Glutadinning aptekalardagi narxlari
GLUTADIN liofilizat 600mg N10
|
|
174 ta dorixonada bor
|
350 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
504 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
392 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Glutadin ko'rsatmalar
-onkologik bemorlardagi kaxeksiyada;
-jigarni toksik shikastlanishlari;
-qandli diabet;
-operasiyadan keyingi davrda;
-o'tkir miokard infarkti;
-entsefalopatiya;
-bosh miya jarohatlari;
-artritlar;
-turli etiologiyali zaharlanishlar;
-ko'z shox pardasining yarasi, xoreoretinit, ko'z gavharini xiralashishi;
-erkaklar bepushtligi;
-o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o'pka tuberkulezi;
teri kasalliklari.
Vena ichiga yuborilganida preparatni taqdim etilgan erituvchida (in'ektsiya uchun suvda) eritish va sekin yuborish lozim yoki 20 ml dan kam bo'lmagan infuziya uchun steril eritmaga qo'shish va tomchilab yuborish kerak.
faol modda: kimyoviy qaytarilgan glutation – 600 mg;
yordamchi modda: natriy gidroksidi;
erituvchi saqlagan ampula: in'ektsiya uchun suyuqlik – 4 ml.
Neyronlarni, yurak ho'jayralarini, nefronlarni kimyoterapiyaning (tsisplastin, oksaliplatin, Cyclophosphomid, 5 FU va boshqa) toksik ta'siridan himoya qilish maqsadida glutadinni quyidagi dozalarda 1200-2400 mg ni (in'ektsiya uchun suv yoki fiziologik eritmaning 50-200 ml da) kimiyoterapiyadan 15 minut oldin vena ichiga sekin yuboriladi. Keyinchalik 600-1200 mg dozadan 2-5 kungacha qo'llash lozim. Glutadinni har hafta 1200 mg dan vena ichiga takroran yuboriladi.
Onkologik bemorlardagi kaxeksiyada: kuniga 600 mg dan, vena ichiga sekin yuboriladi.
Jigarni shikastlanishlari: toksik, shu jumladan alkogolli, virusli, dori vositalari (antibiotiklar, o'smalarga qarshi, tuberkulyozga qarshi, viruslarga qarshi preparatlar, antidepressantlar, peroral kontratseptivlar) ta'siridagi shikastlanishlarda preparatning dozalari sutkada - 1200 mg dan vena ichiga, sog'aygunicha yuboriladi.
Glutadionni virusli gepatitda gepatositlarni himoya qilish uchun VGA, VGV, VGS replikasiyasini susaytiradi, shuningdek interferonlar bilan viruslarga qarshi davolash samarasini quchaytiradi, dozalari sutkada 600 mg vena ichiga, sog'ayguncha yuboriladi.
Jigar tsirrozida, tsirrozdan oldingi holatlar, jigar ichi xolestazida sutkada 600 mg dan vena ichiga, sog'ayguncha yuboriladi.
Alflatoxin-induktsiyalangan jigar rakini regressiyasiga erishish maqsadida dozasi sutkada 1200 mg vena ichiga yuboriladi.
Qandli diabetda glyukozaga tolerantligini oshirish uchun, tireotoksikoz. Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda ikkilamchi asoratlarni (gipertoniya, qon tomirlarni shikastlanishi, neyropatiyalar, trombositlar agregasiyasini pasayishi) bartaraf qilish maqsadida sutkada 600 mg dan bir necha xafta davomida vena ichiga uzluksiz va keyinchalik haftada 2-3 marta uzoq muddat davomida yuboriladi.
Operasiyadan keyingi davrda (narkoz asoratlarini bartaraf etish uchun) - sutkada 600-1200 mg dan vena ichiga yuboriladi.
O'tkir miokard infarktida reperfuziya bilan bog'liq nojo'ya samaralarni bartaraf etish maqsadida, dozalash: sutkada 1200-1800 mg dan vena ichiga yuboriladi.
Entsefalopatiyada, shu jumladan jigar etishmovchiligi (alkogolli va boshqalar) assosiasiyalangan hollarda sutkada 1200 mg dan 10-15 kun davomida, keyinchalik har hafta 600 mg dan uzoq muddat davomida qo'llanadi. Ateroskleroz, depressiv va abstinent sindromlarda, ruhiy jarohatlarda – 600 mg dan har hafta qo'llanadi.
Parkinsonizmda, Alsgeymer kasalligida. Dozalash: sutkada 600 mg dan bir-ikki oy davomida, keyin har haftada uzoq muddat davomida qo'llanadi.
Bosh miya jarohatlarida – o'tkir davrida sutkada 1800 mg gacha, keyinchalik 600-1200 mg dan pasientning ahvoli barqarorlashgunicha yuboriladi.
Artritlarda – 600 mg dan 10 -15 kun davomida, so'ngra har xaftada uzoq muddat davomida qo'llanadi.
Turli etiologiyali zaharlanishda (alkogol, narkotiklar, og'ir metallar va boshqalar tomonidan) – o'tkir davrda sutkada 1200 mg dan va keyinchalik sutkada 600 mg dan to'liq sog'aygunicha qo'llanadi.
Ko'zning shox pardasi yarasida, xoreoretinitlarda, ko'z gavharini xiralashuvida – 600 mg dan 10 kun davomida, keyinchalik haftada bir marta uzoq muddat davomida qo'llanadi.
Oligospermiya, akinospermiya bilan bog'liq erkaklar bepushtligida va dispermiyada. Dozalash: sutkada 600 mg dan, ikki oy davomida uzluksiz qo'llash zarur.
Surunkali bronxitda, pnevmoniyada, tuberkulyoz va o'pka emfizemasida 600 mg dan 10-15 kun davomida qo'llanadi.
Teri kasalliklarida va pigmentli buzilishlarda. Vitiligo, allergik dermatitlarni, psoriazni, depigmentasiyalarni davolash va terini oqartirish uchun 600 mg dan 10-15 kun davomida qo'llanadi.
Sport tibbiyotida 600-1200 mg dan har hafta qo'llanadi.
Yuborish usuli:
Kasallikning engil shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga (sekin 2-3 minut davomida) yoki infuziya yo'li bilan yuboriladi. Preparatni qo'llash yuzasidan kerakli tushuntirishlarni olish uchun pasientlarni shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilishlari tavsiya qilinadi.
2 soat davomida yoki 0º+5ºС haroratda 8 soat davomida saqlash mumkin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Yaroqlilik muddati saqlash sharoitiga rioya qilinganda shikastlanmagan o'ramda bo'lgan preparatlarga taaluqli.
Davolash: simptomatik davolash o'tkaziladi. Preparatni qabul qilishni to'xtashish lozim.
Chiqarish shakllari