×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey 150ml N1

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xorvatiya
Faol modda:
Морская вода
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ d.d.
Vakil:
- JADRAN -GALENSKI LABORATORIJ
ATX kodi:
- R01AX10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 65 ta dorixonasida topildi

ico 64 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 73 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi                

Dengiz suvi – 60.0 ± 3.0 %;

tozalangan suv – 100.00 % gacha.

Dengiz suvining gipertonik eritmasi yuqori miqdorda natriy xlor saqlovchi (NaCl) 17.0 – 23.0 g/l.

Konservantlar va kimyoviy qo’shimchalar saqlamaydi.

O’rganib qolishni chaqirmaydi.

Chiqarilish shakli va qadoqlanishi

50 ml yoki 150 ml eritma nasadka va qalpoqchali alyumin flakonda.

Bir flakon tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

AKVA MARIS EKSTRASILNIY shilliq qavat shishini bartaraf qilish uchun va burun bitishini va burun orqali nafas olishni yengillashtirish uchun «tabiiy dekongestant» sifatida burun, burun bo'shliqlari va burun halqumni yallig’lanish kasalliklarida qo’llaniladi.

Dengiz suvining gipertonik eritmasi osmotik bosim farqi tufayli hujayralararo bo’shliqdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborish sababli burun bo’shlig’ini shilliq qavati shishini kamaytiradi.

Ballondagi yuqori bosim va nasadkani maxsus konstruksiyasi tufayli AKVA MARIS EKSTRASILNIY eritmasi oqimi burun bo’shlig’i shilliq qavatidagi viruslar, bakteriyalar, allergenlar va yot zarrachalarni olib tashlaydi. AKVA MARIS EKSTRASILNIY mikrob hujayrasini buzilishi va halokatiga yordam beradi.

Adriatika dengizi mikroelementlari miltillovchi epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, burun bo’shlig’ini shilliq qavatiga rag’batlantiruvchi, tiklovchi, tozalovchi, yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi, uni patogen mikroorganizmlar kirishiga chidamliligini oshiradi.

Kalsiy va magniy ionlari burun bo’shlig’idan mikroorganizmlar va yot zarrachalarni chiqarib tashlashga yordam beruvchi shilliq qavatning «kiprikchali hujayralar» harakatini rag’batlantiradi, va shilliqni reologik xususiyatlarini normallashtiradi.

Yod, natriy ionlari va xlorid-ionlari antiseptik ta’sir ko’rsatadi, shuningdek himoya shillig’ini ishlab chiqarishni faollashtiradi.

Sink va selen ionlari burun va burun oldi bo’shliqlari shilliq qavatining mahalliy immunitetini rag’batlantiradi.

Kalsiy ionlari allergiyaga qarshi ta’sirga ega.

Karbonatlar, sulfatlar, xloridlar nazal shillig’ini ishlab chiqarilishini normallashtiradi.

AKVA MARIS EKSTRASILNIY respirator kasalliklar davomiyligini qisqartiradi, burun yondosh bo’shliqlari va quloq bo’shlig’iga infeksiya kirish xavfini kamaytiradi, mahalliy nazal vositalarni samaradorligini oshiradi, yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega, burun shillig’ini suyultirishga va uni ishlab chiarilishini meyorlashtirishga yordam beradi, shuningdek mahalliy zo’rayishlar xavfini kamaytiradi va jarrohlik aralashuvlaridan so’ng bitishlarni tezlashtiradi.

AKVA MARIS EKSTRASILNIY faqat mahalliy ta’sir qiladi, umuman organimzga «tizimli» ta’sir ko’rsatmaydi. Boshqa vositalar bilan mos tushadi.

Kimyoviy dori preparatlariga yuqori sezuvchanlik bo’lganida tavsiya etiladi.

Aniqlanmagan.

Qo’llash sohasi

Otorinolaringologiya

Buyurilishi

Burun, burunning yondosh bo'shliqlari va burun halqumi yallig'lanish kasalliklarida, shu jumladan allergik xususiyatli, kelib chiqishi turli xil bo'lgan burun bitishida va burun orqali nafas olishni yen-gillashtirishda ishlatiladi:

˗ o’tkir va surunkali rinitlar

˗ o’tkir va surunkali sinusitlar

˗ nazofaringitlar

˗ allergik va vazomotor rinitlar

˗ adenoiditlar.

AKVA MARIS EKSTRASILNIY davoalsh-profilaktik muassasalarida va uy sharoitlarida qo’llaniladi.

˗ tibbiy buyum komponentlarini individual o’zlashtirolmaslik

˗ 1 yoshgacha bo’lgan bolalar.

Adriatika dengizining makro- va mikroelementlari bo'lgan tabiiy dengiz suvining gipertonik eritmasi.

Kattalar va 1 yoshdan katta bolalar: kuniga 2-3 mahal har burun teshigiga 1-2 sepishdan, zaruriyatga qarab tez-tez ishlatish mumkin. Qo’llash kursi cheklanmagan.

Qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar:

Birinchi marta ishlatishdan oldin havoni chiqarib yuborish uchun purkagichni 2-3 marta bosih kerak.

1.Boshni yonboshga egilsin.

2.Ballon uchini yuqoridagi burun teshigiga kiritilsin. Bir necha soniya davomida burun bo’shlig’i yuvilsin.

3.Burun qoqib tashlansin. Zarurat bo’lganda jarayon qaytarilsin.

4.Ushbu jarayon boshqa burun teshigida ham takrorlanilsin.

Gigiyenik jihatdan har bir mahsulot faqat bir inson tomonidan ishlatilishi kerak.

Zarurat bo’lganda nasadkani issiq suv oqimida yuvilsin.

Yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davri tibbiy buyumni qo’llamaslik uchun sabab bo’lmaydi.

Dengiz suviga nisbatan o’tayuqorisezuvchanlik bo’lganda qo’llanilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey 150ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey 150ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey 150ml N1 dori vositasi JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ d.d. tomonidan Xorvatiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey 150ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey 150ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9