×
×
  • ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Deva Holding A.S
ATX kodi:
- L01CB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28 Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH  BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ETOPEKS

ETOPEKS

Preparatning savdo nomi: Etopeks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etopozid

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

Tarkibi:

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg etopozid;

yordamchi moddalar: benzil spirti, suvsiz limon kislotasi, absolyut etanol, polisorbat 80, PEG 300.

Ta‘rifi: biroz qovushqoq, tiniq, ko‘rinadigan zarrachalarni saqlamaydigan, och-sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita, alkaloid.

ATX kodi: L01CB01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Etopozid podofillotoksinning yarimsintetik hosilasidir. Ta‘sir mexanizmi topoizomerazi II ni ingibisiya qilish bilan bog‘liq. Etopozid DNK ni shikastlashi hisobiga sitotoksik ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat mitotik siklning G2-fazasi va kechki S-fazasida mitozni bloklab, xujayralarning o‘limini chaqiradi. Preparatning yuqori dozalari premitotik fazada xujayralarning lizisini chaqiradi. Etopozid shuningdek plazmatik membrana orqali nukleotidlarning kirishini bostiradi, bu DNK ning sintezi va tiklanishiga to‘sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganidan keyin, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax)
30 mkg/ml ni tashkil qiladi va 1-2 soatdan keyin erishiladi. Preparat plevra suyuqligida, so‘lakda, jigar, taloq, buyrak to‘qimasida, bosh miya to‘qimalarida aniqlanadi. Orqa miya suyuqligidagi etopozidning konsentrasiyasini ko‘rsatkichlari qon plazmasidagi konsentrasiyasidan aniqlanmaydigandan to 5% ko‘rsatkichlargacha o‘zgaradi. Etopozid gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlaridan o‘tadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 97% ni tashkil qiladi. Preparatning umumiy klirensi – minutiga 16-36 ml/m2 ni tashkil qiladi.

Etopozid organizmda faol metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi ikki fazali usulda amalga oshiriladi. Jigar va buyrak faoliyati normal bo‘lgan kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) boshlang‘ich fazada o‘rtacha 0,6-2 soatni va terminal fazada – 5,3-11 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali – 40-60% o‘zgarmagan xolda va 15% metabolitlar shaklida 48-72 soatlar davomida chiqariladi. 2-16% ichak orqali 72 soat davomida chiqariladi. Preparatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

Qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar moyak va tuxumdonlarning germinogen o‘smalari va o‘pkaning mayda xujayrali raki hisoblanadi.

Etopozid majmuaviy davolash tarkibida shuningdek limfogranulematoz, noxodjkin limfomasi, o‘tkir megoblast va mieloblast leykoz, Yuing sarkomasi, trofoblast o‘smalar, me‘da raki, Kaposhi sarkomasi, neyroblastomalarni davolashda ham qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Etopozid ximioterapevtik davolashning ko‘pchilik sxemalari tarkibiga kiradi, shuning uchun yuborish yo‘li, tartibi va dozalarni tanlashda, har bir shaxsiy holda maxsus adabiyotlarning ma‘lumotlariga tayanish kerak.

Etopozid 30-60 minutlik vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi.

Dozalar sikllarni har 3 haftada takrorlash bilan 5 kun davomida kuniga 50-100 mg/m2 ni tashkil qiladi. Shuningdek ko‘pincha kunora 1-nchi, 3-nchi va 5-nchi kunlari 50-150 mg/m2 dan yuborish tartibi qo‘llanadi, kurslar 21 kun o‘tmasdan oldin takrorlanmasligi kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 15-50 mg) bo‘lgan bemorlarda etopozidning dozasini 25% ga pasaytirish kerak. Kreatinin klirensi
<15 ml/min bo‘lganida etopozidni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Takroriy kurslar faqat periferik qonning ko‘rsatgichlari normallashganidan keyin o‘tkaziladi. Dozani tanlashda majmuadagi boshqa preparatlarning mielosupressiv ta‘sirini, shuningdek oldingi nur bilan davolash va ximioterapiyaning ta‘sirini xisobga olish kerak.

Ishlatish oldidan eritmani qattiq zarrachalar yoki rangini o‘zgarishini aniqlash uchun vizual baholashni o‘tkazish kerak.

Yuborish oldidin etopozid natriy xloridining 0,9% li eritmasi yoki dekstrozaning 5% li eritmasi bilan 0,2 yoki 0,4 mg/ml yakuniy konsentrasiyagacha suyultiriladi.

Olingan eritmalar turg‘unligini muvofiq 24 va 120 soatlar davomida saqlaydilar.

rN > 8 bo‘lgan buferli suvli eritmalar bilan kontaktga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: mielosupressiya yuborilayotgan dozaga bog‘liq bo‘lib, etopozidning dozasini cheklovchi asosiy toksik ko‘rinishi hisoblanadi. Granulositlar miqdorining maksimal pasayishi odatda preparat yuborilganidan keyingi 7-14 kunlari kuzatiladi. Trombositopeniya kamroq paydo bo‘ladi va trombositlar miqdorining maksimal pasayishi etopozid yuborilganidan keyingi 9-16 kunlari kuzatiladi. Qon ko‘rsatgichlarini tiklanishi odatda standart doza yuborilganidan keyingi 20 kuni tiklanadi. Anemiya kam hollarda kuzatiladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qo‘ngil aynishi va qusish taxminan 30-40% pasientlarda paydo bo‘ladi, o‘rtacha xarakterga ega va odatda preparatni bekor qilishga olib kelmaydi. Bu nojo‘ya samaralarini nazorat qilish uchun qusishga qarshi preparatlar ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, diareya, qorin og‘rig‘i, stomatit, ezofagit, disfagiya, anoreksiya aniqlanadi. Etopozidning yuqori dozalari qo‘llanganida vaqtinchalik giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi kuzatilishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: vena ichiga tez yuborilganida 1-2% bemorlarda arterial bosimni vaqtinchalik pasayishi aniqlanadi, u odatda yuborish to‘xtatilganida va suyuqliklar yuborilganida yoki boshqa tutib turuvchi davolashda tiklanadi. Etopozidni yuborishni qayta tiklashning zarurati bo‘lganida, yuborish tezligini pasaytirish kerak. Aritmiya va infarkt paydo bo‘lishini xollari kam hollarda kuzatilgan.

Immun tizimi tomonidan: etni uvishishi, isitma, taxikardiya, bronxospazm, hansirash va arterial bosimni oshishi kabi anafilaktik reaksiyalarni eslatuvchi simptomlar. Bu reaksiyalar odatda etopozidni yuborish vaqtida yoki darhol yuborilganidan keyin kuzatiladi va yuborish to‘xtatilganida va glyukokortikosteroidlar yoki antigistamin dori vositalari qo‘llanganida to‘xtaydi. Preparat bekor qilinganidan keyin nafasni tiklanishi bilan apnoe va bronxospazmning to‘satdan o‘lim bilan yakunlanuvchi hollari aniqlangan. Shuningdek arterial bosimni oshishi va qonni “oqib kelishi” ham aniqlangan. Arterial bosim odatda infuziya to‘xtatilganidan keyin bir necha soatlar davomida normallashadi.

Teri va teri qo‘shimchalari tomonidan: ba‘zida sochlarni butunlay yo‘qotilishiga olib keluvchi qaytuvchan alopesiya, taxminan 66% bemorlarda paydo bo‘ladi. Kam hollarda – pigmentasiya, terini qichishishi, toshma, eshakemi, nurli dermatitning qaytalanishi.

Mahalliy reaksiyalar: flebit, preparat teri ostiga tushganida – xatto atrof to‘qimalarning nekrozigacha bo‘lgan yaqqol maxalliy ta‘sirlovchi samara.

Boshqalar: kam hollarda – periferik neyropatiya, uyquchanlik, yuqori charchoqlik, og‘izda qoldiq ta‘m, isitma, interstisial pnevmonit/o‘pkalar fibrozi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), ko‘ruv nervining nevriti, po‘stloq genezli ko‘rishni o‘tkinchi yo‘qolishi, mushak tirishlari, metabolik asidoz, giperurikemiya, juda kam hollarda – o‘smani parchalanish sindromi (ba‘zida o‘limga olib keluvchi).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • etopozidga yoki preparatning tarkibiga qiruvchi yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
  • yaqqol mielosupressiya (neytrofillarning miqdori 1500/mkl dan past va/yoki trombositlarning miqdori 75000/mkl dan past);
  • jigar faoliyatini yaqqol buzilishi;
  • o‘tkir infeksiyalar;
  • homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Buyrak yetishmovchiligi, alkogolizm, tutqanoq, bolalar yoshi (xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarli klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etopozidni bir eritmada boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

rN ishqoriy qiymatiga ega bo‘lgan eritmalar bilan farmasevtik nomutanosib.

Etopozidning o‘smalarga qarshi ta‘siri, u sisplatin bilan majmuada qo‘llanganida kuchayadi (ilgari sisplatin bilan davolangan bemorlarda, etopozidning chiqarilishi buzilgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak).

Preparatning immunosupressiv ta‘siri va og‘ir infeksiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, ximioterapiya vaqtida tirik vaksinalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Vaksinasiyani davolash yakunlanganidan keyin 3 oy o‘tgach o‘tkazish kerak.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Etopeks preparatini faqat sitotoksik dori vositalari bilan davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorning doimiy kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.

Etopeks preparati bilan ishlashda sitotoksik preparatlar bilan muomala qilish qoidalariga rioya qilish kerak. Teri yoki shilliq qavatlari bilan kontakt xolida, darhol shikastlangan sohalarni sovunli suv bilan yuvish kerak.

Trombositlar soni 50000/mkl dan kamga va/yoki neytrofillarning mutloq soni 500/mkl gacha pasaygan xolda davolashni qonning ko‘rsatgichlari to‘liq tiklangunicha to‘xtatish kerak.

Anafilaktik reaksiyalar paydo bo‘lganida Etopeks preparatini qo‘llashni to‘xtatish va glyukokortikosteroidlar va/yoki antigistamin preparatlar bilan davolashni boshlash kerak.

Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish va buyrak va jigar faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak.

Etopeks preparati boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan majmuada davolanayotgan pasientlarda, ba‘zida leykoz oldi faza bilan ham, usiz ham o‘tkir leykoz rivojlanishi mumkin.

Erkaklar va tug‘ruq yoshidagi ayollar Etopeks preparati bilan davolanish vaqtida kontrasepsiyaning ishonchli usullarini ishlatishlari kerak.

Vena ichiga yuborish uchun Etopeks preparatining eritmasi to‘ldiruvchi sifatida etil spirti saqlaydi, bu jigar kasalliklari, alkogolizmi va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar uchun, shuningdek bolalar uchun xavf omili bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Etopozid sitotoksik o‘smalarga qarshi preparat bo‘lganligi tufayli, uni to‘g‘ri ishlatish va u bilan to‘g‘ri muomala qilish choralariga rioya qilish kerak. Infuziyani faqat o‘smalarga qarshi preparatlar bilan ishlashni yetarlicha tajribasiga ega bo‘lgan tibbiy xodimlar o‘tkazishlari mumkin. Tibbiy xodimlarga qo‘lqoplarda ishlash tavsiya etiladi.  Teri yoki shilliq qavatlar bilan kontakt holida shikastlangan sohalarni darhol sovunli suv bilan yuvish kerak.

Suyak ko‘migi faoliyatini susayishi etopozidning dozasini cheklovchi ta‘siri hisoblanadi. Qonning tarkibini muntazam kuzatuvini davolashni boshlash oldidan, tanaffuslarda va etopozidning har bir keyingi kursi oldidan o‘tkazish kerak. Agar etopozid bilan davolashgacha nurli davolash va/yoki ximioterapiya o‘tkazilgan bo‘lsa, suyak ko‘migi faoliyatini tiklanishini ta‘sinlash uchun, bu ikki davolash turlari orasidagi yetarlicha intervalga rioya qilish kerak.

Trombositlar soni 50000/mkl dan kamga va/yoki neytrofillarning mutloq soni 500/mkl gacha pasaygan holda davolashni qonning ko‘rsatgichlari to‘liq tiklangunicha to‘xtatish kerak.

Anafilaktik reaksiyalar paydo bo‘lganida etopozidni yuborishni to‘xtatish va glyukokortikosteroidlar va/yoki antigistamin preparatlar, infuzion davolash bilan davolashni boshlash kerak.

Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya  qilish kerak.

Bu preparat mutagen ta‘sirga ega bo‘lganligi tufayli, u odam spermatozoidlarining xromosomalarini shikastlanishini chaqirishi mumkin; shuning uchun etopozid bilan davolanayotgan erkaklar, kontraseptiv vositalarni ishlatishlari kerak.

Etopozid va boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan majmuada davolanayotgan pasientlarda, ba‘zida leykoz oldi faza bilan ham, usiz ham o‘tkir leykoz rivojlanishi mumkin.

Etopozid faqat vena ichiga infuziya shaklida yuborish uchun mo‘ljallangan, boshqa yuborish yo‘llari ruxsat etilmaydi. Preparatni yuborishni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish, infuziya vaqtida ekstravazasiyaga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Lekin, agar ekstravazasiya yuz bersa, quydagi choralar o‘tkaziladi:

  • achishish hissi paydo bo‘lgan zahoti yuborishni to‘xtatish kerak;
  • shikastlangan joy atrofiga kortikosteroidning (gidrokortizonning) teri osti in‘eksiyasi o‘tkaziladi;
  • eritemi yo‘qolmagunicha shikastlangan soxaga 1% li gidrokortizon surtmasi surtiladi;
  • shikastlangan sohaga 24 soatga quruq bog‘lov qo‘yiladi.

Etopozid to‘ldiruvchi sifatida etanol saqlaydi: bu jigar kasalliklari, alkogolizmi va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar uchun, shuningdek bolalar uchun xavf omili bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas (mutagen, teratogen, kanserogen ta‘siri bo‘lishi mumkin).

D – FDA bo‘yicha xomilaga ta‘sir qilish kategoriyasi.

Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak (etopozidni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum).

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘siri

Uyquchanlik, bosh og‘rig‘i va ongni chalkashishi kabi nojo‘ya samaralari bo‘lishining ehtimoli tufayli, diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining asosiy taxmin qilingan ko‘rinishlari – mielosupressiya va me‘da-ichak yo‘llari tomonidan toksik samaralar. Davolash – simptomatik. Spesifik antidotii noma‘lum.

Chiqarilish shakli

Brombutilkauchukli tiqin va plastik komponentili sindirib olinadigan alyumin qopqoqli rangsiz flakonlar (I tur). 1 flakondan yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan xona xaroratida saqlansin. Yorug‘likdan himoyalansin va original o‘ramida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1 dori vositasi Deva Holding A.S tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALDEGIN gel 60g 1,25%
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
MIKOTRAN suppozitorii 1200mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
SEFURO tabletkalari 250mg N10
LYUKAMONT tabletkalari 10mg N28
Narh: 84 700 so'mdan Batafsil
KLAVERA BID poroshok 200mg
LYUKAMONT PLYUS tabletkalari 10mg N28
SEFURO poroshok 250mg
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
KARBODEKS konsentrat 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
KARBODEKS konsentrat 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
PIRUSIN poroshok 50mg/25ml N1
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N14
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
PROGAST kapsulalar 30mg N28
PROGAST kapsulalar 30mg N14
FLUORO 5 DEVA konsentrat 1000mg/20ml N1
PIRUSIN poroshok 10mg/5ml N1
ADRIMIZIN poroshok 50mg N1
MAKSTIO inyeksiya uchun eritma 4mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Narh: 93 500 so'mdan Batafsil
EFAMAT gel 40g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
LIBIGRAN tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
LIBIGRAN tabletkalari 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
DEPORES emulsiya 0,4ml 0,05% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
ATAKSIL konsentrat 16,7ml 100mg/16,7ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9