Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Aminokislotalarning umumiy konsentratsiyasi 80 g/l
Energetik qiymati 1340 kDj/l (=320 kKal/l)
rN 5,7 - 6,3
NaOH titrlanadigan kislotalik 12-25 mmol/l
Nazariy osmolyarligi 770 mosm/l
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma.
500 ml dan rezina (galobutil) tiqin va birinchi ochish nazoratli plastik qalpoqchali alyumin qopqoq bilan berkitilgan gidrolitik, rangsiz shishali flakonlarda.
10 flakonlar plastik tutqich yoki usiz tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Jigar yetishmovchiligida quyidagilar kuzatiladi: plazmada ammiak konsentratsiyasini oshishi; plazmaning aminokislotalar profilini ahamiyatli disbalansi, aynan: tarqalgan zanjirli aminokislotalar (valin, leysin, izoleysin) konsentratsiyasini pasayishi, aromatik kislotalar (tirozin, fenilalanin, triptofan) va metionin darajasini oshishi; giperkatabolizm. Ushbu omillarni qo‘shilishi jigar ensefalopatiyasi va jigar komasi rivojlanishiga olib keladi.
Tarqalgan zanjirli aminokislotalarning yuqori miqdori va aromatik kislotalar va metioninni kam miqdorda saqlovchi Aminosteril N-Gepani yuborish plazmada aminokislotalar nisbatini normallashtirish imkonini beradi, qonda ammiak konsentratsiyasini pasaytiradi, oqsillarni o‘zlashtiraolinishi va sintezini yaxshilaydi, jigar yetishmovchiligi bo‘shgan patsiyentlarda jigar ensefalopatiyasi va jigar komasi simptomlarini namoyon bo‘lish yaqqolligini kamaytiradi.
Aminosteril N-Gepa oziqlantirishning parenteral tartibi komponenti sifatida vena ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuboriladigan aminokislotalarning biokiraolishligi – 100%.
Aminosteril N-Gepaning tarkibi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda aminokislotalar metabolizmiga moslashtirilgan: metionin, fenilalanin va triptofanning miqdori kamaytirilgan, ammo ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli miqdorda, ayni vaqtda leysin, izoleysin va valinning miqdori jigar funksiyasini normal bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan eritmalarga nisbatan ahamiyatli darajada (42%) oshirilgan.
Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin. Yuborish tezligi oshirilganda ko‘ngil aynishi, qusish, terini qizarishi, terlash kuzatilishi mumkin.
Aminosteril N-Gepani yetarli miqdordagi energiya manbalari (uglevodlar eritmalari, yog‘ emulsiyalari), elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlar bilan majmuada parenteral oziqlantirishning bir qismi sifatida qo‘llash tavsiya etiladi. Aralashmalarni tayyorlashni aseptika va mutanosiblik sharoitlariga qat’iy rioya qilganda amalga oshirish kerak.
Qon zardobida elektrolitlar konsentratsiyasini, suyuqlik muvonazatini, kislota-ishqor xolatini nazorat qilish kerak. Laborator tekshiruvlar qonda glyukoza, zardobdagi oqsil, kreatinin darajasini va buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlarini nazorat qilishni o‘z ichiga olishi kerak.
Elektrolitlar va uglevodlar muvozanatini tutib turish kerak, ularni parellel infuziya qilish mumkin.
Tavsiya etilgandan farq qiluvchi ko‘rsatmalar bo‘yicha preparatni qo‘llash aminokislotalar muvozanatini izdan chiqishi va moddalar almashinuvini jiddiy buzilishlariga olib kelishi mumkin.
Kateterni o‘rnatish joyini tanlash (markaziy yoki periferik vena) yuborilayotgan aralashmaning yakuniy osmolyarligi bilan aniqlanadi – periferik venaga infuziya uchun osmolyarlik chegarasi taxminan 800 mosmol/l ni tashkil qiladi, ammo patsiyentning yoshi, klinik xolati va periferik venalarning xolatini inobatga olish kerak.
Periferik venaga har qanday infuziya qon-tomir devorini ta’sirlanishi va tromboflebit chaqirishi mumkin, shuning uchun kateterni o‘rnatish joyini doimiy nazorati tavsiya etiladi.
Flakon ochilgandan keyin darhol ishlatilsin.
Faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Faqat tiniq, mexanik kiritmalar saqlamaydigan, shikastlanmagan o‘ramdagi eritmalar ishlatilsin.
Flakondagi ishlatilmagan qoldiq va infuziyadan keyin qolgan aralashmani yo‘q qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni ushbu toifadagi patsiyentlarda qo‘llash yuzasidan maxsus nazoratlangan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ona va homila uchun foyda va xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin, tavsiya etilgan dozani oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat statsionarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Transportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan.
Agar peroral yoki enteral oziqlantirish imkoni bo‘lmasa, yetarli bo‘lmasa yoki qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlarda ensefalopatiya bilan yoki ensefalopatiyasiz kechuvchi og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligida oziqlantirishning parenteral tartibining komponenti sifatida qo‘llanadi.
Jigardan tashqari etiologiyali aminokislotalar almashinuvini buzilishi, metabolik atsidoz, gipergidratatsiya bilan kechuvchi xolat, giponatriyemiya, gipokaliyemiya, buyrak yetishmovchiligi, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, shok, gipoksiya, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yetarli bo‘lmaganligi tufayli).
Mikrobiologik ifloslanish va nomutanosiblik xavfini oshishi tufayli, aminokislotalar eritmalarini parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallanmagan boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas.
Aminosteril N-Gepani markaziy yoki periferik venaga yuborish mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi kateterni o‘rnatish joyini tanlashga qarang).
Odatda bir soatda tana vazniga 1,0-1,25 ml/kg tezlikda buyuriladi, bu bir soatda patsiyentning 1 kg tana vazniga 0,08-0,1 g aminokislotaga to‘g‘ri keladi.
Infuziyaning maksimal tezligi bir soatda tana vazniga 1,25 ml/kg, bu bir soatda patsiyentning 1 kg tana vazniga 0,1 g aminokislotalarga to‘g‘ri keladi.
Maksimal sutkalik doza sutkada 1 kg tana vazniga 18,75 ml, bu sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g aminokislotani tashkil qiladi va patsiyentning tana vazni 70 kg bo‘lganda sutkada 1300 ml ga mos keladi.
To‘liq parenteral oziqlantirishda Aminosteril N-Gepani yetarli miqdordagi energiya manbalari (uglevodlar eritmalari, yog‘ emulsiyalari), elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlar bilan birga yuborish kerak.
Optimal yuborish uchun uglevodlar eritmalari va/yoki yog‘ emulsiyalarini bir vaqtda qo‘llash kerak.
Aminosteril N-Gepani patsiyentning klinik xolati qancha vaqt talab etsa yoki aminokislotalar metabolizmi normallashguncha qo‘llanishi mumkin.
Periferik venaga tavsiya etilgan infuziya tezligini oshirish tromboflebit rivojlanishi sababchisi bo‘lishi mumkin.
Mavjud bo‘lgan patologik jarayonlarning va jigar funsiyasini yetishmovchiligi darajasiga qarab dozani oshirib yuborilishi oqibatida ko‘ngil aynishi, qusish, qaltirash, buyrak aminokislotalarni chiqarilishini oshishi kuzatilishi.
Doza oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lganda preparatni yuborish tezligini pasaytirish yoki infuziyani to‘xtatish kerak.