×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Faol modda:
Акридоновая уксусная кислота
Ishlab chiqaruvchi:
- S.C. Rompharm Company S.R.L.
ATX kodi:
- L03AX18
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIKLOFERON tabletkalari 150mg N10 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
47 000 s`om dan
GALAVIT suppozitorii 100mg N10 СЭЛВИМ,ООО Rossiya Federatsiyasi
210 900 s`om dan
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 Пептек ЗАО Rossiya Federatsiyasi
VIFERON maz 12g 40000ME Ферон, ООО Rossiya
44 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AKRIDOFERON

ACRIDOFERON

Preparatning savdo nomi: Akridoferon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): akridonsirka kislotasi

Dori shakli: mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: akridonsirka kislotasi – 250,0 mg;

yordamchi moddalar: meglyumin – 193,0 mg, meglyumin  10% (m/hajm), pH muvofiqlashtirish uchun, in‘eksiya uchun suv – 2,0 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, sariq-yashil rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: immunostimulyator vosita.

ATX kodi: L03AX18

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Akridonsirka kislotasi interferonning quyimolekulyar induktoridir, bu uning biologik keng faollik doirasini (viruslarga qarshi, immunomodulyasiya qiluvchi, yallig‘lanishga qarshi va boshqalar) belgilaydi.

Akridonsirka kislotasi yuborilganidan keyin interferonni xosil qiluvchi asosiy xujayralar – bu makrofaglar, T- va V-limfositlardir. Infeksiyaning turiga qarab, immunitetning u yoki bu bug‘ini faolligini oshganligi kuzatilishi mumkin. Preparat limfoid elementlar saqlovchi (taloq, jigar, o‘pka) a‘zo va to‘qimalarda interferonning yuqori titrlarini induksiya qiladi, granulositlar xosil bo‘lishini rag‘batlantirib, suyak ko‘migining ustun xujayralarini faollashtiradi. Akridonsirka kislotasi T-limfositlar va tabiiy killer xujayralarni faollashtiradi, T-xelperlar va T-supressorlar subpopulyasiyalari orasidagi muvozanatni normallashtiradi. α-interferonlarning faolligini kuchaytiradi. Akridonsirka kislotasi kana ensefalita, gripp, gepatit, gerpes viruslari, sitomegalovirus, odam immun tanqisligi virusi, papilloma virusi va boshqa viruslarga nisbatan faol. O‘tkir virusli gepatitlarda Akridonsirka kislotasi kasalliklarni surunkali shakliga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.

OITV-infeksiyasining ilk ko‘rinishlari bosqichida immunitet ko‘rsatkichlarini barqarorlashishiga yordam beradi. Preparatni o‘tkir va surunkali bakterial infeksiyalarni majmuaviy davolashda (neyroinfeksiyalar, xlamidiozlar, bronxitlar, pnevmoniyalar, operasiyadan keyingi asoratlar, urogenital infeksiyalar, yara kasalligi) immunoterapiyaning komponenti sifatida yuqori samaradorligi aniqlangan. Akridonsirka kislotasi revmatik va biriktiruvchi tuqimaning tizimli kasalliklarida autoimmun reaksiyalarni susaytirib va yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatib, yuqori samaradorlik namoyon qiladi.

Farmakokinetikasi

Maksimal mumkin bo‘lgan doza yuborilganida qondagi maksimal konsentrasiyasiga 1-2 soat o‘tgach erishiladi, 24 soat o‘tgach preparat juda oz miqdorlarda aniqlanadi. Gematoensefalik to‘sig‘i orqali o‘tadi. Yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida organizmda to‘planmaydi.

Ko‘llanilishi

Akridoferon 125 mg/ml eritmasi mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun kattalarda majmuaviy davolashda:

  • OITV-infeksiyasi (2A-2V bosqichi);
  • neyroinfeksiyalar: seroz meningitlar va ensefalitlar, kana borelliozi (Layma kasalligi);
  • A, V, S, D virusli gepatitlar;
  • gerpes va sitomegalovirus infeksiyalari;
  • o‘tkir va surunkali bakterial va zamburug‘li infeksiyalar bilan assosiasiyalangan ikkilamchi immun tanqisliklari;
  • xlamidiy infeksiyalari;
  • revmatik va biriktiruvchi tuqimaning tizimli kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik);
  • bo‘g‘imlarning degenerativ – distrofik kasalliklari: deformasiyalanuvchi osteoartroz va boshqalarda qo‘llanadi.

Akridoferon 125 mg/ml eritmasi mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun bolalarda majmuaviy davolashda:

  • A, V, S, D virusli gepatitlar;
  • gerpetik infeksiyalar;
  • OITV-infeksiyasi (2A-2V bosqichi) da qo‘llanadi;

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalar

Kattalarda

Akridonsirka kislotasi mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta asosiy sxema bo‘yicha qo‘llanadi: kunora. Davolash kursining davomiyligi kasallikka bog‘liq.

  • Gerpes va sitomegalovirus infeksiyasida asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g dan 10 in‘eksiya. Yig‘indi doza 2,5 g. Davolash kasallikni zo‘rayishini boshida samaraliroq.
  • Neyroinfeksiyalarda preparat asosiy sxema bo‘yicha yuboriladi. Davolash kursi 0,25-0,5 g dan 12 in‘eksiya, etiotrop davolash bilan majmuada. Yig‘indi doza 3-6 g. Zaruratiga qarab takroriy kurslar o‘tkaziladi.
  • Xlamidiy infeksiyasida asosiy sxema bo‘yicha yuboriladi. Davolash kursi 10 in‘eksiya 0,25 g dan. Yig‘indi doza 2,5 g. Takroriy davolash kursi 10-14 kundan keyin o‘tkaziladi. Akridonsirka kislotasini antibiotiklar bilan birga qo‘shish madsadga muvofiqdir.
  • O‘tkir virusli A, V, S, D gepatitlarda va aralash shakllarida preparat asosiy sxema bo‘yicha 0,5 g dan 10 in‘eksiyalardan yuboriladi. Yig‘indi doza 5,0 g. Infeksiyani davomli kechishida kurs 10-14 kundan keyin takrorlanadi.
  • Surunkali virusli V, S, D gepatitlarida va aralash shakllarida preparat asosiy sxema bo‘yicha 0,5 g dan 10 in‘eksiyalarda yuboriladi, keyin bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha xaftada 3 marta uch oy davomida majmuaviy davolash tarkibida. Interferonlar va ximioterapiya bilan qo‘shish tavsiya qilinadi. Kursni takrorlash 10-14 kundan keyin.
  • OITV-infeksiyasida (2A-ZV bosqichi) asos sxemasi bo‘yicha 10 in‘eksiyalar 0,5 g dan va keyin bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha uch kunda bir marta 2,5 oy davomida. Takroriy davolash kursi 10 kundan keyin.
  • Immun tanqisligi xolatlarida davolash kursi asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g bir martalik dozada mushak ichiga 10 in‘eksiyalar. Yig‘indi doza 2,5 g. Takroriy kurs 6-12 oydan sung o‘tkaziladi.
  • Revmatik va biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida – 4 kurs, asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g dan 5 in‘eksiya 10-14 kunlik tanaffus bilan. Takroriy kurs shifokor tavsiyasi bo‘yicha.
  • Bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik kasalliklarida – 2 kurs, asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g dan 5 in‘eksiyalar 10-14 kunlik tanaffus bilan. Takroriy kurs shifokor tavsiyasi bo‘yicha.

Bolalar:

Pediatriya amaliyotida Akridoferon mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta asosiy sxema bo‘yicha qo‘llanadi: kunora. Sutkalik davolash dozasi tana vazniga 6-10 mg/kg ni tashkil qiladi.

  • A, V, S, D o‘tkir virusli gepatitlarda va aralash shakllarida preparat asos sxemasi bo‘yicha 15 in‘eksiyalarda yuboriladi. Infeksiyani davomli kechishida takroriy kurs 10-14 kundan keyin.
  • V, S, D surunkali virusli gepatitlarda preparat davolash asosiy sxema bo‘yicha 10 in‘eksiyalarda yuboriladi va so‘ngra bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha xaftada uch marta uch oy davomida majmuaviy davolash tarkibida yuboriladi. Interferonlar va ximioterapiya bilan qo‘shish tavsiya qilinadi.
  • VICH – infeksiyasida (2A-2V bosqichlari) kurs asosiy sxema bo‘yicha 10 in‘eksiyalar va so‘ngra bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha uch kunda bir marta uch oy davomida. Takroriy kurs 10 kundan keyin.
  • Gerpetik infeksiyada kurs asosiy sxema bo‘yicha 10 in‘eksiya. Virusni replikativ faolligi saqlanganida davolash kursi tutib turuvchi sxema bo‘yicha uch kunda bir marta, to‘rt xafta davomida yuborish bilan davom ettiriladi.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda akridonuksus kislotasi bilan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Qo‘llash usuli

Preparat mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta asosiy sxema bo‘yicha: kunora.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan reaksiyalar xaqida xabarlar:

Preparat qayd etilgandan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan xabarlar xaqida ma‘lumotlar zarur xisoblanadi. Bu preparatni foyda/xavf nisbatini muntazam monitoringini ta‘minlaydi. Sog‘liqni saqlash xodimlarini nojo‘ya reaksiyalar xaqidagi xabarlarni davlat tizimi tomonidan biron bir kutilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar xaqidagi xabar berishini so‘raymiz.

Qo‘llash mumkin bulmagan xolatlar

Akridoferonni quyidagi xolatlarda qo‘llash mumkin emas:

  • faol substansiyaga yoki yordamchi moddalarning birontasiga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik;
  • emizish davri;
  • dekompensasiyalangan jigar sirrozi;
  • 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Akridoferon interferonlar va nukleozid analoglarining ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘satmalar

Gripp va respirator virusli infeksiyalar

Gripp va respirator virusli infeksiyalarni davolashda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Qalqonsimon bezi kasalliklari

Qalqonsimon bezi kasalliklarida shifokor – endokrinologning maslahati kerak.

Mushak ichiga yoki vena ichiga qo‘llanganda in‘eksiya uchun eritma sekin yuboriladi, chunki eritma gipertonik hisoblanadi.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Emizish davri

Emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Fertillik

Fertil yoshidagi erkak va ayollarda akridonsirka kislotasini samarasi noma‘lum.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Akridoferon ta‘sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta‘sir qiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qullanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yuq.

Chiqarilish shakli

2 ml in‘eksiya uchun eritma jigarrang rangli shishada 5 ampula qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml dori vositasi S.C. Rompharm Company S.R.L. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
L OPTIK ROMFARM ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
L DEKSOPT ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml+1mg/ml
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
TOBROM ko'z tomchilari 5ml 0,3%
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
TAFLOPRESS ROMFARM ko'z tomchilari 2,5ml 0,015mg/ml N1
Narh: 110 768 so'mdan Batafsil
OLOPATALLERG ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
INDOFTALMIK ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml N1
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
BRINZOPT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
OTIRELAKS quloq uchun tomchilar 15 ml 40 mg/g + 10 mg/g N1
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
Narh: 38 949 so'mdan Batafsil
DORZOPT PLYUS ko'z tomchilari 5ml 20mg/ml+5mg/ml
Narh: 116 500 so'mdan Batafsil
DIAFLEKS kapsulalar 50mg N30
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DUOPROST ko'z tomchilari 2,5ml
AZITROM poroshok 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N10
STOPARTROZ FORTE poroshok 3,6 g 850 mg+250 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
JETIX ARBI kapsulalar 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
SUMAROM LIO liofilizat 500 mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
SUMAROM LIO liofilizat 500 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
POTENSIL liofilizat 20 mkg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
ZOLENTA ROMFARM liofilizat 4 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
GIDROKORTIZON ROMFARM liofilizat 100 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
TROPIKAMID ko'z tomchilari 5ml 1,0%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.r.l.
TROPIKAMID ko'z tomchilari 5ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.r.l.
TENOLIOF liofilizat 20mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9