×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALKALIN infuziya uchun eritma 250ml 3,6%

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antiatsidemik vosita.
Faol modda:
Калия хлорид, Натрия хлорид, Трометамол
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B05BB03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
980 000 s`om dan
GLISIN OZON tabletkalari 100mg N50 ООО «Озон» Rossiya Federatsiyasi
4 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:


faol moddalar: trometamol – 36,3 g; natriy xloridi – 1,75 g; kaliy xloridi – 0,37 g.


yordamchi moddalar:rN 8,1-8,7 gacha muzdek sirka kislotasi; 1000 ml.gacha in’eksiya uchun suv.

Chiqarilish shakli


Infuziya uchun eritma 100 ml. 250 ml va 500 ml flakonlarda.


Infuziya uchun eritma.
faol moddalar: trometamol – 36,3 g; natriy xloridi – 1,75 g; kaliy xloridi – 0,37 g. yordamchi moddalar:rN 8,1-8,7 gacha muzdek sirka kislotasi; 1000 ml.gacha in’eksiya uchun suv.
Trometamol bilan terapiya maqsadi N+ akseptorlari sifatida ta’sir ko‘rsatuvchi birikmalarni yuborish orqali vodorod ionlari konsentratsiyasini pasaytirishdan iborat. Trometamol, Alkalin tarkibiga kiruvchi modda protonlar akseptori hisoblanadi: trometamol + N2SO3<=>trometamol-N++ NSO3-. Trometamolning davolash ta’sir ko‘rsatish qoidasidan foydalanish, eng avvalo, gidrokarbonat uzatilishi bilan bog‘liq Na+ ionlar yuborilgan holatlarda tavsiya etiladi, elektrolit muvozanati uchun, shuningdek nafas olish atsidozida maqsadga muvofiq emas, bunda gidrokarbonat yuborilishi dioksid uglerodining parsial bosimini yanada ko‘proq oshiradi. 1 M trometamol 1 M N2SO3ni bartaraf etadi va organizmga 1 M gidrokarbonat beradi. Shu tufayli dioksid uglerodini parsial bosimi va vodorod ionlari konsentratsiyasi o‘pka funksiyalari jalb etilmasdan pasaytiriladi. Shunday qilib, trometamol nafas olish va metabolik atsidozlarda qo‘llanilishi mumkin.
Trometamol va trometamol-N+ buyraklar tomonidan o‘zgarmagan ko‘rinishida chiqariladi; 8 soatdan keyin organizmdan 75%i chiqariladi. Trometamol kalavali filtratsiya uchraydi va kanalchalar rezorbsiyasiga uchramaydi, shu tufayli u osmotik diuretiklar kabi diurezni ko‘paytiradi va saqlanib qolgan kalavali filtratsiyada, muvofiq ravishda, organizmdan tez chiqariladi. Ushbu trometamolning qo‘shimcha samarasi sifatida buyrak funksiyasiga ta’siri metabolik atsidoz va oliguriyada maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Odatda, Trometamol yaxshi o‘zlashtira oladi. Infuziya tezligi haddan tashqari yuqori bo‘lgan xolatda venalar devorlari qizarishi va gemoliz, qon bosimi oshishi, gipokaliyemiya, venospazm kuzatilishi mumkin. To‘qimalar shikastlanishi oqibatida in’eksiya o‘rnida tromboflebit rivojlanishi mumkin. Dioksid uglerodining parsial bosimini kamaytirishga va rN ko‘rsatkichlarini oshishi nafas susayishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli nafas atsidozida Trometamolni quyish o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish imkoni bo‘lgan taqdirdagina tavsiya etiladi. Insulin kuchaytirilgan holda ajralishi va glyukozaning yuzaga tezlashtirilgan utilizatsiya qilinishi oqibatida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Diurez oshishi natijasida giponatriyemiya va gipoxloremiya boshlanishi mumkin. Hujayra ichidagi kaliy siqib chiqarilishi sababli (shu jumladan, buyrak yetishmovchiligida) rivojlanadigan giperkaliyemiya tufayli va kaliyning ikkilamchi yo‘qotishlari tufayli, zarur hollarda, qon zardobida kaliy darajasini tekshirish talab etiladi (“Alohida ko‘rsatmalar”ga qarang).
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Preparat paravenoz bo‘shliqqa tushishi ma’alliy to‘qimalar nekrozi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Nafas bosilishiga moyillik kuchayishish xavfi mavjud ( “Nojo‘ya ta’sirlar” ga qarang). Preparatni qo‘llash jarayonida qonda glyuoza miqdorini (gipoglekemiya xavfi), zardob ionogrammasi, bikarboat konsentatsiyasi, dioksid uglerodning parsial bosimi va kislota-ishqor muvozanati tekshirib borilishi; jadalashtirilgan diurez o‘tkazilishi kerak. Preparat chaqaloqlarda taxmin qilingan foyda ehtimoliy xavfdan yuqori bo‘lgan xolatda qo‘llanishi mumkin. Nojo‘ya holatlar rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida trometamol katta tezlik bilan yuborilmasligi kerak. Tez yuborishdan (60 ml/min gacha) favqulodda vaziyatlarda (masalan, yurak to‘xtab qolganda atsidozni bartaraf etish uchun) foydalanish mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida preparat qo‘llanganda ona uchun taxmin qilingan foyda xomila yoki bola uchun ehtimoliy havfdan yuqori bo‘lgan xolatda qo‘llanilishi mumkin.
• Metabolik va nafas olish atsidozlarining og‘ir shakllari:  tug‘ruqdan keyingi atsidozlar;  uzoq muddatli gemotransfuziya natijasida transfuzion atsidoz;  giperglikemik komada hujayraviy atsidoz;  og‘ir kuyishlar;  shok;  yurak jarrohligida ekstrakorporal qon aylanishidan foydalanish;  bosh miya shishi;  toksinli o‘pka shishining og‘ir shakllari;  operatsiyadan keyingi funksional buyrak faoliyati yetishmovchiligi;  barbituratlar, salitsilatlar va metil spirti bilan zaharlanishda qo‘llaniladi.
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; • alkalozlar; • og‘ir buyrak yetishmovchiligi; • surunkali kompensatsiyalangan nafas olish yetishmovchiligi (o‘pka emfizemasi); • terminal bosqichdagi shok; • gipergidratatsiya; • gipokaliyemiya; • giponatriyemiya; • 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: • o‘rtacha buyrak / jigar yetishmovchiligi.
Trometamol va diabetga qarshi preparatlari bir vaqtda qo‘llanilganda, gipoglikemiya ta’sirining o‘zaro kuchayishi (gipoglikemiya rivojlanish xavfi) yuz berishi mumkin, shu tufayli diabetga qarshi dori vositalari bir vaqtda qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik va taalluqli diabetga qarshi preparatlarning dozasini kamaytirish kerak. Bitta konteynerda parenteral yuborish uchun boshqa dori vositalari bilan aralashtirilganda,Trometamol eritmasining rN miqdori 8,1-8,7 ni tashkil etishini, aralashmada cho‘kindi hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini e’tiborga olish kerak. Agar Trometamol parenteral tarzda yuborish uchun bitta idishda boshqa eritmalar bilan aralashtirilganda xiralashish yoki opalessensiya kuzatilsa, bunday majmuaviy eritmadan foydalanish mumkin emas. Narkotik analgetiklar, aminoglikozidlar, makrolidlar (eritromitsin, oleandomitsin) , xloramfenikol, tritsiklik antidepressantlarning ta’siri kuchayadi. Alkalin bilan bir vaqtda qo‘llanganda bilvosita antikoagulyantlar (kumarin hosilalari), barbituratlar,salitsilatlarning ta’siri kuchsizlanadi.
Yorug‘likdan himoyalangan 25°C yuqori bo‘lmagan harorat saqlansin. Dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! Yaroqlilik muddati 2 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin. Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritmalar ishlatilsin!
Tiniq rangsiz suyuqlik.
Preparat eng kamida bir soat mobaynida davomli tomchilab infuziya qilish yo‘li orqali faqat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi va kelgusi sutkalarda yuborish talab etilganda dozani kamaytirish kerak. Doza mavjud atsidozning og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi. Qonning kislota-ishqorli holati nazorat qilingan holda aniq maqsadga qaratilgan buferli davolash tanlanadigan usul hisoblanadi. Taalluqli ravishda, Trometamolning asos ortiqchasi (VЕ) manfiy miqdori bilan mutanosib ravishda hisoblab chiqilgan kuyish uchun kerakli miqdori, agar agar boshqacha qo‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagini tashkil etadi: 1 ml Trometamol = BE (mM/l) x tana vazni kg x 2 (2 koeffitsiyenti 100 mM atsetat / l qo‘shilgandan keyin bufer sig‘imi kamayishi natijasida hosil bo‘lgan). Ko‘rmasdan buferlash Agar qonning kislota-ishqorli holati ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun texnik shartlar mavjud bo‘lmasa, klinik tavsiyalar mavjud bo‘lgan holatda Trometamol bilan ko‘rmasdan buferlash o‘tkazilishi mumkin. Agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kattalar uchun o‘rtacha doza 5-10 ml Trometamol / tana vazni kg / soatni tashkil etadi, bu soatiga 500 ml.ga to‘g‘ri keladi. Sutkalik doza – 1000 (2000) ml. Maksimal doza – 1,5 g/kg/sutka. Yuqori dozalardan foydalanilganda (qonda elektrolitlar konsentratsiyasi pasayishining oldini olish maqsadida) 1 l (3,66%) eritmaga 1,75 g hisob-kitobidan NaCl va 0,372 hisob-kitobidan KS1 qo‘shish tavsiya etiladi. Agar gipoglikemiya rivojlanish xavfi bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 5-10% dekstroza eritmasini insulin bilan (4 g quruq dekstrozaga 1 YED insulin hisob-kitobidan) yuborish tavsiya etiladi. Bolalar uchun dozalar: Bolalarga 1 yoshdan boshlab sutkalik doza 10-20 ml Trometamol / tana vazni kg.ni tashkil etadi.
Simptomlar: umumiy xolsizlik, arterial gipotenziya, nafas bosilishi, gipoglikemiya, suv-elektrolit muvozanati va kislota-ishqor muvozanati buzilishi. Davolash: maxsus antidot yo‘q. Simptomatik davolash, zarur hollarda – o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasini o‘tkazish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparat qo‘llanganda ona uchun taxmin qilingan foyda xomila yoki bola uchun ehtimoliy havfdan yuqori bo‘lgan xolatda qo‘llanilishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALKALIN infuziya uchun eritma 250ml 3,6% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALKALIN infuziya uchun eritma 250ml 3,6% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALKALIN infuziya uchun eritma 250ml 3,6% dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALKALIN infuziya uchun eritma 250ml 3,6% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALKALIN infuziya uchun eritma 250ml 3,6% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ALKALIN infuziya uchun eritma 500ml 3,6%
ALKALIN infuziya uchun eritma 100ml 3,6%
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9