×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xorvatiya
Faol modda:
Морская вода
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ d.d.
Vakil:
- JADRAN -GALENSKI LABORATORIJ
ATX kodi:
- R01AX10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 76 ta dorixonasida topildi

ico 25 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 26 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Dengiz suvi – 30 %;

Tozalangan suv – 70 %.

Adriatika dengizi suvining sterillangan izotonik eritmasi.

NaCl tarkibi 9 g/l dan kam emas.

Adriatika dengizining tabiiy suvi Cl-, Na+, SO42-, Mg2+, Ca2+, K+, HCO3 -, Br ionlari, shuningdek rux, selen, yod, temir, marganes va boshqa mikroelementlarni saqlaydi.

Konservantlar va kimyoviy qo’shimchalar saqlamaydi.

Chiqarilish shakli va qadoqlanishi

10 ml eritma himoya qopqoqchali polietilen flakon-tomizgichda. Bittadan flakon-tomizgich tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Nazal tomchilar
Sterillangan izotonik dengiz suvi burun shilliq qavatini namlantiradi va uni normal fiziologik holatini tutib turishga yordam beradi, shilliqni suyultirishga va uni burun bo’shlig’idagi shilliq qavatda qadahsimon hujayralarda ishlab chiqarilishini normallashtirishga yordam beradi.

Adriatika dengizi suvi mikroelementlari miltillovchi epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, burun bo’shlig’ini shilliq qavatiga rag’batlantiruvchi, tiklovchi, tozalovchi, yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi, uni patogen mikroorganizmlar kirishiga chidamliligini oshiradi.

Kalsiy va magniy ionlari burun bo’shlig’idan mikroorganizmlar va yot zarrachalarni chiqarib tashlashga yordam beruvchi shilliq qavatning «kiprikchali hujayralar» harakatini rag’batlantiradi, va shilliqni reologik xususiyatlarini normallashtiradi.   

Yod, natriy ionlari va xlorid-ionlari antiseptik ta’sir ko’rsatadi, shuningdek himoya shillig’ini ishlab chiqarishni faollashtiradi.

Rux va selen ionlari burun va burun oldi bo’shliqlari shilliq qavatining mahalliy immunitetini rag’batlantiradi.

Kalsiy ionlari allergiyaga qarshi ta’sirga ega.

Karbonatlar, sulfatlar, xloridlar nazal shillig’ini ishlab chiqarilishini normallashtiradi.  

AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari burun shilliq qavatidan viruslar, bakteriyalar, allergenlar va yot zarrachalarni yuvilishi va chiqib ketishiga, mahalliy yallig’lanish jarayonini kamaytirishga yordam beradi.

Gigiyenik maqsadlarda qo’llaniluvchi AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari, shilliq qavatni unga o’tirib qolgan ko’cha va xona changidan tozalashga yordam beradi.
Aniqlanmagan.

AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari, shilliq qavatni namlash va ajratmalarni olib tashlash uchun burun shilliq qavatiga qo’llash uchun mo’ljallangan.

Qo'llaniladi:

˗ chayish va namlash uchun;

˗ viruslar, bakteriyalar va yot zarrachalarni olib tashlash uchun;

˗ burun shilliq qavati mahalliy maydonlaridagi qichishish va yallig’lanishlarni kamaytirish uchun;

˗ burun shilliq qavatini tiklanishi uchun.

- burun bo’shlig’ini kunlik parvarishi (namlantirish, «qobiqlarni» olib tashlash);

- o’tkir respirator infeksiyalarni (O’RVI) oldini olish;

- rinitni oldini olish;

- burun bo’shlig’i shilliq qavatini quruqligi;

- shilliq qavatni nazal preparatlar qabul qilinishiga tayyorlash.

Bolalar ololmaydigan joyda, 25º С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so’ng qo’llanilmasin.

Hidsiz rangsiz tiniq eritma.

O’RVI va rinitni oldini olish va burun bo’shlig’ini har kunlik gigiyenasi uchun: bolalarga xayotining birinchi kunidan boshlab har bir burun teshigiga 1-2 tomchidan kuniga bir necha marta, zaruriyat bo’lganda yanada tez-tez qo’llash mumkin.

Burun bo’shlig’ida quruqlik va qichishishni yo’qotish uchun: bolalarga xayotining birinchi kunidan boshlab har bir burun teshigiga 3-4 tomchidan kuniga bir necha marta, zaruriyat bo’lganda yanada tez-tez qo’llash mumkin. 

Qo'llanilishi bo'yicha ko'rsatmalar

AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari, tumovni davolash uchun ishlatiladigan barcha vositalar bilan mos tushadi.

Qo’llash davomiyligi cheklanmagan.
Homiladorlik va emizish davrida qo’llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 dori vositasi JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ d.d. tomonidan Xorvatiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey 150ml N1
AKVA MARIS NORM sprey 150ml N1
AKVA MARIS BEBI sprey 150ml N1
AKVA MARIS EKSTRASILNIY sprey nazalniy 50ml
AKVA MARIS NORM sprey 50ml N1
AKVA MARIS BEBI sprey 50ml N1
AKVA MARIS STRONG sprey dlya gorla 30ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xorvatiya
  • Faol modda: Морская вода ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЯДРАН-ГАЛЕНСКИ ЛАБОРАТОРИЙ а.о.
AKVA MARIS PLYUS sprey nazalniy 30ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xorvatiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ЯДРАН-ГАЛЕНСКИ ЛАБОРАТОРИЙ а.о.
  • Vakil: JADRAN -GALENSKI LABORATORIJ
AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9