OSFORTINning aptekalardagi narxlari
OSFORTIN granulalari 75g N1
|
|
51 ta dorixonada bor
|
68 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
87 400 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
75 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
OSFORTIN ko'rsatmalar
- turli genezli osteoporozni profilaktikasi;
- D vitaminiga va kaltsiyga bo'lgan ehtiyojni oshishi holatlarida:
emizilayotgan va/yoki ochiq havoda kam bo'ladigan bolalar;
sun'iy oziqlantirilishdagi D vitamini tanqisligi bo'lgan bolalar;
malabsorbtsiya sindromi, surunkali diareya, gastrektomiya;
gormonal davolashni, tirishishga qarshi vositalarni, immunodepressantlarni, alyuminiy-saqlovchi antasidlarni qabul qilayotgan pasientlarda qo'llaniladi.
- giperfosfatemiya bilan kechadigan buyrakni osteodistrofiyasi;
- og'ir buyrak etishmovchiligi;
- trombofiliya;
- og'ir kechadigan giperkaltsiemiya;
- D gipervitaminozi;
- giperparatireoidizmda qo'llash mumkin emas.
Profilaktika uchun qo'llanganida, ayniqsa bolalarda, dozani oshirib yuborilishi mumkinligini e'tiborga olish kerak. Yuqori dozalarda uzoq muddatli qo'llanilishi surunkali D gipervitaminoziga olib keladi.
Buyrak etishmovchiligidan aziyat chekadigan shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Davolash davrida kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini va plazmada kaltsiy va kreatinin kontsentrasiyalarini muntazam ravishda nazorat qilish zarur (7,5 mmol/sut (300 mg/sut)dan yuqori bo'lgan kaltsiuriya sodir bo'lgan hollarda dozani kamaytirish yoki qabul qilishni to'xtatish zarur).
D vitaminiga bo'lgan sezgirlik turli pasientlarda individual bo'lishini e'tiborga olish lozim va qator pasientlarda hatto davolash dozasida qabul qilinishi gipervitaminoz holatini chaqirishi mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda D vitaminiga sezgirlik turlicha bo'lishi mumkin, ularning ba'zilari hatto juda past dozalarga sezgir bo'lishlari mumkin.
D vitaminining so'rilishini pasayishi (malabsorbtsiya sindromi), insolyasiya vaqtining kamayishi, buyrak etishmovchiligini mavjudligi oqibatida D vitaminiga bo'lgan ehtiyoj oshishi mumkin.
Tuberkulyozning faol shakli va sarkoidoz bo'lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim (granulyomalarning kaltsifikasiyalanishi mumkinligi tufayli).
Yordamchi moddlar
Preparat saxarozani saqlaydi, shuning uchun fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasi yoki saxaroza-izomaltaza etishmovchiligi bilan xarakterlanadigan kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan pasientlarda uni qo'llash kerak emas.
Osfortin qo'llanilganida quyidagi noxush reaktsiyalar bo'lishi mumkin: ko'ngil aynashi, qusish, diareya, bradikardiya, allergik reaktsiyalar. Preparat uzoq muddat davomida qo'llanilganda giperkaltsiemiya bo'lishi mumkin.
Gumon qilinayotgan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori vositasi ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin gumon qilinayotgan nojo'ya reaktsiyalari haqida xabar berish muhim hisoblanadi. Pasientda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki mazkur bo'limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo'lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so'raymiz.
Bisfosfonat preparatlarining so'rilishini pasayishini oldini olish uchun ularni Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Glyukokortikosteroidlar kaltsiyni so'rilishini kamaytiradi.
Tiazid qatoridagi diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilishi giperkaltsiemiya sodir bo'lish xavfini oshiradi, chunki ular kaltsiyni kanalchali reabsorbtsiyasini oshirishadi. Tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon zardobida kaltsiy miqdorini muntazam nazorat qilish lozim.
Kaltsiy levotiroksinni so'rilishini kamaytirib, uning samaradorligini pasaytiradi. Levotiroksin va Osfortin preparatini qabul qilish orasidagi vaqt davri kamida 4 soatni tashkil etishi zarur.
Kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganida xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi pasayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 6 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.
Kaltsiyni tuzlari temir, rux va strontsiy ranelatini so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux va strontsiy ranelati preparatlarini Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 2 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.
Orlistat bilan davolash yog'da eruvchan vitaminlarning (shu jumladan D vitaminining) so'rilishini potentsial buzishi mumkin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish, shifokorga murojaat qilish, ko'p miqdorda suyuqlikni qabul qilish kerak. Zarurat bo'lganda shifoxonaga joylash talab etilishi mumkin.
Chiqarish shakllari