×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANDANTE 0,01 kapsulalar N7

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Залеплон
Qadoqda soni:
- 7
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер ОАО
ATX kodi:
- N05CF03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PALORA tabletkalari 100mg N30 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
43 000 s`om dan
STREZAM kapsulalar 50mg N60 Biocodex Frantsiya
131 300 s`om dan
TENOTEN DETSKIY tabletkalari N40 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
42 000 s`om dan
STRESSI kapsulalar N20 Avantika Medex Pvt. Ltd. Hindiston
62 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ANDANTE 0,01 kapsulalar N7 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANDANTE

ANDANTE

 

Preparatning savdo  nomi: Andante (Andante)

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): zaleplon (zaleplon)

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi:

Xar bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi modda: 10 mg zaleplon.

Yordamchi moddalar:

Kapsula ichidagisi: suvsiz kolloid kremniy, natriy laurilsulfati, titan dioksidi (Ye171), indigokarmin (Ye132), magniy stearati, mikrokristall sellyuloza (102 tipi), laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali.

Kapsula qobig‘i: indigokarmin (Ye132), titan dioksidi (Ye171), jelatin.

Ta‘rifi: kulrang tusli och-moviy rangli kukun.

Qattiq jelatin kapsulalar, o‘lchami № 2.

Yuqori qismi: moviy rangli, tiniq emas (L 890).

Pastki qismi: ko‘k rangli (54.038(OR).S038), tiniq emas.

Farmakoterapevtik guruhi: uyqu vositasi (benzadiazepinsimon vosita).

ATX kodi: N05CF03.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Zaleplon pirazolo-pirimidin turi uxlatuvchi vositasi bo‘lib, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha benzodiazepinlar va boshqa uxlatuvchi vositalaridan farq qiladi. I tip benzadiazepin reseptorlari bilan tanlab bog‘lanadi.

Zaleplonning farmakokinetik profili tez so‘rilishi va chiqarilishi bilan xarakterlanadi (5.2 bo‘limga qarang). I tip benzadiazepin reseptorlariga nisbatan yuqori selektivlik va past affinlik bilan o‘zining kichik turiga xos bo‘lgan reseptorlar bilan selektiv bog‘lanish xarakteristikalari bilan birga, bu xususiyatlari zaleplonning umumiy xarakteristikalarini belgilaydi.

Zaleplonning samaradorligi uyquni baholashni ob‘ektiv usuli – polisomnografiya (PSG) ishlatish bilan laboratoriya tadqiqotlarida ham, uyquni baholash uchun savolnomalarni ishlatish bilan ambulator tadqiqotlarda ham namoyish qilingan. Bu tadqiqotlarda pasientlarda birlamchi (psixofiziologik) uyqusizlik diagnozi aniqlangan.

10 mg zaleplon qabul qilgan keksa bo‘lmagan pasientlardagi ambulator tadqiqotlarda, uyquga ketishni latent vaqtini qisqarishi 4 haftagacha vaqt davomida kuzatilgan.

Keksa pasientlardagi 2 haftalik tadqiqotlarda, uyquga ketishni latent vaqti 5 mg dozada zaleplon qabul qilinganida sezilarli darajada pasaygan, va 10 mg dozada zaleplon qabul qilinganida, plasebo bilan solishtirganda turg‘un ravishda pasaygan. Uyquga ketishni latent vaqtini bunday pasayishi plasebo qabul qilinganidagidan sezilarli darajada farq qilgan. 2 va 4 haftalik tadqiqotlarda olingan natijalar, zaleplonning har qanday dozalari qabul qilinganida farmakologik o‘rganib qolish rivojlanmasligini ko‘rsatadi.

PSG ni baholashni ob‘ektiv usulini ishlatish bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda zaleplon uyquga ketishni latent davrini pasayishi va tunning birinchi yarmidagi uyquning davomiyligini oshishi bo‘yicha plasebodan ustun bo‘lgan. Uyquning har bir fazasi vaqti ulushini o‘lchash bilan o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotlarda, zaleplonni uyquning fazalarini tutib turilishini ta‘minlashi ko‘rsatilgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ichga qabul qilinganidan keyin tez va deyarli to‘liq so‘riladi va bunda qondagi maksimal konsentrasiyasiga 1 soat o‘tgach erishiladi. Qabul qilingan dozaning kamida 71% so‘riladi. Tizim oldi metabolizmi oqibatida mutloq biokiraolishligi taxminan 30% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Yog‘da eruvchan birikmadir. Vena ichiga yuborilganidan keyin taqsimlanish hajmi taxminan 1,4±0,3 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi in vitro sharoitda taxminan 60% ni tashkil qiladi. Bu boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli juda kam deb hisoblash imkoniyatini beradi.

Metabolizmi

Birlamchi metabolizmida aldegidoksidaza ishtirok etadi va 5-oksozaleplon hosil bo‘lishiga olib keladi. CYP3A4 ham dezetilzaleplon hosil bo‘lishi bilan zaleplonning metabolizmida ishtirok etadi, u o‘z navbatida aldegidoksidaza yordamida 5-okso-dezetil-zaleplonga aylanadi. Keyinchalik oksidlanish mahsulotlari glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiyaga duchor bo‘ladi. Barcha metabolitlari faol emas, bu hayvonlarning hatti-harakatida ham, in vitro sharoitda faollikni tahlilida ham ko‘rsatilgan.

Qon plazmasidagi zaleplonning konsentrasiyasi dozaga qarab to‘g‘ri chiziqli oshadi. Kuniga 30 mg gacha dozalarda qo‘llanganida to‘planishi kuzatilmaydi. Zaleplonning yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Asosan siydik (71%) va ahlat (17%) bilan faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 57% siydikda 5-oksozaleplon va uning metabolitlari (glyukuronid ko‘rinishida), dozaning 9% – 5-okso-dezetil-zaleplon va uning metabolitlari (glyukuronidi) ko‘rinishida aniqlanadi. Dozaning qolgan qismi siydik bilan kamroq sezilarli darajada metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Ichak orqali chiqariladigan metabolitlari orasida 5-oksozaleplon ustunlik qiladi.

Jigar faoliyatini buzilishi

Zaleplon asosan jigarda metabolizmga uchraydi va sezilarli darajada tizim oldi metabolizmga duchor bo‘ladi. Shuning uchun jigarning kompensasiyalangan va dekompensasiyalangan sirrozi bo‘lgan pasientlarda ichga qabul qilinganida zaleplonning klirensi muvofiq 70% va 87% ga pasaygan. Buning natijasida Smax va AUC ning (jigarning kompensasiyalangan va dekompensasiyalangan sirrozi bo‘lgan pasientlarda muvofiq 4 va 7 martagacha) o‘rtacha qiymatlarini sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda sezilarli darajada oshishi kuzatilgan. Yengil va og‘irligi o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda zaleplonning dozasi pasaytirilishi kerak. Preparat og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga tavsiya etilmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Zaleplonning bir martalik dozasini farmakokinetikasi yengil (kreatinin klirensi minutiga 40-89 ml) va og‘irligi o‘rtacha (minutiga 29-39 ml) darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilgan. Og‘irligi o‘rtacha darajali buzilishlari bo‘lgan pasientlarda va gemodializda bo‘lgan pasientlarda, sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda, qon plazmasidagi preparatning maksimal konsentrasiyasini 23% ga pasayishi aniqlangan. Zaleplonning ta‘sir darajasi barcha guruhlarda o‘xshash bo‘lgan. Shunday qilib, yengil va og‘irligi o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda zaleplonni adekvat tekshirishlari o‘tkazilmagan.

Qo‘llanilishi

Andante preparati uyquga ketishi qiyin bo‘lgan uyqusizlikka uchragan pasientlarni davolash uchun ko‘rsatilgan. U faqat buzilish haddan ziyod charchoqlikka olib keladigan va mehnat qobiliyatini pasayishini chaqiradigan og‘ir hollarda ko‘rsatilgan.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar uchun tavsiya etilgan doza 10 mg ni tashkil qiladi.

Davolash davomiyligi iloji boricha qisqaroq, maksimum 2 hafta bo‘lishi kerak.

Andante preparatini bevosita uyqudan oldin yoki pasient uyquga ketishi mumkinligini his qilgandan keyin qabul qilish mumkin. Preparat ovqatdan keyin qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti taxminan 2 soatga oshishi mumkinligi tufayli, Andante preparatini ovqat qabul qilish vaqtida yoki undan keyin darhol qabul qilish kerak.

Barcha  pasientlarda Andante preparatining umumiy sutkalik dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak. Pasientlar bir kecha davomida preparatni ikkinchi dozasini qabul qilmasliklari kerakligini bilishlari kerak.

Keksa yoshli pasientlar

Keksa yoshli pasientlar uxlatuvchi preparatlarning samaralariga sezgirroq bo‘lishlari mumkin; shuning uchun ular uchun Andante preparatining tavsiya etilgan dozasi 5 mg ni tashkil qiladi.

Bolalar

Andante preparatini bolalarda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Jigar faoliyatini buzilishi

Yengil va og‘irligi o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar organizmida chiqarilishini sekinlashganligi tufayli, Andante preparatini 5 mg dozada buyurish kerak. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘yicha ma‘lumot “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limida berilgan.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Yengil va og‘irligi o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, chunki bunday pasientlarda zaleplonning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holat hisoblanadi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Amneziya, paresteziyalar, uyquchanlik va dismenoreya kabi nojo‘ya reaksiyalar haqida eng ko‘p xabar berilgan. Nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi:

juda tez-tez (≥1/10)

tez-tez (≥1/100 – ≤1/10)

tez-tez emas (≥1/1000 – ≤1/100)

kam hollarda  (≥1/10000 – ≤1/1000)

juda kam hollarda (≤1/10000)

noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida paydo bo‘lish tez-tezligini aniqlash mumkin emas).

Har bir tez-tezlik guruhida nojo‘ya reaksiyalar jiddiyligini kamayish tartibida berilgan.

 

A‘zo/Tizim (tez-tezligi) Noxush reaksiyalar  
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ishtahani pasayishi
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez emas:

 

depersonalizasiya, gallyusinasiyalar, depressiya, ongni chalkashishi, apatiya
Noma‘lum: somnambulizm
Shuningdek quyida Depressiya va Ruxiy va “paradoksal” reaksiyalar” bo‘limiga qarang
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: amneziya, paresteziyalar, uyquchanlik
Tez-tez emas: ataksiya/harakat koordinasiyasini buzilishi, bosh aylanishi, diqqatni buzilishi, parosmiya, nutqni buzilishi (dizartriya, tushunarsiz nutq), gipesteziya
Quyida Amneziya bo‘limga ham qarang  
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘rishni buzilishi, diplopiya
Eshitish a‘zosi tomonidan va labirint buzilishlari
Tez-tez emas: giperakuziya
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Noma‘lum: gepatotoksik ta‘siri (asosan transaminazalar faolligini oshishi sifatida ta‘riflanuvchi)
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: fotosensibilizasiya reaksiyasi
Noma‘lum: angionevrotik shish
Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: dismenoreya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas: asteniya, lohaslik

Amneziya

Preparatning tavsiya etilgan terapevtik dozalari qo‘llanganida anterograd amneziya rivojlanishi mumkin. Bu xavf yuqoriroq dozalar qabul qilinganida oshadi. Amneziya samarasi to‘g‘ri kelmaydigan hatti-harakat bilan birga kechishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang).

Depressiya

Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon preparatlar bilan davolash fonida oldingi depressiya oshkor bo‘lishi mumkin.

Ruhiy buzilishlar va “paradoksal” reaksiyalar

Benzodiazepinlar yoki benzodiazepinsimon preparatlarni qabul qilish fonida psixomotor qo‘zg‘alish, xavotirlik, ta‘sirchanlik, nazoratni pasayishi, agressiya, fikrlashni buzilishi, alahsirash, kuchli g‘azab xurujlari, depersonalizasiya, gallyusinasiyalar, psixoz, g‘alati hatti-harakat, xarakterga xos bo‘lmagan ekstraversiyalar kabi reksiyalar va boshqa noxush hatti-harakat reaksiyalari rivojlanishi mumkin. Ular keksa odamlarda ko‘proq rivojlanadi.

Qaramlik

Preparatni qabul qilish (hatto terapevtik dozalarda ham) jismoniy qaramlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin: davolashni to‘xtatish “bekor qilish” sindromi bilan birga kechishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang). Ruxiy qaramlik shakllanishi mumkin. Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon moddalar bilan suiste‘mol qilish ta‘riflangan.

 

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Faol moddagi yoki yordamchi moddalardan biriga, shu jumladan indigokarminga (Ye132), o‘ta yuqori sezuvchanlik
  • Og‘ir jigar yetishmovchiligi,
  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi
  • Tungi apnoe sindromi
  • Miasteniya gravis
  • Og‘ir nafas yetishmovchiligi
  • Bolalarda (18 yoshdan kichik) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Sedativ-uxlatuvchi vositalarini qabul qilgan pasientlarda “uyquda haydash” (ya‘ni sedativ-uxlatuvchi vositalar qabul qilgandan so‘ng, to‘liq uyg‘onmasdan keyingi amneziya bilan avtomobilni boshqarish) kabi hatti-harakatni murakkab turlari ta‘riflangan.

Bu ko‘rinishlar sedativ-uxlatuvchi vositalarini qabul qilgan shaxslarda ham, ularni qabul qilmagan shaxslarda ham rivojlanishi mumkin. Garchi uyquda haydash kabi hatti-harakatlarning turlari faqat sedativ-uxlatuvchi vositalar terapevtik dozalarda qabul qilinganida rivojlanishi mumkin bo‘lsa ham, ehtimol, alkogolni va markaziy nerv tizimini (MNT) susaytiruvchi boshqa moddalarni sedativ-uxlatuvchi vositalari bilan birga iste‘mol qilish va tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozani oshirish, bunday hatti-harakat rivojlanish xavfini oshishiga yordam beradi.

Pasient va atrofdagilar uchun xavf tufayli, “uyquda haydash” epizodlari rivojlanganida zaleplonni qabul qilishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Sedativ-uxlatuvchi vositalarni qabul qilgandan keyin pasientlarda to‘liq uyg‘onmaganda murakkab hatti-harakatning boshqa turlari ham aniqlanishi mumkin (masalan, ovqat tayyorlash va iste‘mol qilish, telefon qo‘ng‘iroqlar qilish, jinsiy aloqa). Uyquda haydash holidagi kabi, pasientlar bu hodisalarni odatda yodda tutmaydilar.

Sedativ-uxlatuvchi vositalarni, shu jumladan zaleplon qabul qilayotgan pasientlarda, og‘ir anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar ta‘riflangan. Sedativ-uxlatuvchi vositalarning, shu jumladan zaleplonning birinchi yoki navbatdagi dozalari qabul qilinganidan keyin til, tovush tirqishi yoki xalqumni angionevrotik shishi hollari ta‘riflangan. Sedativ-uxlatuvchi vositalarni qabul qilayotgan ayrim pasientlarda, hansirash, tomoqni spazmi yoki ko‘ngil aynishi va qusish kabi qo‘shimcha simptomlar rivojlangan. Ayrim bemorlarga tez yordam bo‘limida shoshilinch tibbiy yordam talab qilingan. Agar angionevrotik shish tilga, tovush tirqishiga yoki xalqumga tarqalsa, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan nafas yo‘llarining obstruksiyasi rivojlanishi mumkin. Zaleplon bilan davolash fonida angionevrotik shish rivojlangan pasientlar, bu ta‘sir etuvchi moddani saqlovchi preparatlarni qayta qabul qilmasliklari kerak.

Uyqusizlik pasientda bo‘lgan jismoniy yoki ruxiy kasallikni aks ettirishi mumkin. Agar zaleplon bilan qisqa muddatli davolashdan keyin uyqusizlik saqlansa yoki kuchayib borsa, klinik vaziyatni qayta baholash kerak.

Zaleplon qon plazmasidan qisqa yarim chiqarilish davriga ega bo‘lganligi tufayli, agar pasient  yarim tundan keyin ko‘p o‘tmay uyg‘onsa, muqobil davolash variantlarini ko‘rish kerak. Pasientlar bir kecha davomida preparatni ikkinchi dozasini qabul qilmasliklari kerakligini bilishlari kerak.

Zaleplonni CYP3A4 izofermentiga ma‘lum ta‘sirga ega bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llash, qon plazmasida zaleplonning konsentrasiyasining o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

O‘rganib qolish

Benzodiazepinlar va qisqa ta‘sirli benzodiazepinsimon preparatlarni qabul qilish, bir necha hafta davomida uyqu chaqiruvchi samarasini pasayishi bilan birga kechishi mumkin.

 

 

Qaramlik

Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon preparatlarni qabul qilish, jismoniy va ruhiy qaramlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin, uning ehtimoli yuqori dozalarni qabul qilish, davomli davolanish, surunkali alkogolizm va pasientning anamnezida dorilarga qaramlik bo‘lganida oshadi.

Shakllangan jismoniy qaramlikda preparatni keskin bekor qilish, “bekor qilish” sindromini rivojlanishiga olib keladi. Ular bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, keskin ifodalangan xavotirlik,  yuqori kuchlanish va ta‘sirchanlik, psixomotor qo‘zg‘alish, ongni chalkashishini o‘z ichiga olishi mumkin. Og‘ir hollarda derealizasiya, depersonalizasiya, giperakuziya, uvishish, oyoq-qo‘llarda sanchilish hissi, yorug‘lik, tovush va fizik qo‘zg‘atuvchilarga yuqori reaksiya, gallyusinasiyalar va tutqanoq xurujlari kuzatilishi mumkin.

Zaleplonni, asosan boshqa psixotrop moddalar bilan majmuada qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan qaramlik rivojlanishi haqida xabarlar olingan (preparatni postmarketing qo‘llanishida).

Preparatni bekor qilish fonidagi uyqusizlik va xavotirlik

Davolashni bekor qilish fonida tranzitor sindrom rivojlanishi mumkin, u benzodiazepinlar yoki benzodiazepinsimon moddalar bilan davolash uchun ko‘rsatmalar bo‘lib xizmat qilgan simptomlarni yaqqolroq darajada qaytishi bilan xarakterlanadi. Bu sindrom boshqa reaksiyalar bilan, shu jumladan kayfiyatni o‘zgarishi, xavotirlik yoki uyquni buzilishi va psixomotor qo‘zg‘alish bilan birga kechishi mumkin.

Davolash davomiyligi

Davolash davomiyligi iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang) va ikki haftadan oshmasligi kerak. Davolash davrini oshirish faqat klinik vaziyat qayta baholanganidan keyin mumkin.

Davolashni boshlash vaqtida pasientga, ehtimol davolash davomiyligi cheklangan bo‘lishini aytish foydali bo‘lishi mumkin. “Bekor qilish” sindromi rivojlanishi mumkinligi haqida pasientni xabardor bo‘lishi muxim, bu agar davolash to‘xtatilganidan keyin bunday simptomlar paydo bo‘lsa, xavotirlikni kamayishiga yordam berishi mumkin.

Xotirani buzilishlari va psixomotor buzilishlar

Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon moddalar anterograd amneziya va psixomotor buzilishlar chaqirishi mumkin. Bu preparat qabul qilinganidan keyin bir necha soatlar davomida eng ko‘proq yuz beradi. Bunday buzilishlar rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun pasientlar, zaleplon qabul qilinganidan keyin 4 soat davomida yoki ko‘proq psixomotor koordinasiyani talab qiluvchi harakatlarni bajarmasliklari kerak (“Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Ruhiy va “paradoksal” reaksiyalar

Benzodiazepinlar yoki benzodiazepinsimon moddalarni qabul qilish fonida psixomotor qo‘zg‘alish, xavotirlik, ta‘sirchanlik, nazoratni pasayishi, agressiya, fikrlashni buzilishi, alahsirash, kuchli g‘azab xurujlari, tungi daxshatlar, depersonalizasiya, gallyusinasiyalar, psixoz, halati hatti-harakat, xarakterga xos bo‘lmagan ekstraversiyalar kabi reaksiyalar va boshqa nohush hatti-harakat reaksiyalari rivojlanishi mumkin. Ularni faol modda chaqirishi mumkin, spontan rivojlanishi yoki asosiy ruhiy yoki jismoniy kasallikning natijasi bo‘lishi mumkin. Ular ko‘proq keksa odamlarda rivojlanadi. Ular paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Hatti-harakatni buzilishining har qanday yangi belgisi yoki simptomi klinik vaziyatni sinchiklab va darhol baholashni talab qiladi.

Alohida guruh pasientlari

Alkogolni yoki dori preparatlarini suiste‘mol qilish

Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon moddalarni anamnezida alkogolga yoki dorilarga qaramligi bo‘lgan pasientlarga alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

 

Jigar faoliyatini buzilishi

Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon moddalarni og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumin emas, chunki ular ensefalopatiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Og‘irligi yengil va o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda klirensini pasayishi tufayli zaleplonning biokiraolishligi oshgan va demak, bunday pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda zaleplonni qo‘llash mumkin emas, chunki bu guruh pasientlarda adekvat tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Og‘irligi yengil yoki o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda zaleplonning farmakokinetik profili, sog‘lom odamlardagidan sezilarli darajada farq qilmaydi. Demak, bunday pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Nafas yetishmovchiligi

Surunkali nafas yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga sedativ preparatlar buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Psixoz

Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon preparatlarni psixotik kasalliklarni boshlang‘ich davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Depressiya

Benzodiazepinlar va benzodiazepinsimon preparatlarni monoterapiya ko‘rinishida depressiyada yoki depressiya bilan bog‘liq bo‘lgan xavotirlikda qo‘llash mumkin emas (bunday pasientlarda ular suisidal hatti-harakatni qo‘zg‘atishlari mumkin). Bundan tashqari, odatda depressiyasi bo‘lgan pasientlardagi qasddan dozani oshirib yuborishni yuqori xavfi tufayli, bunday pasientlarga buyuriladigan dori preparatlarining miqdori, shu jumladan zaleplon, minimal kerakli darajada tutib turilishi kerak.

Adante preparati laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktazasi tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan tug‘ma buzilishlari bo‘lgan pasientlar, bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alkogol bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat alkogol bilan birga qabul qilinganida sedativ samarasi kuchayishi mumkin, bu avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin (“Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilish qobiliyati” bo‘limiga qarang).

MNT ta‘sir qiluvchi boshqa vositalar bilan birga qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi. Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), uxlatuvchi vositalari, anksiolitiklar/sedativ vositalar, antidepressantlar, narkotik analgetiklar, tutqanoqqa qarshi vositalar va sedativ samaraga ega bo‘lgan antigistamin vositalar bilan birga qo‘llangan hollarda, MNT sedativ ta‘sirini kuchayishi kuzatilishi mumkin.

Zaleplonning 10 mg bir martalik dozasi va venlafaksinni (sekin ajralib chiqadigin) kuniga 75 mg yoki 150 mg dozada birga qo‘llash, xotiraga (so‘zlarni tez yoki kechikib takrorlash) yoki psixomotor faollikka (raqamli simvollarni almashtirish testi) ta‘sir qilmagan. Bundan tashqari, zaleplon va venlafaksin (sekin ajralib chiquvchi) orasida farmakokinetik o‘zaro ta‘sir bo‘lmagan.

Narkotik analgetiklar bilan birga qabul qilinganida, fiziologik qaramlikni kuchayishiga olib keluvchi eyforiyani kuchayishi kuzatiladi.

Simetidin, ayrim jigar fermentlarini, shu jumladan aldegidoksidazani xam, CYP3A4 ni ham, noselektiv o‘rtacha ingibitori, qon plazmasida zaleplonning konsentrasiyasini 85% ga oshishini chaqirgan, bu uni zaleplonning metabolizmiga javobgar bo‘lgan ham birlamchi (aldegidoksidaza), ham ikkilamchi (CYP3A4) fermentlarga susaytiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq. Shuning uchun simetidin va zaleplon birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Zaleplon va eritromisinning (CYP3A4 ni kuchli selektiv ingibitori) 800 mg bir martalik dozasini birga qo‘llash, zaleplonning plazmadagi konsentrasiyasini 34% ga oshishini chaqirgan. Zaleplonning dozasiga standart tuzatish kiritish zarur deb hisoblanmaydi, lekin pasientlarga sedativ samaralarini kuchayishi mumkinligi xaqida xabar berish kerak.

Bunga qarama-qarshi, rifampisin, ayrim jigar fermentlarini, shu jumladan CYP3A4 ni, kuchli induktori, qon plazmasida zaleplonning konsentrasiyasini 4 marta pasaytirgan.

Zaleplon va rifampisin, karbamazepin va fenobarbital kabi CYP3A4 induktorlarini birga qo‘llash, zaleplonning samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Zaleplon ikki tor terapevtik doirasiga ega bo‘lgan moddalar – digoksin va varfarinning farmakokinetikasi va farmakodinamikasiga ta‘sir qilmagan.

Bundan tashqari, zaleplon va ibuprofen, u buyrak ekskresiyasini o‘zgartiruvchi moddalardan biri bo‘lishi mumkin, orasida o‘zaro ta‘sir kuzatilmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Garchi hayvonlardagi tadqiqotlarda teratogen yoki embriotoksik samaralarini yo‘qligi namoyish qilingan bo‘lsa ham, homiladorlik yoki emizish davrida zaleplonning xavfsizligini baholash uchun klinik ma‘lumotlar yetarli emas. Homiladorlik vaqtida zaleplonni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar preparat bola tug‘ish yoshidagi ayolga buyurilsa, agar u homiladorlikni rejalashtirsa yoki homilador bo‘lsa, u o‘zining shifokori bilan bu preparatni bekor qilish masalasini muhokama qilishi kerakligi haqida uni ogoxlantirish kerak.

Agar noma‘lum sabablarga ko‘ra bu dori preparati homiladorlikning kechki muddatlarida yoki – katta dozalarda – tug‘ruq vaqtida ishlatilgan bo‘lsa, unda yangi tug‘ilgan chaqaloqda gipotermiya, gipotoniya va og‘irligi o‘rtacha darajali nafasni susayishini kutish mumkin, bu ushbu moddaning farmakologik ta‘siri bilan bog‘liq.

Homiladorlikning kechki muddatlarida benzodiazepinlar yoki benzodiazepinsimon preparatlarni doimo qabul qilgan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda, jismoniy qaramlik rivojlanishi mumkin va postnatal davrda “bekor qilish” simptomlarini rivojlanishini xavfi bor.

Zaleplon ko‘krak sutiga o‘tishi tufayli, ayollar uni emizish davrida qabul qilmasliklari kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Zaleplon avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga yaqqol ta‘sir ko‘rsatadi.

Sedasiya, amneziya, diqqatni jamlashni buzilishi va mushak faoliyatlarini buzilishi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatida noxush aks etishi mumkin. Agar uyquning davomiyligi yetarli bo‘lmagan bo‘lsa, diqqatni buzilish ehtimoli oshgan bo‘lishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Yuqori malakani talab qiluvchi ishni bajarayotgan pasientlarga ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Zoleplonning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi samaralari bo‘yicha faqat cheklangan klinik ma‘lumotlar bor va odamda dozani oshib ketishini darajalari aniqlanmagan.

Boshqa benzodiazepinlar yoki benzodiazepinsimon moddalar bilan bo‘lgan holdagi kabi,

dozani oshirib yuborilishi, preparat MNT susaytiruvchi vositalar (shu jumladan alkogol) bilan birga qabul qilingan hollardan tashqari, hayot uchun xavf tug‘dirmaydi.

Har qanday dori preparatlarining dozasini oshirib yuborilashini davolashda, doimo bir necha moddalar qabul qilingan bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak.

Benzodiazepinlar yoki benzodiazepinsimon moddalarning (ichga qabul qilingan) dozasi oshirib yuborilganidan keyin, agar pasient xushida bo‘lsa qusishni chaqirish (bir soat davomida) yoki agar pasient bexush bo‘lsa, nafas yo‘llarining himoyasi bilan me‘dani yuvishni o‘tkazish kerak. Agar me‘dani bo‘shatish afzalliklarga ega bo‘lmasa, so‘rilishini kamaytirish uchun pasientga faollashtirilgan ko‘mir berish kerak. Jadal davolashni o‘tkazishda nafas va yurak-qon tomir tizimlarining faoliyatiga alohida e‘tibor berish kerak.

Benzodiazepinlar yoki benzodiazepinsimon moddalarning dozasini oshirib yuborilishi odatda, uyquchanlikdan komagacha bo‘lgan u yoki bu darajadagi markaziy nerv tizimini susayishi bilan namoyon bo‘ladi. Yengil hollarda simptomlar uyquchanlik, ongni chalkashishi va letargiyani o‘z ichiga olishi mumkin. Og‘irroq hollarda ataksiya, gipotoniya, arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi kabi simptomlar va kam hollarda koma rivojlanishi va juda kam hollarda – o‘lim rivojlanishi mumkin.

Zaleplonning dozasi oshirib yuborilganida xromaturiya (siydikni ko‘k-yashil rangga bo‘yalishi) ta‘riflangan.

Antidot sifatida flumazenil samarali bo‘lishi mumkin. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar flumazenilni zaleplonning antagonisti ekanligini taxmin qilish va uni zaleplonning dozasini oshirib yuborilishini davolash uchun vosita sifatida qarash imkoniyatini beradi. Lekin zaleplonning dozasi oshirib yuborilganida flumzenilni antidot sifatida qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

7 kapsula PVX/PVDX-plyonka va alyumin folgali blisterda.

Bir yoki ikki blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

O‘ramning barcha o‘lchamlari sotuvda bo‘lmasligi mumkin.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, +15oC dan +30oC gacha haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANDANTE 0,01 kapsulalar N7 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANDANTE 0,01 kapsulalar N7 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANDANTE 0,01 kapsulalar N7 dori vositasi Гедеон Рихтер ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANDANTE 0,01 kapsulalar N7 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANDANTE 0,01 kapsulalar N7 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50
Narh: 299 000 so'mdan Batafsil
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N21
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
MIDIANA tabletkalari 3mg/0,03mg N21
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
BELARA tabletkalari 2mg/0,03mg N21
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER 0,005+0,01+0,01 kapsulalar N30
EKVAMER 0,01+0,02+0,01 kapsulalar N30
EKVAMER 0,01+0,02+0,02 kapsulalar N30
EKVAMER 0,005+0,01+0,02 kapsulalar N30
RIGEVIDON tabletkalari N63
PANANGIN konsentrat 10ml N5
PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60
TEBANTIN kapsulalar 300mg N100
ESKAPEL 0,0015 tabletkalari N1
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N63
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
REGULON tabletkalari N63
MIDIANA tabletkalari 3mg+0,03mg N63
SILUET tabletkalari 2mg/0,03mg N63
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9