VIVAFLUning aptekalardagi narxlari
VIVAFLU tabletkalari N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
11 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
VIVAFLU ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VIVAFLU
VIVAFLU
Preparatning savdo nomi: Vivaflu
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, setirizin, fenilefrin gidroxloridi, kofein
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
parasetamol 500 mg,
setirizin 5 mg,
fenilefrin gidroxloridi 10 mg,
kofein 30 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (101), kraxmal, tozalangan suv*, metilgidroksibenzoati, propilgidroksibenzoati, jelatin, polivinipirrolidon, sanset sariq bo‘yovchisi FCF, magniy stearati, talk, kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza.
(* tayyor mahsulotda bo‘lmaydi).
Ta‘rifi: to‘q sariq rangli, uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK ning simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi: N02BE51
Farmakologik hususiyatlari
Setirizin – II avlod antigistamin preparat bo‘lib, periferik N1-reseptorlarning selektiv blokatoridir. Antigistamin va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Setirizin allergik reaksiyani rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta‘sir ko‘rsatadi.
Allergik reaksiyaning erta bosqichiga ta‘sir qiladi, shuningdek yallig‘lanish hujayralarini migrasiyasini kamaytiradi; allergik reaksiyaning kechki bosqichida ishtirok etadigan mediatorlarni ajralib chiqishini susaytiradi. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, to‘qimalar shishini rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklar spazmini bartaraf qiladi, gistaminni yuborilishiga spesifik allergenlarning teri reaksiyasini bartaraf qiladi.
Parasetamol – siklooksigenaza fermentining har ikkala shakli (SOG1 va SOG2) ni bloklab, shu orqali prostaglandinlar (Pg) sintezini ingibisiya qiladi. Asosan markaziy nerv tizimida, og‘riq hamda termoregulyasiya markazlariga ta‘sir qiladi.
Fenilefrin gidroxloridi – adrenomimetikdir. Burunning shilliq qavatidagi asosan venulalar va kavernoz-venoz sinuslarda joylashgan, qon tomirlarning α1-adrenoreseptorlarini rag‘batlantirib, u mahalliy qon aylanishini buzmasdan, shilliq qavatga yengil ta‘sir qiladi. Qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi qon oqimini oshishida, burun, burunning yondosh bo‘shliqlari va yevstaxiev nayining shilliq qavati shishini kamayishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan gripp, O‘RVI, shamollash va allergik reaksiyalarda izdan chiqadigan burun orqali nafas olish tiklanadi.
Kofein – MNT ga bevosita qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi: bosh miyaning po‘stloq qismida, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarda qo‘zg‘alish jarayonlarini boshqaradi va kuchaytiradi, musbat shartli reflekslarni va harakat faolligini faollashtiradi. Ruhiy faoliyatni rag‘batlantiradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, reaksiya vaqtini qisqartiradi.
Farmakokinetikasi
Setirizin – me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, so‘rilishi 70% tashkil etadi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga preparat qabul qilinganidan so‘ng 1 soat o‘tgach erishiladi. Setirizinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 93% ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 7-10 soatni tashkil etadi.
Jigar minimal darajada metabolizmga uchrab, nofaol metabolitini hosil qiladi va asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Setirizinning kinetikasi 5 mg dan 60 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida proporsionaldir.
Parasetamol – so‘rilishi yuqori darajada, maksimal konsentrasiyasi (Cmax) 5-20 mkg/ml, maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (TCmax) 0,5-2 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 15%. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Emizikli ayol qabul qilayotgan parasetamolning 1% dan kamroq dozasi ko‘krak sutiga o‘tadi.
Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-4 soat. Buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida, taxminan 3% – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Keksa yoshdagi bemorlarda preparatning klirensi pasayadi va T1/2 uzayadi.
Fenilefrin gidroxloridi – peroral qo‘llanganida me‘da-ichak yo‘llarida ahamiyatli darajada parchalanishi tufayli, biokiraolishligini pastligi (38%) bilan xarakterlanadi. Odamda fenilefrinning markaziy taqsimlanish hajmi taxminan 40 l ni tashkil etadi. Peroral qabul qilinganida fenilefrin jigarda tizim oldi metabolizmiga uchrab, fenol kon‘yugatlarini hosil qiladi. Moddaning 86% dozasi qabul qilinganidan so‘ng taxminan 48 soatdan keyin siydik bilan chiqariladi, bunda 2,6% erkin aminlar shaklida bo‘ladi.
Kofein – kofein va uning suvda eruvchan tuzlari ichakda (shu jumladan yo‘g‘on ichakda) yaxshi so‘riladi. T1/2 taxminan 5 soatni tashkil etadi, ayrim shaxslarda – 10 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi. Asosiy qismi demetilizasiyaga uchraydi va oksidlanadi.
Qo‘llanilishi
Shamollash, gripp, allergiya yoki nafas tizimining boshqa kasalliklari (sinusit, bronxit kabilar) tomonidan chaqirilgan simptomlarni vaqtinchalik yengillashtirish uchun qo‘llanadi. Ko‘z/burun/tomoqni qichishishi, ko‘z yoshini oqishi, tumov va aksirishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi. Burundagi shish va/yoki quloqlarni bitishini yo‘qotish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 tabletkadan kuniga 2 marta buyuriladi.
6-12 yoshli bolalar: ½ tabletkadan kuniga 2 marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uyquchanlik, bosh aylanishi, og‘iz/burun/tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, me‘dani buzilishi, qabziyat, uyquda muammolar bo‘lishi mumkin.
Kamroq ifodalangan nojo‘ya samaralar kayfiyatni o‘zgarishi, quloqlarni shang‘illashi, siyishni qiyinlashishi, ko‘rishni o‘zgarishi (masalan, xiralashishi / jismlarni ikkilanishi) dan iborat bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Homilador va emizikli ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Quyidagi preparatlar: gipotenziv vositalar, MAO ingibitorlari, uyquchanlikni chaqiradigan preparatlar, shuningdek alkogol, antigistamin preparatlar (masalan, setirizin, dimedrol), uyqusizlikda va havotirlanishda qo‘llanadigan dori vositalar (masalan, alprazolam, diazepam, zolpidem), miorelaksantlar va narkotik og‘riq qoldiruvchilar (masalan, kodein) bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nafas faoliyati bilan muammolari (masalan, astma, o‘pka emfizema), qandli diabet, glaukoma, yurak muammolari, yuqori qon bosimi, buyrak muammolari, jigar kasalliklari, tirishishlar, MIY kasalliklari (masalan, me‘da yarasi), qalqonsimon bez faoliyatining faolligini oshishi (gipertireoz), siyishni qiyinlashishi (masalan, prostata bezini kattalashishi tufayli) bo‘lgan pasientlarga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Bosh aylanishi yoki uyquchanlik rivojlanishi mumkin, demak pasientlar avtomobilni boshqarish havfi borligi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish simptomlari yurakni nomuntazam urishi, gallyusinasiyalar, xushni yo‘qolishi va tirishishlardan iborat bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari