Polisorbning aptekalardagi narxlari
POLISORB MP kukuni 3g N10
|
|
2 ta dorixonada bor
|
160 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
POLISORB MP kukuni 25g N1
|
|
124 ta dorixonada bor
|
51 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
96 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
84 000 so'mdan
Bron qilish
|
POLISORB MP kukuni 50g N1
|
|
200 ta dorixonada bor
|
85 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
123 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
125 000 so'mdan
Bron qilish
|
POLISORB MP kukuni 12g N1
|
|
235 ta dorixonada bor
|
44 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
52 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
48 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Polisorb ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
POLISORB MP
POLISORB MR
Preparatning savdo nomi: Polisorb MP
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kolloid kremniy dioksidi
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
preparatning bir grammi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: kolloid kremniy dioksidi 1,0 g
Ta‘rifi: Oq yoki moviy tusli oq rangli, yengil, hidsiz kukun. Suv bilan aralashtirilganda suspenziyani hosil qiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Enterosorbent vosita.
ATX kodi: A07V
Farmakologik xususiyatlari
Polisorb MP (medisinskiy peroralnыy) – kimyoviy formulasi SiO2 bo‘lgan, zarrachalarining o‘lchami 0,09 mm gacha yuqori dispersiyali kremnezem asosida olingan, anorganik, noselektiv, polifunksional enterosorbentidir.
Farmakodinamikasi
Polisorb MP yaqqol sorbsion va detoksikasion xususiyatlariga ega. Me‘da-ichak yo‘llarida preparat turli tabiatga ega bo‘lgan endogen va ekzogen toksik moddalarni, shu jumladan patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, antigenlar, ovqat allergenlari, dori preparatlari va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, alkogolni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi. Polisorb MP shuningdek organizmning modda almashuvini ayrim mahsulotlarini, shu jumladan bilirubin, siydikchil, xolesterin va lipid komplekslarini, hamda endogen toksikozni rivojlanishiga mas‘ul bo‘lgan metabolitlarni ham sorbsiyalaydi.
Farmakokinetikasi
Polisorb MP me‘da-ichak yo‘llarida parchalanmaydi va so‘rilmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- kattalar va bolalarda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir va surunkali intoksikasiyalar;
- har qanday genezli o‘tkir ichak infeksiyalari, shu jumladan ovqat toksikoinfeksiyalari, shuningdek noinfeksion kelib chiqishga ega diareya sindromi, disbakterioz (kompleks davolash tarkibida);
- yaqqol intoksikasiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklar;
- kuchli ta‘sir etuvchi va zaharli moddalar bilan, shu jumladan dori preparatlari va alkogol bilan, alkoloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqalar bilan o‘tkir zaharlanishlar;
- ovqat va dorivor allergiyalar;
- va boshqa o‘tkir rivojlanuvchi ekzo- va (yoki) endogen intoksikasiyalarda (gripp, ORVI);
- gepatitlar va boshqa sariq kasalliklar;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
- ekologik noxush hududlarda yashovchilarda va zararli moddalarni ishlab chiqarish korxonalari xizmatchilarida profilaktik maqsadlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Polisorb MP ichga, faqat suvli suspenziya ko‘rinishida qabul qilinadi!
Suspenziyani tayyorlash uchun preparatning kerakli miqdorini 1/4-1/2 stakan suvda yaxshilab aralashtiriladi. Preparatni har gal qabul qilishdan oldin yangi suspenziyani tayyorlash va uni ovqat va boshqa preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin ichish tavsiya etiladi.
Kattalarda o‘rtacha sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,1-0,2 g (6-12 g) ni tashkil etadi.
Preparat sutka davomida 3-4 marta qabul qilinadi.
Kattalarda maksimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,33 g (20 g) ni tashkil etadi.
Bolalar uchun doza tana vazniga qarab hisoblanadi (jadvalga qarang).
Pasientning tana vazni | Dozasi | Suvning hajmi |
10 kg gacha | Sutkada 0,5-1,5 choy qoshiq | 30-50 ml |
11-20 kg | 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lmagan” 1 choy qoshiq | 30-50 ml |
21-30 kg | 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 choy qoshiq | 50-70 ml |
31-40 kg | 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 2 choy qoshiq | 70-100 ml |
41-60 kg | 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 osh qoshiq | 100 ml |
60 kg dan ortiq | 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1-2 osh qoshiq | 100-150 ml |
1 “to‘la” choy qoshiq – 1 gramm preparat saqlaydi,
1 to‘la osh qoshiq – 2,5-3 gramm preparat saqlaydi.
Ovqatdan allergiya bo‘lgan hollarda preparat bevosita ovqat qabul qilishdan oldin qabul qilinadi, sutkalik dozani kun davomida 3 marta qabul qilishga bo‘linadi.
Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga va qo‘yilgan tashxisga bog‘liq, o‘tkir intoksikasiyalarda davolash kursi – 3-5 kun; allergik kasalliklarda, surunkali intoksikasiyalarda davolash kursi 10-14 kungacha davom etadi.
2-3 haftadan keyin shifokor tavsiyasiga ko‘ra takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda: allergik reaksiyalar, dispepsiya, qabziyat. Polisorb MP preparatini uzoq muddat, 14 kundan ortiqroq qabul qilinganida vitaminlarni so‘rilishi buziladi, shu boisdan polivitamin preparatlarni profilaktika maqsadida qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- me‘da va 12 barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi;
- me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi;
- ichak atoniyasi;
- preparatni individual o‘zlashtira olmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Polisorb MP preparatini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, oxirgi vositalarning terapevtik samarasi pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
- Ovqat toksikoinfeksiyasi va o‘tkir zaharlanishlar.
Davolashni Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me‘dani yuvishdan boshlash tavsiya etiladi. Og‘ir zaharlanishlarda birinchi sutkalarda me‘dani yuvishni zond orqali har 4-6 soatda o‘tkaziladi, shu bilan bir qatorda preparat ichga ham beriladi. Kattalarda bir martalik doza kuniga 2-3 martadan, bemorning tana vazniga 0,1-0,15 g/kg ni tashkil etishi mumkin.
- O‘tkir ichak infeksiyalari.
Polisorb MP preparati bilan davolashni birinchi soatlarda yoki sutkalarda kompleks davolash tarkibida boshlash tavsiya etiladi. Birinchi sutkalarda sutkalik doza 5 soat davomida qabul qilishlar orasida 1 soatlik interval bilan beriladi. 2-nchi sutkalarda sutkalik doza sutka davomida 4 marta qabul qilishga beriladi. Davolash davomiyligi 3-5 kunni tashkil etadi.
- Gepatitni davolash.
Gepatitni kompleks davolashda Polisorb MP kasallikning birinchi 7-10 kuni davomida detoksikasiya qiluvchi vosita sifatida odatdagi dozalarda qo‘llanadi.
- Allergik kasalliklar.
Dori yoki ovqat genezli (oqibatidagi) o‘tkir allergik reaksiyalarda avval Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me‘dani va ichakni yuvish tavsiya etiladi. so‘ngra preparatni odatdagi dozalarda klinik samaraga erishilguncha beriladi. Surunkali ovqat allergiyasida Polisorb MP preparati bilan 7-10-15 kundan iborat davolash kurslari tavsiya etiladi, preparat bevosita ovqatdan oldin qabul qilinadi.
- Surunkali buyrak yetishmovchiligi.
Polisorb MP preparati bilan tana vazniga 0,15-0,2 g/kg sutkalik dozada 25-30 kun davomida 2-3 haftalik tanaffus bilan davolash kurslari qo‘llaniladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.
3 g dan termo qavatli etiketka qog‘ozidan bir marta ishlatiladigan paketlarda. 10 ta bir marta ishlatiladigan paketdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Bir martalik paketlarni guruhlangan o‘ramga joylashga ruxsat beriladi, yo‘riqnomalar paketlar soniga muvofiq joylanadi.
Shuningdek 12/25/50 g dan polistirol, polietilen, polietilenterftalat (PETF) dan, xuddi shunday materialdan qopqoqchalar bilan berkitilgan bankalarda. Bankalarni karton qutiga joylanadi. Davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani o‘ramga joylanadi yoki buklangan varaq ko‘rinishida murakkab etiketkaning harakatlanuvchi qismining ostiga joylanadi yoki murakkab etiketkaning ichki qismiga qo‘yiladi.
Yoxud bankalarni, yo‘riqnomalarni bankalarning soniga muvofiq ravishda joylab, termo joylashtiruvchi plyonkaga o‘ramlanadi yoki yo‘riqnomalarni buklangan varaq ko‘rinishida murakkab etiketkaning harakatlanuvchi qismining ostiga joylanadi yoki murakkab etiketkaning ichki qismiga qo‘yiladi.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
O‘rami ochilganidan so‘ng zich yopiladigan idishda saqlansin.
Suspenziyani saqlash muddati 48 soatdan ko‘p emas.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz.
Chiqarish shakllari