×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MOMAT RINO sprey 120ta doza N1

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Мометазон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- D07AC13
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 34 ta dorixonasida topildi

ico 43 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

BINAFIN tabletkalari 250mg N14 Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
65 000 s`om dan
GERPES STOP krem 10g 1% Livzon (Group) Pharmaceutical Factory Xitoy
49 300 s`om dan
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g Dentafill Plyus, ООО O'zbekiston
6 000 s`om dan
REKREOL maz 50mg Гриндекс, АО Latviya
68 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparat 60 doza yoki 120 dozadan dozator va purkagich-uchlikli qalpoqcha bilan yuqori zichlikdagi polietilen flakonlarda.

Flakonga etiketka yopishtiriladi.

1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: mometazon furoati monogidrati 0,714 mg (0,050),

(mometazon furoatiga ekvivalent) (0,500 mg);

yordamchi moddalar: avisel RC-591 (mikrokristall tsellyuloza, natriy kroskarmelloza), gliserol, limon kislotasi monogidrati, natriy tsitrati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.

Nazal sprey ko'rinishida mometazon furoatini qo'llanilganda Biokiraolishligi juda past (<1%) va hatto sezgirlik bo'sag'asi 0,25 PG/ml bo'lgan aniqlash usulida ham qon plazmasida deyarli aniqlab bo'maydi.

In vitro sharoitda 5 dan 500 eg/ml gacha kontsentrasiyalar diapazonida mometazon furoatining oqsillar bilan bog'lanishi 98%-99% ni tashkil etadi.

Tadqiqotlar mometazon furoati bir necha metabolitlargacha metabolizmga uchrashini namoyish qilgan. Plazmada asosiy metabolitlari aniqlanmagan. In vitro sharoitda inkubasiyadan keyin ikkilamchi metabolit 6β-gidroksi-mometazon furoati aniqlangan. Odam jigari mikrosomalarida metabolitni shakllanishi tsitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) tomonidan boshqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin mometazon furoatining plazmadan yarim chiqarilish davri 5,8 soatni tashkil qiladi. Organizmdan metabolitlari ko'rinishida asosan safro va ahamiyatsiz darajada siydik bilan chiqariladi.

Mometazon furoati yaqqol yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega mahalliy qo'llash uchun sintentetik kortikosteroid hisoblanadi. Mometazon furoatining mahalliy yallig'lanishga qarshi ta'siri tizimli samaralar chaqirmaydigan dozalarda namoyon bo'ladi.

Mometazon furoatining yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir mexanizmi allergik reaktsiyalarning mediatorlarini ajralib chiqishini kamayirish qobiliyati bilan bog'liq. U shuningdek Th2 tsitokinlari, IL-4 va IL-5 ishlab chiqarilishining kuchli ingibitori hisoblanadi. Momat Rino nazal spreyi allergik reaktsiyaning erta va kechki bosqichlarida yallig'lanishga qarshi faollikni namoyish qiladi.



Tez-tez
  • qo'llash joyida ta'sirlanish, achishish, qichishish, aksirish, burundan qon ketishi

  • burun shillq qavatida yarali o'zgarishlar

  • bosh og'rig'i

  • faringit

Kam hollarda

  • hansirash, bronxospazm

Juda kam hollarda

  • hid va ta'm bilishni buzilishi

  • anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish

  • burun to'sig'i perforasiyasi.



Resept bo'yicha.

Momat rinoni nafas yo'llarining faol yoki latent tuberkulyoz infektsiyasi, shuningdek davolanmagan zamburug'li, bakterial infektsiyasi, tizimli virusli infektsiyasi yoki ko'zlarni shikastlanishi bilan herpes simplex infektsiyasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi yoki qo'llash mumkin emas.

Momat Rino preparati bilan 12 oy davolagandan keyin burun shilliq qavatining atrofiyasi belgilari kuzatilmagan; bundan tashqari, mometazon furoati burun shilliq qavatining gistologik manzarasini normallashishiga olib kelgan. Momat rinoni bir necha oy yoki undan ko'proq qo'llayotgan pasientlar burun shilliq qavatini kuzatilishi mumkin bo'lgan o'zgarishlari yuzasidan muntazam tekshiruvdan o'tishlari kerak. Burun yoki halqumning mahalliy zamburug'li infektsiyasi rivojlangan hollarda momat Rino preparati bilan davolashni to'xtatish yoki maxsus davolashni o'tkazish kerak. Uzoq vaqt davomida saqlanayotgan burun va halqumning shilliq qavatini ta'sirlanishi ham preparat bilan davolashni to'xtatish uchun ko'rsatma bo'lishi mumkin. Dori preparati tarkibila benzalkoniy xloridi bo'lganligi tufayli bronxospazm holatlari kuzatilishi mumkin.

Momat Rino preparati bilan uzoq vaqt davolaganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishi belgilari kuzatilmagan. Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolagandan keyin momat Rino nazal spreyi bilan davolashga o'tayotgan pasientlarni sinchkov shifokor kuzatuvi talab etiladi. Bunday bemorlarda tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlarni qabul qilishni to'xtatish buyrak usti bezi po'stloq qismining faoliyatini etishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu tizimli kortikosteroidlar Bian davolashni tiklash va boshqa tegishli davolashni qo'llashni talab etishi mumkin.

Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan davolashdan momat Rino preparati bilan davolashga o'tish vaqtida ayrim bemorlarda burundagi simptomlarni engillashishi bilan bir qatorda kortikosteroidlarni bekor qilish simptomlari (masalan bo'g'imlar va/yoki mushaklarda og'riq, toliqish hissi va depressiya) paydo bo'lishi mumkin. Davolashni o'zgartirish shuningdek avval rivojlangan va tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan niqoblangan allergik kasaliklari (allergik kon'yunktivit, ekzema va boshqalar kabi) aniqlash imkonini berishi mumkin.

Kortikosteroidlarni qabul qiluvchi pasientlar pasaygan immun reaktivlikka potentsial ega bo'lishlari mumkin va ayrim infektsion kasalliklari (masalan suvchechak, qizamiq) bo'lgan bemorlar bilan kontaktda bo'lgan hollarda zararlanishning yuqori xavfi haqida, shuningdek agar bunday kontakt bo'lgan bo'lsa shifokor bilan maslahatlashish kerakligi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.

Pasientlarni tana haroratini oshishi, yuzning bir qismi kuchli og'riq yoki tish og'rig'i, orbital yoki periorbital shish yoki dastlabki yaxshilanishdan keyin holatni yomonlashishi kabi og'ir bakterial infektsiyalarning belgilari yoki simptomlari paydo bo'lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.

Intranazal kortikosteroidlarni qo'llagandan keyin burun to'sig'i perforasiyasi va ko'z ichki bosimini oshishi holatlarini paydo bo'lishi haqida xabar berilgan.

Bolalarda qo'llanishi

Kichik yoshdagi bolalarda preparatni qo'llash faqat kattalar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Nazal kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalarda bo'yini muntazam tekshirish kerak. O'sishni sekinlashishi aniqlangan hollarda nazal kortikosteroidning dasini simptomlarni samarali nazorat qilish tutib turiladigan eng past darajagacha kamaytirishni ko'rib chiqish kerak. Bunday hollarda pediatr bilan maslahatlashish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday yuqori bo'lgandagina oqlangan.

Dori vositasining transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi.

Momat Rino tavsiya etilgan dozada transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy yoki yil bo'yicha davom etuvchi allergik rinit

  • o'rta va og'ir darajada kechuvchi allergik rinitni oldini olish (taxmin qilingan gullash mavsumidan 2-4 xafta oldin tavsiya etiladi)

  • 18 yoshdan oshgan pasientlarda nazal poliplar va u bilan bog'liq simptomlar, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo'qolishida qo'llanadi.



preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik
  • nazal spreyni burun shilliq qavatining davolanmagan mahalliy infektsiyasi mavjudligida ishlatish mumkin emas

  • steroidlarning yaralarni bitishiga tormozlovchi ta'siri tufayli, yaqinda burunda operasiya o'tkazgan yoki jarohati bo'lgan pasientlar o'tkir davrda nazal spreydan foydalanmasliklari kerak.



Momat Rino nazal spreyini loratadin bilan bir vaqtda buyurilganda loratadin yoki uning asosiy metabolitining plazmadagi kontsentrasiyasini o'zgarishlari aniqlanmagan. Mometazon furoati sezgirlik bo'sag'asi 50 PG/ml dan past bo'lgan aniqlash usullarini qo'llash bilan qon plazmasida aniqlanmagan.

Bu preparatlar bilan majmuaviy davolash yaxshi o'zlashtirilgan.

Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo'q.

Yorug'likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 30°S gacha haroratda. Muzlatilmasin.

Nazal qo'llash uchun buyuriladi.

Momat rinoni birinchi marta qo'llashdan oldin, dozalovchi moslamani 10 marta bosish orqali nazal spreyni "kalibrovkasi" ni o'tkazish kerak. "Kalibrovka" dan keyin dori vositasini stereotip chiqarilishi o'rnatiladi, bunda har bir bosganda 50 mkg mometazon furoatini (bir doza) saqlovchi 100 mg suspenziyani ajralib chiqishi kuzatiladi. Agar nazal sprey 14 kun va undan ko'proq vaqt davomida ishlatilmagan bo'lsa, takroriy "kalibrovka" ni o'tkazish kerak.

Har bir qo'llashdan oldin sprey saqlovchi flakonni jadal chayqatish kerak.

Mavsumiy yoki yil bo'yi davom etuvchi allergik rinit

Kattalar (shu jumladan keksa pasientlar) va 12 yosh va undan katta bolalar: odatdagi tavsiya etiladigan doza har bir burun yo'liga ikki purkash (50 mikrogramm/doza) kuniga bir martani tashkil etadi (umumiy doza 200 mkg). Davolovchi samaraga eshirilgandan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun dozani har bir burun yo'ligi 1 purkash sutkala 1 martacha kamaytirish maqsadga muvofiq (umumiy doza 100 mkg).

Agar preparatni tavsiya etilgan terapevtik dozada qo'llash bilan kasallik simptomlarini kamayishiga eshirilmasa, sutkalik dozani maksimal har bir burun yo'liga 4 purkash sutkada 1 martagacha oshirish mumkin (umumiy sutkalik doza 400 mkg). Kasallik simptomlari kamaygandan keyin dozani kamaytirish tavsiya etiladi.

6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar: tavsiya etiladigan doza har bir burun yo'liga 1 purkashdan sutkada 1 martani tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza 100 mkg).

Klinik samarani boshlanishi preparatni birinchi qo'llagandan keyin 12 soat davomida kuzatiladi.

Nazal poliplar va u bilan bog'liq bo'lgan simptomlar, shu jumladan burunni bitishi vaa hid bilishni yo'qolishi

18 yoshdan oshgan pasientlar (shu jumladan keksa yoshdagi pasientlar) – tavsiya etilgan doza har bir burun yo'liga 2 purkash (50 mkg) sutkada 2 martani tashkil etadi (umumiy sutkalik doza 400 mkg). Klinik samaraga erishilgandan keyin dozani har bir burun yo'liga 2 purkashdan sutkada 1 martagacha kamaytirish tavsiya etiladi (umumiy sutkalik doza – 200 mkg).

Momat Rino preparatining past (≤0,1%) tizimli Biokiraolishligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborilgan holda preparatni keyinchalik tavsiya etilgan doza qo'llash bilan bemorni kuzatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MOMAT RINO sprey 120ta doza N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MOMAT RINO sprey 120ta doza N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MOMAT RINO sprey 120ta doza N1 dori vositasi Glenmark Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MOMAT RINO sprey 120ta doza N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MOMAT RINO sprey 120ta doza N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MONEKS sprey 50mkg N140
ELOKOM LOSON 30ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kanada
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Central East AG., Швейцария произведено: Famar Montreal Inc.
ELOKOM krem 15g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ELOKOM maz 15g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
MOMAT RINO sprey 60ta doza N1
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
ETASID sprey 50mkg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
MOMETOP sprey nazalniy 10 ml 50mkg 100 doz N1
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
MOMETOKS krem 15g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 36 500 so'mdan Batafsil
FORINEKS sprey 50mkg 50 mkg 140 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 119 500 so'mdan Batafsil
NAZONEKS sprey 50mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
MOMENAP NS 0,05 sprey 12ml 0,05% N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sava Healthcare Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KANDID krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
KETO PLYUS shampun 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
KANDID eritma 15ml 1%
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
KANDIBIOTIK quloq uchun tomchilar 5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml
Narh: 52 600 so'mdan Batafsil
MOMAT RINO sprey 60ta doza N1
Narh: 43 900 so'mdan Batafsil
EYRTEK aerozol 25mkg+125mkg N120
GLENSET ADVANS tabletkalari 5mg N14
MOMAT A sprey 15ml N1
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
KANDID B krem 15g
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KANDID gel 30g
MOMAT S maz 10g
KANDIDERM krem 15g
Narh: 77 800 so'mdan Batafsil
KERAVORT krem 250mg 5% N12
Narh: 284 000 so'mdan Batafsil
DERIVA S MS gel 30g
GLENSET ADVANS tabletkalari 10mg+5mg N28
GLEVO 500 tabletkalari 500mg N25
KETO PLYUS shampun 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 200ml
EYRTEK aerozol 25mkg+250mkg N120
EYRTEK aerozol 25mkg+50mkg N120
GLEVO 500 tabletkalari 500mg N5
DERIVA S MS gel 15g
DERIVA S gel 15g
SERTAMIKOL krem 20g 2%
Другие формы препарата
MOMAT S maz 10g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9