×
×
  • Ampisillina natriy tuzi kristallicheskaya

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ampisillina natriy tuzi kristallicheskaya

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Faol modda:
Ампициллин
ATX kodi:
- J01CA01 Ампициллин
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
2 700 s`om dan
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
38 949 s`om dan
IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ampisillina natriy tuzi kristallicheskaya qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMPISILLIN NATRIYLI TUZI

AMPICILLINUM NATRIUM

Preparatning savdo nomi: Ampisillin natriyli tuzi

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ampisillin natriy

Dori shakli: In‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

Sterill ampisillin natriyli tuzi ampisillinga qayta hisoblanganda – 500 mg.

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli mayda kristall kukun. Gigroskopik.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (penisillinlar guruhi).

ATX kodi: J01CA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Ampisillin – keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan yarimsintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik. Mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini to‘xtatib, bakterisid ta‘sir qiladi. Penisillinaza ta‘sirida parchalanadi.

Preparatga quyidagi mikroorganizmlar doimo sezgir: Staphylococcus spp., Streptococci A, B, C, F, G; Str. pneumoniae penisillinaza ishlab chiqarmaydiganlari: L. monocytogenes, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelotrix rhusopathiae, Eikenela, N.meningitidis, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propionibacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema; Enterococcus faecalis, E.coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H.Influenzae, N.gonorrhoeae,  Fusobacterium spp., Prevotella spp. lar doimo sezgir emas.

Preparatga chidamli mikroorganizmlar: D.catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C.diversus, C.freundi, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella morganii, Y.enterocolitica, Pseudommonas spp., Acinetabacter spp., Xanthomonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.

Farmakokinetikasi

Preparat parenteral yuborilgandan keyin organizmning to‘qima va suyuqliklariga kiradi, terapevtik konsentrasiyalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarida, safroda aniqlanadi. Preparat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga ajralib chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 1 soat, anuriyada bu davr 12-20 soatgacha uzayadi. Preparatning asosiy qismi organizmdan buyrak orqali chiqariladi, shuning uchun siydikda antibiotikning juda yuqori konsentrasiyasi hosil bo‘ladi. Preparat takror yuborilganda, organizmda to‘planib qolmaydi, bu uni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash imkonini beradi.

Qo‘llanilishi

Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, salmonellalarni uzoq vaqt tashuvchanlik, xolesistit, ko‘k yo‘tal, pielonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar, quloq, burun, tomoq infeksiyalari, odontogen infeksiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalarda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Parenteral: mushak ichiga (m/i) va vena ichiga (v/i) (oqim bilan yoki tomchilab). Ikkala yuborish usullarida kattalarga 250-500 mg dan sutkada 4-6 marta buyuriladi; og‘ir infeksiyalarda (sepsisda, meningitda, endokarditda) sutkalik doza 10 g gacha va undan ortiqqa oshirilishi mumkin; bolalarga yoshiga qarab: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga –
100 mg/kg, 1 yoshgacha – 50 mg/kg, 1 yoshdan 4 yoshgacha 50-75 mg/kg, 4 yoshdan kattalarga 50 mg/kg sutkalik dozada buyurilishi mumkin.

2 g dan oshadigan bir martalik doza v/i tomchilab yuboriladi. Buning uchun 2-4 g ni muvofiq 7,5-15,0 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi, keyin tayyorlangan eritmaga 125-
250 ml natriy xloridi eritmasi yoki 5-10% li glyukoza eritmasini qo‘shiladi, minutiga 60-80 tomchi tezligida yuboriladi.

V/i tomchilab yuborilganda bolalarga erituvchi sifatida 5-10% li glyukoza eritmasi (bolaning yoshiga qarab 30-50 ml) qo‘llanadi.

Davolash davomiyligi pasientning holatini og‘irligi va davolash samaradorligiga bog‘liq (5-10 kundan 2-3 haftagacha va undan ko‘p) bo‘ladi.

Mushak ichiga yuborish uchun eritmani ex tempore, flakon ichidagisiga 2 ml steril in‘eksiya uchun suv yoki 0,5% li novokainning in‘eksiya uchun eritmasini qo‘shib tayyorlanadi (novokainga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar bundan istisnodir). Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparatning bir martalik dozasini (ko‘pi bilan
2 g) 5-10 ml steril in‘eksiya uchun suv yoki natriy xloridining izotonik eritmasida eritiladi va sekin yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, kon‘yunktivit; kam hollarda – isitmalash, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, eozinofiliya, juda kam hollarda anafilaktik shok). Markaziy nerv tizimiga toksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatning yuqori dozalari qo‘llanilganda), dispepsik holatlar (diareya, ko‘ngil aynishi, qusish), kandidoz, ichak disbakteriozi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penisillinlarga, sefalosporinlarga, karbapenemlarga), jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari, infeksion mononukleoz, bronxial astma, pichan isitmasi, emizish (davolash vaqtida emizishni to‘xtatish lozim) davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bakteriostatik antibiotiklar (tetrasiklin, xloramfenikol, eritromisin va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda o‘zaro antagonizm yuz beradi. Aminoglikozid antibiotiklar bilan birga qo‘llanganda, preparatning mikroblarga qarshi samaradorligida sinergizm kuzatiladi. Probenesid bilan birga qo‘llanishi preparatni siydik bilan ajralishini kamaytiradi va qon zardobida uning miqdorini oshishiga olib keladi, allopurinol bilan esa – preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va teri toshmasini paydo bo‘lish tezligini oshiradi. Kam hollarda preparat peroral kontraseptivlarning ta‘sirini susaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va desensibilizasiyalovchi davolash choralarini o‘tkazish lozim. Preparatni sepsisli bemorlarda qo‘llanganda bakterioliz reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) yuz berishi mumkin. Holsizlangan bemorlarda uzoq vaqt davolanishda, preparatga chidamli mikroorganizmlar (achitqisimon zamburug‘lar, grammanfiy mikroblar) chaqirgan superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Bu guruh bemorlarga davolash davrida V guruhi vitaminlarini va S vitaminini, buyurish, zarurati bo‘lganda nistatin va levorin dori vositalarini berish maqsadga muvofiqdir. Bronxial astmada, pichan isitmasida va boshqa allergik kasalliklarda, zarur bo‘lganda preparat desensibilizasiyalovchi vositalar bilan birga qo‘llanadi. Buyrak, jigar faoliyatini va qon manzarasini muntazam nazorat qilish lozim. Preparatni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida markaziy nerv tizimiga toksik ta‘siri (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i), dispepsik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ich suyuq kelishi), teri toshmasi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishining simptomlari paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va zarurati bo‘lganida simptomatik davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalarini qo‘llash, suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish, gemodializ o‘tkazish kerak. Allergiyada antigistamin va desensibilizasiyalovchi vositalar qo‘llanadi.

Chiqarilish shakli

In‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ampisillina natriy tuzi kristallicheskaya dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ampisillina natriy tuzi kristallicheskaya dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ampisillina natriy tuzi kristallicheskaya dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N10
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N50
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N10
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ампициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез», Россия.
  • Vakil: Novopharma Plus OT MChJ
AMPISILLIN poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ампициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Ампициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
AMPISILLINA TRIGIDRAT kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ампициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Другие формы препарата
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N10
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N50
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N10
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ампициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез», Россия.
  • Vakil: Novopharma Plus OT MChJ
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 0,5 g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: NCPC International Corp, Китай, произведено: North China Pharmaceutical Co, Ltd
AMPISILLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Hainan Hailing Chemipharma Corporation Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9