Osteogenonning aptekalardagi narxlari
OSTEOGENON tabletkalari 830mg N40
|
|
116 ta dorixonada bor
|
208 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
248 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
227 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Osteogenon ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OSTEOGENON
OSTEOGENON
Preparatning savdo nomi: Osteogenon
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): ossein-gidroksiapatitli birikma
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Xar bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Tabletkaning yadrosi:
faol modda: Ossein-gidroksiapatitli birikma (OGB) – 830 mg (quruq substansiyasidan iborat) muvofiq keladi:
Ossein – taxminan 291 mg; 75 mg – kollagen bo‘lmagan peptidlar/proteinlar; 216 mg – kollagenlardan tarkib topgan;
Kalsiy gidroksifosfati (gidroksiapatit) – taxminan 444 mg, 178 mg – kalsiy; 82 mg – fosfordan iborat.
yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, kartoshka kraxmali.
tabletkaning qobig‘i: gidroksipropil metilsellyuloza, titan dioksidi, polietilenglikol, talk, temir II oksidi.
Ta‘rifi: ikki tomoni qavariq, och-sariq rangli qobiq bilan qoplangan uzunchoq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchi vosita.
ATX kodi: M05V
Farmakologik xususiyatlari
Osteogenon suyak to‘qimasining organik komponentlari (ossein) va tabiiy muvozanatlangan nisbatda kalsiy va fosfordan tarkib topgan mineral suyak komponenti (mikrokristallik gidroksiapatit) ni saqlaydi.
Ossein kollagen va suyak to‘qimasining shakllanishiga ijobiy ta‘sir qilishi isbotlangan kollagen bo‘lmagan peptidlarni saqlaydi.
Suyakning kalsifikasiya jarayoni to‘g‘ri bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan kalsiyning o‘zlashtirilishini o‘rganish maqsadida, sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida klinik sinovlar o‘tkazilgan. Tekshirish ma‘lumotlari Osteogenonni qabul qilishda kalsiyning o‘zlashtirilishi, kalsiy tuzlarini qabul qilgandagiga qaraganda juda samarali bo‘lishini ko‘rsatdi.
Farmakokinetikasi
Odamlarda (Sa47) izotoplar yordamida o‘tkazilgan tekshirishilar ichakda preparatning juda yaxshi so‘rilishini ko‘rsatdi. Oddiy kalsiy tuzlari bilan solishtirganda Osteogenon giperkalsiemiyaning cho‘qqilarini hosil qilmagan; bu ichakda ossein-gidroksiapatit kompleksining sekinroq so‘rilishi, hamda uning uzluksiz so‘rilishi bilan tushuntiriladi.
Shu sababli, kompleksning sekin erishi kalsiyni ichakning distal qismida yaxshi so‘rilishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
– turli etiologiyali osteoporozni davolash;
– homiladorlik va emizish davrida kalsiy-fosfor muvozanatini to‘g‘rilash;
– suyak sinishini bitishini tezlashtirishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Osteogenon kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga buyuriladi.
– Osteoporozda: 2-4 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi;
– homiladorlik va emizish davrida kalsiy-fosfor muvozanatini to‘g‘rilashda: sutkada 1-2 tabletkadan qabul qilinadi;
– bolalarda (6 yoshdan katta) suyaklarning sinishini yo‘ldosh davolash: 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi;
– kattalarda suyaklar sinishini yo‘ldosh davolash: 2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi;
Tabletkalar kam miqdordagi suv bilan yutiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha boshqa dori vositalari kabi Osteogenon nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, garchi u hammada ham namoyon bo‘lmaydi.
Quyidagi nojo‘ya samaralar aniqlangan, garchi ularni paydo bo‘lishi tezligini aniqlash mumkin emas va buning natijasida ular tez-tezligi noma‘lum deb tasniflanadi:
- preparatning yuqori dozalari bilan uzoq vaqt davolanishda qon yoki siydikda kalsiyning konsentrasiyasi oshishi mumkin (giperkalsiemiya va giperkalsiuriya).
- qorinda og‘riq, qabziyat, ko‘ngil aynishi.
- ayrim hollarda allergik reaksiyalar: qichishish, toshma paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda Osteogenonni qo‘llash mumkin emas;
- Giperkalsiemiya va giperkalsiuriya;
- Kalsiyli toshlar;
- Xaddan tashqari davomli immobilizasiya;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (dozalash shakli oqibatida);
- Og‘ir buyraklar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar va gemodializ olayotgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
- Tetrasiklin qatori antibiotiklari yoki temir saqlovchi preparatlar birga buyurilganida, Osteogenon ularning so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Shu sababli yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas va bu preparatlar va Osteogenonni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soatni tashkil qilishi kerak.
- Yurak glikozidlari bilan birga qabul qilish – kardioaritmiyani chaqiradi. Preparatlarni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi kerak.
- Biofosfonatlar bilan birga qabul qilish – ichakda bifosfonatlarning so‘rilishini pasayish xavfi bo‘lishi mumkin. Bifosfonatlarni qabul qilgandan so‘ng 4 soatdan keyin Osteogenonni qabul qilish tavsiya etiladi.
- Tiazid diuretiklar – siydik bilan kalsiyni chiqarilishining pasayishini natijasi sifatida, giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
- Osteogenon, D vitamini va kalsiy preparatlari birga qabul qilinganida, pasientlar giperkalsiemiyaga va giperkalsiuriyaga nazorat qilinishlari kerak.
- Qonda va siydikda kalsiyning konsentrasiyasi yuqori bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibini nazorat qilish kerak.
- Siydik-tosh kasalligining xavfi yuqori bo‘lgan pasientlar, shuningdek buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlar, Osteogenon preparatini uzoq muddat qabul qilishdan saqlanishlari kerak.
- Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qonda va siydikda kalsiyning darajasini muntazam nazorat qilish kerak, bundan tashqari Osteogenon preparatini yuqori dozalarda qabul qilishdan saqlanish kerak.
- Uzoq muddat davolashda va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlarida qondagi kalsiyning darajasini tekshirish kerak, va agarda u kattalarda 7,5 mmol/24 soat (300 mg/24 soat) dan oshsa va bolalarda 0,12 mmol/soatdan 0,15 mmol/24 soatgacha bo‘lsa, preparatning dozasini pasaytirish yoki davolashni vaqtinchalik to‘xtatish kerak.
- Buyraklar faoliyatini o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda qon zardobida fosforning miqdorini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollar ishtirokida o‘tkazilgan yuqori isbot darajasiga ega klinik sinovlar, Osteogenon preparati qabul qilinganida, homila uchun havf, shuningdek kalsiy-fosfor muvozanatini buzilishi bo‘lmasligini ko‘rsatdi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari – ko‘ngil aynishi, qusish, poliuriya, chanqoqlik hissi, degidratasiya, arterial gipertoniya, vazomotor buzilishlar, qabziyat.
Davolash – barcha kalsiy saqlovchi preparatlar, shu jumladan D vitaminini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Intoksikasiyaning darajasiga qarab – regidratasion davolash, diuretiklar, kortikosteroidlar, kalsitonin birga yoki alohida buyuriladi, peritonial dializ bilan birga buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX/PVXD va alyumin folga blisterda. 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
48 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari