52 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash154 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berishfaol moddalar: odam gamma interferoniga affinno tozalangan antitelalar – 0,006 g*.
*muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substantsiyaning uch faol suvli aralashmalari ko'rinishida chiqariladi.
yordamchi moddalar: maltitol, gliserol, Kaliya sorbati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Gripp, paragripp viruslariga, oddiy gerpesning 1 va 2 turlariga (labial gerpes, genital gerpes), boshqa gerpes-viruslariga (suvchechak, infektsion mononukleoz), enteroviruslar, kana entsefaliti virusi, rotavirus, koronavirus, kalisivirus, adenovirus, respirator-sintsital (RS virusi) viruslariga nisbatan preparatning samaradorligi klinika oldi va klinik tadqiqotlarda aniqlangan.
Preparat shikastlangan to'qimalarda virusning kontsentrasiyasini pasaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bilan bog'liq bo'lgan tsitokinlarga ta'sir qiladi, endogen "erta" interferonlarni (ifn a/ß) va gamma-interferon (ifn g) hosil bo'lishini induktsiyalaydi. Gumoral va hujayraviy immun javobni rag'batlantiradi. Antitelalarni (shu jumladan sekretor IgA) hosil bo'lishini oshiradi, T-effektorlar, T-xelperlar (TX) faoliyatini faollashtiradi, ularning nisbatini normallashtiradi. TX va immun javobda ishtirok etuvchi boshqa hujayralarning funktsional rezervini oshiradi. Aralash tx1 va tx2-tur immun javobning induktori ximoblanadi: tx1 (ifn γ, il-2) va tx2 (il-4, 10) tsitokinlarni ishlab chiqarilishini oshiradi, tx1/tx2 faolligining muvozanatini normallashtiradi (modullaydi). Fagositlarning va tabiiy killer-hujayralarning (EK hujayralar) funktsional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega.
Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlar va laktasiya davrida Anaferon detskiy preparatini qo'llashning xavfsizligi o'rganilmagan.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Anaferon detskiy preparatini transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Flakon ochilgandan keyin 25o Сdan yuqori bo'lmagan haroratda 35 kun davomida saqlansin.
Muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati-3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Bir qabulga 10 tomchidan (tomchilar qoshiqda o'lchanadi). Davolanishning 1-chi kuni quyidagi sxema bo'yicha 80 tomchi qabul qilinadi: birinchi 2 soatda har 30 minutda 10 tomchidan (jami 50 tomchi), so'ngra shu kun davomida teng vaqt oralig'ida yana 10 tomchidan 3 marta qabul qilinadi. Ikkinchi kundan beshinchi kungacha kuniga 3 marta 10 tomchidan qabul qilinadi.
Davolanishning birinchi kunida preparatning birinchi besh qabulini ovqatlanishlar orasida yoxud bolani ovqatlantirishdan yoki suyuqlik qabul qilishidan 15 minut oldin qabul qilish kerak.