×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORLIP kapsulalar 120mg N30

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Faol modda:
Орлистат
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals LTD, OOO
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- A08AВ01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 269 ta dorixonasida topildi

ico 195 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 241 900 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 225 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BISAKODIL suppozitorii 10mg N10 Фармаприм, ООО Moldova
4 400 s`om dan
LASIDOFORTE kapsulalar N10 World Medicine Europe, Болгария произведено: Adipharm LTD Bolgariya
35 000 s`om dan
LAKTOFILTRUM tabletkalari N60 АВВА РУС АО Rossiya
72 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORLIP kapsulalar 120mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORLIP

ORLIP

 

Preparatning savdo nomi: Orlip

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): orlistat

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi

faol modda :120 mg orlistat;

yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyati, mikrokristall sellyuloza, natriy laurilsulfati, eruvchan polivinilpirrolidon, talk.

Ta‘rifi: №2 o‘lchamli, qattiq jelatinli kapsulalar. Korpusi – sariq, qopqog‘i  yashil rangli. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: semirishga qarshi preparat – gastro-intestinal lipazalar ingibitori

ATX kodi: A08AB01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Semirishga qarshi preparat – gastro-intestinal lipazalar ingibitoridir. Ta‘sir mexanizmi me‘da va ingichka ichak ichida me‘da va pankreatik lipazalarning faol qismi bilan kovalent birikma hosil qilishi bilan bog‘lanadi. Natijada lipazalarning faolsizlantirilishi sodir bo‘ladi, ozuqa yog‘larining parchalanishi buziladi va ularning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi kamayadi. Preparatni  muntazam qabul qilinganida uning samarasi semizligi bo‘lgan bemorlarning tana vaznini kamayishiga olib keladi.

Ichga qabul qilinganida orlistat me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi.

Qabul qilingan orlistatning 97% ahlat bilan, bundan – 83% o‘zgarmagan holatda chiqariladi.

Orlistatning organizmdan to‘liq chiqarilish vaqti (ahlat va siydik bilan) 3-5 sutkani tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

– semirish va ortiqcha  tana vaznida (o‘rtacha gipokaloriyali parhez bilan birga) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1 kapsuladan (120 mg) sutkada 3 marta asosiy ovqatlanishlar vaqtida buyuriladi. Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan so‘ng ko‘pi bilan 1 soatdan keyin qabul qilinadi. Agar ovqatlanishni o‘tkazib yuborilsa yoki agar ovqat yog‘ saqlamasa, preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborish mumkin.

Tavsiya etilgan dozadan oshirish uning terapevtik samarasini oshishiga olib kelmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning nojo‘ya ta‘sirlari asosan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan qayd etilgan va o‘tkinchi xarakterga ega.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez ich kelishi, ichni suyuq kelishi va ahlat tarkibida yog‘lar miqdorini oshishi, qorinda va to‘g‘ri ichakda og‘riqlar va diskomfort, meteorizm, ich kelishiga qistovlar (odatda bu belgilar o‘tib ketuvchi xarakterga ega va ko‘proq davolashning birinchi 3 oyida paydo bo‘ladi).

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– surunkali malabsorbsiya sindromi;

– xolestaz;

– orlistatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Orlistatni qabul qilish vaqtida me‘da-ichak yo‘llaridan yog‘da eruvchan vitaminlar va beta-karotinning so‘rilishi kamayishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Orlistat bilan davolanish fonida pasient muvozanatlangan, yog‘lar ko‘rinishidagi 30% kaloriya saqlovchi, o‘rtacha gipokaloriyali parhez qabul qilishlari lozim. Pasientning ovqat rasionida yog‘lar miqdori yuqoriroq bo‘lganida, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishini ehtimoli oshadi. Bir kunda iste‘mol qilinadigan yog‘larning miqdori kun davomidagi ovqatlanishga teng taqsimlanishi tavsiya etiladi.

Davolanish jarayonida tana vazni kamaygan sari ko‘proq semizlikka yondosh bo‘lgan patologik jarayonlarni kechishini shu jumladan, arterial gipertenziya, qandli diabet (diabetga qarshi peroral vositalarga talab kamayadi), lipidlar almashinuvining buzilishini yaxshilanishi mumkin.

Orlistatni qabul qilishda me‘da-ichak yo‘llaridan yog‘da eruvchan vitaminlar va beta-karotinning so‘rilishi kamayishi mumkin.

Jigar va/yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda orlistatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Bolalarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan.

Orlistatni homiladorlikda buyurish mumkin emas, chunki ularda qo‘llashning xavfsizligini tasdiqlovchi, ishonchli klinik ma‘lumotlar mavjud emas.

Orlistatni ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni laktasiya davrida (emizish) qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Orlistatning dozasini oshirib yuborilishi holatlari aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 120 mg dan, o‘ramda 30 dona kapsula.

 

Saqlash sharoiti

10-200S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORLIP kapsulalar 120mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORLIP kapsulalar 120mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORLIP kapsulalar 120mg N30 dori vositasi GM Pharmaceuticals LTD, OOO tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORLIP kapsulalar 120mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORLIP kapsulalar 120mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LISTORA kapsulalar 60mg N42
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Орлистат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
LISTORA kapsulalar 120mg N42
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Орлистат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 400 000 so'mdan Batafsil
ORSOTEN kapsulalar 0,12g N42
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Орлистат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
ORSOTEN kapsulalar 0,12g N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Орлистат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10
XONDRO RITZ kapsulalar N50
TAIKOLD S AROMATOM eritma so vkusom limona N10
MOKSI — G tabletkalari 400mg N5
GERAL tabletkalari 500mg N10
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TORVATOR tabletkalari 20mg N20
Narh: 53 200 so'mdan Batafsil
TORVATOR tabletkalari 10mg N20
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
OLZAP tabletkalari 5mg N30
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
OLZAP tabletkalari 10mg N30
Narh: 117 000 so'mdan Batafsil
LIZINOKOR tabletkalari 10mg N20
Narh: 29 800 so'mdan Batafsil
LIZINOKOR tabletkalari 5mg N20
Narh: 21 400 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
ADIPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ADIPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
KREZAM 10000 kapsulalar N10
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZUMM 25 granuli 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
ADIPRIL tabletkalari 5mg/10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
ADENO RITZ kapsulalar N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
MIGRALGIN tabletkalari 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
MIGRALGIN tabletkalari 50 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
KLINIZOL kapsulalar 100 mg/100 mg/100 mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
AMRA BI FORTE tabletkalari 8 mg/2,5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
TRIMEIK tabletkalari 8,0mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 102 000 so'mdan Batafsil
TRIMEIK tabletkalari 5,0mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
TRIMEIK tabletkalari 4,0mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Narh: 68 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9