×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ADIPIN tabletkalari 5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Faol modda:
Амлодипин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- C08CA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 265 ta dorixonasida topildi

ico 33 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 46 600 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 33 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
OFTALEK inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 Лекхим-Харьков AO Ukraina
VAZATOR tabletkalari 20mg N30 Edge Pharma Ltd Hindiston
76 100 s`om dan
NEOTON poroshok 1g N4 Альфасигма С.п.А. Italiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ADIPIN tabletkalari 5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ADIPIN

ADIPINE

 

Preparatning savdo nomi: Adipin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amlodipin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: amlodipin – 5 mg yoki 10 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kalsiy gidrofosfati, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipotenziv vosita (kalsiy kanallarining blokatori)

ATX kodi: C08CA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy kanallarining blokatori (III avlod). Antigipertenziv va antianginal ta‘sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Amlodipin qon tomirlarning silliq mushak xujayralariga va miokardga kalsiy ionlarini membranalar orqali kirishini susaytiradi. Gipotenziv ta‘sirining mexanizmi qon tomirlarning silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq. Amlodipinning antianginal samarasi periferik arteriolalarni kengaytirish qobiliyati bilan bog‘liq. Bu periferik qon-tomirlarning umumiy qarshiligini kamayishiga olib keladi, bunda reflektor taxikardiya kelib chiqmaydi. Natijada miokardni kislorodga va mushaklarini energiyaga ehtiyojini kamayishi sodir bo‘ladi. Boshqa tomondan amlodipin keng o‘lchamli koronar arteriyalarni va ham intakt, ham miokardning ishemiyalangan sohalaridagi koronar arteriolalarni kengayishini chaqiradi. Bu koronar arteriyalarning spazmlarida miokardga kislorodni kelishini ta‘minlaydi. Amlodipin moddalar almashinuviga va qon plazmasidagi lipidlar tarkibiga nohush ta‘sir ko‘rsatmaydi. Diabetik nefropatiyada mikroalbuminuriyani yaqqolligini oshirmaydi.

Preparatni ichga qabul qilgandan keyin 6-12 soatdan so‘ng qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga erishib, amlodipin tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi – 60-65%. Amlodipinni taxminan 97,5% qonnning plazma oqsillari bilan bog‘langan. Taqsimlanish xajmi – taxminan 21 l/kg. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish amlodipinni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Yarim chiqarilish davri – 35-50 soat, bu ammlodipinni sutkada 1 marta buyurishga imkon beradi. Qon plazmasidagi muvozanat konsentrasiyaga – amlodipinni doimiy ravishda 7-8 kun qabul qilgandan keyin erishiladi. Jigarda faol bo‘lmagan metabolitlarni hosil qilib, biotransformasiyaga uchraydi; 10% o‘zgarmagan holatdagi amlodipin va 60% metabolitlari siydik bilan chiqariladi.

Arterial gipertenziyali bemorlarda yarim chiqarilish davri – 48 s, keksa yoshdagi shaxslarda – 65 s, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda – 60 s, buyrak faoliyati buzilganda esa – o‘zgarmaydi.

Qo‘llanilishi

  • Arterial gipertoniya (shu jumladan majmuaviy davolash tarkibida);
  • Turg‘un stenokardiya;
  • Turg‘un bo‘lmagan stenokardiya (shu jumladan Prinsmetal) stenokardiyasida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.

Tabletkalarni bir stakan suyuqlik bilan (masalan, bir stakan suv) ichib, ovqat qabul qilishiga bog‘liq bo‘lmagan holatda qo‘llash kerak.

Kattalar

Boshlang‘ich dozasi 5 mg dan kuniga 1 martani tashkil qiladi. Agar 2-4 xafta davomida terapevtik samaraga erishilmasa, pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, dozani sutkada maksimal ahamiyatli bo‘lgan 10 mgacha (bir qabul qilishda) oshirish mumkin. Amlodipinni monoterapiya sifatida yoki majmuaviy davolash tarkibida qo‘llash mumkin.

Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha bo‘lganlar)

Bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha bo‘lgan) amlodipinni xavfsizligi va samarasi haqida yetarli miqdordagi ma‘lumotlarni yo‘qligi sababli qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar

 Keksa yoshdagi pasentlar uchun standart dozani qo‘llash tavsiya etiladi; biroq dozani oshirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Oddiy doza tavsiya etiladi. Amlodipinni dializda bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibi aniqlanmagan, shuning uchun ularda amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligini quyidagi eslatmadan foydalanib aniqlangan: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 – < 1/10), tez-tez emas (> 1/1.000 – < 1/100), kam hollarda (> 1/10.000 – < 1/1.000), juda kam hollarda (< 1/10.000), noma‘lum (ma‘lum ma‘lumotlarga asoslanib aniqlashni iloji yo‘q).

Qon va limfa tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda:  leykopeniya, trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda: allergik reaksiyalar.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan:

Juda kam hollarda: giperglikemiya, tana vaznini oshishi va kamayishi.

Ruhiy buzilishlar:

Kam hollarda: uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarishi (shu jumladan havotirlik), depressiya, dezorientasiya.

Nerv tizimi tomonidan:

Tez-tez: uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i (asosan davolashni boshida).

Kam hollarda: tremor, ta‘mni yo‘qolishi, xushdan ketish, gipesteziya, paresteziya.

Juda kam hollarda: gipertonus, periferik neyropatiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan:

Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi, shu jumladan diplopiya, quloqlarda shovqin.

Yurak tomonidan:

Kam hollarda: yurak urishini his qilish.

Juda kam hollarda: miokard infarkti, aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi).

Qon tomirlar tomonidan:

Tez – tez : yuzni giperemiyasi.

Kam hollarda: gipotenziya.

Juda kam hollarda: vaskulit.

Nafas yo‘llari, o‘pka va ko‘krak qafasi tomonidan:

Kam hollarda: xansirash, rinit.

Juda kam hollarda: yo‘tal.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Tez-tez: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi.

Kam hollarda: qusish, dispepsik buzilishlar, ichakni o‘z-o‘zidan bo‘shashini o‘zgarishi (shu jumladan  diareya va qabziyat), og‘izni qurishi.

Juda kam hollarda: pankreatit, gastrit, milklar giperplaziyasi.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan:

Kam hollarda: gepatit, sariqlik, transaminazalar faolligini oshishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Kam hollarda: alopesiya, purpura, teri rangining o‘zgarishi, ko‘p terlash, qichishish, toshma, ekzantema.

Juda kam hollarda: Kvinke shishi, ko‘p shaklli  eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, fotosensibilizasiya.

Suyak-mushak tizimi, biriktiruvchi to‘qima tomonidan:

Tez-tez: tizza-tovon bo‘g‘imini sohasida shish.

Kam hollarda: artralgiyalar, mialgiyalar, mushak spazmlari, belda og‘riq.

Buyrak va siydik chiqarish tomonidan:

Kam hollarda: siydik chiqarishni buzilishi, nikturiya, siydik chiqarish tez-tezligini oshishi.

Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan:

Kam hollarda: potensiya, ginekomastiya.

Umumiy buzilishlar:

Tez-tez: shishlar, charchoqlik.

Kam hollarda: ko‘krak qafasida og‘riq, holsizlik, og‘riq, kuchsizlanish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

amlodipinga, boshqa digidropiridinlarga yoki preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

aortal klapanning yaqqol stenozi;

og‘ir yurak yetishmovchiligi;

arterial gipotoniya,

shok, shu jumladan kardiogen shok;

o‘tkir miokard infarktidan keyin keyin gemodinamikani turg‘un bo‘lmasligi (birinchi 28 kun davomida);

turg‘un bo‘lmagan zo‘riqish stenokardiyasida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa tiibiy preparatlarni amlodipinga ta‘siri

Gipotenziv vositalarni (diuretiklar, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar) asosiy guruhlari, nitratlar va gipoglikemik preparatlar bilan mutanosib. Ingalyasion narkoz uchun vositalar (uglevodlarning hosilalari), amiodaron, xinidin va boshqa kalsiy antagonistlari ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. NYAQV (asosan indometasin) gipotenziv samarani kamaytiradi (buyrakda prostaglandinlar sintezini va natriyurezni tormozlaydi). CYP3A4 kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir) amlodipinni plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Amlodipinni CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilganida gipotenziya simptomlari va periferik shishlarni mavjudligini nazorat qilish zarur.

Hozirgi vaqtda CYP3A4 induktorlarini (masalan, rifampisin, dalachoy, deksametazon, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, nevirapin va rifabutin) amlodipinga ta‘siri xaqida yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Ushbu preparatlar bilan birga qo‘llash plazmada amlodipinni konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Amlodipin va CYP3A4 induktorlarini majmuaviy qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Amlodipinni boshqa tibbiy preparatlarga ta‘siri

Amlodipin arterial bosimni pasaytiruvchi boshqa tibbiy preparatlarni (masalan beta-adrenoreseptorlar, AAF ingibitorlari, alfa-1-blokatorlari va diuretiklar) antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Yuqori xavfli pasientlarda (masalan miokard infarktidan keyin) kalsiy kanallarining blokatorlarini beta-adrenoreseptorlari blokatori  bilan majmuasi yurak yetishmovchiligi, gipotoniya va yangidan miokard infarktiga olib kelishi mumkin.

O‘zaro ta‘siri bo‘yicha klinik tadqiqotlarda Amlodpin atorvastatin, digoksin, varfarin yoki siklosporin parametrlariga ta‘sir ko‘rsatmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gipertonik kriz vaqtida amlodpinni qo‘llash xavfsizligi va samarasi aniqlanmagan.

Bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha bo‘lganlar) qo‘llanilishi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda amlodpinni qo‘llash xavfsizligi va samarasi aniqlanmagan.

Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarni davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim.

Og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar ishtirokidagi davomli tadqiqotlar (NYHA bo‘yicha III va IV sinf) amlodipin bilan davolashni qabul qilgan pasientlarda, plasebo guruhiga nisbatan o‘pka shishini kelib chiqishini yuqori tez-tezligini aniqladi. Biroq, bu yurak yetishmovchiligini kechishini yomonlashishini ko‘rsatmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi

Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi. Amlodipinni dializda bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda amlodipinni yakuniy yarim chiqarilish  davri uzaygan; tavsiya etilgan dozalash hozirgi kungacha aniqlanmagan. Ushbu sababga ko‘ra, bunday pasientlarda amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Amlodipin  avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga kuchsiz ta‘sir qilishi mumkin. Ayrim pasientlarda amlodipinni qabul qilish fonida bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi rivojlanishi mumkin, bu reaksiya tezligini buzilishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida va dozalash tartibi o‘zgarganda kuzatiladi.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va laktasiya davrlarida amlodipinni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Shu sababli,  homiladorlik vaqtida amlodipinni qo‘llash faqat boshqa xavfsiz muqobil usullar bo‘lmaganida, kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan xavf esa, ona va homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan oshsagina qo‘llash tavsiya etiladi.

Amlodipin bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: reflektor taxikardiya va periferik vazodilatasiyani to‘satdan rivojlanishi bilan birga arterial bosimini yaqqol pasayishi (yaqqol va turg‘un arterial gipotenziyani, shu jumladan shok rivojlanishi va letal holatni kelib chiqishi ehtimoli mavjud).

Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni buyurish (ayniqsa dozani oshirib yuborilishidan keyin birinchi 2 soatda), me‘dani yuvish, oyoq-qo‘llarga ko‘tarilgan holatda qo‘yish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatlarini faol tutib turish, yurak va o‘pka ishini ko‘rsatkichlarini monitoringi, aylanib yuruvchi qon xajmini va diurezni nazorat qilish. Tomirlar va arterial bosimni tonusini tiklash uchun agar qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lmasa, tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin. Kalsiy glyukonatini v/i yuborish mumkin. Amlodipin qonning zardobli oqsillari bilan kam miqdorda bog‘lanishi tufayli – gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

5 mg yoki 10 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, o‘ramida 30 tabletka.

 

Saqlash sharoiti

10-250S haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ADIPIN tabletkalari 5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ADIPIN tabletkalari 5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ADIPIN tabletkalari 5mg N30 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd, OOO tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ADIPIN tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ADIPIN tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASOMEKS 5 tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
AMLOSIM tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
ADIPIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
STAMLO tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
STAMLO tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
KORONIM tabletkalari 10mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 5mg N30
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
AMLODIPIN tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d.
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
TENZAL tabletkalari 5mg N30
TENZAL tabletkalari 10mg N30
NORMODIPIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
NORMODIPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
AMLORUS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AMLORUS tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
AMLONON tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
AMLONON tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
AMLONON tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
S AMLOVEL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
S AMLOVEL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
ASOMEKS 2,5 tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
AMLOSIM tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
AMADEY 5 tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 32 200 so'mdan Batafsil
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лек д.д
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лек д.д
NORVASK 0,01 tabletkalari 0,01g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Р-Фарм Германия ГмбХ
NORVASK 0,005 tabletkalari 0,005g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Р-Фарм Германия ГмбХ
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10
XONDRO RITZ kapsulalar N50
TAIKOLD S AROMATOM eritma so vkusom limona N10
ORLIP kapsulalar 120mg N30
Narh: 195 000 so'mdan Batafsil
MOKSI — G tabletkalari 400mg N5
GERAL tabletkalari 500mg N10
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TORVATOR tabletkalari 20mg N20
Narh: 53 200 so'mdan Batafsil
TORVATOR tabletkalari 10mg N20
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
OLZAP tabletkalari 5mg N30
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
OLZAP tabletkalari 10mg N30
Narh: 117 000 so'mdan Batafsil
LIZINOKOR tabletkalari 10mg N20
Narh: 29 800 so'mdan Batafsil
LIZINOKOR tabletkalari 5mg N20
Narh: 21 400 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
ADIPIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Амлодипин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KREZAM 10000 kapsulalar N10
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZUMM 25 granuli 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
ADIPRIL tabletkalari 5mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
ADENO RITZ kapsulalar N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
MIGRALGIN tabletkalari 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
MIGRALGIN tabletkalari 50 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
KLINIZOL kapsulalar 100 mg/100 mg/100 mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
AMRA BI FORTE tabletkalari 8 mg/2,5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
TRIMEIK tabletkalari 8,0mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 102 000 so'mdan Batafsil
TRIMEIK tabletkalari 5,0mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
TRIMEIK tabletkalari 4,0mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 68 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9