×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZOKARDIS 0,0075 tabletkalari N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Зофеноприл
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С
ATX kodi:
- C09AA15
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
50 000 s`om dan
ALOTENDIN tabletkalari 5mg/10mg N30 Фармацевтический Завод Эгис, ЗАО Vengriya
69 000 s`om dan
REYTOIL kapsulalar N20 World Medicine Limited, Великобритания произведено: Sedico Pharmaceutical Co Misr
40 000 s`om dan
ROKSERA tabletkalari 20mg N30 КРКА, д.д., Ново место, АО Sloveniya
115 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZOKARDIS 0,0075 tabletkalari N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA – VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Zokardis® 7,5 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

(zofenopril kalsiy)

 

Ushbu dori preparatni qo‘llashni boshlashdan avval ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
  • Ushbu dori preparati Sizga yozib berilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Hattoki ulardagi kasallik belgilari Siznikiga o‘xshasa ham, preparat ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.

Ilova varaqanining mazmuni:

  1. Zokardis® 7,5 mg preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
  2. Zokardis® 7,5 mg preparatini qo‘llashdan avval nimalarni bilish kerak
  3. Zokardis® 7,5 mg preparatini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Zokardis® 7,5 mg preparatini qanday saqlash kerak
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

  1. Zokardis® 7,5 mg preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi

Zokardis® 7,5 mg preparatida angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari deb ataluvchi arterial bosimni pasaytirish uchun qo‘llanadigan ta‘sir etuvchi moddalar guruhiga mansub zofenopril kalsiy saqlanadi.

Zokardis® 7,5 mg quyidagi holatlarni davolash uchun ishlatiladi:

  • yuqori arterial bosim (gipertenziya);
  • yurak yetishmovchiligi va simptomlari bo‘lgan yoki bo‘lmagan, shuningdek, ilgari qon quyqalarini erishiga yordam beruvchi preparatlarni (trombolitik davolash) qabul qilmagan odamlardagi o‘tkir miokard infarktida.

  1. Zokardis® 7,5 mg preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak.

Agar Sizda quyidagilar bo‘lsa, Zokardis® 7,5 mg preparatini qo‘llash mumkin emas:

  • preparatning komponentlaridan allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa (6-bo‘lim «Zokardis® 7,5 mg preparatining tarkibi» ga qarang);
  • ilgari AAF ning boshqa har qanday ingibitoriga, masalan, kaptopril yoki enalaprilga nisbatan allergik reaksiyalar o‘rin tutgan bo‘lsa;
  • o‘tmishda avvalgi AAF ingibitorlari bilan davolash fonida yuz terisi, burun va tomoqning og‘ir shishi (Kvinke shishi), yoki Sizda nasliy/idiopatik angionevrotik shish (teri, to‘qimalar, ovqat hazm qilish yo‘llari va boshqa a‘zolarning tez rivojlanib boruvchi shishi) o‘rin tutgan bo‘lsa;
  • jigarning og‘ir kasalliklari;
  • buyrak arteriyalarini torayishi
  • 3 oylikdan oshgan homiladorlik (Zokardis® 7,5 mg homiladorlikning ilk muddatlarida qo‘llashdan saqlangan yaxshiroq) – homiladorlik to‘g‘risidagi bo‘limga qarang
  • agar Siz samarali kontrasepsiyadan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayol bo‘lsangiz.
  • anamnezda diabet yoki buyrak funksiyasini buzilishi, shuningdek qon bosimini pasaytirish uchun tarkibida aliskiren saqlaydigan dori preparatini qabul qilish

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Zokardis® 7,5 mg ni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokorga habar bering, agar:

  • Sizda yuqori arterial bosim va jigar yoki buyrak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
  • Sizda buyrak funksiyasini buzilishlari yoki buyrak arteriyasini torayishi oqibatidagi yuqori arterial bosim (vazorenal gipertenziya) bo‘lsa;
  • Siz yaqinda buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan bo‘lsangiz;
  • Siz dializda bo‘lsangiz;
  • Sizga PZLP aferez (qonni zararli xolesterindan tozalovchi buyrak dializi bilan o‘xshash muolaja) o‘tkazilayotgan bo‘lsa;
  • Sizda qonda aldosteron gormonining anomal yuqori konsentrasiyasi (boshlang‘ich aldosteronizm) bo‘lsa;
  • Sizda yurak klapanining teshigi toraygan (aorta og‘zi stenozi) yoki yurak devorlari qalinlashgan (gipertrofik kardiomiopatiya) bo‘lsa;
  • Sizda ilgari yoki hozirgi paytda psoriaz (qipiqlanuvchi pushti dog‘larning paydo bo‘lishi bilan ifodalanuvchi teri kasalligi) bo‘lsa;
  • Siz desensibilizasiyalovchi davolash («allergiyaga qarshi in‘eksiyalar») qabul qilayotgan bo‘lsangiz – hasharotlar chaqishiga bo‘lgan reaksiyalarni bartaraf etish uchun davolash;
  • Agar Siz quyidagi yuqori arterial qon bosimini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar: angiotenzin II reseptorlari blokatorlari (ARB) (shuningdek sartanlar sifatida ma‘lum – masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan), ayniqsa, agar Sizda diabet bilan bog‘liq buyrak kasalliklari o‘rin tutsa;
  • Aliskiren

Sizning davolovchi shifokoringiz muntazam vaqt oralig‘ida buyrak funksiyasi, arterial qon bosimi va qonda elektrolitlar miqdorini nazorat qilib turishni zarur deb hisoblashi mumkin.

  • “Zokardis® 7,5 mg ni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar…” sarlavhali ma‘lumotga qarang:

Zokardis® 7,5 mg preparatini qabul qilganingizda, ayniqsa birinchi marta qabul qilingandan keyin Sizning arterial bosimingiz ancha pasayishi mumkin (buning ehtimoli, agar Siz shuningdek diuretiklar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, tuzi kam parhezga rioya qilayotgan bo‘lsangiz yoki Sizda suvsizlanish bo‘lsa, ko‘proq bo‘ladi). Agar bu yuz bersa, darhol shifokorga xabar bering va chalqancha yoting.

Agar Sizga operasiya qilinadigan bo‘lsa, narkozdan oldin anesteziologga Zokardis® 7,5 mg qabul qilayotganingizni ayting. Bu unga muolaja vaqtida Sizning arterial bosimingizni va yurak ritmingizni nazorat qilishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, agar Siz o‘tkir miokard infarktini o‘tkazgan bo‘lsangiz va Sizda quyidagilar bo‘lsa:

  • past arterial bosim (<100 mm rt. st.) yoki qon aylanishining o‘tkir buzilishi (yurak tomonidan buzilishlarning natijasi sifatida) – Sizga Zokardis® 7,5 mg qabul qilish tavsiya etilmaydi.
  • yoshingiz 75 yoshdan katta bo‘lsa – Zokardis® 7,5 mg preparatini qo‘llaganda alohida ehtiyotkorlik zarur.

Agar Siz o‘zingizni homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz (yoki homiladorlik yuz berishi mumkin bo‘lsa), bu haqida shifokorga xabar bering. Zokardis® 7,5 mg homiladorlikning ilk muddatlarida tavsiya etilmaydi; uni homiladorlikning uch oyligidan kattaroq muddatlarida qo‘llash mumkin emas, chunki bu bosqichida u bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (homiladorlik haqidagi bo‘limga qarang).

Bolalar va o‘smirlar

Preparat xavfsiz bo‘lmaganligi sababli, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.

 

Boshqa dori vositalari va Zokardis® 7,5 mg

Agar Siz, boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida shifokorni ogohlantiring.

Xususan, agar Siz quyidagi dorilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorni ogohlantiring:

  • qonda kaliyning konsentrasiyasini oshiruvchi preparatlar (kaliyni tejovchi diuretiklar, masalan, spironolakton, triamteren, amilorid, yoki kaliy qo‘shimchalari), tarkibida kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar
  • litiy (kayfiyatni buzilishlarini davolash uchun qo‘llanadi)
  • anestetiklar
  • narkotik preparatlar (masalan, morfin)
  • antipsixotik preparatlar (shizofreniya va shu kabi kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi)
  • trisiklik qatori antidepressantlari, masalan, amitriptilin va klomipramin
  • arterial bosimni tushiruvchi boshqa preparatlar va qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalar (shu jumladan, beta-blokatorlar, alfa-blokatorlar va diuretiklar, masalan, gidroxlortiazid, furosemid, torasemid). Davolovchi shifokor tomonidan dozaga tuzatish kiritish va/yoki boshqa ehtiyotkorlik chorlarini qo‘llash zarurati paydo bo‘lishi mumkin: agar Siz angiotenzin II reseptrlari blokatori (ARB) yoki aliskiren qabul qilayotgan bo‘lsangiz (“Zokardis® 75 mg qo‘llash mumkin emas …” va “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” sarlavha ostidagi ma‘lumotga qarang).
  • ko‘krakdagi og‘riqlarda (stenokardiya) qo‘llanadigan nitrogliserin va boshqa nitratlar
  • antasidlar, shu jumladan, simetidin (jig‘ildon qaynashi va me‘da yarasida qo‘llanadigan vaqtda)
  • siklosporin (a‘zolar ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin qo‘llaniladi) va boshqa immunoderessantlar (organizmning himoya reaksiyalarini susaytiruvchi dorilar)
  • allopurinol (podagrani davolash uchun qo‘llanadi)
  • insulin yoki peroral diabetga qarshi preparatlar
  • sitostatiklar (rakni yoki organizmning himoya tizimini buzuvchi kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi)
  • kortikosteroidlar (o‘ta kuchli yallig‘lanishga qarshi preparatlar)
  • prokainamid (yurak ritmini buzilishida ishlatiladi)
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP, masalan, aspirin yoki ibuprofen)
  • simpatomimetik preparatlar (nerv tizimiga ta‘sir etuvchi dorilar, shu jumladan, astma yoki pichan isitmasini davolash uchun qo‘llanadigan ayrim preparatlar yoki pressor aminlar, masalan, adrenalin).

 

Zokardis® 7,5 mg preparatini oziq-ovqat mahsulotlari ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish

Zokardis® 7,5 mg ni ovqatlanish vaqtida yoki och qoringa qabul qilish mumkin, ammo tabletkani suv bilan ichgan yaxshiroq. Alkogol Zokardis® 7,5 mg ning gipotenziv (arterial bosimni tushiruvchi) ta‘sirini kuchaytiradi; preparatni qabul qilish davrida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish yuzasidan shifokor bilan maslahatlashing.

 

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin, bu haqida shifokor bilan maslahatlashing. Agar Siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki homilador ekanligingizni bilganingizdan so‘ng, Sizning shifokoringiz, Zokardis® 7,5 mg preparatini qabul qilishni to‘xtatib, boshqa preparatni qabul qilishni maslahat beradi.

Zokardis® 7,5 mg homiladorlikning ilk muddatlarida tavsiya etilmaydi; uni homiladorlikning uch oydan oshgan muddatlarida qabul qilish mumkin emas, chunki bu bosqichlarda u bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Emizish

Agar Siz emizayotgan yoki emizishni boshlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslaxatlashing. Zokardis® 7,5 mg emizayotgan onalarga tavsiya qilinmaydi; shuning uchun Siz emizishni davom ettirishni istasangiz, ayniqsa bola yangi tug‘ilgan yoki muddatidan oldin tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz Sizga boshqa preparatni buyurishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Ushbu preparat bosh aylanishini yoki charchoqlik hissini chaqirishi mumkin. Agar bu yuz bersa, avtomobilni boshqarishdan yoki mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Zokardis® 7,5 mg preparatida laktoza  saqlanadi

Ushbu preparat laktoza saqlaydi – agar Sizda qandning biron-bir turini o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Ushbu preparat bolalar va o‘smirlarga tavsiya etilmaydi

  1. Zokardis® 7,5 mg preparatini qanday qabul qilish kerak

Zokardis® 7,5 mg preparatini qabul qilishda doimo shifokorning ko‘rsatmalarini aniq bajaring. Agar ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokordan aniq bilib oling.

Zokardis® 7,5 mg ni ovqat vaqtida yoki och qoringa qabul qilish mumkin. Tabletkani suv bilan ichgan yaxshiroq.

 

Arterial bosim yuqori bo‘lganida (gipertenziya) davolash.

Odatdagi boshlang‘ich doza – 15 mg zofenopril kalsiy (2 tabletkaga to‘g‘ri keladi) sutkada bir marta. Sizning shifokoringiz Siz uchun eng to‘g‘ri keladigan dozani tanlash uchun, dozaga sekin-asta (odatda 4 haftalik interval bilan) tuzatish kiritadi. Davomli gipotenziv samaraga, odatda, sutkada bir marta 30 mg zofenopril kalsiy (to‘rt dona tabletkaga to‘g‘ri keladi) qabul qilinganida erishiladi. Maksimal doza – sutkada 60 mg kalsiy zofenopril, sutkada bir yoki ikki marta qabul qilinadi.

Agar Sizda suvsizlanish, tuzlarning yetishmovchiligi bo‘lsa yoki Siz diuretiklar (siydik haydovchi vositalar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolashni 7,5 mg zofenopril kalsiydan (bir tabletkaga to‘g‘ri keladi) boshlash talab qilinishi mumkin.

Buyrak va jigar tomonidan buzilishlar

Agar Sizda o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi yoki o‘rtachadan og‘ir darajaligacha bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, shifokoringiz Sizga Zokardis® bilan davolashni yarim terapevtik dozada (15 mg zofenopril kalsiy, bu ikkita tabletkaga to‘g‘ri keladi) buyuradi. Agar Siz dializda bo‘lsangiz, davolashni boshida odatdagi terapevtik dozaning chorak qismi (7,5 mg kalsiy zofenopril) kerak bo‘ladi.

O‘tkir miokard infarkti

Zokardis® 7,5 mg bilan davolash kasallikning simptomlari paydo bo‘lganidan keyingi birinchi 24 soatda boshlanishi lozim. Siz Zokardis® 7,5 mg tabletkalarini sutkasiga ikki marta – ertalab va kechqurun – quyida bayon etilganidek qabul qilishingiz lozim:

  • 7,5 mg kalsiy zofenopril (bir tabletkaga to‘g‘ri keladi) sutkada ikki marta – davolashning birinchi va ikkinchi kunlari.
  • 15 mg kalsiy zofenopril (bir tabletkaga to‘g‘ri keladi) sutkada ikki marta – davolanishning uchinchi va to‘rtinchi kunlari.
  • Beshinchi kundan boshlab va keyin kalsiy zofenoprilning dozasini 30 mg gacha (to‘rt tabletkaga to‘g‘ri keladi) sutkada ikki martagacha oshirish lozim.
  • Shifokoringiz dozani yoki Siz qabul qilayotgan maksimal dozaga arterial bosimingizni o‘lchash asosida tuzatish kiritishi mumkin.
  • So‘ngra, agar yurak yetishmovchiligining belgilari saqlanib qolayotgan bo‘lsa, davolashni yana olti hafta yoki ko‘proq davom ettirish lozim.

 

Izoh: Preparatni yuqori dozada qabul qilish zarurati bo‘lganida qo‘llash mumkin bo‘lgan, ta‘sir etuvchi moddani qo‘p (kalsiy zofenopril) saqlovchi tabletkalar ham ishlab chiqariladi.

 

Agar Siz Zokardis® 7,5 mg preparatining dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz

Agar Siz tasodifan juda ko‘p tabletkalarni qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol o‘z shifokoringiz yoki yaqinroqdagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi bilan bog‘laning (agar iloji bo‘lsa, o‘zingiz bilan qolgan tabletkalarni, karton qutini va ushbu ilova-varaqani oling).

Dozani oshirib yuborilishining eng tarqalgan simptomlari va belgilari hushdan ketish bilan arterial bosimni tushib ketishi (gipotenziya), yurak ritmini ahamiyatli sekinlashishi (bradikardiya), qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini (elektrolitlarning) o‘zgarishi va buyrak funksiyasini buzilishi kiradi.

Agar Siz Zokardis® 7,5 mg preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bu haqida eslaganingiz zaxoti dorini qabul qiling. Ammo davomli tanaffusda (masalan, bir necha soat), agar bu va keyingi qabul o‘rtasidagi oraliq juda qisqa bo‘lsa, unutilgan qabulni o‘tkazib yuboring va keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qiling. Unutilgan qabulni o‘rnini bosish uchun preparatning ikki dozasini qabul qilmang.

 

Agar Siz Zokardis® 7,5 mg preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Zokardis® 7,5 mg preparatini qabul qilishni to‘xtatishdan oldin, uni yuqori qon bosimi tufayli yoki miokard infarktidan keyin qabul qilishingizdan qat‘iy nazar, doimo shifokor bilan maslahatlashing.

Agar Sizda ushbu preparatni qabul qilishga oid yana boshqa savollaringiz bo‘lsa, shifokoringizga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

 

 

 

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Har qanday dorilar kabi, Zokardis® 7,5 mg ham nojo‘ya ta‘sirlar chiqarishi mumkin, ammo ular hammada ham paydo bo‘lmaydi.

AAF ingibitorlarining ko‘pchilik nojo‘ya ta‘sirlari qaytuvchi va davolash tugaganidan so‘ng o‘tib ketadi.

Ko‘pincha kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlari (tez-tezligi davolanayotgan o‘n nafar bemorning bittasidan kamrog‘ida uchraydi):

  • toliqish (charchoqlik)
  • ko‘ngil aynishi va/yoki qusish
  • bosh aylanishi
  • bosh og‘rig‘i
  • yo‘tal.

Kamroq kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlari (tez-tezligi davolanayotgan yuz nafar bemorning bittasidan kamrog‘ida uchraydi):

  • umumiy holsizlik
  • mushaklarni tirishishi
  • teri toshmalari.

Juda kam kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlari (tez-tezligi davolanayotgan ming nafar bemorning bittasidan kamrog‘ida uchraydi):

  • nafasni qiyinlashishi mumkinligi bilan tez yuz beruvchi ayniqsa, yuz, og‘iz va tomoqni shishi va qichishishi

Zokardis® 7,5 mg ni qo‘llashda qayd etilgan nojo‘ya ta‘sirlardan tashqari AAF ingibitorlari qo‘llanganda quyidagi ko‘rinishlar ta‘riflangan:

  • Davolashni boshida yoki doza oshirilganida bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi, hushdan ketish bilan birga kechuvchi arterial bosimning yaqqol tushib ketishi
  • Yurakni tez yoki tartibsiz urishi, yurakni urib ketishini va ko‘krakda og‘riq (miokard infarkti yoki stenokardiya)
  • Ongni buzilishi, to‘satdan bosh aylanishi, to‘satdan ko‘rishni yomonlashishi va/yoki tananing bir tomonidan sezuvchanlikni yo‘qolishi (miyada qon aylanishini ishemik turdagi o‘tkinchi buzilishi yoki insult)
  • Periferik shishlar (qo‘l-oyoq to‘qimalarida suyuqlikni to‘planishi), tananing tik holatida arterial bosimning pastligi, ko‘krakda og‘riq, mushak og‘riqlari yoki tirishishlar
  • Buyrak funksiyasini susayishi, sutkalik siydik hajmini o‘zgarishi, siydikda oqsil paydo bo‘lishi (proteinuriya), impotensiya
  • Qorin og‘riqlari, diareya, qabziyat, og‘iz qurishi
  • Allergik reaksiyalar, masalan, teri toshmalari, eshakemi, qichishish, terini qipiqlanishi, qizarishi, terini yumshab ketishi va g‘o‘ddalarni paydo bo‘lishi (toksik epidermal nekroliz), psoriazning (po‘st tashlovchi pushti dog‘lar bilan ifodalanuvchi teri kasalligi) kechishini yomonlashishi, soch to‘kilishi (alopesiya).
  • Ko‘p terlash va qonni oqib kelishlari
  • Kayfiyatni o‘zgarishi, depressiya, uyquni buzilishi, teri sezuvchanligini o‘zgarishi, masalan, achishish, sanchilish yoki chimchilash hissini paydo bo‘lishi (paresteziya), muvozanatni buzilishi, ongni chalkashishi, quloqlarni shang‘illashi (tinnitus), ta‘m bilishni buzilishi, ko‘rishni xiralashishi.
  • Nafasni qiyinlashishi, o‘pka nafas yo‘llarini torayishi (bronxospazm), sinusit, burun oqishi yoki bitishi (rinit), tilni yallig‘lanishi (glossit), bronxit.
  • Terini sarg‘ayishi (sariq kasalligi), jigar yoki me‘da osti bezini yallig‘lanishi (gepatit, pankreatit), ichak obstruksiyasi (o‘tkazmasligi).
  • Qon ko‘rsatkichlarini, masalan, gemoglobin, eritrositlar, leykositlar yoki trombositlarni o‘zgarishi yoki barcha xildagi qon hujayralari sonini kamayishi (pansitopeniya). Agar sizda biron tayinli sababsiz ko‘karishlar, tomoq og‘rig‘i yoki isitma paydo bo‘lishini sezsangiz, shifokorga murojaat qiling
  • Qonda jigar fermentlari faolligini (transaminazalar) va bilirubinni oshishi, qonda mochevina va kreatinin konsentrasiyasini oshishi.
  • Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida mumkin bo‘lgan eritrositlarning parchalinishi oqibatidagi kamqonlik.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari haqida ma‘lumot

Agar biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar jiddiy tus olsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan ta‘sirlarni aniqlasangiz, bu haqida o‘z shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Shuningdek, Siz nojo‘ya ta‘sirlar haqida bevosita ”Berlin-Xemi AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi Toshkent shahar, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12 (biznes-markaz) mazilida joylashgan vakolatxonasiga xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari haqida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi haqida ko‘proq ma‘lumot yig‘ishga yordam berishingiz mumkin.

  1. Zokardis® 7,5 mg preparati qanday saqlanadi

Ushbu dori preparatini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 36 oy.

Zokardis® 7,5 mg preparatini quti va blisterda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati («goden do») o‘tganidan so‘ng qabul qilmang.

Har qanday dorilarni oqava kanalizasiyaga tashlab yubormang. Ishlatilmagan dorilarni qay tarzda utilizasiya qilish lozimligini dorixona xodimidan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

  1. O‘RAM TARKIBI VA QO‘SHIMCHA AXBOROT

Zokardis® 7,5 mg preparatining  tarkibi

Ta‘sir etuvchi modda – zofenopril kalsiya 7,5 mg.

Boshqa komponentlari: mikrokristall sellyuloza; laktoza monogidrati; makkajo‘xori kraxmali; magniy stearati; suvsiz kolloidli kremniy dioksidi; gipromelloza; titan dioksidi; makrogol 400 va makrogol 6000 («Zokardis® 7,5 mg ning ayrim komponentlari haqida muhim ma‘lumotlar» 2-bo‘limiga qarang).

Zokardis® 7,5 mg preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramining ichidagisi

Zokardis® 7,5 mg oq rangli, qobiq bilan qoplangan, ikki tomonida bo‘lish uchun o‘yiqchasi bo‘lgan uzunchoq tabletkalar shaklida chiqariladi, o‘ramda 28 plyonka qobiq qoplangan tabletkalar.

Dorixonalardan preparat faqat shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZOKARDIS 0,0075 tabletkalari N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZOKARDIS 0,0075 tabletkalari N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZOKARDIS 0,0075 tabletkalari N28 dori vositasi А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZOKARDIS 0,0075 tabletkalari N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZOKARDIS 0,0075 tabletkalari N28 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ZOKARDIS 30 tabletkalari 30mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Зофеноприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: A. Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.L.
ZOKARDIS 7,5 tabletkalari 7,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Зофеноприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: A. Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.L.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SUPRAKS SOLYUTAB tabletkalari 400mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Sefiksim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9