×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Левоцетиризина дигидрохлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- R06AE09
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 117 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 30 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 15 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
TERIKS tabletkalari 10mg N10 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
35 000 s`om dan
LORATADIN tabletkalari 10mg N10 Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
4 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanuvchi tabletkalar, 5 mg.

10 tabletkadan (Pa/Al/PVX) folga // alyumin folga, laminasiya qilingan PET/qog'oz blisterda. 1 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.

og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanuvchi tabletkalar
Og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanuvchi har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levosetirizin digidroxloridi 5,00 mg;

yordamchi moddalar: betadeks, mannitol, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, makkajo'xori kraxmali, suvsiz limon kislotasi, mikrokristall tsellyuloza, krospovidon, aspartam, magniy stearati.

Levosetirizin – Allervey® Ekspress preparatining ta'sir etuvchi moddasi – tsetirizinning (R)-enantiomeri, N1‑gistamin reseptorlarini bloklovchi kuchli va selektiv gistamin antagonistidir.

Levosetirizin yaqqol antigistamin va allergiyaga qarshi ta'sirlarga ega. Allergik reaktsiyalarning gistaminga bog'liq fazasiga ta'sir ko'rsatadi, shuningdek eozinofillar migrasiyasini kamaytiradi, qon-tomirlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanish mediatorlarini ajralib chiqishini cheklaydi.

Levosetirizin allergik reaktsiyalar rivojlanishini oldini oladi va kechishini engillashtiradi, ekssudasiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta'sirlarga ega. Deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko'rsatmaydi. Terapevtik dozalarda sedativ samara ko'rsatmaydi.

Levosetirizinning farmakokinetikasi proportsional ravishda o'zgaradi.

So'rilishi

Ichga qabul qilingandan keyin preparat me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. Ovqat qabul qilish so'rilish to'liqligiga ta'sir ko'rsatmaydi, garchi uning tezligi pasaysa xam. Qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi (Cmax) ga 0,9 soatdan keyin erishiladi va 270 ng/ml ni tashkil qiladi, muvozanat kontsentrasiyasiga 2 sutkadan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi

Levosetirizin qon plazmasida oqsillar bilan 90% bog'lanadi. Taqsimlanish xajmi (Vd) 0,4 l/kg ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 100% ga etadi.

Metabolizmi

Levosetirizin N - va o-dealkilizasiya yo'li bilan (tsitoxrom tizimi yordamida jigarda metabolizmga uchraydigan boshqa N1-gistamin reseptorlari antagonistlaridan farq qilib) farmakologik faol bo'lmagan metabolitini hosil qilib oz miqdorda (14% dan kamroq) metabolizmga uchraydi. Cheklangan metabolizmi va metabolik ingibitsiya qiluvchi faolligini yo'qligi tufayli, levosetirizinni boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirini ehtimoli kam.

Chiqarilishi

Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) 7,9 ± 1,9 soatni tashkil qiladi. Kichik yoshdagi bolalarda T1/2 qisqaroq. Kattalarda umumiy klirensi minutiga 0,63 ml/min/kg ni tashkil qiladi.

Preparatning qabul qilingan dozasini taxminan 85,4% kalavalar filtrasiyasi va kanalchalar sekresiyasi yo'li bilan buyraklar orqali o'zgarmagan xolda; taxminan 12,9% - ichak orqali chiqariladi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar

Buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) <40 ml/minut) bo'lgan pasientlarda preparatning klirensi kamayadi, T1/2 esa uzayadi. Gemodializda bo'lgan pasientlarda umumiy klirens 80% ga pasayadi, bu dozalash tartibini o'zgartirishni talab etadi. Levosetirizinning 10% dan kamrog'i standart 4-soatlik gemodializ muolajasi jarayonida chiqariladi.

Keksa pasientlar

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lmaganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.


Klinik tadqiqotlar

Klinik tadqiqotlarni o'tkazish vaqtida 12-71 yoshdagi erkak va ayollarda 1% va undan yuqori (tez-tez ≥1/100, <1/10) tez - tezlik bilan quyidagi nojo'ya samaralar kuzatilgan: bosh og'rig'i, uyquchanlik, og'izni qurishi, toliqish; tez-tez emas (≥1/1000, <1/100) asteniya va qorinda og'riq kuzatilgan. 

Klinik tadqiqotlarni o'tkazish vaqtida 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda 1% va undan yuqori (tez-tez ≥1/100, <1/10) tez-tezlik bilan bosh og'rig'i va uyquchanlik kuzatilgan.

Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi tadqiqotlar

Nojo'ya samaralarning tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaksiya.

Metabolizm va oziqlanishni buzilishlari:

Ishtahani oshishi.

Ruhiyat tomonidan buzilishlar:

Xavotirlik, tajavuzkorlik, qo'zg'alish, depressiya, gallyusinasiyalar, uyqusizlik, o'z joniga qasd qilish fikrlari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tirishishlar, bosh miya qattiq qobiqlari sinuslari trombozi, paresteziya, bosh aylanishi, hushdan ketish, tremor, disgevziya.

Eshitish a'zosi tomonidan va labirint buzilishlari:

Vertigo.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar:

Ko'rishni buzilishi, ko'rishni noaniqligi, yallig'lanish ko'rinishlari.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar:

Stenokardiya, taxikardiya, yurak urishini his qilish, bo'yinturuq vena trombozi.

Nafas tizimi tomonidan buzilishlar:

Hansirash, rinit simptomlarini kuchayishi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:

Ko'ngil, qusish, diareya.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:

Gepatit, jigar funktsional sinamalarini o'zgarishi.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:

Dizuriya, siydikni tutilishi.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan:

Angionevrotik shish, turg'un dori eritemasi, toshma, qichishish, eshakemi, gipotrixoz, yoriqlar, fotosensibilizasiya.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar:

Mushaklarda og'riq, artralgiya.

Umumiy buzilishlar:

Periferik shishlar, tana vaznini oshishi.

Boshqalar:

Kesishgan reaktivlik.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.


Dozalar orasidagi interval buyrak funktsiyasiga qarab individual ravishda tanlanishi kerak.

Alkogol bilan bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat o'zining tarkibida fenilalanin hosilasi hisoblangan aspartam saqlaydi, bu fenilketonuriyasi bo'lgan pasientlar uchun xavf tug'diradi.

Pasientlarda siydikni tutilishiga moyil omillar (masalan orqa miyani shikastlanishi, prostata bezi giperplaziyasi) bo'lganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki levosetirizin siydik tutilishi xavfini oshirishi mumkin.


Qichishish, aksirish, burun bitishi, rinoreya (burundan ajralma), ko'z yoshi oqishi, kon'yunktiva giperemiyasi (ko'zlarni qizarishi) kabi yil bo'yi (doimiy davom etuvchi) va mavsumiy (vaqti-vaqti bilan zo'rayuvchi) allergik rinit va allergik kon'yunktivit simptomlarini davolash.

Pollinoz (pichan isitmasi).

Eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi).

Teri qichishishi va toshmalar bilan kechuvchi boshqa allergik dermatozlarda qo'llanadi.

 


Ta'sir etuvchi moddaga, tsetirizinga, gidroksizinga, piperazinning har qanday hosilasiga yoki preparatning har qanday boshqa yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.

Buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi (Kk <10 ml/minut).

Gomozigot fenilketonuriya (preparat aspartam saqlaydi).

6 yoshgacha bo'lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun) qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Surunkali buyrak etishmovchiligida (dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak).

Keksa yoshdagi pasientlarda (kalavalar filtrasiyasini yoshda doir pasayishida).

Orqa miyani shikastlanishi, prostata bezi giperplaziyasi bo'lgan pasientlarda, shuningdek siydikni tutilishiga moyil boshqa omillarni mavjudligida, chunki levosetirizin siydikni tutilishi xavfini oshirishi mumkin.

Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinganda ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Homilador va emizish davridagi ayollarga buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Levosetirizinni boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri o'rganilmagan. Tsetirizin ratsematini antipirin, azitromisin, tsimetidin, diazepam, eritromisin, glipizid, ketokonazol, soxtaefedrin va fenazon bilan o'zaro ta'sirini o'rganganda klinik ahamiyatli noxush o'zaro ta'sirlar kuzatilmagan.

Teofillin (sutkada 400 mg) bilan bir vaqtda buyurilganda tsetirizinning umumiy klirensi 16% ga pasayadi (teofillinning kinetikasi o'zgarmaydi).

Tadqiqotda ritonavir (600 mg sutkada 2 marta) va tsetirizinni (kuniga 10 mg) bir vaqtda qabul qilganda tsetirizinning ekspozisiyasini 40% ga oshishi, ritonavirning ekspozisiyasini ahamiyatsiz (-11%) o'zgarishi namoyish qilingan.

Bir qator xolatlarda levosetirizinni alkogol yoki Markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilganda tormozlanish va ish qobiliyatini yomonlashishini chaqirishi mumkin.




25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

dumaloq shaklli, yassi, qirralari kesilgan, oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan tabletkalar.

Ichga buyuriladi.

Tabletka tilga qo'yiladi, u erda u darrov erishni boshlaydi. To'liq so'rilib ketgunigacha bir necha sekund davomida og'izda ushlab turiladi.

Og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni qabul qilish albatta suv bilan qabul qilishni talab qilmaydi, so'lak ajralib chiqishini oshishiga ta'sir ko'rsatmaydi, preparatni hulq va nevrologik buzilishlarda yutish faoliyatini og'ishlari bo'lgan pasientlar tomonidan qabul qilish imkonini beradi.

Preparat bilan muomala qilganda maxsus ko'rsatmalar

O'ram folgasidan tabletkani siqib chiqarmang! Og'iz bo'shlig'ida dispersiyalanuvchi tabletkalarni quyidagicha chiqarish kerak:

  1. Blisterni bo'lish chizig'i bo'yicha buklash.

  2. Folgani qirrasidan ehtiyotkorlik bilan tortib blisterni ochish.

  3. Tabletkani ehtiyotkorlik bilan chiqarish.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar

1 tabletka (5 mg) dan sutkada bir marta qabul qilinsin.

Preparatni qabul qilish davomiyligi

Mavsumiy (vaqti-vaqti bilan zo'rayuvchi) rinitni (simptomlarni xaftada 4 kundan kamroq mavjud bo'lishi yoki ularning umumiy davomiyligi 4 xaftadan kam) davolaganda davolash davomiyligi simptomatikaning davomiyligiga bog'liq; simptomlar bartaraf etilganda davolashni to'xtatish va ular paydo bo'lganda takroran boshlash mumkin.

Yil bo'yi (doimiy davom etuvchi) allergik rinitni (simptomlarni xaftada kamida 4 kun mavjud bo'lishi yoki ularning umumiy davomiyligi 4 xaftadan ortiq) davolaganda, davolash allergenlarni ta'sir qilishining butun davomiyligi davomida davom ettirilishi mumkin.

Pollinozni davolash kursi shifokor tomonidan belgilanadi.

Katta pasientlarda 6 oygacha davomiylikda levosetirizinni uzluksiz qo'llashning klinik tajribasi mavjud.

Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan qo'llash usuli va dozalarda qo'llang.

Qabul qilish o'tkazib yuborilganda dozani ikki marta qabul qilmang, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling.

Agar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Pasientlarning alohida guruhlari

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar

Levositerizin organizmdan buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, preparatni qo'llaganda buyrak etishmovchiligi darajasiga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak.

Kk ko'rsatkichi minutiga 50 - 79 ml/min bo'lganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, kk minutiga 30 dan 49 ml/min gacha bo'lganda tavsiya etilgan doza kunora (48 soatda bir marta) 5 mg (1 tabletka) ni, og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kk minutiga 30 ml/min dan kam) bo'lgan pasientlarda tavsiya etilgan doza 3 kunda bir marta (har 72 soatda) 5 mg (1 tabletka) ni tashkil qiladi.

Terminal buyrak etishmovchiligi (kk minutiga 10 ml/min dan kam) bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llash mumkin emas.

Buyrak va jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Dozalash yuqorida keltirilgan sxema bo'yicha amalga oshiriladi.

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar

Jigar funktsiyasini alohida buzilishi bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lmagan keksa yoshdagi pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Simptomlari: uyquchanlik (kattalarda), uyquchanlik bilan almashinuvchi qo'zg'alish va bezovtalik (bolalarda).

Davolash: agar preparatni qabul qilgandan keyin kam vaqt o'tgan bo'lsa, me'dani yuvish va faollashtirilgan ko'mir qabul qilish. Simptomatik va tutib turuvchi davolashni o'tkazish tavsiya etiladi. Spesifik antidoti yo'q. Gemodializ samarasiz.



Homiladorlik

Tsetirizinni homiladorlik vaqtida qo'llash yuzasidan ma'lumotlar deyarli yo'q yoki cheklangan (homiladorlikning 300 dan kamroq yakunlari). Ammo, tsetirizinni, levosetirizin ratsematini homiladorlikda qo'llash (homiladorlikning 1000 dan ortiq yakunlari) rivojlanish nuqsonlari va ona qornida va neonatal toksik ta'sirlar bilan kechmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrional va fetal rivojlanish, tug'ruq va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita noxush ta'siri aniqlanmagan.

Levosetirizinni homiladorlarga buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Emizish davri

Tsetirizin, levosetirizin ratsemati ko'krak suti bilan ajraladi. Shuning uchun levosetirizinni ham ko'krak suti bilan ajralishi ehtimoli bor. Emizikli bolalarda levosetirizinga nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun levosetirizinni emizish davrida buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Fertillik

Levosetirizin bo'yicha klinik ma'lumotlar yo'q.

ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALLERVEY

ALLERWAY

 

Preparatning savdo nomi: Allervey

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levosetirizin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – levosetirizin digidroxloridi 5 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, “OPADRY White OY-58900” bo‘yovchisi.

Ta‘rifi: oval shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomonida “R5” gravirovkasi bo‘lgan va ikkinchi tomoni yassi, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: N1-gistamin reseptorlari antagonistlari

ATX kodi: R06AE09

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparatning faol moddasi – levosetirizin, setirizinning R-enantiomeri gistaminning raqobatli antagonistlari guruhiga mansub, N1-gistamin reseptorlarini bloklaydi. Levosetirizinning N1-reseptorlariga yaqinligi setirizinga nisbatan 2 marta yuqori.

Levosetirizin allergik reaksiyalarning gistaminga bog‘liq bosqichiga ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek eozinofillar migrasiyasini kamaytiradi, qon tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishiin cheklaydi.

Levosetirizin allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi, ekssudasiyaga qarshi, qichishishga qarshi ta‘sirlarga ega, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta‘sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik dozalarda dyaerli sedativ samara ko‘rsatmaydi.

Preparatning ta‘siri bir marta qabul qilingandan 12 minutdan keyin 50% bemorlarda, 1 soatdan keyin 95% bemorlarda boshlanadi va 24 soat davomida saqlanadi.

Farmakokinetikasi

Levosetirizinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari proporsional o‘zgaradi va setirizinning farmakokinetikasidan deyarli farq qilmaydi.

So‘rilishi

Preparat ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Ovqat qabul qilish so‘rilishning to‘liqligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, garni uning tezligi pasayadi. Kattalarda preparatni terapevtik dozada (5 mg) bir marta qabul qilgandan keyin qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 0,9 soatdan keyin erishiladi va 270 ng/ml ni tashkil qiladi; sutkada 5 mg dozada takroran qabul qilinganda –
308 ng/ml ni tashkil qiladi. Konsentrasiyaning doimiy darajasiga 2 sutkadan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi

Levosetirizin qon plazmasi oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Taqsimlanish xajmi (Vd) 0,4 l/kg ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 100% ga yetadi.

 

Metabolizmi

Organizmda farmakologik faol bo‘lmagan metabolitlarni hosil qilib N- va O-dealkilizasiya yo‘li bilan (jigarda sitoxrom tizimi yordamida metabolizmga uchraydigan N1-gistamin reseptorlarining boshqa antagonistlaridan farq qilib) oz miqdorda (<14%) metabolizmga uchraydi.

Dealkilizasiya eng avvalo CYP3A4 ga bog‘liq, aromatik oksidlanish vaqtida CYP ning ko‘p sonli va/yoki noma‘lum izoshakllari ishtirok etadi. Levosetirizin 5 mg dozani qabul qilinganda erishilgan cho‘qqi konsentrasiyadan ancha yuqori konsentrasiyalarda CYP 1A2, 2S9, 2S19, 2D6, 2Ye1 va 3A4 izofermentlarining faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Metabolizmning past darajasi va metabolik potensialining yo‘qligi tufayli, levosetirizinni boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli past.

Chiqarilishi

Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) 8±2 soatni tashkil qiladi; kichik bolalarda T1/2 qisqaradi. Kattalarda umumiy klirensi minutiga 0,63 ml/kg ni tashkil qiladi. Preparatning qabul qilingan dozasining taxminan 85,4 % buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda kalavalar filtrasiyasi va kanalchalar sekresiyasi yo‘li orqali; taxminan 12,9% – ichak orqali chiqariladi.

Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <40 ml/min ) bo‘lgan pasientlarda preparatning klirensi kamayadi, T1/2 esa uzayadi (gemodializda bo‘lgan bemorlarda umumiy klirens 80% ga kamayadi), bu dozalash tartibini tegishli ravishda o‘zgartirishni talab etadi. Levosetirizinning 10% dan kamrog‘i standart 4-soatlik gemodializ muolajasi jarayonida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • allergik rinitni (shu jumladan doimiy allergik kon‘yuktivit) va aksirish, burun shilliq qavatini shishi, ko‘z yoshi oqishi, rinoreya va burun shilliq qavati va kon‘nktivani giperemiyasi bilan kechuvchi rinitni simptomatik davolash.
  • polinoz, angionevrotik shish bilan kechuvchi idiopatik eshakemining surunkali shakli va toshma va qichishish bilan kechuvchi allergik dermatozlarni davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ovqat bilan yoki och qoringa, oz miqdordagi suv bilan chaynamasdan ichga qabul qilinadi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

Tavsiya etilgan kunduzgi doza 5 mg (plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka) ni tashkil etadi.

12 yosh va undan katta o‘smirlar va kattalar:

Tavsiya etilgan kunduzgi doza 5 mg (plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka) ni tashkil etadi.

Keksa pasientlar: o‘rtacha va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi (quyida “Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan katta pasientlar” bo‘limiga qarang).

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan katta pasientlar: dozalar orasidagi interval buyrak faoliyatiga qarab shaxsiy ravishda aniqlanishi kerak. Quyidagi jadvalga qarang va dozaga ko‘rsatilganidek tuzatish kiriting. Bu dozalash bo‘yicha jadvaldan foydalanish uchun ml/min da kreatinin klirensi (KK) ni baholash talab etiladi. KK (ml/min da) quyidagi formula bo‘yicha zardobdagi kreatinin (ml/dl) bo‘yicha baholanishi mumkin:

                      [140 – yosh (yil)] x tana vazni (kg) (x 0,85 ayollar uchun)

KK = ————————————————————-

             72 x zardobdagi kreatinin (mg/dl)

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish:

Guruh Kreatinin klirensi

(ml/min)

Dozalash va tez-tezligi

 

Normal ≥80 5 mg kuniga bir marta
Ahamiyatsiz 50 – 79 5 mg kuniga bir marta
O‘rtacha 30 – 49 5 mg 2 kunda bir marta
Og‘ir < 30 5 mg 3 kunda bir marta
Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi –  dializdagi pasientlar < 10 Qo‘llash mumkin emas

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalar: buyrak klirensi va pasientning tana vazniga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar: faqat jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etiladi (“Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan katta pasientlar” bo‘limiga qarang).

Qo‘llash davomiyligi

Davriy allergik rinit (simptomlar<4 kun/xafta yoki 4 xaftadan kamroq) kasallik va uning tarixiga qarab ko‘rib chiqilishi kerak, uni faqat simptomlar bartaraf etilgandan keyin to‘xtatish mumkin va simptomlar paydo bo‘lganda takroran boshlash mumkin. Turg‘un allergik rinit (simptomlar>4 kun/xafta yoki 4 xaftadan ko‘proq) holatlarida allergen bilan kontakt davrida pasientga uzluksiz davolash taklif etilishi mumkin. Surunkali eshakemi va surunkali allergik rinitda rasematni bir yilgacha qo‘llash tajribasi mavjud.

Nojo‘ya ta‘sirlari

6-12 yoshdagi bolalarda: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.

12 yoshdan oshgan o‘smirlar va kattalar: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, og‘izni qurishi, toliqish.

Postmarketing tajribasi:

  • o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaksiya, angionevrotik shish, toshma, chiqishish, eshakemi
  • ishtahani oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish
  • tajavuzkorlik, qo‘zg‘alish, gallyusinasiyalar, depressiya, uyqusizlik, o‘z joniga qasd qilish fikri, tirishishlar, paresteziya, bosh aylanishi, hushdan ketish, tremor, disgevziya, ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi
  • yurak urib ketishi, taxikardiya
  • hansirash
  • dizuriya, siydikni tutilishi
  • mushaklarda og‘riq
  • shish
  • tana vaznini oshishi, jigar faoliyatini buzilishi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • piperazon hosilalari yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik
  • surunkali buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (KK minutiga 10 ml dan kam)
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Levosetirizin bilan o‘zaro ta‘sir (shu jumladan CYP3A4 induktorlari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar) haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas; setirizinni rasemat bilan birikmasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar biron-bir klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta‘sirlarni namoyish qilmagan (antipirin, soxtaefedrin, simetidin, ketokonazol, eritromisin, azitromisin, glipizid va diazepam bilan).

Teofillinning bir necha dozalari (400 mg kuniga bir marta) bilan o‘tkazilgan tadqiqotda setirizinning klirensini biroz (16%) pasayishi kuzatilgan, ayni vaqtda setirizin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda teofillinning so‘rilishi o‘zgarmaydi.

Ritonavir (600 mg kuniga ikki marta) va siterizinni (sutkada 10 mg) bir vaqtda qo‘llanilganda setirizinning ta‘sir darajasi taxminan 40% ga oshgan, ritonavirni so‘rilishi biroz (-11%) o‘zgargan, bu keyinchalik setirizinni so‘rilishiga olib kelgan. Setirizinni ovqat bilan birga qabul qilinganda so‘rilishi kamaymaydi, garchi so‘rilish tezligi pasayadi.

Sezgir pasientlarda setirizin yoki levosetirizin va alkogol yoki MNT boshqa depressantlarini bir vaqtda qo‘llash markaziy nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, garchi seterizin rasemati alkogolning ta‘sirini kuchaytirmasligini namoyish qilgan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar hamda o‘rtacha va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlar:

Dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari “Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan katta pasientlar” bo‘limiga qarang).

Siydikni tutilishiga moyilligiga moyil omillari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (masalan orqa miya xordasini shikastlanishi, prostata bezi giperplaziyasi), chunki levosetirizin siydikni tutilishi rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Preparatning laktoza mavjudligi tufayli, galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini ob‘ektiv baholaganda 5 mg tavsiya etilgan doza buyurilganda biron-bir noxush ko‘rinishlar ishonchli ravishda aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish maqsadga muvofiq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquchanlik, bolalarda – bezovtalik va yuqori ta‘sirchanlik ko‘rinishidagi intoksikasiya belgilari.

Davolash: dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lganda (ayniqsa bolalarda) preparatni qabul qilishni to‘xtatish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, simptomatik davolash kerak. Spesifik antidoti yo‘q. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan (PA/AL/PVX) folga/alyumin folgali blisterda. 1 blisterdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi Dr.Reddy's Laboratories Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALLERVEY EKSPRESS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SETIMED tabletkalari 5 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризина дигидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: Next Wave (India)
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
SETIMED siropi 50 ml 2,5 mg / 5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризина дигидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., Индия, произведено: NEXT WAVE (INDIA)
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30
Narh: 133 600 so'mdan Batafsil
MELIFITIN sirop 100ml 2,5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризина дигидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: Medlife Pharm
L SET tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризина дигидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 170 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
OMEZ DSR kapsulalar 20mg/30mg N30
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
PLAGRIL tabletkalari 75mg N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9