Berodualning aptekalardagi narxlari
BERODUAL eritma 0,25mg+0,5mg/ml 20ml N1
|
|
34 ta dorixonada bor
|
68 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
102 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
99 000 so'mdan
Bron qilish
|
BERODUAL N aerozol 20mg+50mg/doza 10ml N1
|
|
14 ta dorixonada bor
|
116 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
135 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Berodual ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BERODUAL®
BERODUAL
Preparatning savdo nomi: BERODUAL
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): fenoterol +ipratropiy bromidi
Dori shakli: ingalyasiya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml ingalyasiya uchun eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 500 mkg (0,5 mg) fenoterol gidrobromidi va 261 mkg (0,261 mg) ipratropiy gidrobromidi, bu 250 mkg (0,25 mg) suvsiz ipratropiy gidrobromidiga to‘g‘ri keladi;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, natriy xloridi, xlorid kislotasi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: suspenziyalangan zarrachalarni saqlamaydigan, tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik. Hidi deyarli sezilmaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun vositalar. Ingalyasion qo‘llash uchun adrenergik va boshqa vositalar.
ATX kodi: R03AL01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
BERODUAL bronxolitik faollikka ega bo‘lgan ikki komponent saqlaydi: ipratropiy bromidi (m-xolinoblokator) va fenoterol gidrobromidi (beta-adrenomimetik).
Ipratropiy bromidi – bu antixolinergik (parasimpatolitik) xususiyatlarga ega bo‘lgan to‘rtlamchi ammoniyli birikmadir. Klinika oldi tadqiqotlari, adashgan nervdan ajralib chiqadigan neyromediator – asetilxolinning samarasiga qarshi ta‘sir qilib, u orqali bo‘ladigan reflekslarni tormozlashini ko‘rsatadi. Antixolinergik vositalar kalsiyning xujayra ichki konsentrasiyasini oshishini oldini oladi, bu bronxlarning silliq mushaklarining muskarin reseptorlari bilan asetilxolinning o‘zaro ta‘siridan kelib chiqadi. Kalsiyni ajralib chiqishi IFZ (inozitoltrifosfat) va DAG (diasilgliserol) lardan tashkil topgan ikkilamchi tashuvchilar tizimi orqali bo‘ladi.
Ipratropiy bromidi ingalyasiyasidan keyin paydo bo‘ladigan bronxodilatasiya, – tizimliga taalluqli bo‘lmagan o‘pka uchun lokal va spesifik samaradir.
Fenoterol gidrobromidi – bevosita ta‘sir qiluvchi simpatomimetik, terapevtik dozalarda qabul qilinganida beta2-adrenoreseptorlarning selektiv stimulyatoridir. Beta1-adrenoreseptorlarni rag‘batlantirishi faqat preparat yuqoriroq dozalarda (masalan, tokolitik davolash o‘tkazilganda) yuborilganida yuz beradi. Beta2-adrenoreseptor bilan bog‘lanishi, keyingi sAMF xosil bo‘lishini oshishi bilan rag‘batlantirishi Gs-oqsil orqali adenilatsiklazani faollashtiradi, u o‘z navbatida, proteinkinaza A ni faollashtiradi. Proteinkinaza A silliq mushak xujayralaridagi nishon oqsillarni fosforlaydi. Bu miozinning yengil zanjiri kinazasini fosforlanishiga, fosfoinozinning gidrolizini ingibisiya qilinishiga va kalsiyga bog‘liq tez kalsiy kanallarni ochilishiga olib keladi.
Fenoterol bronxlar va qon tomirlarning silliq mushaklari tonusini pasayishini chaqiradi, shuningdek gistamin, metaxolin, sovuq havo allergenlar (zudlik bilan kechuvchi reaksiya) kabi bronxlarni toraytiruvchi omillarning ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan bronxospazm rivojlanishini oldini oladi. Preparat qabul qilinganidan keyin semiz xujayralardan yallig‘lanish mediatorlarining ajralib chiqarilishi ingibisiya qilinadi. Bundan tashqari, 0,6 mg fenoterol qabul qilinganidan keyin mukosiliar tashilishni kuchayishi kuzatiladi.
Peroral yoki, ko‘proq vena ichiga yuborilgandan keyin erishiladigan qon plazmasidagi preparatning yuqoriroq konsentrasiyalari, bachadonning qisqaruvchanlik qobiliyatini ingibisiya qiladi.
Preparatning yuqori dozalari qabul qilinganda moddalar almashinuvi darajasida samaralar kuzatiladi: lipoliz, glikogenoliz, giperglikemiya va gipokaliemiya (gipokaliemiya skelet mushaklari tomonidan K+ yutilishini oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi).
Yurak qisqarishlar tez-tezligini oshishi va miokardning qisqaruvchanligini kuchayishi kabi yurak mushagi darajasidagi preparatning beta-adrenergik samaralari, fenoterolning qon tomirlarga ta‘siri, yurak beta2-adrenoreseptorlarni rag‘batlantirilishi, preparat terapevtikdan yuqori dozalarda qabul qilinganida esa, beta1-adrenoreseptorlarni rag‘batlantirilishi bilan tushuntiriladi. Boshqa beta-adrenergik vositalarni qo‘llashdagi kabi, QTc intervalini uzayishi haqida xabarlar berilgan. Dozalovchi ingalyator yordamida yuboriladigan fenoterol uchun bu ko‘rinishlar kuchsiz ifodalangan va tavsiya etilgandan yuqori dozalarda kuzatilgan. Lekin nebulayzerlar (ingalyasiya uchun eritma) yordamida preparat yuborilganidan keyingi tizimli ta‘siri, tavsiya etilgan dozalar dozalovchi ingalyator yordamida yuborilganidagiga qaraganda yuqori bo‘lgan. Klinik ahamiyati aniqlanmagan. Beta-adrenomimetiklarning eng ko‘p kuzatiladigan samarasi tremor hisoblanadi. Bronxlarning silliq mushaklariga ta‘sirida farqli ravishda, beta-adrenoreseptorlar agonistlarining tizimli samaralari tolerantlik rivojlanishi bilan assosiasiyalanadi.
Bu ikki faol moddalar birga qo‘llanganida bronxlarni kengaytiruvchi samaraga, turli farmakologik nishonlarga ta‘sir qilish yo‘li bilan erishiladi. Ko‘rsatilgan moddalar bir-birini to‘ldiradi, natijada bronxlar mushaklariga spazmolitik samara kuchayadi, va nafas yo‘llarini torayishi bilan birga kechuvchi bronx-o‘pka kasalliklarida keng terapevtik ta‘siri ta‘minlanadi. Bir-birini to‘ldiruvchi ta‘siri shundayki, kutilgan samaraga erishish uchun beta-adrenomimetikning pastroq dozasi talab qilinadi, bu deyarli nojo‘ya samaralari bo‘lmaganda samarali dozani shaxsiy ravishda tanlash imkoniyatini beradi.
Farmakokinetikasi
Ipratropiy bromidi va fenoterol gidrobromidi majmuasining terapevtik ta‘siri nafas yo‘llariga mahalliy ta‘siri bilan yuzaga keladi. Shuning uchun bronxodilatasiyaning farmakodinamikasi ta‘sir etuvchi moddalarning farmakokinetikasi bilan bog‘liq emas.
Ingalyasiyadan keyin dori shakli, ingalyasiya usuli va ingalyasiya uchun ishlatilayotgan moslamaga qarab dozaning 10-39% o‘pkalarga cho‘kadi. Dozaning qolgan qismi mundshtukda, og‘iz bo‘shlig‘ida va yuqori nafas yo‘llarida (og‘iz-xalqumda) qoladi. Dozalangan aerozol ingalyasiyasidan keyin ham dozaning shuncha miqdori nafas yo‘llariga cho‘kadi. Suvli eritma Respimat ingalyatori orqali ingalyasiya qilinganidan keyin o‘pkalarga kirgan miqdori, dozalangan aerozol ingalyasiyasi bilan solishtirganda 2 marta yuqori bo‘lgan, bunda Respimat ingalyatori orqali ingalyasiyada og‘iz-xalqumda ta‘sir etuvchi moddaning ancha kam miqdori cho‘kadi. Dozaning o‘pkalarga yetib borgan qismi tez (bir minut davomida) qon aylanish tizimiga tushadi. Og‘iz-xalqumda qolgan ta‘sir etuvchi modda, asta-sekin yutiladi va MIY orqali o‘tadi. Shuning uchun tizimli ta‘siri o‘pkalar va MIY dan biokiraolishligining natijasi hisoblanadi.
Ikkala ingredientlarning majmuadagi farmakokinetikasini, alohida ta‘sir etuvchi moddalarning farmakokinetikasidan farq qilishiga guvohlik beruvchi ma‘lumotlar yo‘q.
Fenoterol gidrobromidi
Yutilayotgan ulushi asosan, murakkab sulfat birikmalariga metabolizmga uchraydi. Peroral yuborilganida preparatning mutlaq biokiraolishi past (taxminan 1,5%).
Fenoterol vena ichiga yuborilganidan keyin siydikda 24 soat davomida erkin va kon‘yugasiyalangan holatda yuborilgan dozadan muvofiq taxminan 15% va 27% aniqlanadi. Dozalovchi ingalyator yordamida BERODUAL ingalyasiyasidan keyin dozaning taxminan 1% siydik bilan erkin fenoterol ko‘rinishida 24 soat davomida chiqariladi. Shu ma‘lumotga asoslanib, ingalyasion yuborilganidan keyin fenoterol gidrobromidining tizimli biokiraolishligi taxminan 7% ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilganidan keyin fenoterolni qon plazmasida taqsimlanishi uch fazali farmakodinamik modelga muvofiq yuz beradi, yarim chiqarilishning yakuniy bosqichi taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Ushbu uch fazali farmakokinetik modelda muvozanat holatida taxmin qilingan taqsimlanish hajmi (Vdss) taxminan 189 l (≈2,7 l/kg) ni tashkil qiladi.
Moddaning taxminan 40% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Fenoterol va uning metabolitlari gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi. Fenoterolning umumiy klirensi minutiga 1,8 l, buyrak klirensi minutiga 0,27 l ni tashkil qiladi.
Ipratropiy bromidi
Ipratropiyning (dastlabki birikma) to‘planuvchi buyrak ekskresiyasi (0-24 soat) vena ichiga yuborilgan dozaning 46% ga yaqinlashadi, peroral dozaning 1% dan kamini va dozalovchi ingalyator yordamida yuborilgan BERODUAL dozasining taxminan 3-13% ni tashkil qiladi. Bu ma‘lumotlar asosida peroral va ingalyasion qo‘llashda ipratropiy bromidinning umumiy tizimli biokiraolishligi muvofiq 2% va 7 dan 28% gachani tashkil qiladi. Ipratropiy bromidi dozasining yutilgan qismi ahamiyatli tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Ipratropiyning taqsimlanishini xarakterlovchi kinetik ko‘rsatkichlar vena ichiga yuborilganidan keyin preparatning plazmadagi konsentrasiyalaridan kelib chiqib hisoblangan. Muvozanat holatida taxmin qilingan taqsimlanish hajmi (Vdss) taxminan 176 l (≈2,4 l/kg) ni tashkil qiladi. Preparat minimal (20% dan kam) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Sichqonlar va itlarda o‘tkazilgan klinika oldi tadqiqotlar, ipratropiy to‘rtlamchi amin bo‘lib, gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmasligini ko‘rsatgan. Chiqarilishining oxirgi fazasida yarim chiqarilish davri taxminan 1,6 soatni tashkil qiladi.
Ipratropiyning umumiy klirensi minutiga 2,3 l, buyrak klirensi esa minutiga 0,9 l ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilganidan keyin dozaning taxminan 60% jigarda oksidlanib metabolizmga uchraydi.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv buzilishlaridagi hansirashni oldini olish va davolash: allergik va allergik bo‘lmagan (endogen) bronxial astma, jismoniy zo‘riqish bronxial astmasi, emfizema bilan asoratlangan yoki asoratlanmagan surunkali obstruktiv bronxitda qo‘llanadi.
Davomli davolash muvofiq yallig‘lanishga qarshi davolash bilan birga kechishi kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolash tibbiy kuzatuv ostida (masalan, stasionar sharoitlarida) o‘tkazilishi kerak. Uy sharoitida davolash faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin, past dozada tez ta‘sir etuvchi beta-agonist yetarlicha samarali bo‘lmagan hollarda mumkin. Shuningdek ingalyasiyalar uchun eritma pasientlarga, ingalyasiya uchun aerozolni ishlatish mumkin bo‘lmagan yoki yuqoriroq dozalarni qo‘llashning zarurati bo‘lgan hollarda tavsiya etilishi mumkin. Xurujning o‘tkirligiga qarab doza shaxsiy ravishda tanlanishi kerak. Davolash odatda eng kam tavsiya etilgan dozadan boshlanishi va simptomlarning yetarlicha kamayishiga erishilgandan keyin to‘xtatilishi kerak (1 ml 250 mkg ipratropiy bromidi + 500 mkg fenoterol gidrobromidi saqlaydi) (20 tomchi = 1 ml).
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar
Bronxial obstruksiya xurujini davolash uchun, xurujning og‘irligiga qarab, keyingi fiziologik eritma bilan 3-4 ml xajmgacha suyultirish bilan 1 ml (20 tomchi) dan 2,5 ml (50 tomchi) gacha ishlatish tavsiya etiladi.
O‘ta og‘ir xollarda keyingi fiziologik eritma bilan 3-4 ml hajmgacha suyultirish bilan 4,0 ml (80 tomchi) ishlatish mumkin.
Jismoniy zo‘riqish yoki allergen bilan kutilgan kontaktdagi astma xurujini oldini olish uchun, jismoniy zo‘riqish/kontaktdan 10-15 minut oldin, keyingi 2-3 ml fiziologik eritma bilan suyultirish bilan 0,1-0,2 ml (2-4 tomchi) ishlatish tavsiya etiladi.
6-12 yoshli bolalar
Bronxial obstruksiya xurujini davolash uchun, xurujning og‘irligiga qarab, keyingi fiziologik eritma bilan 3-4 ml hajmgacha suyultirish bilan 0,5 ml (10 tomchi) dan 2,0 ml (40 tomchi) gacha ishlatish tavsiya etiladi.
Jismoniy zo‘riqish yoki allergen bilan kutilgan kontaktdagi astma xurujini oldini olish uchun, jismoniy zo‘riqish/kontaktdan 10-15 minut oldin, keyingi 2-3 ml fiziologik eritma bilan suyultirish bilan 0,1-0,2 ml (2-4 tomchi) ishlatish tavsiya etiladi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Bu yosh guruhida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlarning cheklanganligini hisobga olib, preparatni qo‘llash faqat shifokor nazorati ostida quyida ta‘riflangan dozalarda mumkin: 1 kg tana vazniga 0,1 ml (2 tomchi), maksimal 0,5 ml (10 tomchi) gacha, keyingi fiziologik eritmada 3-4 ml hajmgacha suyultirish bilan.
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Ingalyasiyalar uchun eritmani faqat ingalyasiyalar uchun ishlatish (to‘g‘ri keluvchi nebulayzer bilan) va peroral qo‘llamaslik kerak.
Tavsiya etiladigan doza fiziologik eritma bilan 3-4 ml hajm olingunicha suyultiriladi, nebulayzerga quyiladi va olingan eritma to‘liq ishlatilgunicha ingalyasiya qilinadi.
Ingalyasiyalar uchun BERODUAL eritmasini distillangan suv bilan suyultirish mumkin emas.
Eritma har safar bevosita ishlatish oldidan suyultiriladi; ingalyasiyadan keyin qolgan eritma tashlab yuboriladi.
Suyultirilgan eritmani tayyorlangandan keyin darhol ishlatish kerak.
Ingalyasiya davomiyligini suyultirilgan eritmaning sarfi bo‘yicha nazorat qilish mumkin.
Ingalyasiyalar uchun BERODUAL eritmasi sotuvda bo‘lgan turli nebulayzerlarni ishlatish bilan qo‘llanishi mumkin. Yuborilayotgan tizimli doza va o‘pkalar uchun doza qo‘llanayotgan nebulayzerga bog‘liq va BERODUAL N – dozalangan aerozol bilan solishtirganda yuqori bo‘lishi mumkin.
Markazlashtirilgan kislorod tizimi ishlatilganda eritmani oqim tezligi minutiga 6-8 litr bo‘lganda qo‘llagan yaxshi.
Pasientlar nebulayzerni qo‘llash va muomala qilish bo‘yicha ishlab chiqaruvchining yo‘riqnomalariga rioya qilishlari kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlaridan ko‘pchiligini BERODUALning antixolinergik va beta-adrenergik xususiyatlariga kiritish mumkin. Ingalyasion qo‘llanadigan boshqa dori vositalari kabi, BERODUAL mahalliy qo‘zg‘alish simptomlarini chaqirishi mumkin.
Eng ko‘p xabar berilgan nojo‘ya ta‘sirlariga quyidagilar kiradi: yo‘tal, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i, tremor, faringit, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, disfoniya, taxikardiya, yurak urishini xis qilish, qusish, sistolik arterial bosimni oshishi va asabiylik.
Nojo‘ya ta‘sirlarning paydo bo‘lish tez-tezligi quyida ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000).
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar, o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda- gipokaliemiya; juda kam hollarda- qonda glyukoza darajasini oshishi.
Ruhiyatni buzilishi: tez-tez emas – asabiylik; kam hollarda – xavotirli qo‘zg‘alish, ruhiy buzilishlar.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, tremor, bosh aylanishi; noma‘lum – giperreaktivlik.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan: kam hollarda – glaukoma, ko‘z ichki bosimini oshishi, akkomodasiyani buzilishi, midriaz, ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda og‘riq, shox pardani shishi, kon‘yunktival giperemiya, ko‘ruv oreollari.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – taxikardiya yurak urishini his qilish; kam hollarda- aritmiya, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi, supraventrikulyar taxikardiya, miokard ishemiyasi.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – yo‘tal; tez-tez emas – faringit, disfoniya; kam hollarda – bronxospazm, tomoqni ta‘sirlanishi, xalqumni shishi, laringospazm, parodoksal bronxospazm, tomoqni quruqligi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez emas – qusish, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi; kam hollarda- stomatit, glossit, me‘da-ichak yo‘llari motorikasini buzilishi, diareya, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shishi, jig‘ildon qaynashi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda – eshakemi, toshma, qichishish, angionevrotik shishi, petexiya, gipergidroz.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: kam hollarda – mushak kuchsizligi, mushak spazmlari, mialgiya.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – siyishni tutilishi.
Laboratoriya va instrumental ma‘lumotlar tomonidan: tez-tez emas – sistolik arterial bosimini oshishi; kam hollarda – diastolik arterial bosimni pasayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
BERODUALni fenoterol gidrobromidi va/yoki ipratropiy bromidiga, atropinsimon moddalarga, yoki xar qanday yordamchi moddalarga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
BERODUALni shuningdek obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyasi va taxikardiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
BERODUALni boshqa antixolinergik preparatlar bilan davomli birga yuborish o‘rganilmagan va shuning uchun tavsiya etilmaydi.
Quyidagi dori vositalari/dori vositalar sinfini bir vaqtda qo‘llash BERODUALning samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
- Ta‘sirini kuchaytiradi va/yoki nojo‘ya reaksiyalar xavfini oshiradi:
- boshqa beta-adrenomimetik preparatlar (har qanday qo‘llash usuli);
- boshqa antixolinergik preparatlar (har qanday qo‘llash usuli);
- ksantin hosilalari (masalan, teofillin);
- yallig‘lanishga qarshi vositalar (kortikosteroidlar);
- monoaminooksidaza ingibitorlari;
- trisiklik antidepressantlar;
- galogenlangan uglevodorodli anestetiklar (masalan, galotan, trixloretilen yoki enfluran), chunki ular yurak-qon tomir tizimiga ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
- BERODUALning samaradorligini pasaytiradi:
- beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo‘llash.
- Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan reaksiyalar:
Beta2-agonistni qo‘llash chaqirgan gipokaliemiya, ksantin xosilalari, glyukokortikoidlar va diuretiklarni bir vaqtda qabul qilinganda kuchayishi mumkin. Buni ayniqsa nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini og‘ir shakllari bo‘lgan pasientlarni davolaganda hisobga olish kerak. Digoksin qabul qilayotgan pasientlarda gipokaliemiya, aritmiyalar paydo bo‘lishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, gipokaliemiyani yurak ritmiga salbiy ta‘siri gipoksiyani kuchaytirishi mumkin. Bunday hollarda qon zardobida kaliyning darajasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Agar purkalayotgan ipratropiy bromidi alohida yoki beta2-agonisti bilan birga ko‘zga tushsa, glaukomaning o‘tkir xuruji rivojlanishini xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Hansirash (nafasni qiyinlashishi) kutilmaganda tez yomonlashgan holda, kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilish kerak.
BERODUAL boshqa ingalyasion preparatlar kabi, paradoksal bronxospazm chaqirishi, u hayotga xavf tug‘dirishi mumkin. Parodoksal bronxospazm rivojlangan holda BERODUAL qo‘llashni darhol to‘xtatish va muqobil davolashga o‘tish kerak.
BERODUAL faqat xavf/foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyin, ayniqsa tavsiya etilgandan yuqori dozalarda ishlatilganida, quyidagi kasalliklarda qo‘llanishi kerak: noadekvat gipoglikemik nazoratli qandli diabet, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, miokardit, yurak yoki qon tomirlarning og‘ir kechuvchi organik kasalliklari (xususan, taxikardiya bo‘lganida), gipertireoz, feoxromasitoma.
Simpatomimetik vositalarni, shu jumladan BERODUAL ni ham qo‘llaganda, yurak-qon tomir tizimi tomonidan samaralar paydo bo‘lishi mumkin. Postmarketing tadqiqotlarda va chop etilgan adabiyotlarda beta-agonistlarni qabul qilishda miokard ishemiyasi rivojlanishini kam xollari aniqlangan. BERODUAL qabul qilayotgan yurakning yondosh jiddiy kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, aritmiyalari yoki yaqqol yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan pasientlar, ko‘krak qafasida og‘riq sindromi yoki yurak kasalligining yomonlashishiga ishora qiluvchi boshqa simptomlari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilishlari kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Xansirash va ko‘krak qafasida og‘riq kabi simptomlarga alohida e‘tibor berish kerak, chunki ular o‘pka tomonidan ham, yurak tomonidan ham bo‘lishlari mumkin.
BERODUAL boshqa antixolinergik preparatlar kabi, yopiq burchakli glaukomaga moyilli, siydik chiqarish yo‘llarining obstruksiyasi (masalan, prostata bezining giperplaziyasi yoki qovuq bo‘yning obstruksiyasi), buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
Ingalyasion ipratropiy bromidi yoki ipratropiy bromidi beta2-adrenoreseptorlar agonistlari bilan birga ko‘zlarga tushganida rivojlangan ko‘rish a‘zosi tomonidan asoratlar (masalan, midriaz, ko‘z ichki bosimini oshishi va qo‘zlarda og‘riq) haqida alohida xabarlar berilgan.
Diqqat! Pasientlar BERODUAL ingalyasion eritmasini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ma‘lumot olgan bo‘lishlari kerak. Preparatni ko‘zga tushishini oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
O‘tkir yopiq burchakli glaukomaning simptomlari ko‘zlarda og‘riq yoki diskomfort, ko‘rishni xiralashishi, ko‘zlar oldida oreol, rangli dog‘lar paydo bo‘lishi, kon‘yunktiva qon tomirlarining in‘eksiyasi va shox parda shishi oqibatida ko‘zlarni qizarishi bo‘lishi mumkin.
Bu simptomlardan har qandayi paydo bo‘lganida, darhol mutaxassis bilan maslahatlashish kerak va miotik vositalarni qo‘llash ko‘rsatilgan.
Anamnezida mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda, ingalyasion antixolinergik vositalar bilan davolashda me‘da-ichak yo‘llari motorikasini buzilishi mumkin. Bu samara qaytuvchan va davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi.
Preparatni uzoq muddatli qo‘llash
- Bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda BERODUAL faqat zaruratga qarab qo‘llanishi kerak. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini yengil shakli bo‘lgan pasientlarda “talab bo‘yicha” simptomatik davolash, preparatni muntazam qo‘llashdan afzalroq bo‘lishi mumkin.
- Steroidlar bilan davolashga javob beruvchi bronxial astma yoki o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan pasientlarda, nafas yo‘llaridagi yallig‘lanish jarayonini va kasallikni kechishini nazorat qilish uchun yallig‘lanishga qarshi davolashni o‘tkazish yoki kuchaytirish lozimligini yodda tutish kerak.
Bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda bronxial obstruksiyani yo‘qotish uchun BERODUAL kabi beta2-adrenomimetiklarni saqlovchi preparatlarni oshib boruvchi dozalarda muntazam ishlatish, kasallikni kechishini nazorat qilinmaydigan yomonlashishini chaqirishi mumkin.
Bronxial obstruksiya kuchaygan holda beta2-adrenomimetiklar, shu jumladan BERODUAL dozasini uzoq vaqt davomida tavsiya etilgandan ko‘pga oshirish nafaqat oqlanmagan, balki xavfli ham. Kasallikni kechishini hayot uchun xavfli yomonlashishini oldini olish uchun, pasientni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish va ingalyasion kortikosteroidlar bilan adekvat yallig‘lanishga qarshi davolash yoki yallig‘lanishga qarshi davolash dozalarini boshqarish masalasini ko‘rish kerak.
Adekvat yallig‘lanishga qarshi davolashsiz uzoq vaqt davomida ingalyasion beta2-adrenomimetiklarni yuqori va juda yuqori dozalarda qo‘llaganda, bronxial astmaning jiddiy asoratlarini, shu jumladan fatal, xavfini oshishi qayd etilgan. Sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan. Ehtimol, yallig‘lanishga qarshi davolashning noadekvatligi hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Boshqa simpatomimetik bronxodilatatorlarni BERODUAL bilan bir vaqtda faqat tibbiy kuzatuv ostida buyurish mumkin.
Beta2-agonistlarning yuqori dozalari qo‘llanganda potensial og‘ir gipokaliemiya paydo bo‘lishi mumkin. Kaliyning dastlabki past darajasida qonda uning konsentrasiyasini monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Qonda glyukozaning darajasini oshishi mumkin. Shuning uchun, qandli diabeti bo‘lgan pasientlar qonida glyukozaning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
BERODUAL qo‘llangandan keyin kam hollarda darhol tur o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin: eshakemi, angionevrotik shishi, toshma, bronxospazm; og‘iz-xalqumni shishi va allergik reaksiyalar.
Preparat konservant benzalkoniy xloridi va stabilizator dinatriy ededati digidrati saqlaydi. Ingalyasiya vaqtida bu komponentlar nafas yo‘llarining giperreaktivligi bo‘lgan sezuvchan pasientlarda bronxospazm chaqirishi mumkin.
BERODUALNI qo‘llash doping testlarida ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik
Klinika oldi tadqiqotlarning ma‘lumotlari, preparatni odamda qo‘llashning bor bo‘lgan tajribasi bilan birga, fenoterol yoki ipratropiyni homiladorlik vaqtida biron-bir nojo‘ya samaralari aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, homiladorlik vaqtida preparatlarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Fenoterolni bachadonning qisqaruvchanlik qobiliyatiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatish xususiyatini e‘tiborga olish kerak. Beta2-adrenomimetiklarni homiladorlikning oxirida yoki yuqori dozalarda ishlatish, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin (tremor, taxikardiya, qonda glyukoza darajasini o‘zgarishi, gipokaliemiya).
Emizish davri
Klinika oldi tadqiqotda fenoterolni ko‘krak suti bilan chiqishini ko‘rsatadi. Ipratropiy bromidini ko‘krak suti bilan chiqishini tasdiqlovchi ma‘lumotlar olinmagan. Ingalyasion yuborilganidan keyin ko‘krak sutida ipratropiyni chaqaloqqa ta‘sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan konsentrasiyalarda paydo bo‘lishini ehtimoli kam. BERODUAL ayollarda emizish davrida qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Fertillik
Ipratropiy bromidi va fenoterol gidrobromidi majmuasini fertillikka ta‘siri bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q. Alohida ipratropiy bromidi va fenoterol gidrobromidi bilan o‘tkazilgan klinika oldi tadqiqotlar, fertillikka salbiy ta‘sirini namoyish qilmagan.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Dori vositasini avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining tekshirishlari o‘tkazilmagan. Lekin BERODUAL bilan davolash vaqtida bosh aylanishi, tremor, akkomodasiyani buzilishi, midriaz va ko‘rishning noaniqligi kabi nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lishi mumkinligi haqida pasientlar ogoxlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Shuning uchun avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Pasientlarda yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta‘siri paydo bo‘lganida, ular avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish kabi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Dozani oshirib yuborilishining darajasiga qarab, beta2-adrenomimetiklar uchun tipik bo‘lgan quyidagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin: yuzga qonni oqib kelishi hissi, alahsirash, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, yurak urishini hissi, aritmiya, xatto shokkacha bo‘lgan arterial gipotenziya, arterial bosimni oshishi, bezovtalik, ko‘krak qafasida og‘riq, qo‘zg‘alish, ekstrasistolalar va yaqqol tremor paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa barmoqlarda, lekin butun tanada ham bo‘lishi mumkin.
Giperglikemiya rivojlanishi mumkin.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan mumkin bo‘lgan ko‘rinishlar ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oladi, ayniqsa peroral doza oshirib yuborilganida.
BERODUAL uchun ko‘rsatmalar bo‘yicha tasdiqlangan, tavsiya etiladigandan yuqori dozalarda fenoterol qo‘llanganida metabolik asidoz, shuningdek gipokaliemiya rivojlanish hollari qayd etilgan.
Ipratropiy bromidi dozasini oshirib yuborilishining simptomlari (og‘izni qurishi, akkomodasiyani buzilishi kabi) odatda ingalyasion ipratropiyning past tizimli biokiraolishligi tufayli kuchsiz ifodalangan.
Davolash
BERODUAL bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Qondagi kislota-asos muvozanati va elektrolitlar ko‘rsatgichlarini nazorat qilish kerak.
Sedativ, trankvilizatorlarni yuborish ko‘rsatilgan; og‘ir hollarda gospitalizasiyani o‘z ichiga oluvchi jadal tutib turuvchi davolash talab qilinishi mumkin.
Fenoterolning antidoti sifatida beta-adrenoblokatorlarni ishlatish mumkin (afzalrog‘i beta1-adrenoblokatorlar); lekin bronxial o‘tkazuvchanlikni yomonlashish ehtimolini hisobga olish kerak, bu halokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yaqqol bronxospazmni qo‘zg‘atishi xavfi tufayli, bronxial astmasi va O‘SOK bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini sinchiklab tanlashni talab qiladi.
Chiqarilish shakli
Ingalyasiya uchun eritma 0,5 mg + 0,25 mg/ml.
20 ml dan polietilen tomchilagichli va birinchi ochish nazoratli buraluvchi polipropilen qopqoqli to‘q shisha flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari