×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ambro sirop 15mg 100ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Qozog’iston
Faol modda:
Амброксола гидрохлорид
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «Химфарм»
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- R05CB06
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 31 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
BRONXOLITIN sirop 125g Sopharma AD Bolgariya
20 200 s`om dan
DOKTOR MOM sirop 100ml Джонсон & Джонсон, OOO, Россия произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 ml dan preparat vintli bo'g'izli, birinchi ochilish nazoratli burab ochiladigan va bolalarda himoyalangan tiqin qopqoqli to'q rangli shisha flakonlarga quyiladi.

Har bir flakonga yorliq elimlab qo'yiladi.

Har bir flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma hamda o'lchov qoshig'i bilan birga karton qutichaga joylashtiriladi.

Davlat va rus tillarida tasdiqlangan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomadan axborot qutichaga yozilishi mumkin.

Preparat solingan qutichalar kartondan tayyorlangan qutiga joylashtiriladi.

5 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxlorid 15.0 mg;

yordamchi moddalar: sorbitol 70%, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, monogidrat limon kislotasi, natriy tsitrat, oziq-ovqatlarga ishlatiladigan xushbo'y modda, 0.1 M natriy gidroksid eritmasi, tozalangan suv.

5 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxlorid 30.0 mg;

yordamchi moddalar: sorbitol 70%, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, monogidrat limon kislotasi, natriy tsitrat, oziq-ovqatlarga ishlatiladigan xushbo'y modda, 0.1 M natriy gidroksid eritmasi, tozalangan suv.

Klinika oldi tadqiqotlarida ambroksol nafas yo'llarida shilliq sekresiyasini oshirishi tasdiqlangan. Xilpillovchi epiteliya tuklarining harakatlantiruvchi faolligini oshiradi, balg'amning mukosiliar transportini kuchaytiradi, bu klinik-farmakologik tadqiqotlarda namoyish etilgan. Balg'amning yuqori sekresiyasi va mukosiliar klirens balg'am ko'chishini osonlashtiradi va yo'talni engillashtiradi.

Ambroksolning og'riqsizlantiruvchi ta'siri klonlangan neyron natriy kanallarining dozaga bog'liq qaytariluvchan blokadasiga asoslanadi.

Ambroksol gidroxloridning ta'sirida qondan, shuningdek to'qima mononuklear va polimorfonuklear hujayralardan tsitokinlar bo'shatilishi sezilarli darajada kamayadi.

Tomoqda og'rig'i bo'lgan pasientlar bo'yicha ma'lumotlar tomoqda og'riq va qizarishning ancha kamayganligini ko'rsatgan.

Absorbtsiya

Ambroksol gidroxlorid uzoqroq biologik yarim parchalanish davriga ega bromgeksinning metaboliti hisoblanadi.

Peroral qabul qilinganidan so'ng, dori shaklidan qat'i nazar (sekin ta'sirli dori shakllaridan tashqari), tez va deyarli to'liq singib ketadi hamda jigarda keng tizimoldi metabolizmiga etadi. Maksimal qon zardobi kontsentrasiyasiga 2 soat (0,5-3 soat) davomida erishiladi. Peroral qabul qilinganidan so'ng Biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi

U o'pka, buyrak, me'da-ichak yo'li kabi to'qimalarda tez taqsimlanadi, kamroq o'tiladigan a'zolarga ham o'tadi (Markaziy nerv tizimi, ko'z), plasentar to'siq orqali o'tadi, shuningdek ko'krak sutiga ajratiladi. Qon zadobi oqsillari bilan bog'liqligi taxminan 90% ni tashkil etadi. Ambroksol gidroxloridning taqsimlanish hajmi taxminan 1,5 l / kg ni tashkil etadi.

Ambroksol gidroxlorid peroral, vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilganidan so'ng o'pka to'qimalarida eng yuqori kontsentrasiyalar bilan to'qimalarda qon bo'yicha tez va keng taqsimlanadi. Qon zardobidan yarim chiqarilish davri 7-12 soatni tashkil etadi, kumulyasiya qayd etilmagan.

Biotransformasiya

Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 30 foizi birinchi bosqichda chiqariladi. Odam organizmida ambroksol gidroxlorid ikkita asosiy metabolit bilan keng metabolizmga uchraydi. Ambroksol gidroxlorid kon'yugatlar yordamida ko'proq jigarda metabollanadi.

Eliminasiya

Organizmdan chiqarish uchun kon'yugasiya reaktsiyasini paydo qiladigan glyukuronidlar juda muhimdir. Oqibatda ushbu eruvchan kon'yugatlar organizmdan siydik bilan chiqariladi, kamroq daraja – axlatda o't bilan chiqariladi. Dozaning taxminan 90 foizi buyraklar orqali chiqariladi.

Klinika oldi xavfsizligi ma'lumotlari

Hayvonlarda o'tkazilgan o'tkir darajali toksiklik tadqiqotlarida quyidagi qiymatlar LD50 (mg/kg tana vazni) aniqlangan:




P.o.

I.p.

I.v.

S.ts.

Sichqon

Urg'ochi

2700

620

138

1060


Erkak

2420

576

138

1150

Kalamush

Urg'ochi

4202

297

-

1655


Erkak

4495

270

-

1490

Dengiz cho'chqalari


1180

280

-

-


Hayvonlarda intoksikasiya belgilari spontan faollik pasayishi, ataksik harakatlar, tomir tortishishlar va hansirashdan iborat bo'lgan. Gistologik tadqiqotda patologiyalar aniqlanmagan.

Ambroksol gidroxlorid juda quyi toksiklik indeksiga ega. 150 mg / kg (sichqon), 50 mg / kg (kalamush), 40 mg / kg (quyon) va 50 mg / kg (it) peroral dozalari – 6 oydan so'ng o'tkazilgan takroriy tadqiqotlarda nojo'ya ta'sirlar ko'rsatmagan dozalar hisoblanadi. Toksikologik nuqtai nazardan ambroksol gidroxlorid hayvonlarning maqsadli a'zolarida aniqlanmagan.

Kalamushlarda 3000 mg / kg gacha va quyonlarda 200 mg / kg gacha peroral dozalarda ham embriotoksik yoki teratogen ta'sirlar aniqlanmagan. Erkak va urg'ochi kalamushlar fertilligi 500 mg / kg gacha dozalarda ham kamaymagan.

Perinatal va postnatal rivojlanishga noxush ta'sir kuzatilmagan doza 50 mg / kg ni tashkil etgan. 500 mg / kg doza urg'ochi kalamushlar va ularning bolalari uchun biroz toksik bo'lgan, bu tana vazni oshishi sekinlashishiga va bolalari soni kamayishiga olib kelgan.

Tadqiqotlar davomida mutagenlik (Eyms va mikronukleus testi) va kantserogenlik (kalamushlar va sichqonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar) aniqlanmagan.

Kalamushlar va sichqonlarda kantserogenlik yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlarda preparatning faol moddasi kantserogenlik xususiyatlarini namoyon qilmagan.

Nojo'ya holatlarning takrorlanish tezligini aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000).

Tez-tez

  • ta'm sezish qobiliyatlarining o'zgarishi;

  • tomoq sezuvchanligi kamayishi;

  • ko'ngil aynishi;

  • og'iz shilliq qavatining sezuvchanligi kamayishi.

Tez-tez emas

  • diareya;

  • qayt qilish;

  • ovqat hazm qilish tizimining buzilishi;

  • og'iz qurishi;

  • qorindagi og'riq;

  • isitmalash;

  • shilliq qavat mahalliy reaktsiyalari.

Kam hollarda

  • o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari;

  • toshma;

  • eshakemi;

  • tomoq qurishi.

Juda kam hollarda

  • yuqori so'lak ajralib chiqishi.

Ayrim kam hollarda/ ayrim holatlarda va h.k.

  • anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan, anafilaktik shok);

  • angioedema (tez shakllanadigan teri, teriosti qatlamlari, shilliq qavatlar yoki shilliqosti asoslari shishi);

  • qichishish;

  • og'ir darajali teri reaktsiyalari (shu jumladan, multiformli eritema, Stivens-Djonson sindromi/ toksik epidermal nekroliz va o'tkir darajali generalizasiyalangan ekzantematoz pustulez);

  • hansirash (o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari simptomi kabi).

Bronxlar motorikasi buzilishi va balg'am yuqori to'planishi holatlarida ambroksol gidroxlorid alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.

Me'da va o'n ikki barmoq ichak o'tkir darajali yarali kasalliklari bo'lgan pasientlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.

Buyraklar funktsional qobiliyati cheklangan yoki og'ir darajali jigar kasalliklari holatlarida ambroksol gidroxlorid alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak (masalan, dozalash intervalini uzaytirish yoki qabul qilinadigan dozani kamaytirish kerak).

Ambroksol gidroxlorid qo'llanilganda multiformli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va o'tkir darajali generalizasiyalangan ekzantematoz pustulez kabi og'ir darajali teri shikastlanishlari holatlari qayd etilgan. Kuchayib boruvchi teri toshmasi simptomlari yoki belgilari paydo bo'lgan holatda (ba'zan qavariqlar yoki shilliq qavat shikastlanishlari shaklida) shifokorga murojaat qilish va ambroksol gidroxloridni qabul qilishni darhol to'xtatish kerak.

5 ml Ambro siropida 1,2 g sorbitol saqlanadi, maksimal sutkalik dozasida (20 ml) 4,9 g gacha sorbitol saqlanadi. Fruktozaga irsiy chidamsizlik bo'lgan pasientlarga qo'llanilishi mumkin emas. Sorbitol o'rtacha bo'shashtiruvchi ta'sirga ega; sorbitolning kaloriyaliligi – 2,6 kkal/g

Sekresiya buzilishi va balg'am ko'chishi qiyinlashishi bilan xususiyatlanuvchi o'tkir darajali va surunkali bronxo-o'pka kasalliklari sekretolitik terapiyasida qo'llaniladi
ambroksol gidroxloridning ta'sir etuvchi moddasiga yoki yordamchi moddalarining istalgan biriga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas

Ambroksol gidroxloridning antibiotiklar (amoksisillin, tsefuroksim, eritromisin, doksisiklin) bilan birga qo'llanilishi o'pka to'qimalarida antibiotiklar kontsentrasiyalari oshishiga olib keladi.

Ambro yo'talni bosuvchi moddalar (kodein kabi yo'talga qarshi dori preparatlari) bilan birga qo'llanilganida yo'tal bosilgan sharoitda balg'am ko'chishi qiyinlashishiga olib keladi. Tegishli ravishda, ushbu moddalar ambroksol gidroxlorid bilan birga qo'llanilmasligi kerak.

Boshqa preparatlar bilan klinik ahamiyatli noxush o'zaro ta'sirlar haqida ma'lum qilinmagan.

Original o'ramda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Ambro 15 mg/ 5 ml

Kattalar va 12 yoshdan katta yoshdagi bolalar:

Davolashning dastlabki 2-3 kunida bir sutkada 3 mahal 10 ml dan, keyingi kunlarda bir sutkada 2 mahal 10 ml dan qabul qilinadi.

Alohida pasientlar guruhlari

Bolalar

Alohida yosh toifalari uchun quyidagi dozalashdan foydalaniladi:

2 yoshgacha bo'lgan bolalar bir sutkada 2 mahal 2,5 ml dan eritma qabul qiladilar.

2-5 yoshgacha bo'lgan bolalar bir sutkada 3 mahal 2,5 ml dan eritma qabul qiladilar.

5-12 yoshgacha bo'lgan bolalar bir sutkada 2-3 mahal 5 ml dan eritma qabul qiladilar.

2 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda preparat faqat shifokor bilan maslahatlashilgandan so'ng qo'llanilishi mumkin.

Ambro 30 mg/ 5 ml

Kattalar va 12 yoshdan katta yoshdagi bolalar:

Davolashning dastlabki 2-3 kunida bir sutkada 3 mahal 5 ml dan, keyingi kunlarda bir sutkada 2 mahal 5 ml dan qabul qilinadi.

Alohida pasientlar guruhlari

Bolalar

Alohida yosh toifalari uchun quyidagi dozalashdan foydalaniladi:

12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun dozalash rejimi kasallikning klinik manzarasi og'irlik darajasiga qarab belgilanadi:

1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar: bir sutkada 2 mahal 1,25 ml.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar: bir sutkada 3 mahal 1,25 ml.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: bir sutkada 2 mahaldan 3 mahalgacha 2,5 ml dan.

2 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda preparat faqat shifokor bilan maslahatlashilgandan so'ng qo'llanilishi mumkin.

Yuborish usuli va yo'li

Ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan.

Qabul qilish vaqti ko'rsatilgan holda qo'llanishning takrorlanish tezligi

Preparatni ovqatlanishdan qat'i nazar qabul qilish mumkin.

Davolash muddati

Qabul qilish muddati cheklanmagan, biroq preparat shifokorning maslahatisiz 4-5 kundan ko'proq muddat qo'llanilmasligi kerak.

Dori preparatining bir yoki bir necha dozalari o'tkazib yuborilganda talab qilinadigan choralar

Yoddan chiqarilgan doza o'rnini to'ldirish uchun ikki baravar dozani qabul qilmang.

Bekor qilish simptomlari xavfi mavjudligiga ko'rsatma

Qo'llanilmaydi.

Dori preparatining qo'llanish usulini tushunib olish uchun tibbiyot xodimiga maslahatlashish maqsadida murojaat qilishga doir tavsiyalar

Dori preparatini qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Simptomlari:

Ambroksol gidroxlorid haddan tashqari katta terapevtik tarqalishga ega modda bo'lib, hozirgi vaqtgacha odamlarda intoksikasiya holatlari qayd etilmagan.

Davolash:

Organizm intoksikasiyasi holatida simptomatik terapiya o'tkaziladi

Ambroksol gidroxlorid plasentar to'siq orqali o'tadi. Homiladorlikning 28-haftasidan so'ng ambroksol gidroxlorid qo'llanilishi (shu jumladan, respirator distress-sindromi oldini olish uchun ambroksol gidroxloridning prenatal yuborilishi) homilaga salbiy ta'sirining biron-bir dalil-isbotini namoyish etmagan. Biroq, homiladorlik vaqtida, ayniqsa, homiladorlikning birinchi uch oyligida dori preparatlarini qabul qilishning umumiy qoidalariga rioya etish kerak. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida dori preparati ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina qo'llanilishi mumkin.

Ambroksol gidroxlorid ko'krak suti bilan ajratib chiqariladi, shu tufayli ko'krakdan emizish davrida preparatning qo'llanilishi tavsiya etilmaydi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ambro sirop 15mg 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ambro sirop 15mg 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Ambro sirop 15mg 100ml dori vositasi АО «Химфарм» tomonidan Qozog’iston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ambro sirop 15mg 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ambro sirop 15mg 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
BROKS tabletkalari 30mg N30
BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10
BROKS sirop 5ml 15mg/5ml N10
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
MUKEKS tabletkalari 30mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 90ml 15mg/5ml
AMBROLONG kapsulalar 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
MUKEKS sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N10
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10
BRONXIREM eritma dlya priema vnutr 40ml 15mg/5ml
AMBRONOL tabletkalari 30mg N50 (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 24 900 so'mdan Batafsil
Ambronol sirop 100ml 15mg/5ml (sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Другие формы препарата
Ambro in'ektsiya uchun eritma 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АО «Химфарм»
  • Vakil: Polpharma S. A.
Ambro ingalyasiya eritmasi 7,5mg 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АО «Химфарм»
  • Vakil: Polpharma S. A.
Ambro ingalyatsiya uchun eritma 7,5mg 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: АО «Химфарм»
AMBRO inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Химфарм, АО
AMBRO inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Химфарм, АО
Ambro tabletkalari 30mg N20:uzAmbro tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Faol modda: Амброксола гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АО «Химфарм»
  • Vakil: Polpharma S. A.
AMBRO tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Химфарм, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9