchun bo'lishi mumkin

bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan holatdagina mumkin.

Preparatni laktasiya davrida qo'llash zarurai tug'ilganida emizishni to'xtatish kerak

Antasid vositalar azitromisinning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi, ammo qondagi maksimal kontsentrasiyasini (Cmax) 30%

ga kamaytiradi, shuning uchun Jasmed preparatini iloji boricha bunday preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soatdan

keyin qabul qilish kerak.

Azitromisin bir vaqtda qo'llanganda qondagi karbamazepin, didanozin, rifabutin va metilprednizolonning kontsentrasiyasiga

ta'sir qilmaydi.

Azitromisin parenteral qo'llanganda majmuaviy davolashda qon plazmasidagi tsimetidin, efavirenz, flukonazol, indinavir,

midazolam, teofillin, triazolam, trimetoprim/ sulfametoksazol kontsentrasiyasiga ta'sir qilmaydi, biroq Jasmed preparati

ichga buyurilganda bunday o'zaro ta'sirni ehtimolligini istisno qilish kerak emas.

Azitromisin teofillinning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi, biroq boshqa makrolidlar bilan birga qabul qilinganda

teofillinning qon plazmasidagi kontsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Tsiklosporin bilan birga qo'llash zarurati bo'lganida qondagi tsiklosporinning miqdorini nazorat qilish lozim. Azitromisin

tsiklosporinning qondagi kontsentrasiyasini o'zgarishiga ta'siri to'g'risida ma'lumotlarni yo'qligiga qaramasdan, makrolidlar

sinfining boshqa vakillari uning qon plazmasidagi kontsentrasiyasini o'zgartirish qobiliyatiga ega.

Digoksin va azitromisin birga qabul qilinganda qondagi digoksinning kontsentrasiyasini nazorat qilish kerak, chunki ko'plab

makrolidlar ichakdan digoksinning so'rilishini oshirib, uning qon plazmasidagi huddi shu kontsentrasiyasini oshiradi.

Varfarin bilan birga qabul qilish zarurati bo'lganida protrombin vaqtining nazoratini sinchkov o'tkazish tavsiya etiladi.

Terfenadin va makrolidlar sinfining antibiotiklarini bir vaqtda qabul qilish aritmiya va QT intervalini uzayishini

chaqirishi aniqlangan. Buning oqibatida, terfenadin va azitromisin birga qabul qilinganda ushbu asoratlarni istisno qilish

mumkin emas.

CYP3A4 izofermentini parenteral shaklda azitromisin tomonidan ingibitsiya qilinishi ehtimolligini borligi tufayli

Tsiklosporin, terfenadin, qorakuya alkaloidlari, tsizaprid, pimozid, xinidin, astemizol va metabolizmi ushbu izoferment

ishtirokida o'tadigan boshqa preparatlar bilan birga buyurilganda bunday o'zaro ta'sirni bo'lishi mumkinligini azitromisinni

ichga qabul qilish uchun buyurilganda inobatga olish kerak.

Azitromisin va zidovudin birga qabul qilinganda azitromisin zidovudinning qon plazmasidagi farmakokinetik

ko'rsatkichlariga yoki uni va uning glyukuronid metabolitini chiqarilishiga ta'sir qilmaydi. Shu bilan birga, faol metaboliti –

periferik qon tomirlarda bir yadroli hujayralarda fosforlangan zidovudinning kontsentrasiyasini oshiradi. Ushbu isbotni

klinik ahamiyati noaniq.

Makrolidlar ergotamin va digidroergotaminlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda ularning toksik ta'siri namoyon bo'lishi

mumkin.

Azitromisin va statinlarni bir vaqtda qabul qiluvchi pasientlarda rabdomioliz hollari to'g'risida alohida xabarlar olingan.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati:
O'ramida ko'rsatilgan.
Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

JASMED tabletkalari 500mg N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
JASMED tabletkalari 500mg N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
JASMED tabletkalari 500mg N3 dori vositasi Belinda Laboratories LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje tomonidan Makedoniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
JASMED tabletkalari 500mg N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
JASMED tabletkalari 500mg N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AZITROMID 500 N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицина дигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
  • Vakil: GANGA PHARMA LLC
ZITRO SD tabletkalari 500mg N3
AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml
AZITROMID 250 N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицина дигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
  • Vakil: GANGA PHARMA LLC
AZITROMISIN kapsulalar 500mg N3
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZOFRIN tabletkalari 500mg N2
AZOFRIN tabletkalari 125mg N6
AZOFRIN tabletkalari 500mg N3
AZOFRIN tabletkalari 250mg N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9