×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Сальбутамол, Бромгексин, Гвайфенезин
Ishlab chiqaruvchi:
- Glenmark Pharmaceuticals Ltd
ATX kodi:
- R05C
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 243 ta dorixonasida topildi

ico 52 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 62 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 40 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

Akvalor baby tomchilar 15ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
40 000 s`om dan
SURFIKOL sirop 120ml Qarshi Industries (Pvt) Ltd Pokiston
26 000 s`om dan
ALFAVIT V SEZON PROSTUD DLYA DETEY tabletkalari 0,82g N60 ООО ВНЕШТОРГ ФАРМА, Россия Rossiya
28 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASKORIL EKSPEKTORANT

ASCORIL EXPECTORANT

 

Preparatning savdo nomi: Askoril ekspektorant

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:      salbutamol sulfati (salbutamolga ekvivalent) – 2.00 mg; bromgeksin gidroksidi – 4.00 mg;

gvayfenezin 100.00 – mg;

mentol (levomentol) – 1.00 mg;

yordamchi moddalar: natriy benzoati, limon kislotasining monogidrati, sorbitol, gliserin, propilenglikol, FCF sanset sariq bo‘yovchisi, ananas aromatizatori, ID20158 qoraqat aromatizatori, sorbin kislotasi, saxaroza, tozalangan suv.

Ta‘rifi: quyuq, sariq rangli, hushbo‘y, yopishqoq shirin ta‘mli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun simpatomimetiklar. Nafas yo‘llarini obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuadagi simpatomimetiklar.

ATX kodi: R03CK

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Askoril ekspektorant – bronxlarni kengaytiruvchi, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega majmuaviy preparatdir. Salbutamol, bromgeksin gidroxloridi, gvayfenezin va mentolni rasional majmuasi tufayli nafas tizimi tomonidan yaqqol funksional buzilishlarni samarali va tez kamaytiradi.

Salbutamol – β2-adrenoreseptorlarining selektiv agonisti, bronxolitik ta‘sir ko‘rsatadi, bronxospazmni bartaraf etadi.

Bromgeksin gidroxloridi mukolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Kislotali polisaxaridlarni depolyarizasiyasi va bronxlarning shilliq qavati sekretor hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga bronxial sekretning qovushqoqligini kamaytiradi. Gvayfenezin balg‘amning sirt trangligi va adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi, balg‘amni ko‘chishiga yordam beradi.

Mentol spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, bronxial bezlar sekresiyasini yengil rag‘batlantiradi, antiseptik xususiyatlarga ega, tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va nafas yo‘llari shilliq qavatining ta‘sirlanishini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Salbutamol 50-80% biokiraolishlik bilan me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Salbutamolni peroral qabul qilinganidan so‘ng cho‘qqi konsentrasiyasiga (Smax)              1-4 soatdan keyin erishiladi. Ovqat qabul qilish salbutamolni biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 10% va taqsimlanish hajmi (Vd) 156±38 litrni tashkil etadi. Salbutamol murakkab efir 4-O-sulfat – faol metaboliti ko‘rinishida jigarda metabolizmga uchraydi. Salbutamol siydik bilan 64% va safro bilan chiqariladi. Salbutamolni yarim chiqarilish davri 3-6.5 soatni tashkil etadi.

Bromgeksin me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) peroral qabul qilinganidan keyin 1 soatdan so‘ng kuzatiladi. Bromgeksin faol metaboliti ambroksol ko‘rinishida jigar metabolizmga uchraydi. Bromgeksin asosan metabolitlar shaklida siydik bilan chiqariladi. Faqat katta bo‘lmagan miqdori o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Bromgeksinning yarim chiqarilish davri T1/2 6.5 soatni tashkil qiladi.

Gvayfenezin me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Gvayfenezinni 60% qonda V-2-metoksifenol-sut kislotasi shakllanishi bilan 7 soat davomida gidrolizlanadi. Gvayfenezinni dozasini oshirib yuborilishi siydik-tosh kasalligini chaqirishi mumkin; toshlar gvayfenezinni metabolitlarini saqlaydi: β-2-metoksifenol-sut kislotasi. Gvayfenezin metabolitlar shaklida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri T1/2 1 soatni tashkil etadi.

Mentol so‘rilganidan so‘ng glyukuronid ko‘rinishida siydik va safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

– qiyin ajraladigan balg‘amni hosil bo‘lishi bilan birga kechadigan o‘tkir va surunkali bronx-o‘pka kasalliklari (bronxial astma, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, pnevmoniya, o‘pka emfizemasi, ko‘kyo‘tal, pnevmokoniaz, o‘pka tuberkulyozi va boshqalar) (majmuaviy davolash tarkibida);

– o‘tkir respirator kasalliklarida (O‘RK) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 10 ml dan (2 choy qoshiq) sirop kuniga 3 marta.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta.

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:2.5 ml (1/2 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta.

Davolashni davomiyligi individual ravishda aniqlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uzoq muddat qabul qilinganida:

– ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik ko‘rinishlar, diareya, me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayishi.

Kam hollarda:

– periferik qon tomirlarni o‘tuvchi kengayishi, arterial bosimni pasayishi, kollaps, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, o‘rtacha darajadagi taxikardiya;

– yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi;

– tremor, mushak tirishishlari, uyquni buzilishi;

– allergik reaksiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, teri toshmalari, eshakemi, paradoksal bronxospazm.

– gipokaliemiya;

– siydikni pushti rangga bo‘yalishi;

Juda kam hollarda:

– transaminazalar faolligini oshishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatni faol va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;

– yo‘talga qarshi vositalar, beta-adrenoreseptorlar blokatorlari, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash;

– taxikardiya, miokardit, yurak nuqsoni;

– qandli diabet;

– me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida);

– me‘da qon ketishlari;

– gipertireoz;

– glaukoma;

– homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa beta2-adrenomimetik vositalar va teofillin salbutamol ta‘sirini kuchaytiradi va nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish ehtimolligini oshiradi. Askoril Ekspektorant kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki bu suyuqlashgan balg‘amni chiqishini qiyinlashtiradi.

Propranolol kabi beta-adrenoreseptorlarnig noselektiv blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Askoril Ekspektorant tarkibiga kiruvchi salbutamol monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarga tavsiya etilmaydi. Diuretiklar va glyukokortikoid preparatlar salbutamolning gipokaliemik samarasini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat tarkibiga kiruvchi bromgeksin antibiotiklar (eritromisin, sefaleksin, oksitetrasiklin) ni o‘pka to‘qimasiga o‘tishiga yordam beradi.

Ishqoriy ichimlikli preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Diuretiklar va glyukokortikoid preparatlar salbutamolning gipokaliemik samarasini kuchaytiradi. Kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda buyurish suyuqlashgan balg‘amni chiqishini qiyinlashtiradi.

Gvayfenezin siydik rangini pushti rangga bo‘yaydi.

Dori vositasini transport vositalar yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir xususiyati

Sezuvchanligi yuqori bemorlarda qo‘llanganida taxikardiya, qo‘llarni tremori, mushak tirishishlari paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, preparatni qabul qilish vaqtida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish, yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan saqlanish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

100 ml va 200 ml dan sirop 10 ml li o‘lchamli qopqoqchasi bo‘lgan polietilen flakonlarda. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ishlab chiqaruvchi

Glenmark Farmasyutikalz Ltd,

Hindiston, PLOT № Ye 37, 39, MIDS Area, Saptur, Nasik-422007, Maxarashtra.

Qayd qilish guvohnomasining egasi

Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml dori vositasi Glenmark Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KOFASMA sirop 100ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сальбутамол, Бромгексин, Гвайфенезин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
ASKORIL tabletkalari N20
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MOMAT RINO sprey 120ta doza N1
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
KANDID krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
KETO PLYUS shampun 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
KANDID eritma 15ml 1%
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
KANDIBIOTIK quloq uchun tomchilar 5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
MOMAT RINO sprey 60ta doza N1
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
EYRTEK aerozol 25mkg+125mkg N120
GLENSET ADVANS tabletkalari 5mg N14
MOMAT A sprey 15ml N1
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
KANDID B krem 15g
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KANDID gel 30g
MOMAT S maz 10g
KANDIDERM krem 15g
Narh: 77 800 so'mdan Batafsil
KERAVORT krem 250mg 5% N12
Narh: 284 000 so'mdan Batafsil
DERIVA S MS gel 30g
GLENSET ADVANS tabletkalari 10mg+5mg N28
GLEVO 500 tabletkalari 500mg N25
KETO PLYUS shampun 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сальбутамол, Бромгексин, Гвайфенезин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
EYRTEK aerozol 25mkg+250mkg N120
EYRTEK aerozol 25mkg+50mkg N120
GLEVO 500 tabletkalari 500mg N5
DERIVA S MS gel 15g
DERIVA S gel 15g
SERTAMIKOL krem 20g 2%
Другие формы препарата
ASKORIL tabletkalari N20
ASKORIL tabletkalari N10
ASKORIL tabletkalari N50
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9