31 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash37 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish31 400 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
INDOFTALMIK
INDOPHTHALMIC
Preparatning savdo nomi: INDOFTALMIK
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): indometasin
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1 mg indometasin;
yordamchi moddalar: arginin, gidroksipropilbetadeks, tiomersal, 1M xlorid kislotasi eritmasi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och sariq yoki och sariq yashil tusli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: oftalmologiyada qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar
ATX kodi: S01B C01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Indometasin – INDOFTALMIK preparatini ta‘sir etuvchi moddasi nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatdir va yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sirga ega.
Og‘riq va yallig‘lanish patogenezida asosiy rol o‘ynaydigan, prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilishi preparatning asosiy ta‘sir mexanizmi xisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Ko‘z oldi kamerasiga preparatni o‘tishi xaqida tasdiqlangan ma‘lumotlar bor. Bir martalik preparatning faol moddasini instillyasiyasi bir necha soat davomida oldi kamerasi namligida aniqlanadi.
INDOFTALMIK preparati maxalliy qo‘llanganda tizimli so‘rilishi past xisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
INDOFTALMIK kon‘yunktivaga tomiziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha): kon‘yunktivit, yuzaki nuqtali keratit.
Ba‘zida (≥1/1,000 dan <1/100 gacha): ko‘zlarni ta‘sirlanishi, qichishish, ko‘z giperemiyasi, tomizilgandan keyin ko‘rishni noaniqligi.
Umumiy buzilishlar va maxalliy qo‘llash buzilishlari
Kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha): yorug‘likka sezuvchanlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Zarurat bo‘lganida boshqa ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin, bunda applikasiyalar orasidagi tanaffus keyingi doza faol moddalarini yuvilishini bartaraf qilish uchun 15 minutdan kam bo‘lmasligi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Xozirgi vaqtda homilador ayollarda preparatni homiladorlik va emizish davrida ushbu dori shaklini xavfsizligini tasdiqlaydigan aniq nazorat qiladigan tekshiruvlar yo‘q. Ammo, agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lsa preparatni homiladorlikning birinchi 5 oyida qo‘llash mumkin. Homiladorlikning 6 oyidan boshlab preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki bu qon tomirlar tizimi va homila buyragi faoliyatini buzilishlariga olib kelishi mumkin.
Preparat ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish yoki emizish davrida uni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
INDOFTALMIK ni bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Applikasiyadan keyin ko‘rish aniqligi vaqtincha yo‘qolgan pasientlarga mashina xaydash yoki murakkab texnika bilan ishlash, preparat tomizilgandan keyin darxol ko‘rish aniqligini talab qiluvchi uskunalar yoki xar qanday boshqa murakkab jixozlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifan ichga qabul qilishi kutilmagan nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanish xavfini tug‘dirmaydi.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari.
5 ml dan preparat himoya xalqali polimer qopqoq bilan yopilgan, 5 ml sig‘imli, polimer flakon-tomchilagichda. Bir flakondan – tomchilagich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1,5 yil.
Flakon ochilgandan keyin preparatni 4 hafta davomida qo‘llash mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.