Laktulozaning aptekalardagi narxlari
LAKTULOZA sirop 100ml
|
|
5 ta dorixonada bor
|
15 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
LAKTULOZA sirop 667mg/ml 100ml
|
|
32 ta dorixonada bor
|
15 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
18 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Laktuloza ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
LACTULOSUM
Ta‘sir etuvchi moddda (XPN): Laktuloza
Chiqarilish shakli: Sirop 100 ml, 200 ml dan flakonlarda.
Tarkibi: laktuloza – 676 g, tozalangan suv – 1000 ml gacha.
Kimyoviy nomi: 4-O-β-D- galaktopiranozil- D- fruktofuranoza.
Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vositasi.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Osmotik xususiyatlariga ega bo‘lgan surgi preparati. Giperosmotik, gipoammoniemik, ich suruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi, fosfatlar va kalsiy tuzlarini so‘rilishini yaxshilaydi, ammoniy ionlarini chiqarilishiga yordam beradi. Laktulozaning ta‘siri ostida yo‘g‘on ichakning mikroflorasini o‘zgarishi (laktobakteriyalarning mikdorini oshishi) yuz beradi, bu yo‘g‘on ichakda kislotalikni oshishiga olib keladi va uning peristaltikasini rag‘batlantiradi. Shu bilan bir qatorda ahlat hajmi ortadi va ahlat massalarini yumshashi yuz beradi. Buning natijasida preparat yo‘g‘on ichakning bevosita shilliq qavatiga va silliq mushaklariga ta‘sir qilmay, ichni suruvchi samarani ko‘rsatadi. Preparatning ta‘siri ostida ammiakni qondan ichakka migrasiyasi, ichakning proksimal bo‘limida azot saqlovchi zaharli moddalarni xosil bo‘lishi va muvofiq ravishda ularni quyi vena tizimiga muvofiq so‘rilishini kamayishi yuz beradi.
Jigar ensefalopatiyasida yoki jigar (prekomasi) va komasida samarasi, proteolitik bakteriyalarni, asidofil bakteriyalarni (masalan lakto bakteriyalar) miqdorini oshishi orqali bostirilishiga; yo‘g‘on ichakda oksidlanishi hisobiga ammiakni ion shakliga o‘tishiga; yo‘g‘on ichakda rN ni pasayishi va osmotik samara oqibatida ichakni bo‘shalashiga, shuningdek
bakteriyada oqsil sintezi uchun amiakni utilizasiya qiluvchi bakteriyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan azot saqlovchi zaharli moddalarni kamayishiga urg‘u beriladi.
Ichakni yo‘g‘on bo‘limida salmonellalarni o‘sishini ingibirlash qobiliyatiga ega, bakteriyalarni chiqarilish davrini qisqartiradi.
Laktuloza vitaminlarni so‘rilishini kamaytirmaydi va ko‘nikib qolishni chaqirmaydi. Preparatning ta‘siri ichga qabul qilingandan keyin 24-48 soatdan so‘ng boshlanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi past. So‘rilmay, yo‘g‘on ichakkacha yetadi, u yerda ichak florasida parchalanadi. 45-70 ml gacha bo‘lgan dozada to‘liq metabolizmga uchraydi, yanada yuqori dozalarda o‘zgarmagan xolda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
– surunkali qabziyat;
– ahlatni yumshatish zaruriyati tug‘ilganda (shu jumladan gemorroyda, yo‘g‘on ichakda va/yoki anal
teshigi soxasida jarroxlik aralashuvlari zarur bo‘lganda, operasiyadan keyingi davrda);
– jigar prekomasi va komasini davolash va oldini olish;
– jigar ensefalopatiyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi shaxsiy ravishda tallanadi.
Laktuloza siropining qabziyatlarni davolashdagi dozalari jadvalda ko‘rsatilgan.
Pasientlar
|
Boshlang‘ich doza
|
Tutib turuvchi doza |
Kattalar
|
15-45 ml | 10–25 ml |
7–14 yoshli bolalar | 15 ml | 10 ml |
3–6 yoshli bolalar | 5–10 ml | 5–10 ml |
3 3 yoshgacha bolalar | 5 ml | 5 ml |
Odatda, doza 2 kun qabul qilinganidan keyin bemorning extiyojiga ko‘ra kamaytirilishi mumkin.
Preparatni sutkada 1 marta ertalab, ovqatlanish vaqtida qabul qilish lozim. Klinik samara 1-2 kundan keyin boshlanadi. Dozani, preparatni 2 kun davomida qabul qilinganda bemorning xolati yaxshilanmagan xolatlardagina oshiriladi.
Jigar komasi va prekomasini davolashda laktuloza siropini 30–45 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi. So‘ngra shaxsiy ravishda tanlangan tutib turuvchi dozaga o‘tiladi, bunday dozada yumshoq axlat sutkada maksimal 2–3 marta kuzatilib, bunda axlat massasining rN ko‘rsatkichi 5,0 – 5,5 chegarasida bo‘lishi kerak.
O‘tkir xollarda laktuloza siropini xuqna ko‘rinishida 300 ml laktuloza siropi va 700 ml suv nisbatida buyurish mumkin.
Axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish uchun preparatni qabziyatdagi kabi dozalarda qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: birinchi kunlari meteorizm (odatda 2 kundan keyin o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi), qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.
Yuqori dozalari ishlatilganda – diareya kuzatiladi.
Modda almashinuvi tomonidan: jigar ensefalopatiyasini davolashda yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda yo‘ldosh diareya tufayli elektrolitlar muvozanatini buzilishi yuz berishi mumkin.
Diareya oqibatida elektrolit disbalansi yuz berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
– ichak tutilishi;
– to‘g‘ri ichakdan qon ketishlari (ularning sababi gemorroy xisoblanmaydi);
– appendisitga shubxa qilinganda;
– galaktoza yoki fruktozani o‘zlashtiraolmaslik;
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Laktuloza siropini, ajralib chiqishi rN ga bog‘liq bo‘lgan ichakda eruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, laktuloza ichak ichidagisining rN ni pasaytirishini e‘tiborga olish lozim va demak, bu preparatlarni (5–aminosalisil kislotasi preparatlari kabilarni) ajralib chiqishini o‘zgartiradi va ular faollansizlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga, ayniqsa jigar ensefalopatiyasini davolashda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Preparatni yuqori dozalarda uzoq muddat (6 oydan ortiq) qo‘llanganda elektrolitlarning qon plazmasidagi darajasini muntazam nazorat qilish lozim.
2 kun davomida terapevtik samara bo‘lmasa yoki davolashdan keyin yana qabziyat kuzatilsa, pasient shifokorga murojat qilishi lozim. Laktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llanganda, preparatda laktoza miqdorini xisobga olish zarur. 15 ml siropda 1,5 g galaktoza va 0,9 g gacha laktoza saqlanishini e‘tiborga olish zarur.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Laktuloza siropini qo‘llash psixomotor reaksiyalar tezligiga va avtomobilni xaydash yoki mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash: dozani kamaytirish va preparatni qabul qilishni to‘xtatish.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari