×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Великобритания
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Belinda Limited
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- S01GX09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IRIFRIN ko'z tomchilari 5ml 2,5% Sentiss Pharma Pvt. Ltd Hindiston
69 800 s`om dan
AYKROL ko'z tomchilari 10ml 4% World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
36 000 s`om dan
MONODEKS ko'z tomchilari 5ml 0,1% Aseptica, ООО O'zbekiston
PILOKARPIN ko'z tomchilari 10ml 10mg/ml Фармак, ПАО Ukraina
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ko'z tomchilari
Bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moda: olopatadin gidroxlorid, 1 mg olopatadina
ekvivalent;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xlorid, dinatriy
fosfata digidrat, natriya xlorid i, xlorid vodoroda
kislotami 3,6% li eritmasi, natriy gidroksid 4% li
eritmasi, in'ektsiya uchun suv.
Olopatadin N -gistamin reseptorlarining selektiv 1
ingibitori hisoblanadi, shuningdek semiz hujayralardan
yallig'lanish mediatorlarini ajralib chiqishini ingibitsiya
qiladi. Yaqqol allergiyaga qarshi (antigistamin) ta'sir
ko'rsatadi. α-adrenergik, dopamin, 1 va 2 tipidagi
muskarin, shuningdek serotonin reseptorlariga samara
ko'rsatmaydi.
Olopatadinning tizimli so'rilishi mahalliy
qo'llanilganda minimal va plazmada <0,5 ng/ml-1,3 ng/ml
tashkil qiladi. Olopatadin buyraklar orqali
chiqariladi, yarim chiqarilish davri 8-12 soatni tashkil
qiladi. Amalda olopatadin to'laligicha (dozaning 60-70%)
siydik bilan o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.
Siydikda, shu jumladan, uning ikki metabolitlarining:
monodezmetil va N-oksid, past kontsentrasiyasi
aniqlangan, gemodializda yaxshi chiqariladi.
Davolash bilan bog'liq bo'lgan ko'proq uchraydigan nojo'ya
samaralar: ko'zlardagi og'riq (0,7%).
Tez-tez (1/100 dan < 1/10 gacha):
џ bosh og'rig'i, disgevziya, charchoqlik, burun shilliq qavatini
qurishi
џ ko'zdagi og'riq, ko'z achishishi, ko'zning quruqligi, ko'zlarning
anomal sezuvchanligi.
Kam hollarda (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha):
џ rinit, bosh aylanishi, gipesteziya (sezuvchanlikning
pasayishi)
џ shox parda eroziyasi, shox pardaning epiteliysi nuqsoni,
shox parda epiteliysi buzilishi, nuqtali keratit,
keratit, shox pardaning bo'yalishi, ko'zdan ajralmalar,
yorug'likdan qo'rqish, ko'rishning noaniqligi, ko'rish
o'tkirligining pasayishi, blefarospazm, ko'zdagi
diskomfort hissi, ko'z qichishishi, follikulyar
kon'yunktivitlar, konyunktiva tomonidan buzilishlar,
ko'zda yot jism hissi, jadal ko'z yoshi oqishi, qovoqlarning
qizarishi, qovoqlarning ishishi, qovoqlar tomonidan
buzilishlar, ko'z giperemiyasi.
Noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar bo'yicha baholanish
imkoni mavjud emas):
џ yuqori sezuvchanlik, yuzni shishi, kontakt dermatit,
terining qizishi hissi, terini qurushi, dermatit,
eritema;
џ shox parda shishi, ko'zlarning ishishi, kon'yunktivit,
midriaz, ko'rishning buzilishi, qovoqlar chetida
tangachasimon qatlamlar hosil bo'lishligi;
џ dispnoe, sinusit, asteniya, uyquchanlik, holsizlik, ko'ngil
aynishi, qusish.
Shox pardaning yaqqol shikastlanishi bilan xastalangan
pasientlarda tarkibida fosfatlar saqlagan ko'z
tomchilarini qo'llashda shox pardasining kaltsifikasiya
holatlari to'g'risida kamdan-kam xabar berilgan.
Allerayz ko'z tomchilarini mahalliy qo'llanilganda
tizimli so'rilish ehtimoli mavjud. Nojo'ya ta'sirlar yoki
yuqorisezuvchanlik alomatlari paydo bo'lganda, preparatni
qo'llashni bekor qilish kerak. Oftmalmologik
preparatlar uchun konservant sifatida qo'llaniluvchi
benzalkoniy xloridi ko'zni ta'sirlanishi chaqirishi
mumkin, hamda nuqtali keratopatiya va/yoki toksik yarali
keratopatiyaning sababchisi bo'lishi mumkin. Quruq ko'z, shox
pardasining shikastlanishi bilan xastalangan
pasientlarda, hamda Allerayzni tez-tez yoki uzoq vaqt
davomida qo'llanilganda, holatning puxta monitoringi
zarur bo'ladi.
Kontakt linzalar: Allerayz ko'z tomchilari tarkibida
benzalkoniy xloridini saqlaganligi sababli, yumshoq
(gidrofil) kontakt linzalarni taqib yurishdan saqlash yoki
tomizish vaqtida ularni echib qo'yish lozim bo'ladi.
Linzalarni preparatni qo'llash orasidagi tanaffuslarda
taqib yurish va tomizgandan kamida 15 minutdan keyin
taqish kerak bo'ladi. Keksa yoshdagi va buyrak va jigar
etishmovchiligi bilan xastalangan pasientlarda doza
tuzatish kiritish talab etilmaydi. Allerayz ko'z
tomchilari kattalarda qanday bo'lsa, bolalarda (3 yoshdan
katta) ham xuddi shunday dozalashda qo'llaniladi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Allerayz preparati homiladorlik vaqtida va samarali
kontratsepsiyani qo'llamaydigan bola tug'ish yoshidagi
ayollarga tavsiya qilinmaydi. Olopatadin ko'krak suti
bilan ajraladi, shuning uchun Allerayz preparatini
emizayotgan ayollarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini yoki potentsial xavfli
mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori
vositasining ta'sir etishining xususiyatlari
Tomizishdan keyin vaqtinchalik ko'rishning noaniqligi yoki
boshqa ko'rish buzilishlari ehtimoli mavjud, bunday
vaziyatda ko'rish to'liq tiklangunicha avtomobil/mexanizmni
boshqarishdan saqlanish zarur bo'ladi
 allergik kon'yunktivitlarda qo'llaniladi
  preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik
 3 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda qo'llash mumkin emas
25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin. Zich tiqinlab yopilgan flakonda
saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil. Flakonni birinchi ochilishida qo'llash davri - 25°С
dan yuqori bo'lmagan haroratda 28 kun.
Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin
Tiniq eritma
Mahalliy qo'llanilish uchun: shikastlangan ko'zlar (ko'z)
pastki kon'yunktiv qopchaga kuniga ikki marta 1 tomchidan
tomiziladi, 3 yoshdan katta bolalarga kattalardagidek
shunday dozalanadi. Agar davolashda zarurat tug'ilsa, u
to'rt oygacha davom ettirilishi mumkin. Davolash
davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi. Keksa
yoshdagi odamlarda, buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan
xastalangan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab
etilmaydi. Ko'z uchun boshqa mahalliy dori vositalari
bilan majmuaviy terapiyada ularning qo'llanilishi
orasidagi interval kamida besh minutni tashkil qilishi
kerak. Ko'z surtmalarini oxirida qo'llash lozim. Flakon
eritmani ifloslanishini oldini olish uchun pipetkaning
uchi ko'zga yoki biron bir boshqa yuzalarga tegishi mumkin
emas. Qo'llashlar orasida, flakonni zich yopilgan holda
ushlang.
Mahalliy qo'llanilganda dozani oshirib yuborilishining
ehtimoli kam.
Davolash: preparatning ortiqcha miqdori ko'zga tushib
qolganida, ularni katta miqdoridagi iliq suvda yuvish
tavsiya etiladi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 dori vositasi Belinda Limited tomonidan Великобритания mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALLERAYZ ko'z tomchilari 1ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9