Jeteparning aptekalardagi narxlari
DJETEPAR eritma 2ml N10
|
|
30 ta dorixonada bor
|
100 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
220 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
189 900 so'mdan
Bron qilish
|
DJETEPAR eritma 10ml N5
|
|
191 ta dorixonada bor
|
260 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
370 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
325 000 so'mdan
Bron qilish
|
Jetepar ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DJETEPAR®JETEPAR®
Preparatning savdo nomi: Djetepar®
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:Mushak ichiga in‘eksiya uchun mo‘ljallangan har bir ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: betain glyukuronati (glyukometamin) 150,0 mg; dietanolamin glyukuronati (glyukodiamin) 40,0 mg nikotinamid 8,2 mg; yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv. Vena ichiga in‘eksiya uchun mo‘ljallangan har bir ampula (10 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: betain glyukuronati (glyukometamin) 750,0 mg; dietanolamin glyukuronati (glyukodiamin) 200,0 mg; nikotinamid 41,0 mg; yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: o‘ziga xos hidli va shirin ta‘mli, och jigarrang rangli, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: gepatoprotektor.
ATX kodi: A05VA.
Farmakologik xususiyatlari Djetepar® o‘ziga xos antitoksik ta‘sir ko‘rsatadi. Glyukometamin (betain glyukuronati) jigarga tushganidan so‘ng, betain va glyukuronat kislotasiga parchalanadi. Betain samarali lipotrop va detoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek metil guruhlarini donori hisoblanadi. Glyukometamin jigarda amalga oshadigan dezintoksikasion reaksiyalarda ishtirok etadigan asosiy modda hisoblangan glyukuron kislotasi tufayli, kuchli detoksikasion va glikogen ta‘sirga ega. Glyukodiamin (dietanolamin glyukuronati) glyukuron kislotasining dezintoksikasion va gepatoprotektor ta‘sirini to‘ldiradi. Dietanolamin jigardagi lipidlar (ham aortadagi xolesterin, ham qon zardobidagi xolesterin) ning darajasini ahamiyatli darajada pasayishiga olib keladi. Nikotinamid askorbat shaklida, antitoksik, enterofik va antiastenik ta‘sirlarga ega. Nikotinamid I (NAD) va II (NADP) hujayralardagi oksidlanish qaytarilish jarayonlarida, yog‘lar, proteinlar, aminokislotalar, purinlar metabolizmida, to‘qima nafasida va glikogenezda ishtirok etadi. Djetepar® bir necha kun davomida qo‘llanganidan so‘ng organizmdan endogen toksinlarni tez chiqarilishiga yordam beradi, jigar faoliyatini tez yaxshilanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi Betain glyukuronati (glyukometamin) organizmga tushganida ingichka ichakning shilliq qavatidagi enterositlar tomonidan oson so‘riladi va qonga tushadi. Qon oqimi bilan jigarga boradi va betain hamda glyukuron kislotasiga parchalanadi. Molekula betain gomosisteinning metil guruhini beradi, shu orqali jigarga toksik ta‘sirini pasaytiradi. Betain glyukuronatini metabolizm mahsulotlari bo‘lib, L-metionin va dimetilglisin hisoblanadi, ular safro bilan chiqariladilar. Nikotinamid tuzilish jihatidan nikotin kislotasiga yaqin turadi. Ichakning shilliq qavati orqali yaxshi so‘riladi. U barcha to‘qimalarga tez taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchrab, nikotinamid-N-metilnikotinamid hosil qiladi. Buyrak orqali chiqariladi. Qo‘llanilishi – Endogen va ekzogen intoksikasiyalar; – o‘tkir va surunkali virusli gepatit, toksik gepatit va jigar faoliyatini boshqa buzilishlari; – jigar yetishmovchiligi; – jigarning yog‘li distrofiyasi; – xolestaz, sariqlik; – ensefalopatiya (shu jumladan alkogolli ensefalopatiya); – ovqatdan zaharlanish, alkogoldan va i nikotindan zaharlanish; – jigar sirrozi; – bilirubinning darajasini yuqori bo‘lishi;- surunkali qabziyatlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar Turli zaharlanishlar va jigar faoliyatini turli buzilishlarining og‘ir holatlari: Vena ichiga in‘eksiya uchun eritma (10 ml li ampulalar): sutkada 1-5 ampula vena ichiga (oqim bilan yoki infuzion holda) har kuni yuboriladi.Og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan buzilishlar va tutib turuvchi davolash uchun:Mushak ichiga in‘eksiya qilish uchun eritma (2 ml li ampulalar) sutkada 1-2 ampula mushak ichiga yuboriladi.
Nojo‘ya samaralari Djetepar® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.Kam hollarda quyidiga noxush ko‘rinishlar: me‘dada diskomfort hissi, axlatni yumshashi yoki diareya kuzatilgan. Parenteral yuborilganidan so‘ng allergik teri reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda preparatning og‘iz orqali qabul qilinadigan dori shaklini buyurish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Suvsiz betainga yoki betainning boshqa shakllariga yuqori sezuvchanligi yoki allergiyasi bo‘lgan odamlarga qo‘llashdan saqlanish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri Dorilarning o‘zaro ta‘sirini klinik ahamiyatli turlari kuzatilmagan. Shunday bo‘lsa ham, jigar faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatib, Djetepar® turli dori vositalarning, shu jumladan antasid vositalar, N2-reseptorlarining antagonistlari, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlarning metabolizmiga ta‘sir qilishi mumkin. Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.Preparat vena ichiga yuborish uchun eritma shaklida ko‘pchilik infuzion eritmalar (Ringer eritmasi, Xartaman eritmasi, natriy xloridini 0,9% li eritmasi, turli konsentrasiyadagi glyukoza eritmasi) bilan mutanosibdir. Maxsus ko‘rsatmalar Shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanilsin.Keksa yoshdagi pasientlar, buyrak yetishmovchiligi hamda boshqa og‘ir darajadagi yondosh patologiya bilan xastalangan pasientlar uchun eng kichik samarali dozalarni qo‘llash zaruriyati bo‘lishi mumkin. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash yuzasidan yetarli ma‘lumotlar mavjud emas. Shuning uchun Djetepar® preparatini homiladorlikning birinchi uch oyligi va emizish davrida qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi, bunda ona uchun qo‘llashdan kutilgan potensial foyda, homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Dozasi bexosdan oshirib yuborilganida nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli Mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma: tiniq eritma 2 ml dan ampulalarda, 10 ampula kontur uyali o‘ramda, kontur uyali o‘ram karton qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Vena ichiga in‘eksiya uchun eritma: tiniq eritma 10 ml dan ampulalarda, 5 ampula kontur uyali o‘ramda, kontur uyali o‘ram karton qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati 2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari