Kreonning aptekalardagi narxlari
KREON kapsulalar 25000ed N20
|
|
272 ta dorixonada bor
|
105 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
138 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
110 000 so'mdan
Bron qilish
|
KREON kapsulalar 10000ed N100
|
|
10 ta dorixonada bor
|
230 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KREON kapsulalar 25000ed N50
|
|
105 ta dorixonada bor
|
240 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
260 000 so'mdan
Bron qilish
|
KREON kapsulalar 10000ed N20
|
|
276 ta dorixonada bor
|
50 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
74 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
50 000 so'mdan
Bron qilish
|
KREON kapsulalar 10000ed N50
|
|
124 ta dorixonada bor
|
122 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
134 400 so'mdan
Bron qilish
|
KREON kapsulalar 25000ed N100
|
|
8 ta dorixonada bor
|
125 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Kreon ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KREON® 10000 (KREON® 10000)
KREON® 25000 (KREON® 25000)
KREON® 40000 (KREON® 40000)
Qayd etish raqami: B-250-95 №29398; B-250-95 №16211
Preparatning savdo nomi: Kreon® 10000; Kreon® 25000; Kreon® 40000
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pankreatin
Dori shakli: ichakda eruvchi kapsulalar (ichakda eruvchi granulalar (minimikrosferalartm) bilan to‘ldirilgan qattiq jelatin kapsulalar)
Tarkibi:
Faol modda:.
Kreon® 10000: 1 kapsula YeF bo‘yicha 10000 tb. lipaza, YeF bo‘yicha 8000 tb. amilaza, YeF bo‘yicha 600 tb. proteaza fermentativ faollikka muvofiq keluvchi 150 mg pankreatin saqlaydi;
Kreon® 25000: 1 kapsula YeF bo‘yicha 25000 tb. lipaza, YeF bo‘yicha 18000 tb. amilaza, YeF bo‘yicha 600 tb. proteaza fermentativ faollikka muvofiq keluvchi 300 mg pankreatin saqlaydi;
Kreon® 40000: 1 kapsula YeF bo‘yicha 40000 tb. lipaza, YeF bo‘yicha 25000 tb. amilaza, YeF bo‘yicha 1600 tb. proteaza fermentativ faollikka muvofiq keluvchi 400 mg pankreatin saqlaydi;
yordamchi moddalar: granulalar yadrosi – makrogol 4000, granulalar qobig‘i – gipromelloza ftalati, setil spirti, trietilsitrat, dimetikon 1000, kapsula qobig‘i – jelatin, temir oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), natriy laurilsulfati.
Ta‘rifi:
Kreon® 10000 preparati kapsulalari – jigarrangsimon ichakda eruvchi granulalar (minimikrosferalartm) bilan to‘ldirilgan, jigarrang tiniq bo‘lmagan qopqoqcha va rangsiz tiniq asosli, o‘lchami 2 qattiq jelatin kapsulalar;
Kreon® 25000 preparati kapsulalari – jigarrangsimon ichakda eruvchi granulalar (minimikrosferalartm) bilan to‘ldirilgan, zarg‘aldoq tiniq bo‘lmagan qopqoqcha va rangsiz tiniq asosli, o‘lchami 0 qattiq jelatin kapsulalar;
Kreon® 40000 preparati kapsulalari – jigarrangsimon ichakda eruvchi granulalar (minimikrosferalartm) bilan to‘ldirilgan, jigarrangsimon tiniq bo‘lmagan qopqoqcha va rangsiz tiniq asosli, o‘lchami 00 qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Ovqat xazm bo‘lishini yaxshilovchi preparpatlar, shu jumladan fermentlar. Poliferment preparatlar.
ATX kodi: A09A A02.
Farmakologik xususiyatlari
Kreon® jelatin kapsulalardagi ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan (kislotali muhitga chidamli) mikrosferalar shaklidagi cho‘chqadan olingan (cho‘chqalarning me‘da osti bezidan olingan) pankreatin saqlaydi.
Kapsulalar ko‘p dozali prinsip bo‘yicha ko‘p sonli mikrosferalarni ajratib, me‘dada tez eriydi, bu me‘da ichidagisi bilan yaxshi aralashishini, me‘dadan uning ichidagisi bilan birga ichakka o‘tishini va ajralib chiqqanidan keyin ichak ichidagi fermentlarni yaxshi taqsimlanishini ta‘minlaydi.
Mikrosfera ingichka ichakka tushganida va qobiq (rN>5,5 da) tez parchalanadi, lipolitik, amilolitik va proteolitik fermentlarni ajratib chiqaradi, bu yog‘lar, karbonsuvlar va oqsillarni parchalanishini ta‘minlaydi.
Pankreatik fermentlar ta‘sirida ovqat hazm bo‘lishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar darhol yoki ichak fermentlari tomonidan keyingi gidrolizga uchraganidan so‘ng so‘riladi.
Klinik samaradorligi.
Me‘da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Kreonning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha ja‘mi 30 tadqiqot o‘tkazilgan. Ulardan o‘ntasi plasebo-nazoratli bo‘lgan yoki ularda dastlabki ko‘rsatgichlar bilan qiyoslash qo‘llangan; bu tadqiqotlarda mukovissidoz, surunkali pankreatit yoki operasiyadan keyingi holatlari bo‘lgan pasientlar ishtirok etishgan.
Barcha randomizasiyalangan samaradorlikni o‘rganish bo‘yicha plasebo-nazoratli tadqiqotlarida oldindan belgilangan birlamchi maqsad samaradorlikning birlamchi ko‘rsatgichi – yog‘larning so‘rilish koeffisienti (YOSK) bo‘yicha Kreonni plasebo ustidan ustunligini isbot qilish bo‘lgan.
Yog‘larni so‘rilish koeffisienti, ovqat bilan iste‘mol qilingan yog‘lar va ahlat bilan chiqarilgan yog‘larni hisobga olgan holda organizmga so‘rilgan yog‘larning foizini aks ettiradi. Me‘da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o‘rganish bo‘yicha plasebo-nazoratli klinik tekshirishlarda, YOSK ning (%) o‘rtacha qiymati Kreon bilan davolashda (83,0%), plasebo ishlatilganiga qaraganda (62,6) yuqori bo‘lgan. Barcha tadqiqotlarda, ularning dizaynidan qat‘iy nazar, YOSK ning (%) o‘rtacha qiymati Kreon bilan davolash davrining oxirida, plasebo-nazoratli tadqiqotlarda Kreon qo‘llanganidagi yog‘larning so‘rilish koeffisientining o‘rtacha qiymatlari bilan bir xil bo‘lgan. Barcha o‘tkazilgan tadqiqotlarda, kasallikning etiologiyasidan qat‘iy nazar, xarakterli simptomatikani (ich kelishini tez-tezligi, uning konsistensiyasi, meteorizm) ham yaxshilanishi kuzatilgan.
Bolalar
Mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda Kreon® preparatining samaradorligi yangi tug‘ilganlardan to o‘smirlik yoshigacha bo‘lgan 288 pasientlarda namoyish qilingan. Barcha tadqiqotlarda bolalarda Kreon® preparati bilan davolashning oxirida YOSK o‘rtacha ko‘rsatgichi,pasientlarning yoshidan qat‘iy nazar 80% dan yuqori bo‘lgan.
Farmakokinetikasi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda fermentlarni o‘zgarmagan holda so‘rilishi belgilari aniqlanmagan, va shuning uchun klassik farmakokinetik tekshirishlar o‘tkazilmagan. Me‘da osti bezining fermentlarini qo‘shish o‘zining samarasiga erishishi uchun so‘rilishni talab qilmaydi. Aksincha, ularning to‘liq terapevtik ta‘siri me‘da-ichak yo‘llarining ichida namoyon bo‘ladi. Ular oqsillar sifatida, peptidlar va aminokislotalar ko‘rinishida so‘rilishdan oldin me‘da-ichak yo‘llari orqali o‘tishda proteolitik ovqat hazm bo‘lishiga uchraydilar.
Klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlarning ma‘lumotlari o‘tkir, nim surunkali yoki surunkali toksikligini ko‘rsatmadi. Genotoksiklik, kanserogenlik yoei reproduktivlikka toksik ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Bolalar va kattalarda quyida sanab o‘tilgan kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin cheklanmagan me‘da osti bezining ekzokrin faoliyatining yetishmovchiligini davolash:
- mukovissedoz;
- surunkali pankreatit;
- pankreatektomiya;
- gastroektomiya;
- me‘da osti bezi raki;
- me‘dani to‘liq youi qisman rezeksiyasidan (masalan Bilrot II bo‘yicha gastroenterotomiyadan) keyingi holat;
- pankreatik yoki umumiy o‘t yo‘lining obstruksiyasi (masalan, o‘sma bilan);
- Shvaxman-Daymond sindromi;
- pasient enteral oziqlanishga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, o‘tkir pankreatitni zo‘rayishidan keyingi holat.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozalari kasallikning og‘irligi va parhezning tarkibiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi. Adekvat shaxsiy dozani tanlash uchun preparatning uch dozasi bor – Kreon® 10000, Kreon® 25000, Kreon® 40000.
Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilish tavsiya etiladi. Kapsulalarni butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish yoki yengil nonushta bilan iste‘mol qilish kerak.
Agar kapsulani butunligicha yutish mumkin bo‘lmasa (bolalar va keksa yoshli shaxslar) uni ochish va mikrosferik granulalarni chaynashni talab qilmaydigan va nordon ta‘mga (rN<5,5) ega yumshoq ovqatga qo‘shish, yoki shuningdek nordon ta‘mga (rN<5,5) bo‘lgan suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Masalan mikrosferalarni rN 5,5 dan kam bo‘lgan olma pyuresiga, yogurtga yoki meva (olma, apelsin yoki ananas) sharbatiga qo‘shish mumkin. Bunday aralashmani darhol qabul qilish kerak, saqlash mumkin emas.
Mikrosferalarni maydalash yoki chaynash, shuningdek ularni rN 5,5 dan yuqori bo‘lgan ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish, ularning ichakda eruvchi himoya qobiqlarini parchalashi mumkin. Bu fermentlarni og‘iz bo‘shlig‘ida erta ajralib chiqishiga, samaradorligini pasayishiga va shilliq qavatlarni ta‘sirlanishiga olib kelishi mumkin. Mikrosferalarni og‘izda qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Kreon® 10000, Kreon® 25000, Kreon® 40000 preparatlari bilan davolanish vaqtida yetarli miqdordagi suyuqlikni, ayniqsa uni yuqori yo‘qotilish davrida, iste‘mol qilish juda muximdir. Suyuqlikning tanqisligi qabziyat chaqirishi mumkin.
Mukovissidozda kattalar va bolalar uchun dozalash.
Mukovissidoz (MV) bo‘yicha Muvofiqlashtirish konferensiyasining, AQSH MV Assosiasiyasining «tasodif-nazorat» tekshirishlariga va Buyukbritaniyadagi «tasodif-nazorat» tekshirishlariga asoslanib, me‘da osti bezi fermentlari bilan o‘rinbosar davolash uchun quyidagi umumiy tavsiyalarni taklif qilish mumkin:
- 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining kg ga boshlang‘ich doza 1000 TB lipazani tashkil qiladi, 4 yoshdan boshlab bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining kg ga – 1000 TB lipaza to‘g‘rilanadi.
- Dozani kasallikning og‘irligi, steatoreyani va kerakli nutritiv holatni tutib turishni nazoratiga qarab, shaxsiy tanlash kerak.
- Ko‘pchilik pasientlar uchun tutib turuvchi doza tana vaznining kg ga sutkada 10000 TB lipazadan yoki 1 gramm iste‘mol qilingan yog‘ga 4000 TB lipazadan oshmasligi kerak.
Me‘da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligini boshqa turlarida dozalash.
Ovqat hazm bo‘lishining buzilish darajasi va ovqatning yog‘li tarkibiga qarab, dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak.
Odatdagi boshlang‘ich doza har bir asosiy ovqat qabul qilish vaqtida 10000 dan 25000 TB lipazani tashkil qiladi. Asosiy ovqat qabul qilishlar vaqtida doza 25000 dan 80000 TB gacha lipaza bo‘lishi mumkin, yengil nonushta qabul qilish vaqtida esa, shaxsiy dozaning yarmini tashkil qilishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Klinik tekshirishlarda 900 pasient Kreon® qabul qilganlar.
Eng ko‘p xabar berilgan nojo‘ya reaksiyalari, asosan yengil va og‘irligi o‘rtacha darajali ovqat hazm qilish yo‘llarining buzilishlari bo‘lgan.
Klinik tekshirishlar davomida quyida ko‘rsatilgan tez-tezlik bilan, quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan
A‘zolar tizimi | Juda tez-tez, ≥1/10 |
Tez-tez, ≥1/1000
dan <1/10 gacha |
Tez-tez emas
≥1/10000 dan <1/100 gacha |
Tez-tezdigi noma‘lum |
Me‘da ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | qorin og‘rig‘i* | ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorinni dam bo‘-lishi, diareya* | yonbosh, ko‘r va yo‘g‘on ichakning striktu-rasi (fibroz kolonopatiya) | |
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | toshma | qichishish, eshakemi | ||
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | o‘ta yuqori sezuvchan-lik (anafilaktik reaksiyalar) |
*- me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar asosan asosiy kasallik bilan bog‘liq. Qorin sohasida og‘riq va diareya kabi noxush reaksiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi, plasebo qo‘llaganida past yoki undagi bilan bir hil bo‘lgan.
Yonbosh, ko‘r va yo‘g‘on ichakni strikturasi (fibroz kolonopatiya), pankreatinning yuqori dozalarini olgan mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Kuzatilgan allergik reaksiyalar, asosan, lekin faqat emas, teri bilan cheklangan va nojo‘ya reaksiyalar sifatida postmarketing qo‘llangan aniqlangan. Bu reaksiyalar xaqidagi xabarlar spontan bo‘lganligi va aniq bo‘lmagan o‘lchamli populyasiyadan olinganligi tufayli, bu reaksiyalarning aniq tez-tezligini baholash mumkin emas.
Bolalar
Bolalarda spesifik noxush reaksiyalari aniqlanmagan. Mukovissidozi bo‘lgan bolalardagi nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi, turi va og‘irligi kattalardagi bilan bir hil bo‘lgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta‘sir qiluvchi moddaga yoki preparatning xar qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
O‘zaro ta‘sirining tekshirishlari o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pankreatinning yuqori dozalarini qabul qilgan, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda ichaknin ileosekal bo‘limini va yo‘g‘on ichakni torayishi aniqlangan (fibroz kolonopatiya). G‘ayrioddiy abdominal simptomlar paydo bo‘lgan hollarda yoki asosiy kasallikning simptomlarini xarakteri o‘zgarganida, oldini olish chorasi sifatida, yo‘g‘on ichakning shikastlanishi mumkinligini, ayniqsa agarda pasient sutkada 10000 TB lipaza/kg dan ko‘proq qabul qilayotgan bo‘lsa, istisno qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Me‘da osti bezi fermentlarini homiladorlikni kechishiga ta‘siri bo‘yicha klinik tekshirishlarning ma‘lumotlari yo‘q, shuning uchun homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar cho‘chqa me‘da osti bezi fermentlarini so‘rilish belgilari yo‘qligini ko‘rsatgan. Shunday qilib, reproduksiya faollikka va homilani rivojlanishiga toksik ta‘sirining borligi kutilmaydi.
Hayvonlardagi o‘tkazilgan tadqiqotlar emizuvchi ayolda me‘da osti bezi fermentlarining tizimli ekspozisiyasi yo‘qligidan dalolat berishi tufayli, emizikli bolaga biron-bir ta‘siri taxmin qilinmaydi. Shuning uchun emizish davrida me‘da osti bezining fermentlarini qabul qilish mumkin.
Zarurati bo‘lganida homiladorlar yoki emizuvchi ayollar, Kreon®ni ovqatlanishning adekvat holatini ta‘minlash uchun yetarli dozalarda qabul qilishlari mumkin.
Bolalar.
Kreon®ni bolalarda qo‘llash mumkin.
Avtotransport yoki boshva mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.
Kreon® preparatining transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri yo‘q yoki hisobga olinmaydigan darajada kam hisoblanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Pankreatinning boshqa preparatlarini o‘ta yuqori dozalarini qabul qilish vaqtida, giperurikemiya va giperurikozuriya kuzatilgan.
Chiqarilish shakli
20 kapsuladan birinchi ochilish nazorati bilan bo‘lgan buruladigan propilen qopqoqli yuqori zichlikdagi polietilen oq rangli flakonda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
10 kapsuladan alyumin/alyumin folgali (alu/alu) blisterlarda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Flakonlar: zich yopilgan original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bliterlar: 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon birinchi ochilishidan keyingi yaroqlilik muddati – 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari