×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASPARKAM FARMAPOL N60

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Калия и магния аспарагинат
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- ФАРМАПОЛ-ВОЛГА, ООО
ATX kodi:
- A03AA04
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GLISERIN suppozitorii 2,11g N10 Radiks, НПП Rossiya Federatsiyasi
6 700 s`om dan
FORTRANS poroshok 64g N4 Ipsen Pharma, Франция произведено: Beaufour Ipsen Industrie Frantsiya
113 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ASPARKAM FARMAPOL N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASPARKAM

ASPARCAM

 

Preparatning savdo nomi: Asparkam

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): kaliy asparaginati va magniy asparaginati.

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 0,175 g (175 mg) kaliy asparaginati va 0,175 g (175 mg) magniy asparaginati;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kalsiy stearati, talk.

Ta‘rifi: oq rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Ovqat hazm qilish tizimiga va metabolizmga ta‘sir qiluvchi vositalar. Mineral  qo‘shimchalar.

ATX kodi: A12SS55.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat kaliy va magniy ionlarining manbai hisoblanadi. Organizmda asparagin kislotasiga qadar gidrolizlanadi. Metabolik jarayonlarni boshqaradi.

Asosiy ta‘sir mexanizmi kaliy va magniy ionlarini hujayra ichki bo‘shlig‘iga tashuvchisi sifatida asparaginat bilan bog‘liq.

Vosita hujayralarda elektrolitlarni muvozanatini normallashtiradi, kardiomiositlarni qo‘zg‘aluvchanligini va miokardni o‘tkazuvchanligini pasaytiradi (o‘rtacha antiaritmik samara). Miokard infarkti va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda qon aylanishini har qanday yetishmovchiligida yurak qorinchalari ekstrasistoliyasini va paroksizmal lipillovchi aritmiyani bartaraf etadi, ammo ko‘pincha kamaytiradi. Koronar qon aylanishini yomonlashishi bilan bog‘liq miokard metabolizmining gipoksik  buzilishlarini kamaytiradi.

Qon aylanishini zarbdor hajmini oshishi kaliyni eritrositlardagi miqdorini  normallashuvi va yurak faoliyatini buzilgan ritmini yo‘qolishi yoki sezilarli darajada kamayishi fonida kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

Preparat tez so‘riladi. Asparaginat  kaliy va  magniy  ionlarini  hujayraga kirishiga yordam beradi.

 

Qo‘llanilishi

Gipokaliemiya bilan kechuvchi holatlar. Angishvonagul preparatlarining toksik ta‘siri, yaqinda paydo bo‘lgan yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, bo‘lmalarni lippilashini paroksizmi bilan bog‘liq yurak ritmini buzilishi, yurak glikozidlari preparatlarini va diuretiklarni (halqali, tiazid, tiazidsimon) qo‘llanishi bilan bo‘lgan yurak ishemik kasalligini kompleks davolashda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Asparkamni ovqatdan keyin suv bilan ichgan holda qo‘llanadi. -kattalarga 2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta. Yanada og‘irroq holatlarda (koronar qon aylanishini buzilishlarida, angishvonagul preparatlarini o‘zlashtiraolmaslikda) – kattalarga 3 tabletkadan sutkada 3 marta, 2-3 haftadan keyin dozani 1 tabletkagacha sutkada 2-3 martaga kamaytiriladi.

Profilaktika yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun kattalar 1 tabletkadan sutkada 3 marta qabul qiladilar.

Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi  yo‘q.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uzoq qo‘llanganda ko‘ngil aynishi, epigastriya sohasida noxushlik (holesistitda va antasid gastritda), giperkaliemiya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya va gipermagniemiya. II va III darajali atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asparkam yurak glikozidlarga nisbatan sezuvchanlikni kamaytiradi va oxirgining toksikligini kamaytiradi. Kaliyni tejovchi diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkaliemiyani rivojlanish xavfi (kaliyni plazmadagi darajasini nazorat qilish kerak) oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ritm buzilishini atrioventrikulyar blokadasi bilan birga kechishida preparat buyurilmaydi. Preparatni giperkaliemiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Uzoq qo‘llanganda qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish kerak. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat haydovchilarga va texnika bilan  ishlaydigan  odamlarga  salbiy ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Giperkaliemiya va gipermaniemiya simptomlari: yuzni qizarishi, chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, diareya, nafasni susayishi, aritmiya, tirishishlar, mushak zaifligi bo‘lishi mumkin.

Ko‘rsatilgan holatlar doza kamaytirilganda yoki preparat to‘liq bekor qilinganda yo‘qoladi, simptomatik  davolashni buyurish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

10 yoki 50 tabletkadan blisterda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASPARKAM FARMAPOL N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASPARKAM FARMAPOL N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASPARKAM FARMAPOL N60 dori vositasi ФАРМАПОЛ-ВОЛГА, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASPARKAM FARMAPOL N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASPARKAM FARMAPOL N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PANANGIN konsentrat 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер ОАО
KALIYA I MAGNIYA ASPARAGINAT infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Другие формы препарата
ASPARKAM FARMAK inyeksiya uchun eritma 20ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
ASPARKAM FARMAK inyeksiya uchun eritma 10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
ASPARKAM FARMAK inyeksiya uchun eritma 5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
ASPARKAM tabletkalari N50
ASPARKAM AVEKSIMA tabletkalari N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО
ASPARKAM tabletkalari N20
ASPARKAM tabletkalari N56
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Обновление ПФК АО
ASPARKAM tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Галичфарм, ПАО
ASPARKAM tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
ASPARKAM tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Красная звезда, ХФЗ, ПАО
ASPARKAM tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Красная звезда, ХФЗ, ПАО
ASPARKAM ZDOROVE N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье фарм. компания, ООО
ASPARKAM FARMAPOL N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Калия и магния аспарагинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФАРМАПОЛ-ВОЛГА, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9