×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BLEMAREN tabletkalari N80

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 80
Ishlab chiqaruvchi:
- Esparma GmbH, Германия произведено: Allphamed Pharbil GmbH
ATX kodi:
- G04BC
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 440 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

UROLESAN kapsulalar N40 Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
71 700 s`om dan
PROSTAMED tabletkalari N120 Dr.Gustav Klein GmbH & Co.KG. Germaniya
195 800 s`om dan
SUNAMI kapsulalar N60 Dr. Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Adipharm Ltd Bolgariya
79 600 s`om dan
PERMIKSON kapsulalar 160mg N30 Pierre Fabre Medicament Production Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BLEMAREN tabletkalari N80 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BLEMAREN®

BLEMAREN®

 

Preparatning savdo nomi: Blemaren®

Dori shakli: vishillovchi tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: limon kislotasi – 1197,0 mg; kaliy gidrokarbonati – 967,5 mg; natriy sitrati – 835,5 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mannitol, adipin kislotasi, makrogol 6000, natriy saxarinati, limon aromatizatori.

Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq shaklli, yassi, qirrali, limon hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nefrolitiazni davolash uchun vosita.

ATX kodi: G04BS

Farmakologik xususiyatlari

Siydikni rN 6,6-6,8 ko‘rsatkichgacha ishqoriylashtirish hisobiga (siydik rN 6,6-6,8 chegaralarida siydik kislotasining tuzlarini erishi ahamiyatli darajada oshadi) siydik kislotali toshlarni eritadi va hosil bo‘lishini oldini oladi. Bundan tashqari kalsiy chiqarilishini kamaytiradi, siydikda kalsiy oksalatini erishini yaxshilaydi, kristallar hosil bo‘lishini ingibisiya qiladi va shu orqali kalsiy-oksalat toshlarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

 Biokiraolishligi – taxminan 100%. Buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • siydik kislotali va kalsiy-oksalat toshlarini eritish va ularni hosil bo‘lishini oldini olish;
  • aralash siydik kislotali-oksalat toshlarini eritish (oksalatlarning miqdori 25% dan kam bo‘lganida);
  • sitostatiklar yoki siydik kislotasini chiqarilishini oshiruvchi preparatlarni qabul qiluvchi shaxslarda siydikni ishqoriylashtirish;
  • teri porfiriyasini simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vishillovchi tabletkalar:

Qabul qilishdan oldin tabletkalar 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqoriy mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza – 2-6 tabletkani tashkil qiladi.

Sutkalik doza kun davomida teng taqsimlanadi va ovqatdan keyin qabul qilinadi. Agar sutka davomida siydik rN 6,2-7,0 (siydik kislota toshlarini eritish uchun); 7,5-8,5 (sistin toshlari uchun); 7,2-7,5 (porfiriyani davolash uchun); kamida 7,0 (sitostatiklar bilan davolaganda) chegarasida bo‘lsa doza to‘g‘ri tanlangan deb hisoblanadi. Agar siydik rN ko‘rsatkichi ko‘rsatilgandan pastroq bo‘lsa, dozani oshirish, agar yuqori bo‘lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4-6 oyni tashkil qiladi.

Samaradorlik nazoratini (siydik rN ni aniqlash) kuniga 3 marta, har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin indikator qog‘ozi yordamida amalga oshiriladi. Qog‘ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bo‘yicha baholanadi va olingan ko‘rsatkich nazorat kalendariga kiritiladi.

Sistin toshlari bo‘lganida va porfiriyani davolaganda samaradorlikni nazorat qilish uchun rN 7,2 dan 9,7 gacha kattalikda bo‘lgan maxsus indikator qog‘ozni ishlatish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, shishlar (natriyni tutilishi), metabolik alkaloz, dispepsiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi;
  • metabolik alkaloz;
  • mochevinani parchalovchi mikroorganizmlar chaqirgan siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari;
  • siydik rN 7 dan yuqori;
  • qat‘iy tuzsiz parhezga rioya qilish zarurati (masalan arterial gipertenziyaning og‘ir shakllari) da qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sitratlar va alyumin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish alyuminni so‘rilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish orasidagi oraliq kamida 2 soatni tashkil qilishi mumkin.

Preparatning tarkibida kaliy mavjudligi tufayli, yurak glikozidlarini Blemaren bilan birga buyurganda ularning samarasi susaytirishi mumkin.

Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim dori vositalari (aldosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va analgetiklar kaliyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Bunday vositalarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligini shifokor belgilaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘rtacha sutkalik doza (4 vishillovchi tabletka) taxminan 1,5 mg kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzini qabul qilish cheklangan bemorlarda e‘tiborga olish kerak). Kaliy ionlarini tutilishi bilan kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga buyurish mumkin. Siylik kislotali toshlarni eritganda sutkalik dozani oshirish mumkin emas, chunki rN 7,0 dan oshganida siydik kislotali kristallarda fosfatlarni cho‘kishi yuz beradi, bu ularni keyinchalik erishiga to‘sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsil va purin asoslariga boy ovqatlarni qabul qilishni cheklash, shuningdek yetarli miqdorda suyuqlik (kamida 1,5-2 litr) qabul qilishni ta‘minlash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

20 tabletkadan plastmass tubada. 4 tuba indikartor qog‘oz, nazorat kalendari va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ochilgandan keyin namlikdan himoyalansin!

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BLEMAREN tabletkalari N80 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BLEMAREN tabletkalari N80 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BLEMAREN tabletkalari N80 dori vositasi Esparma GmbH, Германия произведено: Allphamed Pharbil GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BLEMAREN tabletkalari N80 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BLEMAREN tabletkalari N80 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BLEMAREN tabletkalari N20
Другие формы препарата
Blemaren
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9