ALLERVILning aptekalardagi narxlari
ALLERVIL tabletkalari 10mg/5mg N10
|
|
120 ta dorixonada bor
|
42 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
44 000 so'mdan
Bron qilish
|
ALLERVIL tabletkalari N10
|
|
44 ta dorixonada bor
|
45 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
50 000 so'mdan
Bron qilish
|
ALLERVIL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALLERVIL
ALLERVIL
Preparatning savdo nomi: Allervil
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): montelukast natriy, levosetirizin digidroxloridi
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar: montelukast natriy (montelukastga ekvivalent) – 10,0 mg, levosetirizin digidroxloridi – 5,0 mg;
yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kalsiy digidrofosfati, natriy kroskarmelloza, Povidon-K-30, tozalangan talk, krospovidon, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy;
plyonkaning qobig‘i: Super Coat film (gidroksipropil metilsellyuloza, PEG-400, titan dioksidi, tozalangan talk), tozalangan talk, titan dioksidi, izopropil spirti, dixlormetan.
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli ta‘sir ko‘rsatuvchi antigistamin preparatlar. Antigistamin preparatlar majmuasi.
ATX kodi: R06AK
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Allervil – 10 mg dozada montelukast va 5 mg dozada levosetirizin digidroxloridi saqlovchi majmuaviy preparatdir.
Montelukast bronxial astma va allergik rinit rivojlanishining patofiziologik mexanizmlari bilan assosiasiyalangan doimiy davom etuvchi surunkali yallihlanishning kuchliroq mediatorlari – sisteinil leykotrienlar (LTS4, LTD4 va LTE4) ning CysLT1–reseptorlarini tanlab ingibisiya qiladi. Bronxiolalar va qon tomirlarning silliq mushaklari spazmining yaqqoligini, shishni, eozinofillar va makrofaglarning migrasiyasini kamaytiradi; shilliq sekresiyasini kamaytiradi va mukosiliar transportni yaxshilaydi. Montelukast ichga qabul qilingandan keyin bronxlarni kengayishini chaqiradi va sinergizm namoyon qilib, β2–adrenomimetiklarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Levosetirizin – gistaminning raqobatli antagonistlari guruhiga mansub va N1-gistamin reseptorlarini bloklovchi setirizinning R-enantiomeridir. Setirizinning chapga aylanuvchi izomeri – levosetirizin periferik N1-reseptorlarning yuqori selektiv antagonistidir. Setirizinga nisbatan levosetirizinning N1-gistamin reseptorlariga yaqinligi 2 marta yuqori.
Levosetirizin allergik reaksiyalarning gistaminga bog‘liq bosqichiga ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek eozinofillar migrasiyasini kamaytiradi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlari va sitokinlarni (VCAM-1 va boshqalar) ajralib chiqishini cheklaydi.
Shunday qilib, levosetirizin allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta‘sirga ega, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta‘sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samara ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Montelukast ichga qabul qilingandan keyin tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Plazmadagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasiga (Cmax) kattalarda och qoringa qabul qilingandan 3 soatdan keyin erishilad. Ichga qabul qilinganda o‘rtacha biokiraolishligi 64% ni tashkil etadi. Ovqat qabul qilish biokiraolishligiga va plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) ta‘sir qilmaydi.
Levosetirizin ichga qabul qilingandan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Kattalarda 5 mg levositerizin terapevtik dozasi bir marta qabul qilingandan keyin Cmax ga 0,9 soatdan keyin erishiladi va 270 ng/ml ni tashkil qiladi, 5 mg dozada takroran qabul qilingandan keyin – 308 ng/ml ni tashkil qiladi. Konsentrasiyasining muvozanat darajasiga 2 sutkadan keyin erishiladi.
Ovqatlanish so‘rilish to‘liqligiga ta‘sir qilmaydi, ammo uni kamaytiradi.
Taqsimlanashi
Montelukast qon plazmasi oqsillari bilan 99% dan ko‘proq bog‘lanadi. Montelukastning taqsimlanish xajmi o‘rtacha 8-11 l ni tashkil qiladi.
Levosetirizin qon plazmasi oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Levosetirizinning taqsimlanish xajmi 0,4 l/kg ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 100% ga yetadi.
Metabolizmi
Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalarda qo‘llanilganida montelukast metabolitlarining plazmadagi konsentrasiyasi kattalarda muvozanat holatida aniqlanmaydi.
Montelukast metabolizmida sitoxrom P450CYP (3A4 va 2S9) ishtirok etadi deb taxmin qilinadi, bunda montelukast terapevtik konsentrasiyalarda sitoxrom P450CYP: 3A4, 2C9, 1A2, 2A6, 2C19 va 2D6 izofermentlarini ingibisiya qilmaydi.
Levosetirizin kam miqdorda, 14% dan kamroq farmakologik faol bo‘lmagan metabolitini hosil qilib, N- va O-dezalkilizasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi (sitoxrom tizimi yordamida jigarda metabolizmga uchraydigan N1-gistamin reseptorlarining boshqa antagonistlaridan farq qilib). Metabolitining past darajasi va metabolik potensialini yo‘qligi tufayli levosetirizinni boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli kam.
Chiqarilishi
Montelukastning plazmadagi klirensi sog‘lom kattalarda o‘rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Montelukast peroral qabul qilingandan keyin uning miqdorining 86% 5 kun davomida axlat bilan va 0,2% dan kamrog‘i – siydik bilan chiqariladi, bu montelukast va uning metabolitlarini safro bilan chiqarilishini tasdiqlaydi. Montelukastning yarim chiqarilish davri (T1/2) sog‘lom kattalarda 2,7 dan 5,5 soatgachani tashkil qiladi.
50 mg dan yuqori dozalari ichga qabul qilinganda farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli xarakterini dyaerli saqlab qoladi. Montelukastni ertalab va kechqurun qabul qilinganda farmakokinetikasidagi farqlar aniqlanmagan. 10 mg montelukast tabletkasini sutkada 1 marta qabul qilinganda plazmada faol moddani o‘rtacha (taxminan 14%) to‘planishi kuzatiladi.
Montelukastni 10 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilinganda farmakokinetik profili va biokiraolishligi keksa va yosh pasientlarda bir xil. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi va jigar sirrozining klinik ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni 10 mg dozada bir marta qabul qilgandan keyin “konsentrasiya-vaqt” farmakokinetik egri chizig‘i ostida maydonni (AUC) taxminan 41% ga oshishi bilan kechuvchi montelukastning metabolizmini sekinlashishi aniqlangan. Sog‘lom sub‘ektlarga nisbatan bunday pasientlarda montelukastni chiqarilishi uzayadi (yarim chiqarilishning o‘rtacha vaqti – 7,4 soat). Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda montelukastning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori) bo‘lgan pasientlarda montelukastning farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Kattalarda levosetirizinning yarim chiqarilish davri (T1/2) 7,9±1,9 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi minutiga 0,63 ml/kg ni tashkil qiladi. Preparatning qabul qilingan dozasining taxminan 85,4% o‘zgarmagan ko‘rinishda kalavalar filtrasiyasi va kanalchalar sekresiyasi yo‘li bilan buyraklar orqali, taxminan 12,9% – ichak orqali chiqariladi. Jigar yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <40 ml/minut) bo‘lgan pasientlarda preparatning klirensi kamayadi, T1/2 esa uzayadi (shunday qilib, gemodializda bo‘lgan bemorlarda umumiy klirens 80% ga kamayadi), bu dozalash tartibini tegishli o‘zgartirishni talab etadi. Levosetirizinning 10% dan kamrog‘i gemodializning standart 4-soatlik muolajasi jarayonida chiqariladi.
Alohida guruh pasientlardagi farmakokinetikasi
Buyrak yetishmovchiligi:
Montelukast: Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Montelukast va uning metabolitlari o‘t chiqarish yo‘llari orqali chiqarilganligi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Levosetirizin: Levosetirizinning taxminiy klirensi kreatinin klirensi bilan korrelyasiya qiladi. Shuning uchun o‘rtacha va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda levosetirizinning dozalari orasidagi intervallarni kreatinin klirensiga qarab muvofiqlashtirish tavsiya etiladi. Sog‘lom odamlarga nisbatan terminal bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda umumiy klirensi taxminan 80% ga kamayadi. Gemodializning standart 4-soatlik muolajasi jarayonida chiqarilgan levosetirizinning miqdori <10% ni tashkil qilgan.
Jigar yetishmovchiligi:
Montelukast: Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q. Og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori) bo‘lgan pasientlarda montelukastning farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Levosetirizin: Levosetirizin jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilmagan. Buyrakdan tashqari klirensi sog‘lom pasientlar tomonidan ichga qabul qilingandan keyin umumiy klirensning taxminan 28% ni tashkil qilishi aniqlangan. Levosetirizin asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda klirensni ahamiyatli pasayishining ehtimoli kam.
Qo‘llanilishi
- mavsumiy allergik rinitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 tabletkadan kuniga 1 marta kechqurun ichga buyuriladi. Tabletkalarni ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin butunligicha, chaynamasdan qabul qilinadi.
Davolash kursi – 14 kunni tashkil etadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga: O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi >79 ml/minut) bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. O‘rtacha va og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <79 ml/minut – >10 ml/minut) bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan va qat‘iy tibbiy kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga: Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Montelukast
Juda tez-tez (≥1/10):
- yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari
Tez-tez (≥1/100, <1/10)
- diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq
- toshma
- qon plazmasida jigar transaminazalari (ALT,AST) darajasini oshishi
- isitma
Tez-tez emas (≥1/1000, <1/100)
- uyquni buzilishlari (tungi dahshatlar, uyqusizlik, somnabulizm), ta‘sirchanlik, qo‘zg‘alish (shu jumladan, tajavvuzkor harakat yoki dushmanlik), depressiya, bosh aylinishi, uyquchanlik, paresteziya/gipesteziya, tutqanoq xuruji
- epistaksis
- og‘izni qurishi, dispepsiya
- anafilaksiya, eshakemi, qichishish ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar
- gematomalar
- asteniya, toliqish, lohaslik, shish
- artralgiya, mialgiya, mushak tirishishlari
Kam hollarda (≥1/10000, <1/1000)
- yurak urishini tezlashishi
- Kvinke shishi
- qonashga moyillik, burundan qon ketishi
- tremor
Juda kam hollarda (<1/10000)
- jigar parenximasini eozinofil infiltrasiyasi
- gepatit (shu jumladan, xolestatik va gepatosellyulyar)
- tugunli eritema
- gallyusinasiyalar, o‘z joniga qasd qilishga moyillik
- Charg-Stross sindromi
Levosetirizin
Juda tez-tez (≥1/10):
- uyquchanlik
Tez-tez (≥1/100, <1/10)
- og‘izni qurishi
- bosh og‘rig‘i, toliqish
Tez-tez emas (≥1/1000, <1/100)
- asteniya
- qorinda og‘riq
Juda kam hollarda (<1/10000)
- o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaksiya
- tajavvuzkorlik, qo‘zg‘alish
- tirishishlar
- ko‘rishni buzilishi
- yurak urishini tezlashishi
- hansirash, dispnoe
- ko‘ngil aynishi, ishtahani oshishi, qusish
- gepatit
- Kvinke shishi, qichishish, toshma, eshakemi
- mialgiya
- tana vaznini oshishi
- dizuriya, siydikni tutilishi
Postmarketing kuzatuvlarida juda kam hollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan:
- jigar funksional sinamalarini o‘zgarishi
- diareya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- faol moddaga, piperazinning boshqa hosilalariga yoki preparatning boshqa yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik
- kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan og‘ir buyrak yetishmovchiligi
- galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza tanqisligi, glyukoza va galaktoza malabsorbsiya sindromi
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar
- homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Montelukast tavsiya etilgan dozada teofillin, prednizon, prednizolon, majmuaviy oral kontraseptivlar (noretindron 1mg/etinilestradiol 35 mkg), terfenadin, digoksin va varfarin kabi preparatlarning farmakokinetik profiligi klinik ahamiyatli samara ko‘rsatmaydi. Dori vositalari (tireoid gormonlar, NYAQV, benzodiazepinlar, dekongestantlar) bilan birga montelukastni yondosh preparatni sifatida qo‘llash klinik ahamiyatli dorilarning o‘zaro ta‘siriga olib kelmaydi.
Montelukastni sitoxrom R450 tizimini induksiya qilish qobiliyatiga ega preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi:
Fenobarbital bilan davolash fonida 10 mg dozada montelukast bir marta qabul qilinganida montelukastning AUC 40% ga pasayadi. Montelukast bilan davolash fonida fenitoin, fenobarbital, rifampisin kabi sitoxrom R450 tizimini induksiya qilish qobiliyatiga ega dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarni adekvat klinik kuzatish maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
Montelukastni sitoxrom R450 tizimini ingibisiya qilish qobiliyatiga ega preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi:
In vitro sharoitda olingan ma‘lumotlarga ko‘ra montelukast sitoxrom CYP2S8 tizimi izofermentining potensial ingibitori hisoblanadi. lekin montelukast va rosiglitazon (asosan CYP2S8 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalarining vakili) preparatlarini bir vaqtda qabul qilganda mavjud bo‘lgan tadqiqot ma‘lumotlari rosiglitazonning farmakokinetik profilini o‘zgarishini aniqlamadi, bu in vivo sharoitda CYP2S8 izofermentini montelukast tomonidan ingibisiya qilinishini tasdiqlash imkonini berdi. Shunday qilib, montelukast bu izoferment ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalarining (paklitaksel, rosiglitazon va repaglinid kabi) farmakokinetik profiliga ta‘sir qilmasligini taxmin qilish mumkin.
Levosetirizinni boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Setirizin rasematini psevdoefedrin, simetidin, ketokonazol, eritromisin, azitromisin, glipizid va diazepam bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganilganda klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.
Teofillin (sutkada 400 mg) bilan bir vaqtda buyurilganda setirizinning umumiy klirensi 16% ga pasayadi (teofillinning kinetikasi o‘zgarmaydi). Levosetirizinni alkogol yoki markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilgan bir qator hollarda ularnin markaziy nerv tizimiga ta‘siri kuchayishi mumkin, garchi setirizinning rasemati alkogolning ta‘sirini kuchaytirishi tasdiqlanmagan.
Ritonavir siterizinning plazmadagi darajasini taxminan 42% ga oshiradi, bu setirizinning yarim chiqarilish davrini uzayishi (53%) va klirensni (29%) pasayishi bilan kechgan. Setirizin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ritonavirning farmakokinetikasi o‘zgarmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surunkali buyrak yetishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi) va keksa yoshdagilarda (kalavalar filtrasiyasi pasayishi mumkin) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Alkogolni bir vaqtda iste‘mol qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Montelukast
Pasientlarga astmaning o‘tkir xurujlarini davolash uchun montelukast va levosetirizin saqlovchi ushbu majumaviy preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday holatlarni shoshilinch davolash uchun tegishli preparatlar har doim tayyor bo‘lishi kerak. Xuruj bo‘lganda pasientlar darhol shifokorga murojaat etishlari kerak. Montelukastni ingalyasion yoki peroral kortikosteroidlarga to‘satdan almashtirish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llanilayotgan peroral kortikosteroidlar miqdorini kamaytirish va montelukastni bir vaqtda qabul qilish mumkinligidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar yo‘q.
Montelukast bilan davolash aspirin astmasi bo‘lgan pasientlarda aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish zaruratini bekor qilmaydi.
Montelukast qabul qilgan kattalar, o‘smirlar va bolalarda psixonevrologik asoratlar kuzatilgan. Qayd etilgan keyingi davrda montelukastni qo‘llashdagi kuzatuvdagi xabarlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qo‘zg‘alish, tajavvuzkor hulq yoki dushmanlik, bezovtalik, tushkunlik holati, orientasiyani buzilishi, uyquni buzilishi, gallyusinasiyalar, uyqusizlik, ta‘sirchanlik, sabrsizlik, lunatizm, o‘z joniga qasd qilish fikri va harakati (shu jumladan o‘z joniga qasd qilish) va qaltirash. Montelukast haqidagi ma‘lumotni o‘z ichiga oluvchi postregistarsion kuzatuvdagi ayrim xabarlarning klinik ma‘lumotlari farmakologik samarasiga mos keladi. Pasientlar va preparatni tavsiya etayotgan tibbiyot hodimlari psixonevrologik asoratlarga tayyor bo‘lishlari kerak. Pasientlar ushbu o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda ushbu preparatni tavsiya etgan tibbiyot hodimiga xabar berishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Preparatni tavsiya etayotgan tibbiyot hodimlari bunday belgilar paydo bo‘lganda montelukast bilan davolashning xavfi va foydasini sinchkovlik bilan baholashlari kerak.
Montelukast qabul qilayotgan pasientlarda kam hollarda ko‘pincha tizimli kortikosteroid terapiya bilan davolanadigan Charg-Stross sindromiga ishora qiluvchi tizimli eozinofiliya, ba‘zida vaskulitning klinik belgilari bo‘lishi mumkin. Bu holatlar odatda peroral kortikosteroid davolashni kamaytirish yoki bekor qilish bilan assosiasiyalangan, lekin har doim emas. Leykotrien reseptorlarining antagonistlari Charg-Stross sindromini paydo bo‘lishi bilan bog‘liqligi ehtimolini inkor etib ham bo‘lmaydi, aniqlab ham bo‘lmaydi. Shifokorlar pasientlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan eozinofiliya, vaskulit toshma, o‘pka simptomlarini yomonlashishi, kardiologik asoratlar va/yoki neyropatiyaga tayyor bo‘lishlari kerak. Ushbu simptomlar rivojlangan pasientlar takroran ko‘rikdan o‘tishlari va ularni davolash sxemasi qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Levosetirizin
Klinik tadqiqotlar jarayonida levosetirizin bilan davolangan ayrim pasientlarda uyquchanlik, toliqish va holsizlik kuzatilgan. Pasientlar levosetirizinni qabul qilgandan keyin mashina uskunalarini boshqarish yoki transport vositalarini haydash kabi tetiklik va harakatlar koordinasiyasini talab etuvchi ishlarni bajarganda xavf haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Sezgir pasientlarda levosetirizin va alkogolni yoki boshqa markaziy nerv tizimi depressantlarini bir vaqtda qabul qilish markaziy nerv tizimiga ta‘sir qilishi mumkin, garchi setirizin rasematini alkogolning ta‘sirini kuchaytirmasligi isbotlangan.
Montelukast va levosetirizin majmuaviy preparati faol bo‘lmagan komponent sifatida laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbsiya sindromi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ushbu vositani qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Montelukast va levosetirizin saqlovchi majmuaviy preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi
Preparatni qabul qilish avtomobilni yoki harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q. Lekin, levosetirizin bilan davolaganda ayrim pasientlarda uyquchanlik, toliqish va xolsizlik kuzatilishi mumkin. Preparatni qabul qilish davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: uyquchanlik, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, psixomotor giperfaollik.
Davolash: me‘dani yuvish yoki sun‘iy qusishni chaqirish. Faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Spesifik antidoti yo‘q.
Montelukast va levosetirizinni peritoneal dializ yoki gemodializ yo‘li bilan chiqarilishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli va o‘rami
10 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari