Validolning aptekalardagi narxlari
VALIDOL-LUGAL tabletkalari 0,06g N20
|
|
8 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
VALIDOL tabletkalari 0,06g N6
|
|
3 ta dorixonada bor
|
900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
1 800 so'mdan
Bron qilish
|
VALIDOL S GLYUKOZOY tabletkalari 0,06g N6
|
|
3 ta dorixonada bor
|
2 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
VALIDOL tabletkalari 0,06g N10
|
|
119 ta dorixonada bor
|
2 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
5 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
2 300 so'mdan
Bron qilish
|
VALIDOL tabletkalari 0,06g N20
|
|
131 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
9 300 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Validol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VALIDOL
VALIDOLUM
Preparatning savdo nomi: Validol
Dori shakli: kapsulalar 100 mg.
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: izovalerian kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi (validol) – 100 mg;
yordamchi moddalar: jelatin, gliserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat Ye-218, propilparagidroksibenzoat Ye-216.
Ta‘rifi: sharsimon shaklli, och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish yoki sarg‘ish-yashil rangli, mentol hidli moysimon suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: boshqa uxlatuvchi va sedativ vositalar.
ATX kodi: N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sedativ ta‘sir ko‘rsatadi, sezgir nerv oxirlarini ta‘sirlanishi bilan bog‘liq o‘rtacha reflektor qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Sublingval qo‘llanilganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidan so‘riladi. So‘rilgandan keyin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va glyukuronidlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Nevrasteniya va funksional kardialgiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Ushbu ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish faqat uzoq vaqt qo‘llashdagi tajribaga asoslangan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat til ostiga qo‘llanadi. Kapsulani to‘liq erib ketgunigacha og‘izda ushlab turish kerak. Bir kapsuladan kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. Validolni sutkalik qo‘llash soni va qabul qilish davomiyligi davolashning samaradorligiga bog‘liq. Preparatni qabul qilgandan keyin 5-10 minut davomida terapevtik samara kuzatilmasa yoki yaqqolligi yetishmaganda boshqa davolashni burish uchun shifokorga murojaat etish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘z yoshi oqishi, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.
Mentolga kontakt allergiya og‘iz bo‘shlig‘ida achishish va yara paydo bo‘lishi, lixenoid toshma paydo bo‘lishi bilan kechadi. Mentolga allergik reaksiyalar bosh og‘rig‘i, bradikardiya, mushak tremori, ataksiya, anafilaktik shok, terida eritematoz toshma bilan kechishi mumkin. Tez-tezligi noma‘lum.
Nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- yaqqol arterial gipotenziya;
- o‘tkir miokard infarkti;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- anamnezida tutqanoq yoki tirishish sindromi (shu jumladan febril tirishishlar) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: me‘da-qizilo‘ngach reflyusi, diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi, me‘da-ichak yo‘llarining yallig‘lanishli va yarali kasalliklari, bronxial astma, bronxospazm va laringospazmga moyillikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
O‘zaro ta‘sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kutilgan samaraga erishishni tezlashtirish uchun validol kapsulasini chaynash mumkin. Agar dori vositasini qabul qilish vaqtida simptomlar saqlansa yoki bemorning holatini yomonlashishi kuzatilsa, shifokorga murojaat etish kerak.
Agar dori vositasini qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmasa, o‘tkir koronar sindromni inkor etish kerak. Qo‘lga, qorinning yuqori qismi, bo‘yinga irradiasiya qiluvchi yurak sohasida og‘riq paydo bo‘lganda yoki nafas yetishmovchiligi (masalan hansirash) rivojlanganda shoshilinch tibbiy yordam zarur.
Tarkibida metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat mavjudligi tufayli, allergik reaksiyalar, shu jumladan sekinlashgan tipdagi reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalarda qo‘llanishi
Yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni qabul qilganda diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operatorlik ishi) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, rektal yaralarni paydo bo‘lishi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, arterial bosimni pasayishi, nafas buzilishlari, yurak ritmini buzilishlari, ataksiya, qo‘zg‘alish, tutqanoq xurujlari, hushdan ketish va markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Doza oshirib yuborilgan holatda preparatni bekor qilish kerak. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.
Chiqarish shakllari