Dekstop ko'rsatmalar
-onkologik kasalliklarda, jarroxlik aralashuvidan oldin va keyin, ximioterapevtik va radioterapevtik davolanishda bir maromda saqlab turuvchi samaradorlik uchun;
- virusli, bakteriyali, zamburug'li va parazitli infektsion kasalliklarda;
- jismoniy va ruhiy stresslarda;
- immun tizimi zaiflashgan kasalliklarda;
- surunkali toliqish sindromida;
- LDL xolesterol va trigliseridlarning selektiv pasayishida;
- radiasiya oshganda (uzoq uchish vaqtida, rentgenografiyada, mammografiyada, ultrayuqori chastotalarda, mobil telefon va xokazo);
- I va II tip diabetda.
Ogoxlantirish
Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llanilish bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.
Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.
Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!
Vitamin E – Gema va oqsil biosintezida ishtirok etadi, xujayralar proliferasiyasi, to'qimalarni nafas olishida va to'qimalarning modda almashinuvining asosiy jarayonida,
eritrositlarning gemoliziga to'sqinlik qiladi, kapillyarlarni o'tkazuvchanligini va mo'rtlashib qolishini kamaytiradi.
Biriktiruvchi to'qima silliq va skelet mushaklarining rivojlanishini va ishlashini, shuningdek qon tomirlarning devorlarini mustaxkamlash uchun zarurdir. Nuklein kislotalar va prostoglandinlar almashinuvida, xujayrani nafas olish tsiklida, araxidon kislotasi sintezida ishtirok etadi.
Tabiiy antioksidant hisoblanadi, erkin radikallar tomonidan lipidlarni oksidlanishini tormozlaydi. Fagositozni faollashtiradi va normal eritrositlarni rezistentligini bir maromda saqlaydi. Yuqori dozada trombositlar agregasiyasini oldini oladi. Alfa-tokoferol ham gumoral va xujayrali immunitetni rag'batlantiradi. Bu T - limfositlarning faolligi oshiradi.
Rux – leykositlar, antitelalar, gormonal faoliyatni, ayrisimon bezning faoliyatini rag'batlantiradi, bu tananing kasalliklarga qarshiligini oshiradi va jaroxatlarni bitishini tezlashtiradi. Shuningdek, u organizmdan karbonat angidridni chiqarish orqali detoksikasiya funktsiyasini bajaradi. Rux uglevodlarni modda almashinuvida ishtirok etuvchi insulin sekresiyasi, ishlab chiqarilishi va utilizasiyasida ishtirok etadi. Rux buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, gipofiz, tuxumdon va urug'donlarning modda almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Uni saqlanishi erkak jinsiy a'zolarini shakllanishida va prostata bezini sog'lom bo'lishida muxim rol o'ynaydi. Rux 300 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi, bu fiziologik xususiyatlar soni va xilma - xilligi jixatidan mikroelementning muxim xususiyatidir.
Selen — 200 dan ortiq gormonlar va fermentlar tarkibiga kirib, xamma organlar va tizimlarni boshqaradi. Organizmda faol bioantioksidantlar bo'lgan selenoproteinlarga sintezlanadi. Bu mikroeliment xujayra membranalarni va eritrositlarni erkin radikallardan himoya qilishni ta'minlaydi. Selenni ta'siri vitamin E bilan o'xshash, shu jumladan uning faolligini oshiradi. Selen organizmdagi kasalliklarga, infektsiyalarga qarshi himoyani kuchaytiradi, leykositlarni sintezini kuchaytiradi va erkin radikallardan himoya qiladi, infektsiya bilan kurashishda ishtirok etadi.
Ushbu mikroelement qalqonsimon bezi gormonlarini metabolizmida ishtirok etadi. U fermentlar paydo bo'lishida ishtirok etib, triyodtironin gormonini ishlab chiqishini nazorat qiladi. Qalqonsimon bezi va me'da osti bezi ishlarini bir maromda ishlashiga yordam beradi, organizmda yog'da eruvchi vitaminlarni o'zlashtirishida yordam beradi, umumiy toliqishni pasaytiradi.
Vitamin S – metabolik ta'sir ko'rsatadi, u odam organizmida ishlab chiqarilmaydi, faqat ovqat tarkibidan kiradi. Oksidlanish-tiklanish jarayonlarida ishtirok etadi, uglevod almashinuvida, qon ivishida, to'qimalarni (tiklanishi) regenerasiyasi; organizmni infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, qon tomirlar o'tkazuvchanligini pasaytiradi. Bezlarni, folat kislotasini, gistamin, karbogidratlar utilizasiyasi, lipidlar sintezi, proteinlar, karnitinni, immun ta'sirlar metabolizmida ishtirok etadi. Antiagregant va kuchli antioksidant xususiyatlarga ega.
Davolash kursi 1-2 oy.
Qo'llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari