Essensialening aptekalardagi narxlari
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
|
|
278 ta dorixonada bor
|
82 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
190 400 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
138 000 so'mdan
Bron qilish
|
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30
|
|
9 ta dorixonada bor
|
54 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
88 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
81 000 so'mdan
Bron qilish
|
ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N90
|
|
204 ta dorixonada bor
|
154 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
190 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Essensiale ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ESSENSIALE® N
ESSENTIALE® N
Preparatning savdo nomi: Essensiale® N.
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fosfolipidlar.
Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma.
Tarkibi:
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: soya dukkakdoshlarining quritilgan substansiyasidan olingan, 93% (3-sn-fosfatidil) xolin saqlovchi fosfatidilxolin, sinonimlari – “essensial fosfolipidlar”, “EPL®”-250 mg.
yordamchi moddalar: 126,50 mg dezoksixolat kislotasi; 13,40 mg natriy gidroksidi; 45,00 mg benzil spirti; 12,00 mg – natriy xloridi; 0,50 mg riboflavin, in‘eksiya uchun suv – 5 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruxi: gepatoprotektor vosita.
ATX kodi: A05S.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Essensial fosfolipidlar jigarning xujayra qobig‘i va xujayra organellalarining asosiy struktur elementlaridir. Jigar kasalliklarida hamisha jigar hujayralarining qobig‘i va hujayra organellalarini shikastlanishi o‘rin tutadi, bu ular bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar va reseptorlar tizimi faolligini buzilishiga, jigar hujayralarining funksional faolligini yomonlashishiga va regenerasiya xususiyatini pasayishiga olib keladi.
Essensiale® N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, biroq ulardagi ko‘p to‘yinmagan (essensial) yog‘ kislotalarining mikdorini yuqoriligi hisobiga, faolligi bo‘yicha endogen fosfolipidlardan ustundirlar. Bu yuqori energetik molekulalarni gepatositlarning hujayra membranalarini shikastlangan sohalariga tizilib olishi jigar hujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regenerasiyasiga yordam beradi. Ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining sis-ikkitalik bog‘lari hujayra qobig‘ining fosfolipidlaridagi uglevodorod zanjirlarini parallel joylashishiga to‘sqinlik qiladi, hujayra qobig‘ining fosfolipid tuzilmasi “yumshab qoladi”, bu ularning oquvchanligi va elastikligini oshishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo‘lgan funksional bloklar membranalarga birikkan fermentlarning faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo‘l orqali kechishiga yordam beradi.
Essensiale® N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar neytral yog‘lar va xolesterinni oksidlanish jarayonlari kechayotgan joylarga tashib, lipoproteinlar metabolizmini yo‘lga soladi, bu asosan yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlarni xolesterin bilan bog‘lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi.
Shunday qilib, lipidlar va oqsillarning metabolizmiga; jigarning dezintoksikasion faoliyatiga; jigar hujayralariga va fosfolipidlar bilan bog‘liq fermentlar tizimini tiklanishi va saqlanishiga normallashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi; bu oxir-oqibatda jigarda biriktiruvchi to‘qimani shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va jigar hujayralarini tabiiy tiklanishiga yordam beradi.
Fosfolipidlarni safroga ekskresiya qilinganida litogen indeksini pasayishi va safroni barqarorlashishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Fosfatidilxolin yuqori zichlikka ega lipoproteidlar bilan bog‘langan holda jigarga tushadi.
Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni tashkil qiladi, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar komponentining yarim chiqarilish davri 32 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Jigarning yog‘li degenerasiyasi (shu jumladan qandli diabetda), o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, jigar hujayralarning nekrozi, jigar komasi va prekoma, jigarni toksik shikastlanishi; homiladorlik toksikozi, operasiya oldi va operasiyadan keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar sohasidagi operasiyalarida, psoriaz, radiasion sindromda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mahalliy reaksiyalarni chaqirish ehtimoli bo‘lgani tufayli mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi. Shifokorning boshqa tavsiyalari bo‘lmaganida vena ichiga asta-sekin, kuniga 1-2 ampula (5-10 ml) yoki og‘ir holatlarda 2-4 ampuladan (10-20 ml) yuboriladi.
Ikkita ampula ichidagi dori vositasini bir vaqtda yuborish mumkin. Boshqa dori vositalari bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.
Vena ichiga yuborilayotganda dori vositasini bemor qoni bilan 1:1 nisbatda aralashtirib yuborish tavsiya etiladi.
Preparatni suyultirish zarurati tug‘ilganida, infuzion yuborish uchun faqat 5% va 10% li dekstroza eritmasi ishlatiladi, yuborish vaqtida suyultirilgan eritma tiniq bo‘lishi kerak.
Preparatni elektrolitli eritmalar (izotonik eritma, Ringer eritmasi) bilan suyultirish mumkin emas!
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlarni paydo bo‘lish tez-tezligini baholash maqsadida quyidagi ta‘riflar ishlatiladi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (> 1/100 – < 1/10); tez-tez emas (≥1/1000, -<1/100); kamdan kam (> 1/10000 – < 1/1000); juda kam (<1/10000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlanishi mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan:
Kamdan kam hollarda tarkibidagi benzil spirtiga nisbatan yuqori sezuvchanlik kuzatiladi.
Juda kam hollarda – terida allergik toshmalar (toshma, ekzantema yoki toshmalar, eshakemi, qichishish ) kuzatilishщi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ingredientlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha noma‘lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat tiniq eritma ishlatilsin!
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda, tarkibida plasentar to‘siqdan o‘tadigan benzil spirti bo‘lgani tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (tarkibida benzil spirti bo‘lgan dori vositalari ta‘sirida tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘limga olib keluvchi hansirash sindromini rivojlanishi kuzatilgan).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
250 mg/5 ml vena ichiga yuborish uchun eritma.
5 ml dan preparat o‘rta qismi siqilgan to‘q shisha ampulalarda.
5 ampuladan PVX kontur o‘ramda.
1 kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
2ºS dan 8ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
faol modda: 76% (3-sn-fosfatidil) xolin (sinonimlari: EPL, essentsial fosfolipidlar) saqlovchi soya dukkaklaridan olingan fosfolipidlar – 300 mg;
yordamchi moddalar: qattiq yog' – 57,000 mg; dukkakli soya moyi – 36,000 mg; gidrirlangan kanakunjut moyi – 1,600 mg; etanol 96% – 8,100 mg; etilvanilin – 1,500 mg; 4-metoksiatsetofenon – 0,800 mg; α-tokoferol – 0,750 mg.
kapsulaning tarkibi: jelatin – 67,945 mg; tozalangan suv – 11,495 mg; titan dioksidi (E171) – 0,830 mg; temir II oksidi (E172) bo'yovchisi – 2,075 mg; temir IV oksidi bo'yovchisi (E172) – 0,332 mg; temir III oksidi (E172) bo'yovchisi – 0,198 mg; natriy laurilsulьfati – 0,125 mg.
Essentsiale® Forte N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o'zining kimyoviy tuzilishi bo'yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, biroq ulardagi ko'p to'yinmagan (essentsial) yog' kislotalarining miqdorini yuqoriligi hisobiga faolligi bo'yicha endogen fosfolipidlardan ustun turadilar. Bu yuqori energetik molekulalarni gepatotsitlarning hujayra membranalarini shikastlangan sohalariga tizilib olishi jigar hujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regeneratsiyasiga yordam beradi. Ko'pto'yinmagan yog' kislotalarining sis-ikkilangan bog'lari hujayra qobig'ining fosfolipidlaridagi uglevodorod zanjirlarini parallel joylashishiga to'sqinlik qiladi, hujayra qobig'ining fosfolipid tuzilmasi “siyraklashadi”, bu ularning oquvchanligi va elastikligini oshishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo'lgan funktsional bloklar membranalarga mahkamlangan fermentlarning faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo'l orqali kechishiga yordam beradi.
Essentsiale® Forte N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar neytral yog'lar va xolesterinni oksidlanish joylariga tashib, lipoproteinlarni metabolizmini boshqaradi, bu asosan yuqori zichlikdagi lipoproteinlarni xolesterin bilan bog'lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi.
Shunday qilib, lipidlar va oqsillarning metabolizmiga; jigarning dezintoksikatsion funktsiyasiga; hujayrani strukturasini va fosfolipidlarga bog'liq fermentlar tizimini tiklanishi va saqlanishiga normallashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi; bu oxir-oqibatda jigarda biriktiruvchi to'qimani shakllanishiga to'sqinlik qiladi va jigar xujayralarini tabiiy tiklanishiga yordam beradi.
Fosfolipidlarni safroga chiqarilishida litogen indeksini pasayishi va safroni barqarorlashishi yuz beradi.
210S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Chiqarish shakllari