Klotrimazolning aptekalardagi narxlari
KLOTRIMAZOL tabletkalari vaginalnie 100mg N10
|
|
35 ta dorixonada bor
|
9 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
9 000 so'mdan
Bron qilish
|
KLOTRIMAZOL eritma 1% 30ml N1
|
|
23 ta dorixonada bor
|
25 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KLOTRIMAZOL eritma 1% 15ml N1
|
|
112 ta dorixonada bor
|
22 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
25 000 so'mdan
Bron qilish
|
KLOTRIMAZOL SD suppozitorii 100mg N6
|
|
40 ta dorixonada bor
|
8 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
8 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
|
KLOTRIMAZOL suppozitorii 100mg N6
|
|
29 ta dorixonada bor
|
5 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
18 000 so'mdan
Bron qilish
|
KLOTRIMAZOL suppozitorii 100mg N10
|
|
128 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
10 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
6 500 so'mdan
Bron qilish
|
KLOTRIMAZOL maz 1% 20g N1
|
|
192 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
6 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
6 000 so'mdan
Bron qilish
|
KLOTRIMAZOL maz 1% 25g N1
|
|
85 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
4 500 so'mdan
Bron qilish
|
KLOTRIMAZOL TEVA krem 1% 30g N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KLOTRIMAZOL krem 10mg/g 15g N1
|
|
43 ta dorixonada bor
|
7 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
14 000 so'mdan
Bron qilish
|
KLOTRIMAZOL krem 1% 20g N1
|
|
21 ta dorixonada bor
|
4 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Klotrimazol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KLOTRIMAZOL-AKRI®
CLOTRIMAZOLUM
Preparatning savdo nomi: Klotrimazol-Akri®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): klotrimazol
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi:
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: klotrimazol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 1 g;
yordamchi moddalar: propilenglikol – 12,5 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,2 g, qahrabo kislotasi – 0,5 g, natriy benzoati – 6 g, emulsion mum – 3 g, kanakunjut moyi – 14 g, metilsellyuloza – 3 g, distillangan monogliseridlar – 1,5 g, tozalangan suv – 100 g gacha.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz o‘ziga xos hidli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi: D01AC01
Farmakologik xususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vosita, mikrob devorining xujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterolning sintezini pasaytiradi va uning strukturasi va xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladi.
Kichik konsentrasiyalarda fungistatik, katta (20 mg/ml dan ortiq) konsentrasiyalarda esa – fungisid, ayni paytda nafaqat proliferasiyalanuvchi xujayralarga ta‘sir qiladi.
Fungisid konsentrasiyalarda mitaxondrial va peroksidaz fermentlar bilan o‘zaro ta‘sir qiladi, buning natijasida vodorod peroksidining konsentrasiyasini toksik darajagacha oshishi yuz beradi, bu ham zamburug‘ hujayralarining parchalanishga yordam beradi.
Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqisimon va mog‘or zamburug‘lari (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhodotorula spp., Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon so‘riladi va deyarli tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Epidermisning shox qavatida to‘planadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi konsentrasiyasi dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi konsentrasiyasidan yuqoriroq.
Qo‘llanilishi
- terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mog‘or va boshqa zamburug‘lar va klotrimazolga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kasalliklari: dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz, barmoqlar orasining zamburug‘li eroziyasi, zamburug‘li paronixiya;
- ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlar, majmuaviy davolash tarkibida;
- kepaksimon temiratki, rang-barang temiratki, eritrazmada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga.
Kattalarga boshqa tavsiyalar bo‘lmasa, surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft o‘lchamiga teng yuzasi maydoniga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qo‘llash lozim.
Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning og‘irligi va joylashishiga bog‘liq. To‘liq sog‘ayishga erishish uchun surtma bilan davolashni yallig‘lanishning o‘tkir simptomlarini yo‘qolishi yoki sub‘ektiv shikoyatlarni kamayishi bilan darrov to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Davolashning davomiyligi o‘rtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim.
Kepaksimon temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi.
Oyoq terisidagi zamburug‘li kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.
Bolalarda 2 yoshdan boshlab preparat yuqorida ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mahalliy reaksiyalar: achishish, shish, terini ta‘sirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo bo‘lishi.
Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Laktasiya davri, homiladorlikda (II va III uch oylikda) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Amfoterisin V, nistatin, natamisin bir vaqtda qo‘llanganida klotrimazolning samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘zning shilliq qavatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigarning funksional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
O‘ta yuqori sezuvchanlik yoki ta‘sirlanishning belgilari paydo bo‘lganida davolash to‘xtatiladi.
4 hafta davomida samara bo‘lmasa tashhisni tasdiqlash kerak.
Bolalarda katta yuzalarga surtishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirtga qo‘llanganida preparatning faol komponentini past tizimli so‘rilishi deyarli dozani oshirib yuborilishini yo‘qqa chiqaradi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma 1%. 20 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari