×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKVA MARIS NORM sprey 150ml N1

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xorvatiya
Faol modda:
Морская вода
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ d.d.
Vakil:
- JADRAN -GALENSKI LABORATORIJ
ATX kodi:
- R01AX10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 95 ta dorixonasida topildi

ico 61 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 75 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 63 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi                

Dengiz suvi – 27.0 ± 3.0 %;

tozalangan suv – 100.00 % gacha.

Konservantlar va kimyoviy qo’shimchalar saqlamaydi.

O’rganib qolishni chaqirmaydi.

Chiqarilish shakli va qadoqlanishi

50 ml yoki 150 ml dengiz suvi  eritmasi plastmassali qopqoq-qalpoqchali va mikropurkagichli alyumin flakonda.

Bir flakon tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Izotonik dengiz suvi burun shilliq qavatini normal fiziologik holatini tutib turishga yordam beradi, shilliqni suyultirishga va uni burun bo’shlig’idagi shilliq qavatda qadahsimon hujayralarda ishlab chiqarilishini normallashtiradi.

AKVA MARIS NORM tarkibiga kiruvchi mikroelementlar miltillovchi epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, bu esa burun bo’shlig’i va burunni yondosh bo’shliqlarini patogen bakteriyalar va viruslar kirishiga chidamliligini oshiradi. 

AKVA MARIS NORM qo’llanilgandan so’ng burun shilliq qavatida qo’llaniluvchi dori vositalarini terapevtik samaradorligi ortadi va respirator kasalliklar davomiyligi qisqaradi.

AKVA MARIS NORM burun bo’shlig’i va quloq bo’shliqlarida (gaymorit, frontit, otit) infeksiya tarqalishi xavfini, mahalliy zo’rayishlarni kamaytiradi va burun bo’shlig’ida jarrohlik aralashuvlaridan (adenoid, poliplarni olib tashlash, septoplastika va b.) so’ng bitish jarayonlarini tezlashtiradi.  

AKVA MARIS NORM yuqori nafas yo’llari shilliq qavati doimo zararli ta’sirlarga uchraydigan shaxslarda burun shilliq qavatini achishishini bartaraf qiladi (chekuvchilar, avtotransport haydovchilari, konditsionerlangan havo va/yoki markazlashgan isitish tizimli binolarda yashovchi va ishlovchi shaxslar, issiq va chang sexlarda ishlovchilar, shuningdek og’ir iqlim sharoitli regionlardagi shaxslarda).

Allergik va vazomotor rinitlarda AKVA MARIS NORM allergen va gaptenlarni burun shilliq qavatidan yuvilishiga, mahalliy yallig’lanish jarayonini pasayishiga yordam beradi.  

Gigiyenik maqsadlarda qo’llaniluvchi AKVA MARIS NORM burun bo’shlig’i shilliq qavatini xona va ko’cha changi zarralaridan tozalashga yordam beradi.  

Burun bo’shlig’i va burun halqum shilliq qavatlariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, burun bitishi kamayishiga va burun orqali nafas olishni tiklanishiga yordam beradi. Burunni mikrotomchilar sepilishi tufayli yumshoq sug’oradi ,burun bo’shlig’ini chayish uchun qulay (burun dushi).
Aniqlanmagan.
Qo’llash sohasi

Otorinolaringologiya

Buyurilishi

˗ burun bo'shlig'i, burunning yondosh bo'shliqlari va burun halqumi o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarida

˗ kattalar va bolalarda adenoidlar bo’lganda

˗ burun bo’shlig’idagi operatsiyalardan so’ng

˗ allergik va vazomotor rinitlarda (ayniqsa dori preparatlariga yuqori sezuvchanligi bor yoki shunga moyil bo’lgan shaxslarda)

˗ kuz-qish davrida burun bo’shlig’i infeksiyalarini profilaktikasi

˗ burun bo’shlig’i shilliq qavatini quruqligidan aziyat chekuvchi patsiyentlar

˗  konditsionerlangan havo va isitish uskunalari bor binolarda o’zgartirilgan mikroklimatik sharoitlarda yashovchi va ishlovchi shaxslarda shilliq qavatni fiziologik xarakteristikalarini saqlab qolish maqsadida

yuqori nafas yo’llari shilliq qavati doimo zararli ta’sirlarga uchraydigan shaxslarda (chekuvchilar, avtotransport haydovchilari, chang sexlarda ishlovchilar, shuningdek og’ir iqlim sharoitli regionlardagi shaxslarda).
1 yoshgacha bo’lgan bolalar.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati tugagandan so’ng qo’llanilmasin.

Saqlash sharoiti

Bolalar ololmaydigan joyda, 30 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Flakon bosim ostida: quyosh nurlaridan saqlansin va 50 °C dan yuqori harorat ta'siriga uchratilmasin. Ishlatilgandan so'ng ham teshilmasin va yoqilmasin.

˗ 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda davolash maqsadida: kuniga 4 mahal har burun teshigiga bitta sepishdan.

Barcha holatlarda tavsiya qilingan davolanish kursi 2-4 haftani tashkil qiladi (davolovchi shifokorga bog’liq). Davolash kursini bir oydan so’ng takrorlash tavsiya etiladi.

˗ 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda profilaktik va gigyenik maqsadlarda: kuniga 2-3 mahal har burun teshigiga bitta sepishdan.

Boshni yonboshlatilsin. Ballon uchini yuqoridagi burun teshigiga kiritilsin. Bir necha soniya davomida burun bo’shlig’i yuvilsin. Burun qoqib tashlansin. Zarurat bo’lganda jarayon qaytarilsin. Ushbu jarayon boshqa burun teshigida ham takrorlanilsin.

˗ 7 yoshdan katta bolalar va 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar davolash maqsadida: kuniga 4-6 mahal har burun teshigiga ikkita sepishdan.

Barcha holatlarda tavsiya qilingan davolanish kursi 2-4 haftani tashkil qiladi (davolovchi shifokorga bog’liq). Davolash kursini bir oydan so’ng takrorlash tavsiya etiladi.

˗ 7 yoshdan katta bolalar va 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar profilaktik va gigyenik maqsadlarda: kuniga 2-4 mahal har burun teshigiga ikkita sepishdan.

˗ kattalarga davolash maqsadida: kuniga 4-8 mahal har burun teshigiga uchta sepishdan.

Barcha holatlarda tavsiya qilingan davolanish kursi 2-4 haftani tashkil qiladi (davolovchi shifokorga bog’liq). Davolash kursini bir oydan so’ng takrorlash tavsiya etiladi.

˗ kattalarga profilaktik va gigyenik maqsadlarda: kuniga 3-6 mahal har burun teshigiga ikki uchta sepishdan.

Rakovina oldida qulay holatda turib oldinga egilish kerak. Boshni yonboshga egilsin. Ballon uchini yuqoridagi burun teshigiga kiritilsin. Bir necha soniya davomida burun bo’shlig’i yuvilsin. Burun qoqib tashlansin. Zarurat bo’lganda jarayon qaytarilsin. Ushbu jarayon boshqa burun teshigida ham takrorlanilsin.

Burun ajratmalarini yumshatish va bartaraf etish uchun

AKVA MARIS NORM har burun teshigiga zaruriyatga qarab sepiladi.

Ortiqcha eritmani tibbiy paxta yoki ro’molcha yordamida artib quritib olish mumkin. Jarayonni quruq zarralar yumshab chiqib ketmaguncha ko’p marta takrorlash mumkin.

Gigiyenik jihatdan har bir mahsulot faqat bir inson tomonidan ishlatilishi kerak.

Homiladorlik va emizish davri tibbiy buyumni qo’llamaslik uchun sabab bo’lmaydi.

Dengiz suviga nisbatan o’tayuqorisezuvchanlik bo’lganda qo’llanilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKVA MARIS NORM sprey 150ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKVA MARIS NORM sprey 150ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKVA MARIS NORM sprey 150ml N1 dori vositasi JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ d.d. tomonidan Xorvatiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKVA MARIS NORM sprey 150ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKVA MARIS NORM sprey 150ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9