×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Декскетопрофен
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Deva Holding A.S
Vakil:
- Asfarma Savdo MChJ
ATX kodi:
- M01AE17
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: deksketoprofen 50 mg (deksketoprofen trometamol shaklida 73,8 mg);
yordamchi moddalar: 96% etanol, natriy xloridi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Deksketoprofen nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat hisoblanadi. Og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparatning ta'sir mexanizmi siklooksigenazani susaytirilishi oqibatidagi prostaglandinlar sintezini susaytirilishiga asoslangan. Deksketoprofen SOG-1 va SOG-2 faolligini ingibitsiya qiladi.
So'rilishi
Mushak ichiga qo'llangandan keyin deksketoprofen trometamolning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 20 minut (10-45 min) o'tgach erishiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan yuqori darajada (99%) bog'lanuvchi boshqa preparatlar kabi, deksketoprofenning taqsimlanish hajmi – 0,25 l/kg dan kam. Deksketoprofenning taqsimlanish davri 0,35 soatni tashkil qiladi.
Biotransformatsiyasi
Deksketoprofen trometamol preparati qo'llangandan keyin siydikda faqat S-(+) enantiomeri shaklida aniqlanadi.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davri 1-2,7 soatni tashkil qiladi. Preparat asosan siydik bilan glyukuronizatsiya yo'li bilan hosil bo'lgan metabolitlari ko'rinishida chiqariladi.

A'zolar tizimi
Tez-tez
(≥1/100 dan ≤1/10 gacha)
Tez-tez emas
(≥1/1000 dan ≤1/100 gacha)
Kam(≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha)
Juda kam/yakka
xollarda
(≤1/10000)
Qon yaratish va
limfatik tizimi tomonidan
anemiya
neytropeniya,
trombotsitopeniya
Immun tizimi tomonidan
anafilaktik reaktsiya, anafilak-tik shok
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan
giperglikemiya, gipoglikemiya, giperglitserid-emiya, anoreksiya
Ruxiyat tomonidan uyqusizlik
Nerv tizimi tomonidan
bosh og'rig'i, bosh aylani- ishi, uyquchanlik
paresteziya, xushdan ketish
Ko'rish a'zosi tomonidan
noaniq ko'rish
Eshitish a'zosi va
labirint tizimi tomonidan
Quloqlarni shang'illashi
Yurak-tomir tizimi tomonidan
qizishni xis qilish
ekstrasistoliya,
taxikardiya,
gipotenziya,
yuza venalarning tromboflebiti

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan


bradipnoe
bronxospazm,
dispnoe
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan
ko'ngil
aynishi, qusish
qorinda og'riq
dispepsiya,
diareya,
qabziyat,
qonli qusish
og'izni qurishi
peptik yara,
peptik yaradan
qon ketishi yoki
perforatsiya
pankreatit
Gepatobiliar tizimi tomonidan


gepatit
gepatobiliar
buzilishlar
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan

dermatit,
qichishish,
toshma,
kuchli ter ajralishi
eshakemi,
akne
Stivens-Djonson
sindromi, toksik
epidermal nekroliz (Layell
sindromi), angio-
edema, yuzni shishi,
fotosezuvchanlik reaktsiyalari
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan






mushaklarning
rigidligi,
bo'g'imlarning
rigidligi, mushaklar spazmi, belda og'riq

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan


poliuriya,
buyrakda og'riqlar,
ketonuriya,
proteinuriya
nefrit yoki
nefrotik sindrom
Umumiy buzilish-
lar va maxalliy reaktsiyalar
yuborish joyida og'riq, yuborish joyida reaktsiya, shu jumladan yallig'lanish, gematoma yoki qon ketishi
isitma,
toliqish,
og'riqlar,
et uvishishi
periferik shishlar

Tekshirishlar
(laboratoriya ko'rsatkichlari)


jigar fermentlari
darajasini oshishi


Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: Eng ko'p reaktsiyalar me'da-ichak yo'llari tomonidan uchraydi. Peptik yara, perforatsiya yoki me'da-ichakdan qon ketishlari (ba'zida fatal yakunlanuvchi), odatda keksa patsiyentlarda bo'lishi mumkin. Yuborilgandan keyin ko'ngil aynishi, qusish diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, abdominal og'riq, melena, qonli qusish, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligini zo'rayishi kuzatilishi mumkin. Kamroq hollarda gastrit paydo bo'lishi mumkin. Juda kam xollarda pankreatit aniqlanadi.
O'ta yuqori sezuvchanlik. NYaQP ishlatilganda o'ta yuqori sezuvchanlik paydo bo'lishi xaqida xabarlar berilgan. Nospetsifik reaktsiyalar, anafilaksiya, astma, bronxospazm yoki dispnoe, teri reaktsiyalari, toshma, qichishish, eshakemi, purpura, angioedma, va juda kam xollarda – eksfoliativ va bullez dermatit (epidermal nekroliz va ko'p shaklli eritema) kuzatilishi mumkin. NYaQP ishlatilganda shish, gipertenziya, yurak yetishmovchiligi aniqlanishi mumkin. Boshqa NYaQP ni qo'llaganda bo'lgani kabi, tizimli eritrematoz yugirik va biriktiruvchi to'qimaning aralash kasalliklarida paydo bo'luvchi aseptik meningit va gematologik reaktsiyalar (purpura, aplastik va gemolitik anemiya, kam – agranulotsitoz va medullyar gipoplaziya) rivojlanishi mumkin.
Gumon qilingan nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori preparati qayd etilgandan keyin gumon qilingan nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar, muhim ahamiyatga ega. Bu dori vositasini qo'llashning foyda/xavf nisbatini davomli nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Noxush samaralar paydo bo'lganda shifokorga murojaat qiling.
Bolalar va o'smirlarda preparatni qo'llash xavfsizligi o'rganilmagan. Anamnezida allergik reaktsiyalari bo'lgan patsiyentlarda preparatni extiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Aldegin preparatini boshqa NYaQP bilan, jumladan siklooksigenaza-2 (TSOG-2) ning selektiv ingibitorlarini, bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak. Preparatni simptomlarni nazorat qilish uchun minimal samarali dozalarda eng qisqa davrda ishlatib, nojo'ya samaralarini minimumga yetkazish mumkin.
Me'da-ichakdan qon ketishlar, yaralar va perforatsiyalar
Boshqa NYaQP ni ishlatilganda bo'lgani kabi, davolashning turli davrlarida shikastlanish simptomlari bilan yoki ularsiz va ovqat xazm qilish tizimi tomonidan anamnezdagi og'ir buzilishlar bilan kechuvchi me'da-ichakdan qon ketishlari, yaralar va perforatsiyalar to'g'risida xabar berilgan.
Me'da-ichakdan qon ketishi yoki yarali shikastlanish paydo bo'lgan xollarda Aldegin preparati bilan davolashni darxol to'xtatish kerak. Me'da-ichakdan qon ketishi, yarali shikastlanish yoki perforatsiyani rivojlanish xavfi NYaQP dozalari oshirilganda, anamnezda qon ketishi va perforatsiya bilan asoratlangan yaralar bo'lganida, shuningdek keksa patsiyentlarda oshadi.
Keksa patsiyentlarda NYaQP nojo'ya samaralarni rivojalanish xavfi oshadi, ular fatal oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday bemorlarni davolashni minimal samarali dozadan boshlash kerak. Anamnezida MIY kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan patsiyentlarga NYaQP ni extiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki xolat zo'rayishi mumkin.
Xamma NYaQP bilan davolaganda bo'lgani kabi, deksketoprofen bilan davolashni boshlashdan oldin, ezofagit, gastrit va/yoki peptik yarani butunlay tuzatish kerak.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan shikastlashin simptomlari yoki anamnezida ovqat xazm qilish tizimining kasalliklari bo'lgan patsiyentlar, me'da-ichakdan qon ketishini rivojlanishi mumkinligi tufayli, nazorat ostida bo'lishlari kerak. Bu gurux patsiyentlarni davolashda, shuningdek atsetilsalitsil kislotasini past dozalarda yoki me'da-ichak yo'llari funktsiyasini buzilishlari paydo bo'lishi xavfini oshiruvchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda, protektor ta'sirga ega bo'lgan vositalar (mizoprestol yoki proton pompasining ingibitorlari kabilar) bilan majmuaviy davolashni qo'llash imkoniyatini xisobga olish kerak. Anamnezda me'da-ichak yo'llari tomonidan toksik samaralari bo'lgan, ayniqsa keksa yoshli patsiyentlar, asosan davolashning boshlang'ich bosqichlarida, xar qanday g'ayri-oddiy abdominal simptomlar (xususan me'da-ichakdan qon ketishi), paydo bo'lishi xaqida xabar berishlari kerak.
Yara hosil bo'lishi yoki qon ketishini paydo bo'lish xavfini oshiruvchi preparatlarni (ichga qabul qilish uchun kortikosteroidlar; antikoagulyantlar, masalan varfarin; serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari; atsetilsalitsil kislotasi kabi antitrombotsitar vositalarni) parallel qo'llayotgan patsiyentlarga deksketoprofenni extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Gemostazga ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarini, masalan, varfarin, boshqa kumarinlar yoki geparin qabul qilayotgan patsiyentlarga Aldeginni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. NYaQP ni qo'llanishi suyuqlikni tutilishi va shishlarni chaqirishi mumkinligi xaqida xabar berilgan, shu boisdan anamnezida gipertenziyasi va/yoki yengil/o'rtacha darajali dimlangan yurak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda, klinik monitoringni o'tkazish kerak. Nazorat qilib bo'lmaydigan gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, tashxis qilingan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning aterosklerozi va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga, Adelginni faqat xar tomonlama tekshirishdan keyin buyurish kerak. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini rivojlanish xavf omillari (gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo'lganda, uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin sinchkov tekshiruvni o'tkazish kerak.
Juda kam hollarda NYaQP ni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi jiddiy teri reaktsiyalari (fatal oqibatlar extimoli bilan) paydo bo'lishi xaqida xabar berilgan. Bunday reaktsiyalarni rivojlanishining maksimal xavfi – davolash kursini boshida: ko'pchilik xollarda davolashning birinchi oyi davomida bo'ladi. Terida, shilliq qavatlarda toshmaning birinchi belgilari yoki yuqori sezuvchanlikning xar qanday boshqa belgilari paydo bo'lganida, preparatni qo'llashni bekor qilish kerak.
Boshqa NYaQP ni qo'llaganda bo'lgani kabi, ba'zida jigar faoliyatining ko'rsatgichlari darajasini o'tkinchi biroz oshishi, ALT va AST faolligini axamiyatli oshishi, shuningdek qon zardobida kreatinin darajasini va qonda mochevina azotini oshishi xaqida xabar berilgan. Bu ko'rsatkichlarni axamiyatli oshishi paydo bo'lganda, davolashni to'xtatish kerak. Qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar, shuningdek tizimli qizil yugirik yoki biriktiruvchi to'qimaning mikst (aralash) kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga, Aldegin preparatini extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Xar qanday boshqa NYaQP kabi, deksketoprofen infektsion kasalliklarning simptomlarini niqoblashi mumkin. Bakterial infektsiya simptomlari paydo bo'lganda, darxol shifokorga murojaat qilish kerak.
Aldegin preparatining xar bir ampulasida 200 mg (5 ml piva yoki 2,08 ml vinoga ekvivalknt) etanol saqlanadi, bu alkogolizmi bo'lgan patsiyentlar uchun axamiyatga ega.
Aldegin preparatining bitta dozasida 1 mmolь (23 mg dan kam) natriy saqlanadi; natriyning bunday miqdorida, u bilan bog'liq bo'lgan qandaydir noxush reaktsiyalar kutilmaydi.
Preparatni peroral qabul qilinishi maqsadga muvofiq bo'lmaganida o'rtacha va ancha jadal og'riqlarni: operatsiyadan keyingi og'riqlar, buyrak sanchig'idagi og'riq, bel soxasidagi og'riqni simptomatik davolash uchun qo'llaniladi.
Deksketoprofenga, boshqa NYaQP yoki preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan birortasiga biriga yuqori sezuvchanlik.
Anamnezdagi ibuprofenni, aspirin va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (astma, allergik rinit, eshakemi).
O'n ikki barmoq ichakning faol yoki gumon qilinayotgan yarasi/qon ketishi yoki anamnezdagi o'n ikki barmoq ichakdagi qaytalanuvchi yara/qon ketishi (yara yoki qon ketishini 2 yoki ko'proq alohida isbot qilingan epizodlari) yoki surunkali dispepsiya.
Me'da-ichakdan, boshqa faol qon ketishi yoki qon ketishini paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan buzilishlar.
Anamnezdagi NYaQP bilan ilgari davolanish bilan bog'liq bo'lgan me'da-ichak qon ketishlari yoki perforatsiya.
Kron kasalligi yoki yarali kolit.
Anamnezdagi bronxial astma.
Og'ir yurak yetishmovchiligi.
O'rtacha yoki og'ir darajadagi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo'lgan) buyrak yetishmovchiligi.
Og'ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha 10-15 ballar).
Gemorragik diatez va qon ivishining boshqa buzilishlari.
Homiladorlikning uchinchi uch oyligi va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Preparatning tarkibida etanolni bo'lishi orqa miya kanaliga (intratekal yoki epidural) qo'llashga qarshi ko'rsatma xisoblanadi.
Noxush majmualar
Ikki yoki undan ortiq NYaQP ni (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasini) nojo'ya reaktsiyalarni paydo bo'lishi xavfini oshishi mumkinligini nazarda tutib, bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.
Antikoagulyantlar: Deksketoprofen plazma oqsillari yuqori darajada bilan bog'lanishi tufayli, trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi va me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatini shikastlaydi, u NYaQP ning varfarin turidagi antikoagulyant ta'sirini kuchaytiradi. Bunday majmuani ishlatish zarurati bo'lganida patsiyentning klinik xolati va laboratoriya ko'rsatkichlarini qat'iy nazorat ostida tutish kerak.
Geparinlar: Qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi. Bunday majmuani ishlatish zarurati bo'lganida patsiyentning klinik holati va laboratoriya ko'rsatkichlarini qat'iy nazorat ostida tutish kerak.
Kortikosteroidlar: Me'da-ichak qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi.
Litiy: NYaQP plazmada litiyning kontsentratsiyasini oshirishi va toksik samarasini kuchaytirishi mumkin (litiyning buyrak klirensi pasayadi). Shu sababli, davolashni boshida va preparatni bekor qilishda, plazmada litiyning kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Metotreksat: haftada 15 mg dan ko'p metotreksat qabul qilayotgan patsiyentlarda, NYaQP metotreksatning buyrak naychalari orqali sekretsiyasini pasaytiradi, bu uning gematologik toksikligini kuchaytiradi.
Gidantoin va sulьfonamidlar: Bu preparatlarning toksik samarasi kuchayishi mumkin.
Extiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar
Diuretiklar, AAF ingibitorlari, aminoglikozidlar va angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari: Deksketoprofen diuretiklar va boshqa gipotenziv preparatlarning samarasini pasaytirishi mumkin. Deksketoprofen diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanganda, patsiyentda suv balansini adekvatligiga ishonch hosil qilish va NYaQP buyurish oldidan buyrak funktsiyasini nazoratini o'tkazish kerak.
Metotreksat: haftada 15 mg dan kam dozalardagi metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanganda, NYaQP bilan davolash fonida uning buyrak klirensini pasayishi tufayli, metotreksatning gematologik toksikligini oshishi mumkin. Bir vaqtda qo'llash zarurati tug'ilganida, bir vaqtda davolashning birinchi haftasida qon xujayralari sonini xar xafta nazorat qilish kerak.
Pentoksifillin: Qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi. Jadal klinik monitoring va qon ketish vaqtini tez-tez nazorat qilish kerak.
Zidovudin: NYaQP zidovudin bilan bir vaqtda qo'llanganda, NYaQP buyurilgandan keyin 1-2 hafta o'tgach, og'ir anemiya rivojlanishi bilan birga retikulotsitlarga ta'siri bilan bog'liq bo'lgan eritrotsitlarga toksik ta'sirini oshishi xavfi mavjud bo'ladi.
Sulьfonilmochevina xosilalari: Sulьfonilmochevina xosilalarining gipoglikemik ta'siri kuchayishi mumkin.
E'tiborga olish kerak bo'lgan majmualar
Beta-adrenoblokatorlar: NYaQP beta-adrenoblokatorlarning gipotenziv samarasini kamaytirishi mmkin.
Siklosporin va takrolimus: Siklosporin va takrolimus bilan bir vaqtda qo'llanganda NYaQP ning nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin. Majmuaviy davolashni o'tkazish vaqtida buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Trombolitiklar: Qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi.
Antitrombotik preparatlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: Me'da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi.
Probenetsid: Probenetsid bilan bir vaqtda qo'llanganda plazmada deksketoprofenning kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Bu deksketoprofenning dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi.
Yurak glikozidlari: NYaQP yurak yetishmovchiligi ko'rinishlarini yomonlashtirishi, buyrak kalavasi filьtratsiyasini pasaytirishi va glikozidlarning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Mifepriston: Prostaglandinlar sintezini ingibitorlarining ta'siri ostida, nazariy mifepristonning samaradorligini pasayish xavfi tufayli, mifepristonni qo'llashdan keyin kamida 8-12 kun o'tmay, NYaQP ni buyurish mumkin emas.
Xinolonlar: Hayvonlarda eksperimental tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar, xinolonlarning yuqori dozalari NYaQP bilan majmuada buyurilganda konvulьsiyalar tirishishlar rivojlanishini yuqori xavfini ko'rsatadi.
25 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, original o'ramda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.
Tavsiya etiladigan doza xar 8-12 soatda 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo'lganda preparatni xar 6 soatda qo'llash mumkin. Umumiy sutkalik doza 150 mg dan oshmasligi kerak. Aldegin preparati qisqa muddatli qo'llash uchun mo'ljallangan, shuning uchun simptomatik davolash o'tkir davrda o'tkaziladi (maksimum 2 kun davomida). Iloji boricha og'riqni qoldiruvchilarni peroral qabul qilishga o'tish tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyingi o'rtacha va ahamiyatli jadallikdagi og'riqlarda opioid analьgetiklar bilan majmuada ishlatilgan xolda, Aldegin preparati kattalarga tavsiya etilgan dozalarda buyuriladi. Aldegin preparatini mushak ichiga yoki vena ichiga qo'llash mumkin.
Mushak ichiga qo'llash:
Ampula ichidagisi (2 ml) sekin in'ektsiya ko'rinishida mushak ichiga chuqur yuboriladi.
Vena ichiga qo'llash:
Vena ichiga infuziya: Suyultirilgan eritma 10-30 minut davomida vena ichiga infuziya ko'rinishida yuboriladi. Eritmani yorug'likdan himoyalangan joyda saqlash kerak.
Vena ichiga bolyus: Ampula ichidagisini (2 ml) sekin, minimum 15 sekund davomida bolyus ko'rinishida yuborish kerak.
Aldegin 50 mg/2 ml m/i va v/i in'ektsiya uchun eritma 0,9% natriy xlorida, 5% dekstroza va Ringer laktat eritmasiining suyultirilgan 30-100 ml da keyin, 2-8oS haroratda yorug'likdan himoyalangan joyda saqlanganda 2 soat davomida barqarorligini saqlab qoladi.
Bemorlarning maxsus guruhlari bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar
Buyrak yetishmovchiligi
Yengil darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) bo'lgan patsiyentlarda umumiy sutkalik doza 50 mg gacha pasaytirilishi kerak.
O'rtacha va og'ir darajali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo'lganida) Aldegin qo'llanmaydi.
Jigar yetishmovchiligi
Yengil va o'rtacha darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha 5-9 ballar) bo'lgan patsiyentlar nazorat ostida bo'lishlari kerak. Og'ir darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha 10-15 ballar) bo'lgan patsiyentlarda Aldegin qo'llanmaydi.
Pediatrik patsiyentlar
Bolalar va o'smirlarda deksketoprofenni qo'llash o'rganilmagan. Preparatni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi bo'yicha ma'lumotlar yo'qligi tufayli, preparat bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga buyurilmaydi.
Keksa patsiyentlar
Keksa patsiyentlarda nojo'ya reaktsiyalari og'ir oqibatlar xavfini oshiradi. NYaQP ni ishlatish zarurati bo'lganida minimal samarali dozani eng qisqa muddatga buyurish kerak. NYaQP ishlatilganda me'da-ichakdan qon ketishlari yuz berishi mumkinligi tufayli, patsiyentlar nazorat ostida bo'lishlari kerak. Keksa yoshli patsiyentlarda buyrak funktsiyasini fiziologik pasayishi tufayli, yengil darajali buyrak yetishmovchiligida minimal dozani (umumiy sutkalik doza 50 mg) qo'llash tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari noma'lum. Odatda NYaQP ning dozasi oshirib yuborilganda bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, abdominal og'riq, me'da-ichak qon ketishlar, kam hollarda– diareya, dezoriyentatsiya, qo'zg'alish, koma, uyquchanlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, xushdan ketish, yakka xollarda – tirishishlar kuzatilishi mumkin. Kuchli intoksikatsiyada o'tkir buyrak yetishmovchiligi va jigarni shikastlanishi rivojlanishi mumkin.
Davolash: Ichga tasodifan qabul qilinganda simptomatik davolash patsiyentning xolatiga qarab buyuriladi. Deksketoprofen trometamolni organizmdan dializ orqali chiqarish mumkin.
Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas. I va II uch oyliklarda preparatni faqat o'ta zarur xollardagina qo'llash mumkin.
Deksketoprofenni ko'krak sutiga o'tishi xaqida ma'lumot yo'q, shuning uchun Aldegin preparatini laktatsiya davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6 dori vositasi Deva Holding A.S tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ALDEGIN gel 60g 1,25%
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
KETORAYT inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
SERTOFEN gel 60g 1,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
SERTOFEN tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ROTALFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm İlaçları Limited Şirketi, Турция произведено: Rompharm İlaç San. Ve Tic. Ltd. Şti.
  • Vakil: Rotapharm
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN IN‘EKT inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург Производитель: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.l.
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ROTALFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm İlaçları Limited Şirketi, Турция произведено: Rompharm İlaç San. Ve Tic. Ltd. Şti.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 60 161 so'mdan Batafsil
ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Rompharm Ilaс San. Ve Tic. Ltd. Sti.
  • Vakil: GMP
Narh: 62 100 so'mdan Batafsil
SERTOFEN inyeksiya uchun eritma 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 72 500 so'mdan Batafsil
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DEKSIREN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
KEYVER tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
KEYVER eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
FLAMADEKS inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALDEGIN gel 60g 1,25%
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
MIKOTRAN suppozitorii 1200mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
SEFURO tabletkalari 250mg N10
LYUKAMONT tabletkalari 10mg N28
Narh: 84 700 so'mdan Batafsil
KLAVERA BID poroshok 200mg
LYUKAMONT PLYUS tabletkalari 10mg N28
SEFURO poroshok 250mg
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
KARBODEKS konsentrat 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
KARBODEKS konsentrat 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
PIRUSIN poroshok 50mg/25ml N1
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N14
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
PROGAST kapsulalar 30mg N28
PROGAST kapsulalar 30mg N14
FLUORO 5 DEVA konsentrat 1000mg/20ml N1
PIRUSIN poroshok 10mg/5ml N1
ADRIMIZIN poroshok 50mg N1
MAKSTIO inyeksiya uchun eritma 4mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Narh: 93 500 so'mdan Batafsil
EFAMAT gel 40g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
LIBIGRAN tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
LIBIGRAN tabletkalari 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
DEPORES emulsiya 0,4ml 0,05% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
ATAKSIL konsentrat 16,7ml 100mg/16,7ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Другие формы препарата
ALDEGIN gel 60g 1,25%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9