×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMINOKAL tabletkalari N30

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
витамин B6, кальций, Лизин, холекальциферол (витамин Д3)
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Til Healthcare Pvt. Ltd
Vakil:
- OMEGA SINTEZ
ATX kodi:
- A11AA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
VITAMIN Ye kapsulalar 200mg N30 Минскинтеркапс, УП Belarusiya
13 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMINOKAL tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMINOKAL

AMINOSAL

 

Preparatning savdo nomi: AMINOKAL

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

kalsiy (Kalsiy karbonati ko‘rinishida)……………..            400 mg (1000 mg)

magniy (Magniy oksidi ko‘rinishida)……………………            90 mg (150 mg)

rux (Rux sulfati monogidrati ko‘rinishida)…..…….. 5 mg (13.75 mg)

L-Lizin gidroxloridi…………………………………….            100 mg

piridoksin gidroxloridi…………………………………           1.5 mg

xolekalsiferol………………………………………….. 200 XB (0.005 mg)

yordamchi komponentlar……..…………………………..………   q.s.

Ta‘rifi: burchaklari dumaloqlashtirilgan to‘g‘ri burchak shaklli, bir tomoni riskali, to‘q ko‘k rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: aminokislotalar, vitaminlar va minerallar.

ATX kodi: A11AA02.

Farmakologik xususiyatlari

Aminokislotalar, vitaminlar va minerallarni optimal nisbatda saqlovchi ichga qabul qilish uchun majmuaviy preparat. Aminokislotalar faol L-shaklda bo‘ladi, bu ularni oqsil biosintezida bevosita ishtirokini ta‘minlaydi. Preparat suyak to‘qimasini mineralizasiyasini va sinishlarni bitishini tezlashtiradi, suyaklar, tishlar, yurakning faoliyatini, mushaklar, nervlarning normal holatini tutib turadi. Preparatning farmakologik ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq.

Lizin – oqsil biosintezining asosi hisoblanadi, nogormonal anabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina metabolik jarayonlarda, shu jumladan energetik muvozanatda; azot almashinuvida; ko‘z gavharida almashinuv jarayonlarini buzilishlari va katarakta rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi; antitelalar, gormonlar, fermentlar sintezi; kollagenni shakllanishi; trigliseridlar darajasini nazorat qilishda ishtirok etadi. Lizin ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilab me‘dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Azot katabolizmini rag‘batlantiradi va proteinemiyaga olib keladi, gemoglobin darajasini va eritrositlar sonini oshiradi, yosh va jinsdan qat‘iy nazar metabolizmni rag‘batlantiradi. Viruslarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, ayniqsa gerpes va o‘tkir respirator infeksiyalarga qarshi. Qandli diabet, ateroskleroz, yurak mushaklari kasalliklari, osteoporoz, operasiyalar va sportdagi jarahatlardan keyingi tiklanish davri, gerpes va boshqa virusli infeksiyalar, rak kabi holatlarda qo‘llanadi. Lizin kalsiyni qondan o‘zlashtirilishi va uni suyak to‘qimasiga tashilishini yaxshilaydi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – uglevod va lipid almashinuvi kabi metabolik jarayonlarda, gemoglobin va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari sintezi kabi ko‘pgina metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Jadal jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarda ta‘minlash uchun qo‘llanadi. MIY dan magniyni so‘rilishi va uni xujayralarga kirishiga yordam beradi.

Xolekalsiferol (D3 vitamini) – kalsiy va fosfor almashinuvi jarayonlarining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi. Xolekalsiferol suyaklarning mineralizasiyasi jarayonlarida ishtirok etadi, xususan kalsiy va fosforni so‘rilishi va chiqarilishini boshqaradi, shuningdek kalsiyni suyak to‘qimasi tomonidan tutilishini rag‘batlantiradi. Homilaning suyak to‘qimasini shakllanishi uchun juda zarur. Yuqori suyak rezorbsiyasining (suyaklardan kalsiyni yuvib chiqarilishi) rag‘batlantiruvchisi hisoblangan paratireoid gormoni (PTG) ni ishlab chiqarilishini oshishiga to‘sqinlik qiladi. Xolekalsiferolning tanqisligi raxit (yoshlikda) yoki osteomalyasiya (keksalikda) rivojlanishiga olib keladi. Ayrim hollarda xolekalsiferol immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sirga ega bo‘lishi mumkin.

Kalsiy – suyak to‘qimasini shakllanishida zarur (odam organizmidagi 99% kalsiy suyak to‘qimasida joylashadi), shuningdek mushak tolalarini qisqarish jarayonlarida, qon ivishi va nerv impulslarini o‘tkazilishida ishtirok elementdir. Kalsiy xujayra ichidagi signal transduksiyaning muhim elementlaridan biri, shuningdek metabolizmning bir qator jarayonlarining boshqaruvchisidir. Kalsiy yetishmovchiligi osteoporozni rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Magniy xujayraning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur hayot uchun muhim element hisoblanadi, moddalar almashinuvining ko‘pgina reaksiyalarida ishtirok etadi. Xususan, u kalsiy metabolizmini boshqarishda (xolekalsiferol bilan birga gomeostazni tutib turadi), nerv impulslarini o‘tkazilishi va mushaklarni qisqarishida ishtirok etadi. Organizmda magniyning 1/3 qismi suyak to‘qimasida to‘planadi. Organizm magniyni ovqat bilan birga oladi. Organizmda magniyni yetishmovchiligi ovqatlanish tartibi buzilganda (parhez) yoki magniyga ehtiyoj oshganda kuzatiladi.

Rux V guruhi vitaminlarini o‘zlashtirilishini va ta‘sirini yaxshilanishiga yordam beradi. Pankreatik shiraning tarkibiy qismi hisoblanadi, endokrin boshqarilishida, ruhiy reaksiyalarni shakllanishida, bir qator gormonlarni, shu jumladan jinsiy gormonlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi. U shuningdek organizmning biokimyomiy reaksiyalarida, qon yaratilishi jarayonida ishtirok etadi. Rux xujayra membranasini himoya qiluvchi va barqarorlashtiruvchi bir qator metallofermentlar (karboangidraza, ishqoriy fosfotaza, karboksipeptidaza, oksidoreduktaza, transferaza, gidrolaza, izomeraza, alkogoldegidrogenaza) tarkibiga kiradi, nuklein kislotalari (RNK, DNK sintezida, RNK katabolizmida), uglevodlar (insulin ishlab chiqarilishi), lipidlar va oqsillar metabolizmida, shuningdek immunokompetent xujayralarni o‘zaro ta‘sirlashishi jarayonlarida (T-limfositlar faoliyatini boshqaradi) ishtirok etadi.

Farmakokinetikasi

Preparatning farmakokinetikasi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq.

Lizin. Ichga qabul qilinganda MIY dan yaxshi so‘riladi (biokiraolishligi 96% dan ko‘proqni tashkil qiladi). Aminokislotalar avval jigarning portal venasiga tushadi va keyinchalik tizimli qon oqimiga tushadi. Tomir ichidagi bo‘shliqdan aminokislotalar xujayralararo suyuqlikka qayta taqsimlanadi va turli to‘qimalarning xujayralariga tashiladi. Qon plazmasi va to‘qimalardagi erkin aminokislotalarning konsentrasiyasi bemorning yoshi, oziqlanish darajasi va klinik holatiga bog‘liq bo‘lgan tor diapazondagi endogen mexanizmlar tomonidan boshqariladi. Aminokislotalarning metabolizmi buyraklar orqali chiqariladigan mochevinagacha metabolizmga uchraydigan alfa-aminoguruhni dezaminizasiyasi yo‘li bilan amalga oshadi. Aminokislota asosan skelet mushaklarida (60-70%) va yog‘ to‘qimasida (15-20%) va juda kam miqdorda jigarda (10%) to‘planadi. Aminokislotalarning ortiqcha miqdori o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini). Butun ingichka ichak bo‘ylab tez so‘riladi, ko‘proq och ichakda so‘riladi. Farmakologik faol metabolitlarini (piridoksal fosfati va piridoksaminofosfat) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Piridoksal fosfati plazma oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Barcha to‘qimalarga yaxshi kiradi; asosan jigarda, kamroq darajada – mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh orqali kiradi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Yarim chiqarilish davri 15-20 kun. Buyraklar orqali, shuningdek gemodializda chiqariladi.

Xolekalsiferol (D3 vitamini). Ingichka ichakda safro mavjudligida D vitaminining qabul qilingan dozasining 60-90% so‘riladi. Xolestazda so‘rilishi ahamiyatli darajada kamayadi. So‘rilgandan keyin kalsiferol xilomikronlar va lipoproteidlar tarkibida limfa va qon plazmasida aniqlanadi. Organizmda faol metabolitlari hosil bo‘ladi: jigarda – kalsidiol, buyraklarda – kalsitriol. D vitamini va uning metabolitlari safro bilan ichakka chiqariladi, enterogepatik sirkulyasiyaga uchrashi mumkin. D vitamini va uning metabolitlari ayniqsa yog‘ to‘qimalarida uzoq saqlanadi.

Kalsiy. Kalsiyning qabul qilingan dozasining taxminan 25-50% asosan ingichka ichakning proksimal qismida D-vitaminiga bog‘liq transport mexanizmi orqali faol so‘riladi, so‘ngra almashinadigan kalsiy depolariga tushadi. Organizmdagi kalsiy zahiralarining 99% suyak va tishlarda bo‘ladi, 1% xujayra ichidagi va xujayra tashqarisidagi suyuqlikda bo‘ladi. Qondagi kasiyning taxminan 55% fiziologik faol ionlashgan shaklda, taxminan 5% sitratlar, fosfatlar va boshqa anionlar bilan kompleks hosil qiladi. Qon zardobidagi kalsiyning qolgan 45% oqsillar, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Kalsiyning taxminan 20% buyraklar orqali va 80% – ichak orqali chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilish darajasi kalavachalar filtrasiyasi va kanalchalar reabsorbsiyasiga bog‘liq. Ichak orqali so‘rilmagan kalsiy ham, safro va pankreatik shira orqali ajraladigan so‘rilgan qismi ham chiqariladi.

Magniy. MIY da magniyning so‘rilishi, magniy tuzlarini me‘da-ichakda passiv so‘rilishi mexanizmi tufayli, qabul qilingan dozaning 50% ni tashkil qiladi. Organizmda magniyning 99% xujayra ichida bo‘ladi. Xujayra ichidagi magniyning taxminan 2/3 qismi suyak to‘qimasida taqsimlanadi, 1/3 qismi esa silliq va ko‘ndalang-targ‘il mushak to‘qimasida bo‘ladi. Magniy asosan siydik bilan chiqariladi. Magniyning qabul qilingan dozasining kamida 1/3 qismi buyraklar orqali chiqariladi.

Rux. Ichga qabul qilingandan keyin ruxning taxminan 20% dan 65% gachasi o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichakda, 15% dan 21% gachasi – och ichak va yonbosh ichakda so‘riladi. Qon plazmasidagi mineral darajasining chegaraviy miqdori qabul qilingandan 120 minutdan keyin aniqlanadi. Eritrositlar, leykositlar, mushak tolalari, suyaklar, jigar va buyrak to‘qimalari, ko‘z to‘r pardasi, shuningdek bezlarda – me‘da osti bezi va prostata bezida to‘planadi. Qon proteinlari (asosan albuminlar) bilan bog‘lanadi. Chiqarilishi asosan ichak orqali (qabul qilingan miqdorning taxminan 90%), shuningdek qisman ter bezlari va siydik chiqarish tizimi orqali amalga oshadi.

Qo‘llanilishi

  • Kalsiy va/yoki D3 vitaminini tanqisligini oldini olish va davolash;
  • O‘smirlar, homiladorlik va emizish davridagi ayollarda kalsiy va mikroelementlarni o‘rnini to‘ldirish;
  • Osteoporozni (menopauzadagi, senil, steroid, idiopatik va boshqa) oldini olish va majmuaviy davolash;
  • Osteoporoz asoratlari (suyaklarni sinishi) ni davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari.

Ichga buyuriladi. 1 tabletkadan sutkada 2 marta. Kalsiy va mikroelementlar tanqisligiga qarab. Kamida 3-4 oy qabul qilish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni ko‘rsatmalar va dozalash bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq qo‘llanilganda nojo‘ya ko‘rinishlar kam hollarda kuzatiladi. Yuqori dozalarda qo‘llanilganda dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, meteorizm, jig‘ildon qaynashi), degidratasiya, terlash, letargiya, ishtahani yo‘qolishi, qorinda og‘riq, chanqoqlik, poliuriya, qon plazmasida elektrolitlar disbalansi, buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi. Giperkalsiemiya, giperkalsiuriya (qon va siydikda kalsiyning darajasini oshishi) va alkaloz holatlari kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Giperkalsiemiya (qonda kalsiyning darajasini oshishi);
  • Giperkalsiuriya (siydikda kalsiyning darajasini oshishi);
  • Faol komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
  • D vitamini gipervitaminozi;
  • Aminokislotalarning metabolizmini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas;
  • Nefrolitiaz, uremiya bilan kechuvchi buyrakning qaytmas shikastlanishi, og‘ir va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrakning og‘ir parenximatoz shikastlanishi;
  • Faol autoimmun jarayonlar, ayniqsa immun ensefalitda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tiazid qatori diuretiklari bilan bir vaqtda qabul qilinganda ruxni buyraklar orqali chiqarilishi tezlashadi, shuningdek giperkalsiemiya paydo bo‘lishi xavfi oshadi, chunki kalsiyning kanalchalar reabsorbsiyasini oshiradi. Furosemid va boshqa halqali diuretiklar aksincha, kalsiyni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi.

Yurak glikozidlari va/yoki diuretiklar bilan bir vaqtda davolaganda EKG  va klinik holatni nazorat qilish, shuningdek qon zardobida kalsiy va kreatinin konsentrasiyasini nazorat qilish kerak, chunki kalsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlar kalsiyning so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolash AMINOKAL preparatining dozasini oshirishni talab etishi mumkin.

Kolestiramin preparatlari yoki mineral yoki o‘simlik moylari asosidagi surgi vositalari bilan bir vaqtda davolash AMINOKAL preparatining so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda xolekalsiferolning faolligini kamayishi mumkin.

Levodopaning faolligini piridoksin tomonidan ingibisiya qilinadi.

Preparat atenolol, bifosfonatlar, natriy ftoridi, xinolonlar va tetrasiklinlarning so‘rilishini kamaytiradi, shuningdek verapamilning ta‘sirini susaytiradi.

Xelatasiya qiluvchi vositalar, shu jumladan temir va penisillinamin bilan birga qo‘llanilganda ruxning so‘rilishi pasayadi.

AMINOKAL preparatini shunga o‘xshash komponentlar saqlovchi vitamin-mineral komplekslar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi (dozani oshirib yuborilishi xavfi tufayli).

Boshqa preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 3 soat bo‘lishi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Surgi vositalari, alkogolni tez-tez iste‘mol qilganda, jadal jismoniy va ruhiy yuklamalarda magniyga bo‘lgan ehtiyoj oshadi, bu organizmda magniy tanqisligiga olib kelishi mumkin.

Oksalatlar (shovul, ismaloq) va fitin (yormalar) saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari iste‘mol qilish kalsiyning so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun AMINOKAL ni shovul, ismaloq, yormalarni qabul qilgandan keyin 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak.

Giperkalsiemiya rivojlanishi xavfi tufayli, osteoporoz bo‘lgan immobilizasiya qilingan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik va laktasiya davrida AMINOKAL preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalarda qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar yo‘q. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tabletkalar qo‘llanilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Buyrak faoliyati normal bo‘lganda magniyni ichga qabul qilganda dozani oshirib yuborilishi odatda toksik reaksiyalar paydo bo‘lishiga olib kelmaydi.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa manbalardan xolekalsiferolni qo‘shimcha tushishini e‘tiborga olish kerak.

Simptomlari: anoreksiya, chanqoqlik, poliuriya, ishtahani pasayishi, bosh aylanishi, hushdan ketish holatlari, xolsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, giperkalsiuriya, giperkalsiemiya, giperkreatinemiya. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda qon tomirlar va to‘qimalar kalsinozi.

Davolash: regidratasiya (organizmga ko‘p miqdorda suyuqlik yuborish), halqali diuretiklar (masalan, furosemid), glyukokortikosteroidlar, kalsitonin, bifosfonatlarni qo‘llash. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritoneal dializ zarur. Dozani oshirib yuborilishi belgilari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat eting.

Dozani oshirib yuborilishining klinik simptomlari rivojlangan hollarda qonda kalsiy va kreatinin konsentrasiyasini aniqlash kerak. Qon zardobida kalsiy va kreatinin konsentrasiyasi oshgan hollarda preparatning dozasini kamaytirish yoki davolashni vaqtincha to‘xtatish kerak.

Sutkada 7,5 mmol (sutkada 300 mg) dan yuqori giperkalsiuriya holatlarida dozani kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan tegishli markirovkaga ega ikki qavatli alyumin blisterda. 3 blister va tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi joylangan karton quti.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMINOKAL tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMINOKAL tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMINOKAL tabletkalari N30 dori vositasi Til Healthcare Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMINOKAL tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMINOKAL tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMINOPLYUS sirop 110ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Til Healthcare Pvt. Ltd
AMINOPLYUS sirop 200ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Til Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9